Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tenoten bolalar uchun tab. №40
Tenoten bolalar uchun tab. №40
Nomi | Narx | |||||
Тенотен Детский таб. №40 (13981023##1866) |
UZS 41 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Тенотен Детский таб. №40 (13981023##1947) |
UZS 41 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Тенотен Детский таб. №40 (13981023##1970) |
UZS 41 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Антитела к мозгоспецифическому белку s-100
Страна производитель
Россия
Производитель
Материа Медика Холдинг,НПФ,ООО,Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Tenoten bolalar uchun
Dori shakli
shimish uchun gomeopatik tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda miyaga spetsifik S-100 oqsiliga affin tozalangan antitelolar – 0,003 g*;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
* ta'sir etuvchi modda faol shaklining 10-16 ng/g dan ko‘p bo‘lmagan miqdorida suv-spirt aralashmasi shaklida laktoza monogidratga qo‘shiladi.
Ta'rifi oq rangdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan, riskali va faskali yassi-tsilindrsimon shakldagi tabletkalar. Riskali, yassi tomonida “MATERIA MEDICA” yozuvi, ikkinchi yassi tomonida “TENOTEN KID” yozuvi qayd etilgan.
Farmakoterapevtik guruhi
Anksiolitiklar, nootroplar.
ATX kodlari N05BX, N06BX.
Farmakologik xususiyatlari
Preparat noxush gipnogen va miorelaksant ta'sirlarni chaqirmagan holda tinchlantiradigan, bezovtalanishga qarshi (anksiolitik) ta'sir etadi. Psixoemotsional zo‘riqishlarga chidamlilikni yaxshilaydi. Stress-protektorli, nootrop, antiamnestik, gipoksiyaga qarshi, neyroprotektorli, antiastenik, antidepressiv ta'sirga ega.
Intoksikatsiya, gipoksiya sharoitlarida, o‘tkir darajali miyada qon aylanishi buzilishidan keyingi holatlarda neyroprotektorli ta'sir etadi, shikastlanish sohasini cheklaydi, markaziy nerv tizimida o‘qib-o‘rganish jarayonlarini va xotirani me'yorlashtiradi.
Lipidlarning peroksidli oksidlanish jarayonlarini susaytiradi.
Miyada sinaptik (axborot) va metabolik jarayonlar o‘zaro biriktirilishini amalga oshiradigan S-100 oqsili funktsional faolligini modifikatsiyalaydi. GAMK-mimetik va neyrotrofik ta'sir etgan holda, stress-limitlovchi tizimlar faolligini oshiradi, neyronal plastiklik jarayonlar tiklanishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Yuqori hayajonlanish, asabiylashish, xavotirlanish, xatti-harakat va diqqat-e'tibor buzilishi, vegetativ buzilishlar bilan birga kechadigan nevrotik va nevrozsimon buzilishlar.
Diqqat-e'tiborlik tanqisligi va giperfaollik sindromi.
Qo‘llanish usuli va dozalar
Ichga qabul qilinadi. Bir marta qabul qilish uchun 1-2 ta tabletka (og‘izda to‘liq erib ketgunigacha ushlab turish kerak – ovqatlanish vaqtida qo‘llanilmasligi kerak). Zarur hollarda, tabletkani xona haroratida kam miqdorli qaynatilgan suvda eritib aralashtirish mumkin.
Nevrotik va nevrozsimon buzilishlar. Bir sutkada 1 martadan 3 martagacha 1 tadan tabletkani qabul qilish kerak, davolash kursi – 1-3 oy. Zarur hollarda, davolash kursini 6 oygacha uzaytirish yoki 1-2 oydan so‘ng takrorlash mumkin.
Diqqat-e'tiborlik tanqisligi va giperfaollik sindromi. Bir sutkada 2 marta 2 tadan tabletkani qabul qilish kerak, davolash kursi – 1-3 oy.
Davolash boshlanganidan so‘ng 3-4 hafta davomida turg‘un sog‘ayish bo‘lmagan holatda, shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlar
Preparat tarkibiy moddalariga yuqori individual sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat tarkibiy moddalariga yuqori individual sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori preparatlari bilan birga qo‘llanishi mumkin bo‘lmagan holatlar qayd etilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat tarkibida laktoza monogidrat mavjudligi tufayli tug‘ma galaktozemiya, glyukoza yoki galaktoza malьabsorbtsiyasi sindromi yoxud tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ushbu preparatni buyurish tavsiya etilmaydi.
Tenoten bolalar uchun preparati ta'sirida faollashtiruvchi xususiyatlar mavjudligi tufayli oxirgi qabul qilish uxlashgacha 2 soatdan kechikmay amalga oshirilishi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Tenoten bolalar uchun preparatining homilador ayollarda va laktatsiya davrida qo‘llanilish xavfsizligi o‘rganilmagan. Preparatni qabul qilish zarur hollarda, xavf/foyda nisbati hisobga olinishi kerak.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Tenoten bolalar uchun preparatining transport vositalarini va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'siri aniqlanmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilgan holatda preparat tarkibiga kiradigan yordamchi moddalar bilan bog‘liq dispepsik holatlar bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarilish shakli
Shimilish uchun gomeopatik tabletkalar.
Polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folьgadan tayyorlangan konturli yacheykali o‘ramda 20 tadan tabletka. Kartonli qutida davlat va rus tillarida tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga 2 tadan konturli yacheykali o‘ram joylashtirilgan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berilish tartibi
Retseptsiz.
Qayd etish guvohnomasi berilgan yuridik shaxs
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ;
Rossiya, 127473, Moskva sh., “3-Samotechniy” ko‘chasi, 9-uy.
Tel./faks +7 (495) 684-43-33.
«Bevosita liniya» telefon raqamlari +7 (495) 681-09-30, +7 (495) 681-93-00.
E-mail hotline@materiamedica.ru
Dori preparati ishlab chiqariladigan joy manzili
Rossiya, 454139, Chelyabinsk sh., “Buguruslanskaya” ko‘chasi, 54-uy.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori preparatlarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ Vakolatxonasi;
O‘zbekiston Respublikasi, 100090, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Tarobiy ko‘chasi, 11-uy.
Tel. +998712544057.
E-mail uz@dep.materiamedica.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.