Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Lutsetam in'ektsiya uchun eritma 1 g/5 ml №10

'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пирацетам
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
1 г/5 мл 5 мл
Производитель
Egis Pharmaceuticals Private Limited Company
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
Ushbu dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing.
• Bu varaqani saqlang. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qish talab qilinishi mumkin.
• Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor yoki farmatsevtga murojaat eting.
• Ushbu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. U xatto, agar ularda kasallikni xuddi shunday simptomlari bo‘lsa ham ularga zarar keltirishi mumkin.
• Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar qiling (4-bo‘limga qarang).
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma'lumotlarni saqlaydi
1.Lutsetam® in'ektsiya uchun eritma preparati nima va u nima uchun qo‘llaniladi
2.Lutsetam® in'ektsiya uchun eritma preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
3.Lutsetam® in'ektsiya uchun eritma preparatini qanday qabul qilish kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
5.Lutsetam® in'ektsiya uchun eritma preparatini qanday saqlash kerak
6.
Yaroqlilik muddati
7.
Dorixonalardan berish tartibi
8.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar
1. Lutsetam® in'ektsiya uchun eritma preparati nima va u nima uchun qo‘llaniladi
Lutsetam® preparatining faol moddasi – piratsetam - u nerv hujayralarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, xujayralarni o‘rab turuvchi xujayra membranalarining strukturasini normallashtiradi va faoliyatini tiklaydi, shunday qilib hujayralar o‘rtasidagi ma'lumotlar oqimini yaxshilaydi. Piratsetam bosh miyada qon oqimini va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Piratsetam qon plastinkalarini bir-biriga yopishishi va ularini qon tomir devoriga bog‘lanib qolishini kamaytiradi, bu esa tromb (qon quyqasi) hosil bo‘lishi va tomir bo‘shlig‘ini yopilib qolishi rivojlanishini birinchi bosqichi hisoblanadi.
Qo‘llanilishi
• Bosh miyafaoliyatini buzilishi yoki zararlanishi natijasida rivojlanadigan xotira buzilishi, diqqat va qiziqishni (motivatsiya) kamayishi.
• Miyada qon aylanishi buzilishi oqibatlarini davolashda (birinchi navbatda afaziyani).
• Kortikal miokloniyani davolash (markaziy nerv tizimidagi buzilishlar bilan bog‘liq mushaklarning normal bo‘lmagan tortishishlari).
• Bosh aylanishi va muvozanat xissini buzilishlarini davolash (ruhiy xarakterdagi buzilishlar va qon tomir o‘zgarishlariga bog‘liq bo‘lgan buzilishlardan tashqari).
• Alkogolli abstinent sindromni kompleks davolashning tarkibiy qismi sifatida, shuningdek spirtli ichimliklarini surunkali iste'mol qilishga bog‘liq bo‘lgan kognitiv buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadi.
Bolalar va 8 yoshdan katta o‘smirlar
• Disleksiyasi (o‘qishda qiyinchilik) bo‘lgan 8 yoshdan katta bolalarda - boshqa davolash usullari (shu jumladan, logopedik usullar) bilan birga qo‘llanadi.
Lutsetam® preparatining in'ektsiyalari odatda preparatni ichga qabul qilish qiyinlashganda yoki qabul qilish imkoniyati bo‘lmagan o‘tkir holatlarda (yutishni qiyinlashishi, patsiyentning xushsiz holatida) qo‘llash tavsiya etiladi.
2. Lutsetam® in'ektsiya uchun eritma preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak.
Lutsetam® in'ektsiya uchun eritmani qabul qilish mumkin emas
• agar Sizda piratsetamga, pirrolidonning boshqa hosilalariga yoki 8-bo‘limda berilgan preparatning har qanday yordamchi moddalariga nisbatan allergiya bo‘lsa
• agar Sizda buyrak yetishmovchiligini terminal bosqichi bo‘lsa
• miyaga qon quyilishida (gemorragik insult)
• agar Siz Xantington xoreyasi bilan xastalangan bo‘lsangiz.
Tibbiyotda qo‘llanganida ehtiyotkorlik choralari
Lutsetam® in'ektsiya uchun eritma preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Quyidagilarda albatta davolovchi shifokorga xabar bering
• Agar Siz buyrak kasalliklari bilan og‘risangiz, chunki bunday holatlarda Lutsetam® preparatini chiqarilishi sekinlashadi va bu uning samarasini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Dozasini o‘zgartirishga ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. Keksa patsiyentlarda shifokor buyrak faoliyatini doimiy ravishda nazorat qilib turadi.
• Agar Sizda qon ivishi buzilgan bo‘lsa, og‘ir qon ketishi kuzatilishi mumkin yoki Siz qon ketishi rivojlanishini yuqori xavfi mavjud guruhga kirsangiz (masalan, me'da yoki ichak yarasi sababli).
• Agar Sizda avval miyaga qon quyilishi (gemorragik insult) bo‘lgan bo‘lsa.
• Agar Sizda katta operatsiya o‘tkazilgan bo‘lsa, shu jumladan stomatologik.
• Agar Sizda markaziy nerv tizimidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan mushaklarni tirishishli qisqarishlari bo‘lsa; chunki Lutsetam® preparatini keskin bekor qilish, preparatni bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kasallikni keskin zo‘rayishini - tirishish xurujini chaqirishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarda Lutsetam® preparatini qo‘llash yuqori darajadagi tibbiy nazoratni talab etadi.
Bolalar va 8 yoshdan katta o‘smirlar
Lutsetam® ni disleksiyasi (o‘qishda qiyinchilik) bo‘lgan 8 yoshdan katta bolalarga logopedik davolash bilan birga buyurish mumkin.
Lutsetam® in'ektsiya uchun eritma preparati va boshqa dori vositalari
Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan har qanday dori vositalari haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Agar Siz quyidagi dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta davolovchi shifokoringizga xabar bering
• qalqonsimon bez gormonlarini saqlovchi preparatlar
• qon ivishini ingibitsiya qiluvchi preparatlar
• atsetilsalitsil kislotasi (og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi dori vositalari, shuningdek yurak-qon tomir kasalliklarini davolash va oldini olish uchun qo‘llaniladigan dori vositalari).
Bunday holatlarda e'tiborli tibbiy nazoratni o‘tkazish, ba'zi holatlarda esa - dori vositasini dozasini o‘zgartirish lozim.
Fertillik, homiladorlik va emizish davri
Agar Siz homilador, emizikli bo‘lsangiz, homiladorman deb taxmin qilayotgan yoki bolali bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki farmatsevtga bu haqida xabar bering.
Homiladorlik
Preparatni homiladorlik vaqtida klinik qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, faqat preparatning xavfi/foyda sinchkov baholangandan keyingi kamdan-kam o‘ziga xos holatlardan tashqari hollarda, homilador ayollarga piratsetamni qo‘llashdan saqlanish lozim.
Emizish
Faol modda piratsetam yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun Lutsetam® ni emizish davrida qo‘llash mumkin emas yoki Lutsetam® preparati bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarini hisobga olib, piratsetamni transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sirini inkor etib bo‘lmaydi. Shuning uchun shifokor cheklov yoki man qilish darajasini har bir patsiyent uchun individual belgilashi kerak.
3. Lutsetam® in'ektsiya uchun eritmasi preparatini qanday qabul qilish kerak.
Sizga buyurilgan Lutsetam® preparati bir necha minut davomida vena ichiga yuboriladi.
Doza va davolanish davomiyligi Sizning davolovchi shifokoringiz tomonidan Sizning ahvolingiz, yoshingiz va boshqa kasalliklarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
O‘smirlar va 8 yoshdan katta bolalar
Lutsetam® preparati dialeksiyali 8 yoshdan katta bolalar va o‘smirlarda logopedik usullar bilan birga buyuriladi.
Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash bo‘yicha savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga murojat qiling.
4. Tibbiyotda qo‘llanganda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari.
Hamma dori vositalar kabi, ushbu preparat ham kutilmagan reaktsiyalar chaqirishi mumkin, biroq bular hammada ham yuzaga kelmaydi.
Allergik reaktsiyalarga bog‘liq bo‘lgan og‘ir nojo‘ya ta'sirlar, tez-tezligi noma'lum
-yutishni yoki nafas olishni qiyinlashtiruvchi lab, og‘iz yoki tomoqlarni shishi
-xushdan ketish yoki shunga o‘xshash holat
-eshakemi
Agar Siz yuqorida sanab o‘tilgan simptomlardan birini aniqlasangiz, preparatni qabul qilmang va tezda shifokorga murojaat qiling!
Keyingi nojo‘ya ta'sirlar to‘g‘risida klinik tadqiqotlar vaqtida, shuningdek preparatni ro‘yxatga olinganidan keyingi davrda ham xabar berilgan
Tez-tez (100 patsiyentdan 1-10 tasida uchraydi)
Birdan paydo bo‘ladigan majburiy xarakatlar (giperkinez), tana vaznini oshishi, asabiy holat.
Tez-tez emas (1000 patsiyentdan 1-10 tasida uchraydi)
Holsizlik, uyquchanlik, depressiya.
Tez-tez emas (10000 patsiyentdan 1-10 tasida uchraydi)
In'ektsiya joyida og‘riq, qon lahtasini paydo bo‘lishi bilan vena devorini yallig‘lanishi, isitma, arterial bosimni pasayishi.
Tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlarga asoslanib baholashni iloji yo‘q)
Qon ketishi, bezovtalik, xavotirli holat, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiya, ataksiya (koordinatsiyani buzilishi), muvozanat xissini buzilishi, tutqanoqni kechishini yomonlashishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, bosh aylanishi (vertigo), qorindagi og‘riq, qorinni yuqori qismidagi og‘riqlar, ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish, terida toshmalar, qichishish.
Nojo‘ya ta'sirlar haqida xabar berish
Har qanday nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan nojo‘ya samaralar aniqlanganida, iltimos shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish orqali, Siz ushbu preparatning xavfsizligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma'lumot olishga yordam berasiz.
5. Lutsetam® in'ektsiya uchun eritma preparatini qanday saqlash kerak.
15-25°S haroratda saqlansin. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Lutsetam® in'ektsiya uchun eritma preparatini sifati buzilishini yaqqol belgilari bo‘lsa, (masalan, eritma rangini o‘zgarishi) qo‘llash mumkin emas.
6.
Yaroqlilik muddati
Yaroqlilik muddati
o‘ramda ko‘rsatilgan.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
ni tugash sanasi bo‘lib, ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Dori vositalarini maishiy chiqindilarga yoki oqava suvga tashlash mumkin emas. Agar boshqa kerak bo‘lmaydigan preparatni tashlab yuborish zarur bo‘lsa farmatsevt bilan maslahatlashing. Bunday choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam beradi.
7.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
8. O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar.
Lutsetam® in'ektsiya uchun eritmasi o‘zida nimalar saqlaydi
Ta'sir etuchi modda
1 ml in'ektsiya uchun eritmada 200 mg piratsetam
Har bir ampulada 1 g piratsetam 5 ml eritmada yoki 3 g 15 ml eritmada.
Yordamchi moddalar
natriy atsetati, 99,8% li sirka kislotasi, in'ektsiya uchun eritma.
Lutsetam® in'ektsiya uchun eritma preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram tarkibi
Tashqi ko‘rinishi tiniq, hidsiz, rangsiz eritma.
O‘rami
Lutsetam® in'ektsiya uchun eritma 1 g/5ml
5 ml eritma 5 ml hajmli rangsiz shisha ampulalarda. Blisterda 5 ta ampuladan. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Lutsetam® in'ektsiya uchun eritma 3 g/15ml
15 ml eritma 15 ml hajmli rangsiz shisha ampulalarda. 4 ampuladan blisterda. 1 yoki 5 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
MARKETING LITSENZIYASI EGASI VA ISHLAB CHIQARUVCHI
«Farmatsevticheskiy zavod EGIS» YoAJ
1106 Budapesht, Keresturi ko‘ch., 30-38
Vengriya
Ishlab chiqarish maydonchasi
ZAO «Farmatsevticheskiy zavod EGIS»
1165 Budapesht, Byokenfyoldi ko‘ch., 118-120
VENGRIYA

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.