Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Meksidol eritmasi 50mg/ml 5ml №5
Nomi | Narx | |||||
Мексидол р-р 50 мг/мл 5мл №5 (040624##2 184) |
UZS 79 400
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Мексидол р-р 50 мг/мл 5мл №5 (020624##2 191) |
UZS 79 000
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Этилметилгидроксипиридина сукцинат
Страна производитель
Россия
Дозировка
50 мг/мл
Производитель
Фармасофт,НПК,ООО: произведено Армавирская биофабрика,ФКП,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для внутривенного и внутримышечного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- ATS kodi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Meksidol
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) etilmetilgidroksipiridin suktsinati
Dori shakli
vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi
Faol modda
- etilmetilgidroksipiridin suktsinati – 50 mg.
Yordamchi moddalar
- natriy metabisulfiti – 1 mg
- in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.
Ta'rifi rangsiz yoki biroz sarg‘ish, tiniq suyuqlik 2 ml yoki 5 ml dan ampulalarda.
Farmakoterapevtik guruhi
Antioksidant vosita. Alkogolizmda, toksiko- va narkomaniyalardagi buzilishlarni davolash uchun vosita.
ATS kodi
N07XX
Farmakologik xususiyatlari
Antigipoksik, membranoprotektor, nootrop, tirishishga qarshi, anksiolitik ta'sir ko‘rsatadi, organizmning stressga chidamliligini oshiradi. Meksidol organizmni asosiy shikastlovchi omillarning ta'siriga, kislorodga bog‘liq patologik holatlar (shok, gipoksiya va ishemiya, miyada qon aylanishini buzilishi, alkogol va antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) bilan zaharlanish) ga chidamliligini oshiradi.
Meksidol bosh miyaning metabolizmi va qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi, mikrotsirkulyatsiyani va qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi. Gemolizda qon xujayralari (eritrotsitlar va trombotsitlar) ning membrana tuzilmalarini barqarorlashtiradi. Gipolipidemik ta'sir ko‘rsatadi, umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) ning miqdorini kamaytiradi.
O‘tkir pankreatitda fermentativ toksemiya va endogen intoksikatsiyani kamaytiradi.
Meksidolning ta'sir mexanizmi uning antigipoksant, antioksidant va membranoprotektiv ta'siri bilan bog‘liq. U lipidlarning perekisli oksidlanishini ingibirlaydi, superoksiddismutazaning faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, membrananing qovushqoqligini kamaytiradi, uning oquvchanligini oshiradi. Membranaga bog‘liq fermentlar (kaltsiyga bog‘liq bo‘lmagan fosfodiesteraza, adenilattsiklaza, atsetilxolinesterazaning), retseptor (benzodiazepin, GAMK, atsetilxolinli) komplekslarning faolligini modullaydi, bu ularning ligandalar bilan bog‘lanish qobiliyatini kuchaytiradi, biomembranalarning struktur-funktsional tuzilishini saqlanib qolishiga, neyromediatorlarning tashilishiga va sinaptik o‘tkazuvchanlikni yaxshilanishiga yordam beradi. Meksidol bosh miyada dofaminning miqdorini oshiradi. Aerob glikolizning kompensator faollashishini kuchayishini va gipoksiya sharoitida ATF va kreatinfosfatning miqdorini oshirish bilan, Krebs siklidagi oksidlanish jarayonlarining susayish darajasini pasayishini, mitoxondriyalarning energiyani sintez qiluvchi faoliyatini faollashishini, xujayra membranalarining barqarorlashishini chaqiradi.
Meksidol ishemiyaga uchragan miokardda metabolik jarayonlarni normallashtiradi, nekroz sohasini kichraytiradi, miokardning elektrik faolligi va qisqaruvchanligini tiklaydi va yaxshilaydi, shuningdek ishemiya sohasida koronar qon oqimini oshiradi, o‘tkir koronar yetishmovchilikka reperfuzion sindromning oqibatlarini kamaytiradi. Nitropreparatlarning antianginal faolligini oshiradi. Meksidol surunkali ishemiya va gipoksiya oqibatidagi avj oluvchi neyropatiyada ko‘z to‘r pardasining ganglioz xujayralarini va ko‘rish nervi tolalarini shikastlanishlardan saqlanib qolishiga yordam beradi. Ko‘zning to‘r pardasi va ko‘rish nervining funktsonal faolligini oshirib, ko‘rish o‘tkirligini kuchaytiradi.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganida qon plazmasida yuborilgandan so‘ng 4 soat davomida aniqlanadi. Maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (Tmax) – 0,45-0,5 soat. 400-500 mg doza yuborilganida maksimal kontsentratsiyasi (Smax) 3,5-4,0 mkg/ml ni tashkil qiladi. Meksidol® qon havzasidan a'zolar va to‘qimalarga tez o‘tadi va organizmdan tez chiqariladi. Preparatni organizmda tutib turilish vaqti (MRT) 0,7-1,3 soatni tashkil etadi. Preparat asosan siydik bilan, glyukuron bilan kon'yugatsiyalangan shaklda va ozgina miqdorda o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlari;
-bosh-miya jarohati, bosh-miya jarohatlarining oqibatlari;
-distsirkulyator entsefalopatiya;
-vegetativ distoniya sindromi;
-aterosklerotik genezga ega yengil kognitiv buzilishlar;
-nevrotik va nevrozga o‘xshash holatlardagi xavotirlik buzilishlar;
-o‘tkir miokard infarkti (birinchi sutkalardan boshlab) kompleks davolash tarkibida;
-turli bosqichlardagi ochiq burchakli glaukoma, kompleks davolash tarkibida;
-nevrozga o‘xshash holatlar va vegetativ-tomir buzilishlarining ustunligi bilan kechuvchi alkogolizmda abstinent sindromni bartaraf qilish;
-antipsixotik vositalr bilan o‘tkir zaharlanish;
-qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlarida (o‘tkir nekrolitik pankreatit, peritonit) kompleks davolash tarkibida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga (oqim bilan yoki tomchilab) yoki mushak ichiga. Infuzion yuborish usulida Meksidol ni natriy xloridining izotonik eritmasida suyultirish kerak. Meksidol oqim bilan, asta-sekin 5-7 minut davomida, tomchilab – minutiga 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 1200 mg dan oshmasligi kerak.
Miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlarida Meksidol birinchi 10-14 kunda – vena ichiga (v/i) tomchilab 200-500 mg dan sutkada 2-4 marta, so‘ngra – 2 hafta davomida mushak ichiga (m/i) 200-250 mg dan sutkada 2-3 marta qo‘llanadi.
Bosh-miya jarohati, bosh-miya jarohatlarining oqibatlarida Meksidol 10-15 kun davomida v/i tomchilab 200-500 mg dozada sutkada 2-4 marta qo‘llanadi.
Dekompensatsiya bosqichidagi distsirkulyator entsefalopatiyada Meksidol ni 14 kun davomida v/i oqim bilan yoki tomchilab 200-500 mg dozada sutkada 1-2 marta buyurish kerak. So‘ngra – keyingi 2 hafta davomida m/i sutkada 100-250 mg dan buyuriladi.
Distsirkulyator entsefalopatiyaning kurslik profilaktikasi uchun preparat 10-14 kun davomida m/i 200-250 mg doza sutkada 2 marta yuboriladi.
Keksa yoshdagi bemorlardagi yengil kognitiv buzilishlarda va xavotirli buzilishlarda preparat 14-30 kun davomida m/i sutkada 100-300 mg li sutkalik dozada qo‘llanadi.
O‘tkir miokard infarktida kompleks davolash tarkibida Meksidol v/i yoki m/i 14 sutka davomida nitratlar, beta-adrenoblokatorlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, trombolitiklar, antikoagulyatlar va antiagregant vositalar, shuningdek ko‘rsatmalar bo‘yicha simptomatik vositalarni o‘z ichiga oluvchi miokard infarktini an'anaviy davolash fonida yuboriladi. Birinchi 5 sutka davomida maksimal samaraga erishish uchun, preparatni v/i yuborgan afzal, keyingi 9 sutka davomida Meksidol m/i yuborilishi mumkin. Preparatni v/i yuborishni 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li dekstroza (glyukoza) eritmasining 100-150 ml hajmida tomchilab infuziya yo‘li bilan, asta-sekin (nojo‘ya samaralardan saqlanish maqsadida) 30-90 minut davomida o‘tkazish lozim. Zarurat tug‘ilganida preparatni kamida 5 minut davomiylikdagi oqim bilan asta-sekin yuborish mumkin. Preparatni har 8 soatdan so‘ng sutkada 3 marta (v/i yoki m/i) yuboriladi. Sutkalik terapevtik doza sutkada tana vazniga 6-9 mg/kg ni, 1 martalik doza – tana vazniga 2-3 mg/kg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg dan, bir martalik esa – 250 mg dan oshmasligi kerak.
Turli bosqichdagi ochiq burchakli glaukomada kompleks davolash tarkibida Meksidol m/i sutkada 100-300 mg dan 14 kun davomida sutkada 1-3 marta yuboriladi.
Alkogolli abstinent sindromida Meksidol 5-7 kun davomida 200-500 mg dozada v/i tomchilab yoki m/i sutkada 2-3 marta yuboriladi.
Antipsixotik vositalar bilan o‘tkir zaharlanishda Meksidol 7-14 kun davomida v/i sutkada 200-500 mg dozada yuboriladi.
Qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlarida (o‘tkir nekrotik pankreatit, peritonit) Meksidol birinchi sutkalarda operatsiyadan oldingi va operatsiyadan keyingi davrda buyuriladi. Yuboriladigan dozalar kasallikning shakli va og‘irligiga, jarayonning tarqalganligiga, klinik kechishining variantlariga bog‘liq. Preparatni bekor qilinishi asta-sekin, barqaror ijobiy klinik-laborator samaradan so‘ng o‘tkazilishi kerak.
O‘tkir shishli (interstitsial) pankreatitda Meksidol 200-500 mg dan kuniga 3 marta, v/i tomchilab (natriy xloridining izotonik eritmasida) va m/i buyuriladi.
Nekrotik pankreatitning yengil og‘irlik darajasida – 100-200 mg dan kuniga 3 marta v/i tomchilab (natriy xloridining izotonik eritmasida) va m/i yuboriladi. O‘rtacha og‘irlik darajasida – 200 mg dan kuniga 3 marta v/i tomchilab (natriy xloridining izotonik eritmasida) yuboriladi. Og‘ir kechishida – puls - dozalashda birinchi sutkada 800 mg, ikki marta yuborish tartibida; keyinchalik – sutkalik dozani asta-sekin pasaytirish bilan 200-500 mg dan kuniga 2 marta. O‘ta og‘ir kechishida – sutkada 800 mg li boshlang‘ich dozada pankreatik shokni ko‘rinishlari barqarorlashganidan keyin – sutkalik dozani asta-sekin pasaytirilishi bilan 300-500 mg dan kuniga 2 marta v/i tomchilab (natriy xloridining 0,9% li eritmasida) yuboriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘ngil aynishi va og‘izni qurishi, uyquchanlik, allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Jigar va buyraklar faoliyatini o‘tkir buzilishlari, preparatga yuqori shaxsiy sezuvchanlik. Meksidol preparatini qo‘llashning xavfsizligini o‘rganish bo‘yicha qat'iy nazoratli klinik tekshirishlar bolalar, homiladorlik va emizishda o‘tkazilmagan.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Benzodiazepin anksiolitiklari, tirishishga qarshi vositalar (karbamazepin), parkinsonizmga qarshi vositalar (levodopa) ning ta'sirini kuchaytiradi. Etil spirtining zaharli ta'sirini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Alohida hollarda, bronxial astmasi bo‘lgan moyil patsiyentlarda, sulfitlarga yuqori sezuvchanlikda o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari rivojlanishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida uyquchanlik rivojlanishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma 50 mg/ml 2 ml yoki 5 ml dan rangsiz ampulalarda yoki ko‘k rangli sindirish nuqtasi bo‘lgan yoki oq rangli sindirish nuqtasi va uchta markirovka halqasi (yuqori halqa – sariq, o‘rtadagi halqa – oq, pastki halqa – qizil) bo‘lgan yorug‘likdan himoya qilingan shisha ampulalarda. 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda. 1 (5 ml dan ampulalar uchun) yoki 2 (2 ml dan ampula uchun) kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Armavirskaya biofabrika” FKK
Rossiya, 352212, Krasnodarsk o‘lkasi, Novokubanskiy rayoni,
Progress q., Mechnikov ko‘ch., 11 uy.
Tel. +7-(86195)-2-12-11
Faks +7-(86195)-2-15-25
E'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
“NPK “FARMASOFT” MChJ,
Rossiya, 115280, Moskva sh., Avtozavodskaya ko‘ch., 22 uy
Tel./faks +7-(495) 626-47-48
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.