Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sinnarizin “OZ” tab. 25mg №50
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Циннаризин
Страна производитель
Украина
Дозировка
25 мг
Производитель
ГНЦЛС ОЗ,ООО,Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sinnarizin “OZ”
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sinnarizin
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 25 mg sinnarizin;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Vestibulyar buzilishlarda qo‘llanadigan vositalar. Sinnarazin.
ATX kodi N07C A02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Sinnarizin kaltsiy kanallarini bloklash yo‘li bilan silliq vaskulyar mushaklari hujayralarining qisqarishni susaytiradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kaltsiy antagonizmiga qo‘shimcha sinnarizin norepinefrin va serotonin kabi vazoaktiv moddalarni, ular bilan nazorat qilinadigan kaltsiy kanallarini bloklash yo‘li orqali, qisqartiruvchi ta'sirini kamaytiradi. Kaltsiyning hujayraga tushishni bloklanishi to‘qimalarning turli xilliligiga bog‘liq, uning natijasi bo‘lib arterial bosimga va yurak qisqarishlariga ta'siri bo‘lmagan antivazokonstriktor ta'siri hisoblanadi. Sinnarizin keyinchalik yetarli bo‘lmagan mikrotsirkulyatsiyani eritrotsitlarning membranalarini elastikligini oshirish va qonning qovushqoqligini kamaytirish yo‘li bilan yaxshilashi mumkin. Hujayralarning gipoksiyaga rezistentligi oshadi. Sinnarizin vestibulyar tizimini rag‘batlantirilishini susaytiradi, buning natijasida nistagmni susaytiradi va boshqa avtonom buzilishlarga ega. Sinnarizin o‘tkir bosh aylanishi xurujlarining paydo bo‘lishini oldini oladi.
Farmakokinetikasi
Sinnarizinning qon plazmasidagi maksimal darajasini qabul qilingandan keyin 1-3 soatda olish mumkin. Qonning plazma oqsillari sinnarizin bilan 91% ga bog‘lanadi. Sinnarizin ahamiyatli darajada CYP2D6 metabolizmga uchraydi. Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri 4 soatdan 24 soatgachani tashkil qiladi. Metabolitlarini chiqarilishi taxminan 1/3 – siydik bilan va 2/3 – ahlat bilan amalga oshiriladi.
Qo‘llanilishi
Bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, nistagm, ko‘ngil aynishi va qusishni o‘z ichiga oluvchi labirint buzilishlarining simptomlarini samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash.
Harakat kasalligini oldini olish.
Migrenni oldini olish.
Bosh aylanishi, quloqlarda shovqin (tinitus), kelib chiqishi tomirli bo‘lgan bosh og‘rig‘ini, ta'sirchanlik, xotirani yo‘qotish va diqqatni jamlay olaolmaslikni o‘z ichiga oluvchi serebrovaskulyar kelib chiqishiga ega bo‘lgan simptomlarini samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash.
Reyno kasalligi, akrotsinoz, o‘zgarib turuvchi oqsoqlik, trofik buzilishlar, trofik va varikoz yaralar, paresteziyalar, oyoq-qo‘llarning tungi spazmlari, oyoq-qo‘llarni sovuqligini o‘z ichiga oluvchi periferik tomirli buzilishlarning simptomlarni samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar
Bosh miya qon aylanishini buzilishlari 25 mg li 1 tabletkadan sutkada 3 marta.
Periferik qon aylanishini buzilishlari 25 mg li 2-3 tabletkadan sutkada 3 marta.
Muvozanatni buzilishlari 25 mg li 1 tabletkadan sutkada 3 marta.
Harakat kasalligi kattalarga – 25 mg li tabletkadan sayrdan yarim soat oldin har 6 soatda takrorlash bilan;
- 5-12 yoshli bolalarga kattalarga buyuriladigan dozaning yarmi tavsiya qilinishi mumkin.
Sinnarizin “OZ” ni ovqatdan keyin qabul qilgan ma'qul.
Tavsiya qilingan maksimal doza sutkada 225 mg (9 tabletka) dan oshmasligi kerak.
Bosh aylanishda samara dozaga bog‘liq bo‘lganligi tufayli dozani asta-sekin oshirish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya reaktsiyalarini paydo bo‘lish tez-tezligi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas).
Nerv tizimi tomonidan tez-tez – uyquchanlik; tez-tez emas – gipersomniya, letargiya; noma'lum – diskineziya, ekstrapiramid buzilishlar, parkinsonizm, tremor.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan tez-tez – ko‘ngil aynishi; tez-tez emas – me'dada diskomfort, qusish, yuqori abdominal og‘riq, dispepsiya.
Teri va uning qo‘shimchalari tomonidan tez-tez emas – gipergidroz, temiratkisimon keratoz; noma'lum – qizil yassi temiratki, yuguriksimon reaktsiyalar.
Suyak-mushak tizimi tomonidan noma'lum – mushaklarning rigidligi.
Umumiy buzilishlar tez-tez emas – yuqori toliqish.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari tez-tez – tana vaznini oshishi.
Kamdan-kam hollarda bosh og‘rig‘i, og‘izni qurish hissi, allergik reaktsiyalar va xolestatik sariqlik kabi holatlar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Sinnarizinga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Etanol/MNT depressantlari/tritsiklik antidepressantlar bir vaqtda qo‘llash bu vositalarining yoki sinnarizinning sedativ ta'sirini kuchaytirish mumkin.
Diagnostik aralashuvlar o‘zining antigistamin samarasi tufayli Sinnarizin “OZ” teri sinamasini o‘tkazilganida, terini reaktivligi omillariga nisbatan musbat reaktsiyalarni niqoblashi mumkin, shuning uchun ularni qo‘llashni uni o‘tkazishdan 4 kun oldin to‘xtatish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Boshqa antigistamin dori vositalarikabi Sinnarizinga “OZ” epigastral sohada ta'sirlanish chaqirishi mumkin; uni ovqatdan keyin qabul qilish me'dani ta'sirlanishi holatini kamaytirishi mumkin.
Parkinsonizm kasalligida Sinnarizin “OZ” faqat agar davolashning afzalligi, bu kasallikning kechishini mumkin bo‘lgan yomonlashishi xavfidan ustun bo‘lgan hollarda buyuriladi.
Sinnarizin “OZ” uyquchanlikni, ayniqsa davolashni boshida sabab bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuning uchun bir vaqtda alkogolni yoki markaziy nerv tizimining depressantlarini ishlatishdan saqlanish lozim.
Porfiriyada sinnarizinni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Sinnarizin “OZ” ni jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun kam uchraydigan nasliy galaktozani o‘zlashtiraolmaslikni shakllari, Lappa laktoza yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Preparatni homiladorlik davrida shifokorning fikri bo‘yicha ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash mumkin.
Sinnarizinni ko‘krak suti bilan chiqarilishi mumkinligiga nisbatan ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun emizish davrida Sinnarizin “OZ” bilan davolashdan saqlanish lozim.
Bolalar.
Preparat 5 yoshdan boshlab bolalarda harakat kasalliklarida qo‘llanadi.
5-12 yoshli bolalarga kattalar qabul qiladigan dozaning yarmini buyurish tavsiya etiladi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Preparat ayniqsa davolashni boshida qo‘llanganidan keyin, u uyquchanlik chaqirishi mumkinligi tufayli, avtomobilni boshqarishda yoki xavfli texnikani ishlatilganida ehtiyotkor bo‘lish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari o‘tkir dozani oshirib yuborilishining yakka hollarida (90 dan 2250 mg gacha) ongni uyquchanlikdan stupor va komagacha o‘zgarishi, qusish, ekstrapiramid simptomlar, arterial gipotenziya kabi holatlar kuzatilgan. Kam sonli bolalarda tirishishlar kuzatilgan. Ko‘pchilik hollarda klinik natija og‘ir bo‘lmagan, ammo boshqa dori vositalari, shu jumladan sinnarizin bilan bir vaqtda qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishidan keyin letal hollarni aniqlangan.
Davolash maxsus antidoti yo‘q. Ichga qabul qilinganidan keyingi birinchi soat davomida me'dani yuvishni o‘tkazish zarur. Agar bu oqlansa, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish mumkin.
Chiqarilish shakli
50 tabletkadan kontur uyali o‘ramda, qutida yoki qutisiz; 10 tabletkadan blisterda, 5 blisterdan qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmatsevticheskaya kompaniya «Zdorovye» MChJ.
Qayd etish guvohnomasi berilgan yuridik shaxsning nomi
«Opitniy zavod «GNTSLS» MChJ.
Manzili
Ukraina, 61013, Xarkov sh., Shevchenko ko‘ch., 22.
(«Farmatsevticheskaya kompaniya «Zdorovye» MChJ)
Ukraina, 61057, Xarkov sh., Vorobyeva ko‘ch., 8.
(«Opitniy zavod «GNTSLS» MChJ)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.