Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vobilon Forte kaps. 80mg/25mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гинкго двулопастного листьев экстракт сухой
Страна производитель
Болгария
Дозировка
80 мг/25 мг
Производитель
Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Adipharm Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vobilon
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Ginkgo biloba.
Dori shakli
kapsulalar.
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda ginkgo biloba barglarini standartlangan quruq ekstrakti – 80 mg;
80 mg ekstrakt 19,2 mg ginkgoni flavonon glikozidlari va 4,8 mg terpen laktonlari (ginkgolidlar va bilobalidlar) ni saqlaydi.
yordamchi moddalar suvsiz kaltsiy gidrofosfati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
kapsula qobig‘ini tarkibi titan dioksidi, temir (II,III) oksidi, temir (II) oksidi, azorubin, jelatin.
Ta'rifi tarkibida yanada to‘qroq rangli ko‘zga ko‘rinadigan zarrachalari bo‘lgan och jigarrangdan to‘q jigarrang ranggacha bo‘lgan kukun saqlovchi, №1 o‘lchamli jigarrang rangli qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
dementsiyani davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar.
ATX kodi N06DX02
Farmakologik hususiyatlari
Vobilon – o‘simliklardan olingan preparat bo‘lib, tarkibida bosh miya va periferik qon aylanishini yaxshilaydigan ginkgo biloba ekstraktini saqlaydi. Ekstraktdagi biologik faol moddalar (flavonon glikozidlari, terpen laktonlari) qon-tomirlar devorining elastikligini oshishiga va mustahkamlanishiga yordam beradi, qonning reologik hususiyatlarini yaxshilaydi. Preparatni qo‘llash mikrotsirkulyatsiyani yaxshilanishiga olib keladi, bosh miya va periferik to‘qimalarni kislorod va glyukoza bilan ta'minlanishini oshiradi. Hujayralarda moddalar almashinuvini normallashtiradi, eritrotsitlar agregatsiyasiga to‘sqinlik qiladi, trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qiladi. Kichik arteriyalarni kengaytiradi, venalarning tonusini oshiradi, qon-tomirlarni qon bilan to‘yinishini boshqaradi.
Ginkgo biloba ekstraktining tarkibi ko‘p komponentli bo‘lganligi sababli, uning farmakokinetik ko‘rsatkichlarini baholash qiyin.
Qo‘llanilishi
• diqqat va /yoki xotirani pasayishi, intellektual hususiyatlarni buzilishi, xavotirlik, qo‘rquv hissi, uyquni buzilishlari bilan kechuvchi turli etiologiyali distsirkulyator entsefalopatiya (insult, bosh miya jarohatlari, keksalik yoshi);
• dementsiya, shu jumladan Altsgeymer kasalligida;
• yosh shaxslarda xotira va diqqatni yaxshilash uchun;
• periferik qon aylanishini va mikrotsirkulyatsiyani buzilishlari (shu jumladan oyoqlarni arteriopatiyasi), Reyno sindromi;
• neyrosensor buzilishlar (bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi, gipoakuziya);
• sariq tanani qarilikdagi degeneratsiyasi;
• diabetik retinopatiyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vobilon ichga ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kapsulalarni butun holda, katta bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yutish kerak.
Dementsiyada 1 kapsuladan sutkada 3 marta qabul qilinadi.
Periferik qon aylanishi va mikrotsirkulyatsiyani buzilishlarida 1-2 kapsuladan sutkada 3 marta qabul qilinadi.
Bosh aylanishi, quloqlarni shang‘illashi, uyquni buzilishlarida 1 kapsuladan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) qabul qilinadi.
Boshqa holatlarda 1 kapsuladan sutkada 2 marta qabul qilinadi.
Davolash kursi kamida 3 oyni tashkil etadi. Yaxshilanishni birinchi belgilari odatda 1 oydan keyin namoyon bo‘ladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Vobilon yaxshi o‘zlashtiriladi, nojo‘ya samaralar kam rivojlanadi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan dispeptik buzilishlar, ko‘ngil aynishi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, qichishish.
Boshqalar qon ivishini pasayishi (uzoq muddat qo‘llanganidan so‘ng) bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• qon ivishi past bo‘lganida;
• eroziv gastrit;
• me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi;
• bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishlari;
• o‘tkir miokard infarkti;
• arterial gipotenziya;
• bolalar;
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vobilon preparatini atsetilsalitsil kislotasi yoki antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tavsiya etilgan dozalarni oshirish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Vobilon avtotransport vositalarini boshqarish yoki yuqori reaktsiyalar tezligini talab etuvchi boshqa texnik vositalarni ishlatish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda Vobilon preparatining dozasini oshirib yuborilish hollari yuzasidan xabarlar berilmagan.
Chiqarilish shakli
10 kapsula blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Rotafarm Limited», Buyuk Britaniya
(“Rotapharm Limited”, Great Britain).
Ishlab chiqarilgan
«Adifarm Ltd», 130 bulvar Simeonovskoye shossesi, 1700 Sofiya, Bolgariya
(“Adipharm Ltd”, 130 Simeonovsko shosse blvd., 1700 Sofia, Bulgaria).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.