Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Meksidol tabletkalar 125mg №30
Nomi | Narx | |||||
Мексидол таб. 125мг №30 (140224A##2 174) |
UZS 45 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Этилметилгидроксипиридина сукцинат
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Дозировка
125 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Фармасофт,НПК,ООО: произведено Армавирская биофабрика,ФКП,Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Meksidol
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) etilmetilgidroksipiridin suktsinati
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka saqlaydi
Faol modda etilmetilgidroksipiridin suktsinati – 125 mg.
Yordamchi moddalar laktoza monogidrati, natriy karboksimetiltsellyuloza (natriy karmelloza), magniy stearati.
Qobig‘i opadray II oq (makrogol (polietilenglikol'), polivinil spirti, tal'k, titan dioksidi).
Ta'rifi dumaloq, ikki yoqlama qavariq, oqdan kremsimon tusli oq rangligacha bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
antioksidant vosita.
ATX kodi N07XX
Farmakologik xususiyatlari
Meksidol antigipoksik, stress-protektiv, nootrop, tirishishga qarshi va anksiolitik ta'sirga ega bo‘lgan erkin radikalli jarayonlarni ingibirlovchi membrana protektoridir. Preparat organizmni turli shikastlovchi omillarning (shok, gipoksiya va ishemiya, miyada qon aylanishini buzilishi, alkogolь va antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) bilan zaharlanish) ta'siriga chidamliligini oshiradi.
Meksidolning ta'sir mexanizmi uning antioksidant, antigipoksant va membranaprotektiv ta'siri bilan bog‘liq. U lipidlarning perekisli oksidlanishini ingibirlaydi, superoksiddismutazaning faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, membrananing qovushqoqligini kamaytiradi, uning oquvchanligini oshiradi. Meksidol membranaga bog‘liq fermentlar (kal'tsiyga bog‘liq bo‘lmagan fosfodiesteraza, adenilattsiklaza, atsetilxolinesterazaning), retseptor komplekslarning (benzodiazepin, atsetilxolin, gamma-aminomoy kislotasi (GAMK)) faolligini uyg‘unlashtiradi, bu ularning ligandalar bilan bog‘lanish qobiliyatini kuchaytiradi, biomembranalarning struktur-funktsional tuzilishini saqlanib qolishiga, neyromediatorlarning tashilishiga va sinaptik o‘tkazuvchanlikni yaxshilanishiga yordam beradi. Meksidol bosh miyada dofamin miqdorini oshiradi.
Aerob glikolizning kompensator faollashuvini kuchayishini va gipoksiya sharoitida ATF va kreatinfosfatning miqdorini oshirishi orqali Krebs siklidagi oksidlanish jarayonlarini susayish darajasini pasayishini, mitoxondriyalarning energiyani sintez qiluvchi faoliyatini faollashishini, xujayra membranalarini barqarorlashishini chaqiradi.
Preparat bosh miyaning metabolizmi va qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi, mikrotsirkulyatsiyani va qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi. Gemolizda qon xujayralarining (eritrotsitlar va trombotsitlar) membrana tuzilmalarini barqarorlashtiradi. Gipolipidemik ta'sirga ega. Umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteidlar (PZLP) ning miqdorini kamaytiradi.
Antistressor ta'siri stressdan keyingi xulqni, somato-vegetativ buzilishlarni normallashishi, uyqu-tetiklik siklini, o‘qish va xotiraning buzilgan jarayonlarini tiklanishi, bosh miyaning turli tuzilmalarida distrofik va morfologik o‘zgarishlarni kamayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Meksidol abstinent sindromda yaqqol antitoksik ta'sirga ega. U o‘tkir alkogolli zaharlanishning nevrologik va neyrotoksik ko‘rinishlarini bartaraf qiladi, xulq buzilishlarini, vegetativ faoliyatni tiklaydi, shuningdek etanolni uzoq vaqt qabul qilish va uni bekor qilish chaqirgan kognitiv buzilishlarni bartaraf qilish xususiyatga ham ega. Meksidolning ta'siri ostida trankvilizator, neyroleptik, antidepressant, uxlatuvchi va tirishishga qarshi vositalarning ta'siri kuchayadi, bu ularning dozasini pasaytirish va nojo‘ya ta'sirlarini kamaytirish imkonini beradi.
Meksidol ishemiyaga uchragan miokardning funktsional holatini yaxshilaydi. Koronar yetishmovchilik sharoitida ishemiyaga uchragan miokardni kollateral ravishda qon bilan ta'minlanishini kuchaytiradi, kardiomiotsitlarni butligini saqlanishiga va ularning funktsional faolligini tutib turishga yordam beradi. Yurak qaytar disfunktsiyasida miokardning qisqaruvchanligini samarali tiklaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganida tez so‘riladi. 400-500 mg dozalarda qabul qilinganda maksimal kontsentratsiyasi 3,5-4,0 mkg/ml ni tashkil qiladi. A'zo va to‘qimalarda tez taqsimlanadi. Preparatning organizmda tutib turilishining o‘rtacha vaqti ichga vabul qilinganida – 4,9-5,2 soat. Jigarda glyukuron kislotasi bilan kon'yugatsiyalanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. 5 ta metaboliti aniqlangan 3-oksipiridin fosfati – jigarda hosil bo‘ladi va ishqoriy fosfatazaning ishtirokida fosfor kislotasi va 3-oksipiridinga parchalanadi; 2-chi metabolit – farmakologik jihatdan faol, katta miqdorda hosil bo‘ladi va yuborilganidan keyin 1-2 sutkada siydikda aniqlanadi; 3-chisi – katta miqdorda siydik bilan chiqariladi; 4-chi va 5-chisi – glyukuronkon'yugatlardir. Ichga qabul qilinganida T1/2 – 2,0-2,6 soat. Siydik bilan asosan metabolitlari ko‘rinishida va ozgina miqdorda – o‘zgarmagan holda tez chiqariladi. Preparat qabul qilinganidan keyin birinchi 4 soat davomida juda jadal chiqariladi. O‘zgarmagan preparat va metabolitlarning siydik bilan chiqarilish ko‘rsatkichlari shaxsiy o‘zgaruvchanlikka ega.
Qo‘llanilishi
- miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlarining oqibatlari, shu jumladan tranzitor ishemik atakalardan keyin, subkompensatsiya bosqichida profilaktik kurslar sifatida;
- yengil bosh-miya jarohati, bosh-miya jarohatining oqibatlari;
- turli genezli (distsirkulyator, dismetabolik, posttravmatik, aralash) entsefalopatiyalar;
- vegetativ distoniya sindromi;
- aterosklerotik genezga ega yengil kognitiv buzilishlar;
- nevrotik va nevrozga o‘xshash holatlardagi xavotirli buzilishlar;
- nevrozga o‘xshash holatlar va asosan vegetativ-tomir buzilishlari bilan kechuvchi alkogolizmda abstinent sindromni bartaraf qilish, postabstinent buzilishlar;
- antipsixotik vositalr bilan o‘tkir zaharlanishdan keyingi holat;
- astenik holatlar, shuningdek ekstremal omillar va yuklamalarning ta'siri ostida somatik kasalliklarning rivojlanishini oldini olish uchun;
- ekstremal (stress) omillarning ta'siri.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga 125-250 mg dan sutkada 3 marta; maksimal sutkalik doza – 800 mg (6 tabletka). Davolash davomiyligi – 2-6 hafta; alkogolli abstinentsiyani bartaraf qilish uchun – 5-7 kun. Davolash, dozani 2-3 kun davomida kamaytirib, asta-sekin to‘xtatiladi.
Boshlang‘ich doza – 125-250 mg (1-2 tabletka) terapevtik samara olinguncha asta-sekin oshirish bilan sutkada 1-2 marta buyuriladi; maksimal sutkalik doza – 800 mg (6 tabletka) ni tashkil qiladi.
Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda davolash kursining davomiyligi kamida 1,5-2 oyni tashkil qiladi. Takroriy kurslarni (shifokorning tavsiyasiga ko‘ra), bahor-kuz fasllarida o‘tkazgan afzal.
Nojo‘ya ta'sirlari
Shaxsiy nojo‘ya reaktsiyalar dispeptik yoki dispepsik xarakterdagi allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘tkir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, preparatga yuqori shaxsiy sezuvchanlik. Preparatning ta'siri yetarli o‘rganilmaganligi tufayli – bolalik yoshi, homiladorlik, emizish davri.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Meksidol somatik kasalliklarni davolash uchun ishlatiluvchi barcha preparatlar bilan birga ishlatilishishi mumkin. Benzodiazepin preparatlari, antidepressantlar, anksiolitiklar, tirishishga qarshi vositalar va parkinsonizmga qarshi vositalarning ta'sirini kuchaytiradi. Etil spirtining zaharli ta'sirini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash davrida avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni va psixomtor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida uyquchanlik rivojlanishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 125 mg dan. 10 tabletkadan PVX plyonka va alyumin folьga kontur uyali o‘ramda. 3 yoki 5 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridaga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“ZiO-Zdorov'e” YoAJ, Rossiya, 142103, Moskva viloyati, Podol'sk sh.,
Jeleznodorojnaya ko‘ch., 2 uy.
Tel. +7 (495) 642-05-42
Faks +7 (495) 642-05-43
E'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
“NPK “Farmasoft” MChJ, Rossiya, 115280, Moskva sh., Avtozavodskaya ko‘ch., 22
Tel./faks (495) 626-47-48.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.