Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pantogam aktiv kaps.300mg №60
Nomi | Narx | |||||
Пантогам Актив капс.300 мг № 60 (L140723F##2 234) |
UZS 156 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
D,L-Гопантеновая кислота
Страна производитель
Россия
Дозировка
300 мг
Производитель
Пик-Фарма ООО
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pantogam aktiv
Ta'sir etuvchi modda (XPN) D,L-Gopanten kislotasi &
Kimyoviy nomi (R,S)-4-[(2,4-Digidroksi-3,3-dimetil-butiril)amino]butirat kaltsiya (21)
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 300 mg Gopanten kislotasi (D,L-Gopanten kislotasi &);
yordamchi moddalar 20,97 mg mikrokristall sellyuloza, 1,53 mg magniy stearati; № 0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar (kapsulaning tarkibi titan dioksidi 2%, jelatin 100% gacha).
Ta'rifi oq rangli № 0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagi modda – oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
nootrop vosita.
ATX kodi N06BX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Pantogam aktivning ta'siri uning strukturasida GAMKB-retseptor-kanal majmuasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir qiluvchi gamma-aminomoy kislotasi (GAMK) ning mavjudligi bilan bog‘liq. Pantogam aktiv gopanten kislotasining R-shakli va uning S-izomerining teng miqdorlarini ratsemik aralashmasidir. Preparatning tarkibida izomerni bo‘lishi transportni va preparatni GAMK retseptori bilan o‘zaro ta'sirini yaxshilaydi. Pantogam aktiv gopanten kislotasining birinchi avlod preparatlariga nisbatan, yaqqolroq nootrop va tirishishga qarshi ta'sirga ega.
Pantogam aktiv miyaning gipoksiyaga va zaharli moddalarning ta'siriga chidamliligini oshiradi, neyronlarda anabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi, mo‘'tadil sedativ ta'siri yengil stimullovchi samarasi bilan birga namoyon bo‘ladi. Antiastenik yengil vahimaga qarshi ta'sirga ega. Motor qo‘zg‘aluvchanlikni kamaytiradi, xulq-atvorni tartibga soladi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini faollashtiradi. Qovuqning patologik oshgan refleksi va detruzor tonusini tormozlanishini chaqiradi.
Farmakokinetikasi
Me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi. Preparat metabolizmga uchramaydi va 48 soat davomida o‘zgarmagan holda qabul qilingan dozaning 70% - siydik bilan, 30% - ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• bosh miyani organik shikastlanishlari (shu jumladan neyroinfektsiyalar va bosh miya jarohatlarining oqibatlari) va nevrotik buzilishlardagi kognitiv buzilishlar;
• bosh miya qon tomirlarining aterosklerotik o‘zgarishlari oqibatidagi serebrovaskulyar yetishmovchilik;
• ekstrapiramid giperkinezlar (mioklonus–tutqanoq, Gentington xoreyasi, gepatolentikulyar degeneratsiya, Parkinson kasalligi va boshq.), shuningdek neyroleptiklarni qabul qilish oqibatida kelib chiqqan ekstrapiramid sindromini davolash uchun;
• tirishishga qarshi vositalar bilan birga tutqanoqni davolashda;
• psixoemotsional zo‘riqishlar, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini susayishi, diqqatni jamlash va eslab qolishni yaxshilash uchun;
• siyishni neyrogen buzilishlari (pollakiuriya, imperativ qistovlar, siydikni imperativ tutib turaolmaslik, enurez);
• shizofreniyada kompleks davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin 15-20 minut o‘tgach 1-3 kapsula (0,3-0,9 g) dan kuniga 2-3 marta buyuriladi, tonggi va kunduzgi soatlarda qabul qilgan afzal. Maksimal sutkalik doza 8 kapsula (2,4 g) ni tashkil etadi. Davolash kursi – 1-4 oy, ba'zan 6-12 oygacha davom etadi. 3-6 oydan so‘ng takroriy davolash kursini o‘tkazish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda allergik reaktsiyalar (rinit, kon'yunktivit, teri toshmalari) bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparat bekor qilinadi.
Juda kam hollarda markaziy nerv tizimi (MNT) tomonidan noxush reaktsiyalar uyquni buzilishi yoki uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, boshda shovqin kuzatiladi. Bunday hollarda preparatning dozasi kamaytiriladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, buyrakning o‘tkir og‘ir kasalliklari, 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlar (ancha erta yoshdagi patsiyentlarda preparatni ishlatish bo‘yicha klinik tadqiqotlar yo‘q).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Barbituratlarning ta'sirini uzaytiradi, tirishishga qarshi vositalarning ta'sirini kuchaytiradi, karbamazepin, fenobarbital, neyroleptiklarning nojo‘ya ta'sirini oldini oladi. Pantogam aktivning samarasi glitsin, etidronat kislotasi bilan birga qo‘llanganida kuchayadi. Mahalliy anestetiklarning (prokain) ta'sirini potentsiyalaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq muddatli davolashda preparatni boshqa nootrop vositalar va MNT ni rag‘batlantiruvchi vositalar bilan bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlikda va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Nojo‘ya ko‘rinishlarining simptomatikasini kuchayishi. Davolash faollashtirilgan ko‘mir, me'dani yuvish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 300 mg. 15 kapsuladan polivinilxlorid plyonka va chop etilgan laklangan alyumin folga kontur uyali o‘ramda. 4 kontur uyali o‘ramdan rus va davlat tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Qayd etish guvohnomasi berilgan yuridik shaxs
«PIK-FARMA» MChJ, 125047, Moskva sh., Orujeyniy per., 25 uy, 1 bino.
Ishlab chiqaruvchi
«PIK-FARMA LEK» MChJ, 308519, Belgorod viloyati, Belgorod tumani,
Severnыy pos., Beryozovaya ko‘ch., 1/19.
E'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«PIK-FARMA» MChJ.
Tel./faks (495) 925-57-00
www.pantogam.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.