Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Piratsetam kapsulalar 400mg №20 (NAVBAHOR SANOAT)
Nomi | Narx | |||||
Пирацетам капс. 400мг №20 (NAVBAHOR SANOAT) (010824##2 274) |
UZS 9 800
UZS 10 300
-5%
Экономия UZS 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Пирацетам капс. 400мг №20 (NAVBAHOR SANOAT) (010824##2 318) |
UZS 9 400
UZS 9 800
-4%
Экономия UZS 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Kelib chiqqan mamlakat
O'zbekiston
Дозировка
400 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Navbahor-Sanoat
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Piratsetam
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Piratsetam
Dori shakli
kapsulalar.
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 200 mg, 400 mg piratsetam
yordamchi moddalar laktoza, magniy stearati.
Ta'rifi 200 mg uchun «2» va 400 mg uchun «0» o‘lchamlardagi, oq yoki deyarli oq kukun
bilan to‘ldirilgan, oq rangli, qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Nootrop vosita.
ATX kodi NO6BX03
Farmakologik xususiyatlari
Piratsetam ta'lim olish, xotira, diqqat, shuningdek aqliy ish qobiliyati kabi kognitiv (bilish, anglash) jarayonlarni yaxshilab, bosh miyaga ta'sir ko‘rsatuvchi nootrop vosita hisoblanadi. Piratsetam markaziy nerv tizimiga turli yo‘llar bilan ta'sir ko‘rsatadi bosh miyada qo‘zg‘alishni tarqalish tezligini o‘zgarishi, nerv xujayralarida metabolik jarayonlarni yaxshilanishi, qonning reologik hususiyatlariga ta'sir qilib va tomirlarni kengaytiruvchi ta'sir ko‘rsatmasdan, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilanishini chaqiradi. Bosh miya yarim sharlari orasidagi aloqani va nokortikal tuzilmalarda sinaptik o‘tkazuvchanlikni yaxshilaydi. Piratsetam trombotsitlar agregatsiyasini ingibirlaydi va eritrotsitlarning membranalarni elastikligini tiklaydi, eritrotsitlarning adgeziyasini kamaytiradi. 9,6 g dozada fibrinogenning darajasini va Villibrand omilini 30-40% ga pasaytiradi va qon ketishi vaqtini uzaytiradi. Piratsetam vestibulyar nistagmning davomiyligini va yaqqolligini pasaytiradi.
Preparat ichga qabul qilinganidan so‘ng piratsetam tez va deyarli to‘liq so‘riladi, cho‘qqi kontsentratsiyasiga qabul qilingandan so‘ng 1 soatdan keyin erishiladi. Preparatning biokirishaolishligi, 2 g bir martalik doza qabul qilingandan so‘ng taxminan 100% ni tashkil kiladi. Piratsetamning taqsimlanish xajmi — taxminan 0,6 l/kg. Preparatning yarim chiqarilish davri ilazmadan 4-5 soatki va orqa miya suyuqligidan 8,5 soatni tashkil qiladi, buyrak yetishmovchiligida uzayadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydi, organizmda metabolizmga uchramaydi. Paratsetamning 80-100% buyraklar orqali o‘zgarmagan holda buyraklar fil'tratsiyasi yo‘li bilan chiqariladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda piratsetamning buyrak klireisi minutiga 86 mdni tashkil qiladi. Piratsetamning farmakokinetikasi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda o‘zgarmaydi. Piratsetam gematozntsefalik va yo‘ldosh to‘siqlari va gemodializda ishlatiladigan membranalar orqali o‘tadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tekshiruvlarda piratsetam bosh miyaning po‘stlog‘i to‘kimalarida tanlab, asosan peshona, chakka va ensa bo‘laklarida, miyachada va bazal gangliylarda to‘planadi.
Qo‘llanilishi
Kattalar
- xotirani pasayishi, bosh aylanishi, diqqatni jamlashni pasayishi bilan kechuvchi psixoorganik sindromni simptomatik davolash;
- kelib chiqishi vazomotor va ruxiy bosh aylanishidan tashqari bosh aylanishi va u bilan bog‘liq bo‘lgan muvozanatni buzilishini davolash;
- kortikal miokloniyani monoterapiya yoki majmuaviy davolash tarkibida davolash;
- surunkali alkogolizm va alkogol abstinentsiyasini davolash.
Bolalar
- 8 yoshdan boshlab bolalarda dizleksiyani boshqa tegishli usullar bilan, shu jumladan logopediyani qo‘shib davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga, ovqatdan oldin yoki ovqat vaqtida qabul qilinadi. Kapsulani suyuqlik bilan (suv yoki sharbat) ichish kerak.
Psixoorganik sindromni davolash.
Tavsiya qilingan sutkalik doza 2,4-4,8 g. Odatda doza 2-3 marta qabul qilishga bo‘linadi. Tutib turuvchi doza sutkada 2,4 g. Davolash kamida 3 hafta davom ettiriladi.
Kortikal miokloniyani davolash.
Odatda boshlag‘ich doza 3 kun davomida sutkada 24 g ni tashkil qiladi. Sutkalik doza 2-3 marta qabul qilishga taqsimlapadi. Agar terapevtik samara kuchsiz yoki umuman bo‘lmasa – preparatni o‘sha dozada 7 sutkagacha qo‘llash davom ettiriladi. Agar shu muddatda kutilgan terapevtik samara kuzatilmasa, piratsetam bilan davolashni to‘xtatish va boshqa antimioklonik vositalarni buyurish kerak. Kerakli terapevtik samara olinganda, davolash kasallikning belgilari yo‘qolguncha davom ettiriladi. Bemorlarning holatini yomonlashishini oldini olish uchun preparatni qabul qilishni birdan to‘xtatish mumkin emas. Dozani asta-sekin xar 2-3 kunda 1-2 g ga pasaytirish kerak (Lants-Adams sindromi bo‘lgan holda har 3-4 kunda). Davolash vaqtida boshqa antimioklonik vositalar qo‘llanganida piratsetamning dozasi kamaytirilmaydi, lekin klinik manzaraga qarab, boshqa preparatlarning dozasi, agarda imkoniyat bo‘lsa kamaytiriladi. O‘tkir spontan xurujlari bo‘lgan bemorlarga har 6 oyda ireparat bilan takroriy davolash kurslarini buyurish kerak, bunda doza patsiyentping holati, kasallikning ko‘rinishini kamayishi yoki yo‘qolishiga qarab to‘g‘rilanadi.
Bosh aylanishi va u bilan bog‘liq muvozanatning buzilishini davolash.
Tavsiya qilingan sutkalik doza 2,4-4,8 g ni tashkil qiladi. Odatda doza 2-3 marta qabul qilishga taqsimlanadi.
Alkogolizm, shuningdek surunkali alkogolizmni davolash.
O‘tkir davrida sutkada 12 g buyuriladi. Terapevtik samara olinganidan so‘ng tutib turuvchi doza sutkada 2,4 g ni tashkil qiladi.
Bolalarada qo‘llash.
Dizleksiyani majmuaviy davolash tarkibida.
8 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi. Sutkalik doza odatda 3,2 g ni tashkil qiladi, 2 marta qabul qilishga bo‘linadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nerv tizimi tomonidan tez-tez giperkineziya; ba'zida ataksiya, asabiylik, qo‘zg‘alish, ta'sirchanlik, xavotirlik, uyquni buzilishi, bosh aylanishi, ekstrapiramid buzilishlar, bosh og‘rig‘i, depressiya, uykusizlik, tutqanoq xurujlarini tez-tezligini oshishi, tremor, tirishishlar, muvozanatni buzilishi, uyquchanlik.
Ruxiy buzilishlar yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uykuchanlik, depressiya, xavotirlik, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar. Bolalarda ayniqsa aqliy zaif bolalarda tinib tinchimaslik, xavotirlik, serxarakatlik, diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi, ta'sirchanlik, janjalkashlik.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan anoreksiya, qorin og‘rig‘i, qorinning yuqori qismida og‘riq, ko‘pgil aynishi, diarsya, qusish, qabziyat.
Immun tizimi tomonidan o‘ta qori sezuvchanlik, shu jumladan anafilaksiya.
Jinsiy tizim tomonidan; jinsiy faollikni oshishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan angionevrotik shish, dermatitlar, qichishish, toshma, eshakemi.
Boshqalar tana vaznini oshishi, asteniya, stenokardiyani kechishini yomonlashishi, arterial gipertenziya, tromboflebit, gipertermiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Piratsetam yoki pirrolidon hosilalari, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi (gemorragik insul't).
Buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi (kreatinin klirensi 20 ml/min dan kam).
Xantington xoreyasi.
Homiladorlik va emiziklik davri.
8 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Qandli diabeti bo‘lgan va oldin mevali sharbatlarni iste'mol qilish bilan bog‘liq allergik reaktsiyalar haqida ma'lumotlar bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Zarurati bo‘lganida piratsetam bilan davolashni yurak-qon tomir dori vositalari bilan qo‘shib qo‘llash mumkin. Ruxiy kasalliklarni davolashda — tegishli psixotrop vositalar bilan birga buyuriladi.
Qalqonsimon bezning ekstraktlari bilan (T3 + T4) bir vaqtda qo‘llanganida quyidagilar bo‘lishi mumkin yuqori ta'sirchanlik, dezoriyentatsiya va uyquni buzilishi. Klonazepam, fenitoin, fenobarbital, natriy val'proat bilan o‘zaro ta'siri kuzatilmagan.
Piratsetamning yuqori dozalari (9,6 g/sut) venoz trombozi bo‘lgan bemorlarda atsenokumarolning samaradorligini oshiradi trombotsitlar agregatsiyasining darajasini, fibrinogenning darajasini, Villebrand omilini, qon va plazmaning qovushqoqligini, faqat atsenokumarol buyurgandagiga qaraganda ko‘proq pasayishi kuzatilgan.
Boshqa dori vositalarining ta'siri ostida piratsetamning farmakodinamikasini o‘zgarishini ehtimoli past, chunki preparatning 90% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. In vitro piratsetam 142, 426, 1422 mkg/ml kontsentratsiyada sitoxrom P450ning CYP1A2, 2B6, 2S8, 2S9, 2C19, 2D6, 2E1, va 4A9/11 izoshakllarni susaytirmaydi. 1422 mkg/ml kontsentratsiyada CYPIA6 (21%) va 3A4/5 (11%) ni katta biroz susayishi kuzatilgan. Biroq bu ikki SUR- izomerlarning Ki darajasi 1422 mkg/ml ga oshirilganda yetarli. Shuning uchun bu fermentlar tomonidan biotransformatsiyaga uchraydigan preparatlar bilan metabolik o‘zaro ta'sirining ehtimoli kam.
Piratsetamni 20 mg/sut dozada qabul qilish tugqanog‘i bo‘lgan bemorlarning qon zardobida tutqanoqqa qarshi preparatlarning (karbamazepin, fenitoin, fenobarbital, val'proat) kontsentratsiyasi darajalarining cho‘qqisini va egri chizig‘ini o‘zgartirmaydi.
Alkogol bilan birga kabul qilish zardobda piratsetamning kontsentratsiyasining darajasiga ta'sir qilmaydi. Qon zardobidagi alkogol'ning kontsentratsiyasi 1,6 g piratsetam bir marta qabul qilinganida o‘zgarmaydi.
Keksa odamlarda antianginal vositalarning ta'sirini kuchaytiradi, antidepressantlarning samaradorligini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Piratsetamni trombotsitlar agregatsiyasiga ta'siri sababli, gemostazi buzilgan bemorlarga, katta jarroxlik muolajalari vaqtida, yoki og‘ir qon ketishi simptomlari bo‘lgan bemorlarga preparatni extiyotkorlik bilan buyurish kerak. Kortikal miokloniyasi bo‘lgan bemorlarni davolashda, davolashni birdan to‘xtatishdan saqlanish kerak, bu xurujlarning qaytalanishini chaqirishi mumkin. Keksa yoshli bemorlarni uzoq vaqt davolashda doza kreatinin klirensini tekshirishlarining natijalariga qarab to‘g‘rilanadi. Gemodializ apparatlarining membrana fil'trlari orqali o‘tadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas. Preparat ko‘krak sutiga o‘tadi. Preparat bilan davolanish vaktida emizishdan saqlanish kerak.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reakuiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalarning rivojlanishi mumkinligi sababli, avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Bolalar.
Preparat 8 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari Preparatning nojo‘ya ta'sirlarini (dispeptik ko‘rinishlar, gemokolit, qorin og‘rig‘i va boshq.) kuchayishi.
Davolash Simptomatik. Maxsus antidoti yo‘q, gemodializni qo‘llash mumkin (piratsetamning 50-60% chiqariladi).
Chiqarilish shakli
Bankalarda 10 ta, 20 ta, 30 ta, 50 ta yoki 100 ta kapsuladan.
Kontur uyali o‘ramlarda 10 ta [№10 (1x10), №20 (2x10), №30 (3x10), №50 (5x10), №100
(10x10)]kapsuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C nan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chikaruvchi
«NAVBAHOR SANOAT» MChJ, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Chilonzor-b,
Cho‘pon-Ota ko‘chasi 17/1-uy. tel (71) 202-15-51.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.