Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vinoksin MV tab 30 mg №60
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Страна производитель
Украина
Дозировка
30 мг
Производитель
Фарма Старт,ООО,Украина
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vinoksin MV
Ta'sir etuvchi modda (XPN) vinkamin (vincamine)
Dori shakli
ta'siri uzaytirilgan tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 30 mg vinkamin;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, gipromelloza, kopovidon, kolloid gidrofob kremniy dioksidi, suvli kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
Ta'rifi dumaloq shaklli, yassi silindrik, faskali, oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
periferik vazodilatatorlar.
ATX kodi C04AX07.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Vinkamin bosh miyaning metabolik ehtiyojlariga muvofiq ravishda bosh miyada qon aylanishini moslashishiga yordam berib, bosh miyada qon aylanishiga qon tomirlarni selektiv boshqaruvchi samara ko‘rsatadi. Preparat glyukozani oksidlanishini kuchaytirishi hisobiga bosh miya metabolizmini yaxshilaydi va shu yo‘l bilan energiya hosil bo‘lishini oshiradi va organizmning umumiy faolligini oshishiga yordam beradi. Vinkamin gipoksiya holatidagi neyronlarni kislorod bilan ta'minlanishini kuchaytiradi. Vinkamin bosh miya qon tomirlarining qarshiligini pasaytiradi va barqarorlashtiradi. Preparat biologik, gematologik toksiklikka ega emasligi hamda jigar va buyrakka nojo‘ya ta'siri yo‘qligi isbotlangan.
Farmakokinetikasi
Me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, yarim chiqarilish davri – 60-90 minut, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 64% ni tashkil qiladi. Vinkamin jigarda to‘liq metabolizmga uchraydi, va faqat 4-6% gina siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Serebral qon aylanishini bosh miyaning metabolik ehtiyojlariga muvofiq normallashtirish va moslashtirish uchun bosh miya funktsiyasini yaxshilash, boshqarish va bir maromda tutib turish uchun quyidagi holatlarda
-xotirani yomonlashishi;
-diqqatni jamlashni buzilishi;
-diabetik angiopatiya;
-bosh miya qon tomirlarini aterosklerotik shikastlanishi;
-posttravmatik bosh miya buzilishlari;
-bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishidan keyin;
-bosh miya ishemiyasidan keyingi serebral buzilishlar;
-gipertonik entsefalopatiya;
-qon tomir patologiyasi oqibatidagi eshitish va ko‘rishni buzilishlari;
-turli ruhiy buzilishlarning oqibati hisoblangan zamon va makonda oriyentatsiyani buzilishi, emotsional buzilishlarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga ichga 1 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi kasallikni kechishiga qarab, shifokor tomonidan individual ravishda belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ruhiy buzilishlar ruhiy faollikni biroz oshishi.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan QT intervalinishi uzayishi, yurak qorinchalarini xilpillashi-lipillashi (torsade des pointes).
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, diareya, qabziyat, og‘izni qurishi.
Immun tizimi tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi, shu jumladan angionevrotik shish.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan eritema, qichishish, allergik dermatit, eshakemi, papullyoz toshma.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik. Bosh miya o‘smalari (yoki bosh miya ichki bosimini oshishini chaqiruvchi kasalliklar), tirishishli buzilishlar, o‘tkir insult, yurak ritmini buzilishi, og‘ir elektrolit buzilishlari (gipokaliyemiya yoki gipokaltsiyemiya) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'sirlari
Torsade des pointes chaqirishi mumkin bo‘lgan dori preparatlari bilan birga buyurishdan saqlanish kerak. Agar buning iloji bo‘lmasa, sinchkov klinik va EKG-monitoring tavsiya etiladi.
Vinca alkaloid uchun xarakterli bo‘lgan o‘zaro ta'sirlar
Kvinupristin va dalfopristin sitoxrom R450 3A4 ning kuchli ingibitori bo‘lib hisoblanadi va ularni birga qo‘llaganda vinca alkaloid ning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Vinca alkaloid ning nojo‘ya simptomlarini aniqlash uchun patsiyentlar kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak va vinkaminning dozasiga tegishli ravishda tuzatish kiritish kerak.
Itrakonazol va vinca alkaloid orasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ta'sir mexanizmi bo‘lib itrakonazol tomonidan sitoxrom R450 ni ingibitsiya qilinishi hisoblanadi. Itrakonazol shuningdek vinca alkaloid ni chiqarilishiga javobgar R-glikoprotein nasosni ingibitsiya qilinishi mumkin. Shuning uchun itrakonazol va vinkaminni birga qo‘llaganda patsiyentlar sinchkovlik bilan kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tavsiya qilingan dozalarni oshirish mumkin emas.
Miokard infarkti, yurak kasalliklari yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bunday hollarda past boshlang‘ich dozalarini qo‘llash, klinik kuzatuv va EKG-monitoring olib borish kerak. QT intervali uzayganida qo‘llash mumkin emas, chunki bunda yurak qorinchalari ritmini buzilishi xavfi yuzaga keladi.
Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun uni galaktozani o‘zlashtirolmaslikning kam uchraydigan nasliy shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktoza malabsorbtsiyasi sindromi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Qo‘llash mumkin emas.
Bolalar. Vinoksin MV tabletkalarini bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Vinkamin avtomobilni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaktsiya tezligiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilgan hollarda sinchkov klinik kuzatuv, EKG-monitoring, simptomatik davolash va organizmning hayotiy muhim funktsiyalarini tutib turish tavsiya etiladi. Spetsifik antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
20 tabletkadan blisterda; 1 yoki 3 blisterdan karton qutida.
Saqlash sharoitlari
Original o‘ramda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Farma Start» MChJ.
Ukraina, 03124, Kiyev sh., I. Lepse bulvari, 8.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.