Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Serebrolizin in'ektsiya uchun eritma 10ml №5
Nomi | Narx | |||||
Церебролизин р-р д/инъек 10мл №5 (F1VS1A##2 260) |
UZS 296 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гидролизат головного мозга крупного рогатого скота и свиней, содержащий пептиды и аминокислоты
Страна производитель
Австралия
Дозировка
10 мл
Производитель
Ever Neuro Pharma GmbH
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Serebrolizin®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Peptidlarning majmuasi
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
Faol modda preparatning 1 ml suvli eritmasi 215,2 mg serebrolizin kontsentrati (cho‘chqaning bosh miyasidan olingan peptidlarning majmuasi) saqlaydi. Serebrolizinning faol fraktsiyasi peptidlardan iborat bo‘lib, ularning molekulyar vazni 10 000 daltondan oshmaydi.
Yordamchi moddalar natriy gidroksidi va in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi mexanik qo‘shimchalardan holi bo‘lgan qahrabo rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
nootrop vosita.
ATX kodi N06BX
Farmakologik xususiyatlari
Serebrolizin gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nerv hujayralariga kiradigan pastmolekulyar biologik faol neyropeptidlarni saqlaydi. Preparat bosh miyaga organospetsifik multimodal ta'sirga ega, ya'ni metabolik boshqaruvni, neyroprotektsiyani, funktsional neyromodulyatsiyani va neyrotrofik faollikni ta'minlaydi.
a) metabolik boshqaruv serebrolizin bosh miyaning aerob energetik metabolizmining samaradorligini oshiradi, rivojlanayotgan va qariyotgan bosh miyada hujayra ichki oqsil sintezini yaxshilaydi.
b) neyroprotektsiya serebrolizin neyronlarni laktatsidozning shikastlovchi ta'siridan himoya qiladi, erkin radikallarni hosil bo‘lishini oldini oladi, gipoksiya va ishemiya sharoitlarda neyronlarning yashab qolish darajasini oshiradi va nobud bo‘lishini oldini oladi, qo‘zg‘atuvchi aminokislotalarning (glutamat) shikastlovchi neyrotoksik ta'sirini kamaytiradi.
v) neyrotrofik faollik serebrolizin – neyrotrofik faolligi isbotlangan, neyronal o‘sishning (NGF) tabiiy omillari ta'siriga o‘xshash ta'sirli,samarasi periferik sharoitda yuborilganda namoyon bo‘ladigan yagona nootrop peptidergik preparatdir.
g) funktsional neyromodulyatsiya serebrolizin kognitiv funktsiyalar buzilganida, ma'lumotlarni eslab qolish jarayoniga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Faol fraktsiyasi umumiy polifunktsional ta'sirga ega bo‘lgan, biologik faol oligopeptidlarning muvozanatlangan va barqaror aralashmasidan iborat bo‘lgan serebrolizinning murakkab tarkibi alohida komponentlarni odatdagi farmakokinetik tahlilini o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaydi.
Qo‘llanilishi
Altsgeymer kasalligi, turli genezli dementsiya sindromi, surunkali serebrovaskulyar yetishmovchilik, ishemik insult, bosh va orqa miyaning travmatik shikastlanishlari, bolalardagi aqliy rivojlanishning kechikishi, bolalardagi diqqatning kamayib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan parishonxotirlik; antidepressantlarga rezistent bo‘lgan endogen depressiyani majmuaviy davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Parenteral qo‘llanadi. Dozalari va davolash davomiyligi, kasallikning og‘irligi va xarakteri, shuningdek, bemorning yoshiga bog‘liq. Miqdori 50 ml ga yetishi mumkin bo‘lgan bir martalik dozalarni buyurish mumkin, biroq davolash kursini o‘tkazish ma'qulroqdir.
Tavsiya etilgan optimal davolash kursi 10-20 kun davomidagi kundalik in'ektsiyalardan iborat.
Qo‘llanilishi
Tavsiya qilinadigan dozalar
1.O‘tkir hollarda (ishemik insult, bosh-miya jarohati, neyroxirurgik operatsiyalarning asoratlari)10 ml dan 50 ml gacha
2.Bosh va orqa miya jarohati va miya insultining rezidual davri5 ml dan 50 ml gacha
3.Psixoorganik sindromi va depressiya5 ml dan 30 ml gacha
4.Altsgeymer kasalligi, tomir va qo‘shilgan Altsgeymer-tomir genezili dementsiya5 ml dan 30 ml gacha
5.Neyropediatrik kasalliklar0,1-0,2 ml/kg vaznga
Davolash samaradorligini oshirish uchun, davolash natijasida patsiyentning holatini yaxshilanishi kuzatilgunicha takroriy kurslar o‘tkazilishi mumkin. Birinchi kurs o‘tkazilganidan keyin dozalarni buyurish davriyligi haftasiga 2 yoki 3 martagacha kamaytirilishi mumkin.
Serebrolizin in'ektsiyalar ko‘rinishida mushak ichiga (5 ml gacha) va vena ichiga (20 ml gacha) qo‘llanadi. 10 ml dan 50 ml gacha dozalarni infuziya uchun taklif qilingan standart eritmalar bilan suyultirilgandan keyin, faqat sekin vena ichiga infuziyalar yordamida yuborish tavsiya qilinadi. Infuziyaning davomiyligi 15 dan 60 minutgachani tashkil qiladi.
Ehtiyotkorlik va tibbiy personal uchun ma'lumot
In'ektsiya haddan tashqari tez bajarilganida qizish hissi, terlash, bosh aylanishi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun preparani sekin yuborish kerak.
Preparatni (24 soat davomida xona haroratida va yorug‘likda) infuziya uchun quyidagi standart eritmalar bilan mutanosibligi tekshirilgan va isbotlangan
6.Natriy xloridining 0,9% li eritmasi (9 mg NaCl/ml).
7.Ringer eritmasi (Na+ - 153,98 mmol/l; Sa2+ - 2,74 mmol/l; K+ - 4,02 mmol/l; Cl- - 163,48 mmol/l).
8.5% li glyukoza eritmasi.
Serebrolizinni vitaminlar va yurakda qon aylanishini yaxshilovchi preparatlar bilan bir vaqtda buyurishga yo‘l qo‘yiladi, biroq bu preparatlarni Serebrolizin bilan bir shpritsda aralashtirish mumkin emas.
Faqat tiniq eritmani va faqat bir marta ishlatish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari - 1/100 dan ortiq - 1/10 dan kam; kam uchraydigan nojo‘ya samaralari - 1/1000 dan ko‘p - 1/100 dan kam; juda kam uchraydigan nojo‘ya samaralari - 1/10000 dan ko‘p - 1/1000 dan kam; kamdan-kam uchraydigan nojo‘ya samaralari - 1/10000 dan kam.
Haddan tashqari tez yuborilganida kam hollarda quzish hissi, terlash, bosh aylanishi va (yakka hollarda) yurakni tez urishi va aritmiyalar bo‘lishi mumkin.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan kam hollarda ishtahani yo‘qolishi, dispepsiya, diareya, qabziyatlar, ko‘ngil aynishi va qusish kuzatilgan.
Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimi tomonidan kam hollarda taxmin qilinayotgan faollashuv samarasi qo‘zg‘alish (agressiv xulq, ongni chalkashishi, uyqusizlik bilan namoyon bo‘ladigan) bilan kechgan. Serebrolizin bilan davolanish davrida yakka hollarda (<0,01%) katta tutqanoq xurujlari va tirishishlar paydo bo‘lganligi haqida xabarlar bor.
Immun tizimi tomonidan kamdan-kam hollarda bosh og‘rig‘i; bo‘yinda va qo‘l-oyoqlarda, orqaning pastki qismida og‘riq hislari; hansirash, et uvishishi va kollaptoid holat bilan namoyon bo‘luvchi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yoki allergik reaktsiyalar aniqlangan.
Mahalliy reaktsiyalar kam hollarda terini qizarishi, in'ektsiya joyida qichishish va achishish aniqlanadi.
Boshqalar tekshirish natijalari bo‘yicha giperventilyatsiya, arterial gipertoniya, arterial gipotoniya, charchoqlik, tremor, depressiya, apatiya, bosh aylanishi va grippga o‘xshash simptomlarning (yo‘tal, tumov, nafas yo‘llarining infektsiyalari) kamdan-kam hollari to‘g‘risida xabar berilgan.
Ayrim noxush samaralari (qo‘zg‘alish, arterial gipertoniya, arterial gipotoniya, lanjlik, tremor, depressiya, apatiya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hansirash, diareya, ko‘ngil aynishi) klinik sinovlar vaqtida aniqlangan va Serebrolizin olgan patsiyentlarda ham, platsebo guruhidagi patsiyentlarda ham bir xil darajada ro‘y bergan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik;
• o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
• epileptik status.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Serebrolizinning farmakologik profilini hisobga olib, antidepressantlar yoki MAO ingibitorlari bilan birga buyurilganida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan additiv samaralarga maxsus e'tibor qaratish kerak. Bunday hollarda antidepressantning dozasini pasaytirish tavsiya etiladi.
Serebrolizinni va aminokislotalarning muvozanatlangan eritmalarini infuziya uchun bir eritmada aralashtirish mumkin emas Serebrolizin tarkibiga lipidlar kirgan eritmalar va rN muhitni o‘zgartiradigan (5,0-8,0) eritmalar bilan nomutonosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya
Preparat homiladorlikning I uch oyligida va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlik davrida va emizish vaqtida Serebrolizin faqat, davolashning ijobiy samarasi va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xavf orasidagi o‘zaro nisbat sinchiklab tahlil qilinganidan keyingina qo‘llanishi kerak. Eksperimental tadqiqotlarning natijalari, Serebrolizinni qandaydir teratogen ta'sirga egaligi yoki homilaga zaharli ta'sir ko‘rsatishini taxmin qilishga asos bo‘lmaydi. Biroq, xuddi shunday klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Klinik sinovlar Serebrolizinni transport vositalarni boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta'sir etmasligini ko‘rsatdi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma 1 ml, 2 ml ampulalarda
1 ml, 2 ml dan jigarrang shisha ampulalarda. 10 ampuladan, yaltiroq qog‘oz bilan qoplangan, PVX kontur uyali o‘ramga joylangan. Bir kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
In'ektsiya uchun eritma 5 ml, 10 ml va 20 ml ampulalarda
5 ml, 10 ml, 20 ml dan jigarrang shisha ampulalarda. 5 ampuladan, yaltiroq qog‘oz bilan berkitilgan PVX kontur uyali o‘ramga joylangan. Bir kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Izoh ampulalar/flakon ochilganidan keyin eritmani darhol ishlatish kerak.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
EVER Neyro Farma GmbX, Avstriya
A-4866 Unterax, Avstriya
Vakolatxona manzili
700031 Toshkent, Afrosiyob ko‘ch., 4 a, blok b
Tel./faks 140 30 05
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.