Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sinnarizin tab. 25mg №50
Nomi | Narx | |||||
Циннаризин тб. 25мг №50 (59B24##2 191) |
UZS 10 400
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Циннаризин тб. 25мг №50 (59В24##2 232) |
UZS 11 100
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Циннаризин тб. 25мг №50 (59В24##2 235) |
UZS 11 100
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Циннаризин тб. 25мг №50 (59B24##2 267) |
UZS 11 900
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Циннаризин
Страна производитель
Болгария
Дозировка
25 мг
Производитель
Софарма, АО
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sinnarizin Sofarma (Cinnarizine Sopharma)
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sinnarizin (cinnarizine)
Dori shakli
tabletkalar 25 mg.
Tarkibi
Bir tabletka tarkibi
faol modda sinnarizin 25 mg
yordamchi moddalar laktoza monogidrati; bug‘doy kraxmali; mikrokristall sellyuloza (101 turi); povibon K 25; suvsiz kolloid kremniy dioksidi; magniy stearati.
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, diametri 7 mm li tabletkalar; rangi oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan hidsiz tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
bosh miyada qon aylanishini buzilishini davolash uchun vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Sinnarizin kaltsiy kanallarining blokatorlari deb nomlanuvchi dorilar guruhining preparati hisoblanadi. U miya va periferik qon aylanishini yaxshilaydi. Nistagm va boshqa vestibulyar buzilishlarni susaytiradi, labirintni qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi gastrointestinal (me'da-ichak) yo‘llarida nisbatan sekin so‘riladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 13 soatdan keyin erishiladi, buning ustiga sezilarli inter va intraindividual farqlar yaqqol namoyon bo‘ladi.
Taqsimlanishi plazma proteinlari bilan 80% ga, eritrotsitlar bilan 13% ga bog‘lanadi. To‘qimalarda taqsimlanishi ancha jadal bo‘lib, qabul qilinganidan keyin 4chi soatgacha yuqori kontsentratsiyalari jigarda va o‘pkada, miokardda, miyada aniqlanadi.
Metabolizmi asosan N-dealkillanish yo‘li bilan jadal metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi yarim chiqarilishning eliminatsion davri 36 soatni tashkil qiladi. Ahlat bilan o‘zgarmagan holda, siydik bilan metabolitlar holida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish va quloqlarni shang‘illashi bilan namoyon bo‘luvchi vestibulyar apparati kasalliklari va Mener kasalligini simptomatik davolashda qo‘llaniladi. Kinetozlar (yo‘l yurish kasalligi) ni oldini olish va davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sinnarizin Sofarmani doimo ushbu ilovavaraqadagi ko‘rsatmalarga qat'iy rioya qilgan holda qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringizdan yoki farmatsevtdan so‘rang.
Peroral, katta miqdordagi suv bilan qabul qilinadi, ovqatdan keyin qabul qilgan yaxshiroq.
Vestibulyar simptomlar
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar
Kunduzgi doza 75 mg (3 tabletka), 1 tabletkadan kuniga 3 marta qo‘llanadi.
5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Bu dori shakli 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Tavsiya qilingan dozalarni oshirish mumkin emas.
Kinetozlarni oldini olish
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar
1 tabletka yo‘lga chiqishdan 2 soat oldin va yo‘lda 1 tabletkadan keyingi har 8 soatda qo‘llanadi.
5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Bu dori shakli 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Agar Siz Sinnarizin Sofarmani qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
Agar Siz bitta dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti deyarli kelgan bo‘lsa, uni odatdagidek qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Dori vositasini o‘z shifokoringizning ko‘rsatmasiga muvofiq qabul qilishni davom ettiring.
Agar Sizda ushbu dori preparatini qo‘llash bilan bog‘liq har qanday qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringizdan yoki farmatsevtdan so‘rashingizni iltimos qilamiz.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori preparatlari kabi Sinnarizin Sofarma ham nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. Biroq ular hammada patsiyentlarda ham kuzatilmaydi, shunday ekan Sizda hech qanday reaktsiya bo‘lmasligi ham mumkin.
Eng ko‘p uchraydigan noxush reaktsiyalar uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, tana vaznini ortishi.
Boshqa kamroq uchraydigan noxush reaktsiyalar (tez-tez emas) og‘izni qurishi, gipersomniya, letargiya, qorinda diskomfort, qusish, qorinda og‘riq, ovqat hazm bo‘lishini yomonlashishi, kuchli terlash, lixenoid keratoz, toliqish, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Tez-tezligi ma'lum bo‘lmagan noxush reaktsiyalar bosh og‘rig‘i; sinnarizinni uzoq vaqt yuqori dozalarda qabul qilayotgan ancha keksa yoshdagi bemorlarda ekstrapiramid simptomatika (tremor, dezoriyentatsiya, muvozanatni buzilishi), shu jumladan Parkinson sindromi, qizil yassi temiratki, o‘tkir osti teri qizil yugurigi, mushaklar rigidligi yuzaga kelishi mumkin.
Ba'zi noxush samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada keltirilmagan samaralar paydo bo‘lganida, darhol shifokoringizga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Sinnarizin Sofarmani quyidagi holatlarda qabul qilmang
-Faol moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
-Homiladorlik va emizish davri.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz boshqa dori preparatlarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan preparatlarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz bu haqida O‘z shifokoringiz yoki farmatsevtni habardor qilishingizni so‘raymiz.
• Sinnarizinni alkogol, markaziy nerv tizimiga ta'sir qiluvchi dorilar (MNT depressantlari yoki tritsiklik antidepressantlar) bilan bir vaqtda qo‘llash ularning samaralarini o‘zaro kuchayishini chaqiradi.
• O‘zining antigistamin samaralari tufayli, Sinnarizin o‘ta yuqori sezuvchanlik yuzasidan teri sinamalari o‘tkazilganida soxta manfiy natijalar berishi mumkin. Bu sinamalar o‘tkazilishigacha hech bo‘lmaganda 4 kunga preparat bilan davolashni to‘xtatishni talab qiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar Sizda quyidagi kasalliklar bo‘lsa, o‘z shifokoringizni habardor qiling
• Parkinson kasalligi yoki ekstrapiramid buzilishlar (qaltirash, oriyentatsiya va muvozanatda buzilishlar) bo‘lgan bo‘lsa;
• gipotoniya (qon bosimini pasayishi);
• me'da kasalliklari.
65 yoshdan katta patsiyentlarda va bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik va emizish davri
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu haqida o‘z shifokoringizni habardor qiling. Homiladorlik davrida xar qanday dori vositasini qo‘llashdan avval o‘z davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Homiladorlik
Homilador ayollarda qo‘llash havfsizligi bo‘yicha yaxshi nazoratli klinik tadqiqotlar yo‘qligi sababli, Sinnarizin Sofarmani homiladorlik davrida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Emizish davri
Ona suti bilan chiqarilishi haqidagi ma'lumotlar yo‘qligi sababli emizish vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Qo‘llash zarur bo‘lgan hollarda emizishni to‘xtatish kerak.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial avfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirning o‘ziga xosligi
Sinnarizin Sofarma, ayniqsa davolashni boshida, uyquchanlikni chaqirishi mumkin, buni e'tiborga olish va uni haydovchilar va mashinalar operatorlariga foydasi va xavfini aniq baholab so‘ng buyurish kerak.
Dori mahsulotining yordamchi moddalari haqida muhim ma'lumot
• Dori mahsulotining bir tabletkada 63,12 mg laktoza monogidratini saqlaydi. Agar shifokor Sizda ba'zi qandlarni o‘zlashtiraolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan avval O‘z shifokoringiz bilan masahatlashing.
• Dori mahsuloti yordamchi modda sifatida bug‘doy kraxmalini saqlaydi. Bu seliakiyasi bo‘lgan shaxslar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Bug‘doyga allergiyasi (tseliakiyadan farqli ravishda) bo‘lgan patsiyentlarga ushbu dori vositasini qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar Siz Sinnarizin Sofarmaning keragidan ortiq dozasini qabul qilgan bo‘lsangiz
Ushbu mahsulotning dozasi oshirib yuborilganida qon bosimi pasayishi mumkin, qusish, qaltirash, uyquchanlik paydo bo‘lishi mumkin.
Agar Siz tavsiya qilinganidan yuqori dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Chiqarilish shakli
Tabletka.
50 tabletka qattiq, to‘q sariq, tiniq PVX plyonkali/alyumin folgali blisterga, 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 (uch) yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
SOFARMA AJ Bolgariya
1220 Sofiya, Iliyenskoye shosse ko‘ch., 16
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.