Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
фонтурацетам
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
Обнинская химико-фармацевтическая компания, ЗАО
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Nanotropil novo
Ta'sir etuvchi modda (XPN) fonturatsetam
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda fonturatsetam — 100,00 mg;
yordamchi moddalar povidon K-17, mikrokristall sellyuloza, karboksimetilkraxmal natriy, magniy stearati.
Ta'rifi dumaloq, yassi silindrik, oqdan to sarg‘ish tusli oq ranggacha bo‘lgan faska va riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruxi nootrop vosita.
ATX kodi NO6BX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Yaqqol antiamnestik ta'sirga ega bo‘lgan nootrop preparat, xotirani jamlashga yordam beradi, o‘rganish jarayonini yengillashtiradi, miya to‘qimalarining toksik ta'sirlarga chidamliligini oshiradi, tirishishga qarshi ta'sirga ega.
Almashinish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini rag‘batlantiradi, glyukozaning utilizatsiyasi hisobiga organizmning energetik potentsialini oshiradi. Miyada noradrenelin, dofamin va serotoninning miqdorini oshiradi, GAMK miqdorining darajasiga ta'sir qilmaydi, GAMKa va GAMKv retseptorlari bilan bog‘lanmaydi, miyaning spontan biozlektrik faolligiga ta'sir qilmaydi.
Nafas va yurak qon-tomir tizimiga ta'sir ko‘rsatmaydi, yaqqol diuretik samara namoyon qiladi, bir kurs qo‘llanganida anoreksigen faollikka ega.
Rag‘batlantiruvchi ta'siri nafas harakatlariga nisbatan namoyon bo‘luvchi, o‘rtacha ifodalangan samara ko‘rsatish qobiliyati, jismoniy mehnat qobiliyatini oshishi, shuningdek etanol va geksobarbitalning uxlatuvchi ta'siri yaqqolligini susayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Psixostimullovchi ta'siri ideator sohada yuqoriroq bo‘ladi.
Adaptogen ta'siri haddan ziyod ruxiy va jismoniy yuklamalar sharoitlarida organizmning stressga chidamliligini oshishida, charchoqlikda, gipokineziyada va immobilizatsiyada, past haroratlarda namoyon bo‘ladi.
Preparatni qabul qilish fonida ko‘rishni yaxshilanishi aniqlangan, u ko‘rish o‘tkirligini, yorqinligini va maydonini oshishi bilan ifodalanadi.
Oyoqlarning qon bilan ta'minlanishini yaxshilaydi.
Antigen kiritishga antitelolar ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, bu immunitetni rag‘batlantiruvchi xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi, lekin shu vaqtning o‘zida darhol ta'sir qiluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik rivojlanishiga yordam bermaydi va yot oqsilni yuborish chaqirgan terining allergik yallig‘lanish reaktsiyasini o‘zgartirmaydi.
Bir kurs qo‘llanganida dorilarga qaramlik, tolerantlik, "bekor qilish sindromi" rivojlanmaydi.
Ta'siri bir martalik dozada namoyon bo‘ladi, bu preparat ekstremal sharoitlarda qo‘llanganda muhim hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Tez so‘riladi. Peroral qabul qilinganda mutloq biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
Turli a'zolar va to‘qimalarga kiradi, gematozntsefalik to‘siq orqali oson o‘tadi. Qondagi maksimal kontsentratsiyasiga (Tmax) 1 soat o‘tgach erishiladi.
Metabolizmi
Organizmda metabolizmga uchramaydi.
Chiqarilishi
Yarim chiqarilish davri (T½) — 3-5 soat. O‘zgarmagan holda taxminan 40% - buyraklar orqali va 60% - safro va ter bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
— Intellektual-mnestik faoliyatlarni yomonlashishi, harakat faoliyatini pasayishi bilan birga kechuvchi, MNT ning turli genezli kasalliklari.
— Xotirani yomonlashishi bilan namoyon bo‘luvchi nevrotik holatlar.
— O‘rganish jarayonini buzilishlari.
— Intellektual-mnestik buzilishlar bilan namoyon bo‘luvchi psixoorganik sindromlar.
— Tirishish holatlari.
— Semizlik (alimentar-konstitutsional genezli).
— Gipoksiyani oldin olish, yetressga chidamlilikni oshirish, charchoqlik rivojlanishini oldini olish maqsadida kasbiy faoliyatning ekstremal sharoitlarida organizmning funktsional holatini to‘g‘rilash va aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshirish uchun.
— Surunkali alkogolizm (intellektual-mnestik buzilishlarni kamaytirish maqsadida).
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun.
Darhol ovqatdan keyin qabul qilinadi. Doza va davolash davomiyligi shifokor tomonidan aniqlanishi kerak. Dozalar patsiyent holatining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab o‘zgaradi. O‘rtacha bir martalik doza 150 mg ni (100 mg dan 250 mg gacha); o‘rtacha sutkalik doza — 250 mg ni (200 mg dan 300 mg gacha) tashkil qiladi. Nanotropil novo preparatining maksimal sutkalik dozasi 750 mg ni tashkil qiladi. Tavsiya etilgan 100 mg gacha sutkalik doza bir marta ertalabki soatlarda, 100 mg dan yuqorini esa ikki qabulga bo‘lib qabul qilish kerak. Davolash davomiyligi 2 haftadan to 3 oygacha o‘zgarishi mumkin, o‘rtacha 30 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganda kurs 1 oy o‘tgach takrorlanishi mumkin.
Mehnat qobiliyatini oshirish uchun — 100-200 mg bir marta ertalabki soatlarda, 2 hafta davomida (sportchilar uchun — 3 kun).
Alimentar-konstitutsional semizligi bo‘lgan patsiyentlar uchun preparat bilan davolashning tavsiya etiladigan davomiyligi sutkada 1 marta (ertalabki soatlarda) 100-200 mg dozada 30-60 kunni tashkil qiladi. Preparatni soat 15 dan kechroq qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Uyqusizlik (preparat 15 soatdan kechroq qabul qilinganda). Ayrim patsiyentlarda qabul qilishning birinchi 1-3 kunlarida peixomotor qo‘zg‘alish, teri qoshlamalarining giperemiyasi, issiqlik hissi, arterial bosimni oshishi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Fonturatsetam yoki preparatning tarkibidagi har qanday yordamchi moddaga o‘ta yuqori sezuvchanlik,
Homiladorlik va emizish davri.
18 yoshgacha bo‘lganlar (ushbu yosh populyatsiyasida fonturatsetamni qo‘llash samarasi va xavfsizligi bo‘yicha klinik ma'lumotlarning yo‘qligi tufayli).
Ehtiyotkorlik bilan
Jigar va buyraklarning og‘ir organik shikastlanishlari, arterial gipertenziyaning og‘ir kechishi, yaqqol aterosklerozi bo‘lgan, ilgari sarosimali xujumlar, psixomotor qo‘zg‘alish bilan kechuvchi o‘tkir psixotik holatlar o‘tkazgan patsiyentlarda — xavotirlikni, sarosimani, gallyutsinatsiyalar va alahsirashni zo‘rayishi mumkinligi tufayli, shuningdek pirrolidon guruhi nootrop preparatlarga allergik reaktsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Fonturatsetam MNT ni rag‘batlantiruvchi preparatlarning va nootrop preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Fonturatsetam neyroleptiklarning kataleptik ta'siriga yaqqol antagonizm namoyon qiladi, shuningdek etanol va geksabarbitalning uyqu ta'siri yaqqolligini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Stress va charchoqlik, surunkali uyqusizlik fonida haddan ziyod psixozmotsional ozib ketishda, preparatni bir marta qabul qilish, birinchi sutkada uyquga keskin ehtiyojni chaqirishi mumkin. Bunday patsiyentlarga ambulatoriya sharoitlarida dam olish kunlarida preparatni kursli qabul qilishni boshlash tavsiya etiladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llaniish
Homiladorlarda fonturatsetamning randomizirlangan klinik tekshirishlari bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun Nanotropil" novo preparatini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishda, ayniqsa qabul qilishning birinchi kunlarida, uyquchanlik paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish hollari aniqlanmagan.
Davolash simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
.
100 mg tablsetkalar.
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyumin fol'gali kontur uyali o‘ramda.
1 yoki 3 kontur uyali o‘ramdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilap birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoitlari
Yerug‘likdan himoyalangan joyda, 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Uramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvoxnomasi nomiga berilgan yuridik shaxs
«Obninskaya ximiko-farmatsevticheskaya kompaniya» Yopik aktsiyadorlik jamiyati («OXFK» YoAJ), Rossiya
Kaluga vil., Obninsk sh., Kiyev shossesi, 107-bino;
Kaluga vil., «Gorod Obninsk» shaxar okrugi, Obninsk sh., Kiyev shossesi, 3a-bino, 3-imorat.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.