Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Meksiprim 125 mg tab №30 (Nijfarm)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Этилметилгидроксипиридина сукцинат
Страна производитель
Россия
Дозировка
125 мг
Производитель
Нижфарм,ОАО производитель Московский эндокринный завод,ФГУП
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Meksiprim®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Etilmetilgidroksipiridin suktsinati.
Kimyoviy ratsional nomi 3-Gidroksi-6-metil-2-etilpiridina suktsinat.
Dori shakli
tabletkalar, plenka qobiq bilan qoplangan.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda etilmetilgidroksipiridin suktsinati 100% peptidlarga qayta hisoblaganda – 0,125 mg
yerdamchi moddalar(yadrosi) kaolin – 0,00247 g, natriy karboksimetilkraxmali 0,01258 g, mikrokristallik sellyuloza – 0,1135 g, povidon – 0,0134 g, tal’k – 0,0053 g, kaltsiy stearati – 0,00275;
yerdamchi moddalar(qobig‘i) gipromelloza – 0,00495 g, makrogol – 0,00128 g, titan dioksidi – 0,00165 g, tal'k – 0,00037 g.
Ta'rifi Dumaloq, ikkiyoqlama qabariq shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan, oqdan kremsimon tusli oq rangligacha bo‘lgan, sindirilganda – oqdan kulrang, yoki sarg‘ish, yoki kremsimon tusli oq rangligacha bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Antioksidant vosita.
ATX kodi [N07XX].
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
. Meksiprim geteroaromatik antioksidantlar guruhiga mansub. Keng doirali farmakologik faollikka ega organizmning stressga chidamliligini oshiradi, miorelaksant samara bilan kechmaydigan, anksiolitik ta'sir namoyon qiladi; nootrop xususiyatlarga ega, qarishda va turli patogen omillarning ta'sirida paydo bo‘ladigan o‘rganish va xotirani buzilishini oldini oladi va kamaytiradi; tirishishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, antioksidant va gipoksiyaga qarshi xususiyatlarni namoyon qiladi; diqqatni jamlash va mehnat qobiliyatini oshiradi, alkogolning toksik ta'sirini susaytiradi.
Preparat miya to‘qimalari metabolizmini va ularning qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi, mikrotsirkulyatsiyani va qonning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi. Qon hujayralarining (eritrotsitlarga va trombotsitlar) membrana strukturasini barqarorlashtiradi. Gipolipidemik ta'sirga ega, umumiy xolesterin va past zichlikdagi lipoproteinlarning miqdorini kamaytiradi.
Meksiprimni ta'sir mexanizmi uning antioksidant va membranaprotektor ta'siri bilan bog‘liq. U lipidlarning perekisli oksidlanishni ingibirlaydi, superoksidoksidazaning faolligini oshiradi, lipid-oqsil nisbatini oshiradi, membrananing yopishqoqligini kamaytiradi, uning oquvchanligini oshiradi. Membranaga bog‘liq fermentlar (kaltsiyga qaram bo‘lmagan fosfodiesterazalar, adenilattsiklaza, atsetilxolinestraza), retseptor komplekslarining (benzodiazepin, GAMK, atsetilxolin) faolligini modullaydi, bu ularning ligandalar bilan bog‘lanish qobiliyatini kuchaytiradi, biomembranalarning struktur-funktsional tuzilishini saqlanishiga, neyromediatorlarni tashilishiga va sinaptik o‘tkazuvchanlikka yordam beradi. Meksiprim bosh miyada dofaminning miqdorini oshiradi. Aerob glikolizni kompensator faollashuvini kuchayishini va ATF hamda kreatinfosfatning miqdorini oshishi bilan bo‘lgan gipoksiya sharoitidagi Krebs siklida oksidlanish jarayonlarini susayishi darajasini pasayishini, mitoxondriyalarni energosintezlovchi xususiyatini faollashuvini, hujayra membranalarining barqarorlashishini chaqiradi.
Farmakokinetikasi
Meksiprimni yarimso‘rilish davri 0,08-0,1 soatga teng bo‘lib me'da-ichak yo‘lidan tez so‘riladi. Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti 0,46-0,5 soatni tashkil qiladi. Meksiprimning qon plazmadagi maksimal kontsentratsiyasining ko‘rsatkichi 50 dan 100 ng/ml diapazonida bo‘ladi.
Meksiprimning yarim chiqarilish davri va preparatning organizmda o‘rtacha tutib turilish vaqti muvofiq 4,7-5 soat va 4,9-5,2 soatni tashkil qiladi. Meksiprim odam organizmida uning glyukuron kon'yugatsiyalangan mahsulotining hosil bo‘lishi bilan jadal metabolizmga uchraydi. O‘rtacha 12 soatda siydik bilan preparatning yuborilgan dozasini 0,3% o‘zgarmagan holda preparat va 50% glyukuron kon'yugati ko‘rinishida chiqariladi. Meksiprim va uning glyukuron kon'gati preparat qabul qilinganidan keyin birinchi 4 soat davomida chiqariladi. Meksiprim va uning kon'yugatsiyalangan metabolitining siydik bilan chiqarilishining ko‘rsatkichi ahamiyatli shaxsiy o‘tkazuvchanlikka ega.
Qo‘llanilishi
• nevrotik va nevrozsimon holatlardagi xavotirli buzilishlar;
• vegeto-tomir distoniyasi;
• turli genezli yengil kognitiv buzilishlar (miya qon aylanishini o‘tkir va surunkali buzilishlari, bosh suyagi-miya jarohatlari, neyroinfektsiyalar va intoksikatsiyalar, senil va atrofik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan psixoorganik sindromi va astenik buzilishlardagi);
• keksa yoshli shaxslardagi xotirani buzilishlari va intellektual yetishmovchilik;
• ekstremal (stressor) omillarning ta'siri;
• nevrozsimon va vegeto-tomir buzilishlari ustun bo‘lgan alkogolli abstinent sindromi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, preparatga yuqori shaxsiy sezuvchanlik, bolalik yoshi, homiladorlik, emizish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Meksiprim ichga buyuriladi. Qo‘llanadigan terapevtik dozalar va davolashning davomiyligi bemorlarning preparatga sezuvchanligi bilan belgilanadi. Davolash 0,25-0,5 g dozadan boshlanadi, o‘rtacha sutkalik doza 0,25-0,5 g ni tashkil qiladi, maksimal sutkalik doza – 0,8 g. Preparatning sutkalik dozasini kun davomida 2-3 qabul qilishga taqsimlanadi. Xavotirli bilan kechuvchi buzilishlar, vegeto-tomir disfunktsiyalari va kognitiv buzilishlari bo‘lgan bemorlarni davolash uchun Meksiprimni 2-6 hafta davomida qo‘llanadi. Alkogolli abstinent sindromini bartaraf qilish uchun Meksiprimni 5-7 kun davomida qo‘llanadi. Meksiprim bilan davolash kursini preparatning dozasini asta-sekin 2-3 kun davomida kamaytirib yakunlanadi.
Nojo‘ya ta'siri
Kam - ko‘ngil aynishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining quruqligi, uyquchanlik, allergik reaktsiyalar.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari uyquni buzilishi (uyqusizlik, ayrim hollarda – uyquchanlik).
Davolash odatda talab qilinmaydi. Simptomlar sutka davomida mustaqil yo‘qoladi. Og‘ir hollarda uyqusizlikda 10 mg nitrazepam, 10 mg oksazepam yoki 5 mg diazepamni qabul qilish tavsiya qilinadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolanish davrida avtotransportni haydashda va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Meksiprim psixotrop preparatlar bilan mutanosib; benzodiazepin anksiolitiklarni, parkinsonizmga qarshi vositalari va karbamazepinning ta'sirini kuchaytiradi. Etil spirtining toksik ta'sirini kamaytiradi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 125 mg dan. 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda. 1, 2, 3, 4 yoki 6 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach ishlatilmasin.
Berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Obninskaya ximiko-farmatsevticheskaya kompaniya” YoAJ, Rossiya 249036, Kaluga viloyati, Obninsk sh., Korolev ko‘ch., 4
tel./faks (48439) 6-47-41
Buyurtmachi korxona/qayd qilish guvohnomasining egasi
“Nijfarm” OAJ, Rossiya
603950, Nijniy Novgorod sh., GSP-459, Salganskaya ko‘ch., 7 uy.
Tel. (831) 278-80-88
Faks (831) 430-72-28
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
AO «Nijegorodskiy ximiko-farmatsevticheskiy zavod» AJ O‘zbekiston Respublikasidagi Vakolatxonasi
100084, Tashkent sh., Yunus-Obod tumani, A. Timura tor ko‘ch., 107 B
Tel./faks (99871) 140-35-81.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.