Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Zetalin 1000 mg / 4 ml №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Цитиколин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
1000мг/4мл
Производитель
Remedy Group, Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Zetalin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sitikolin
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
1 ampula (2 ml yoki 4 ml) quyidagilarni saqlaydi
faol modda 500 mg yoki 1000 mg sitikolin (natriyli tuzi ko‘rinishida).
yordamchi moddalar natriy gidroksidi, natriy bisulfiti yoki natriy metabisulfiti, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi Tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Nootrop preparat.
ATX kodi N06BX06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Sitikolin hujayra membranasining muhim ultrastruktur komponentlari (xususan fosfolipidlar) ning o‘tmishdoshi bo‘lib, neyronlar membranalarining struktur fosfolipidlari biosintezini rag‘batlantiradi, bu magnitorezonans spektroskopiya ma'lumotlari bilan tasdiqlangan. Sitikolin ion nasoslari va retseptorlar kabi membrana mexanizmlarining faoliyatini yaxshilaydi, ularning boshqarilishisiz nerv impulslarini normal o‘tkazilishi mumkin emas. Neyronlarning membranasiga barqarorlashtiruvchi ta'siri tufayli, sitikolin bosh miya shishini qayta so‘rilishiga yordam beruvchi shishga qarshi xususiyat namoyon qiladi. Eksperimental tadqiqotlar sitikolinni ayrim fosfolipazalarning (A1, A2, S va D) faollanishini ingibitsiya qilinishi, erkin radikallarning hosil bo‘lishini kamaytirib, membrana tizimlarining buzilishini oldini olishini va antioksidant himoya tizimini saqlashini ko‘rsatadi. Sitikolin energiyaning neyronli zahirasini saqlaydi, apoptozni ingibitsiya qiladi va atsetilxolin sintezini rag‘batlantiradi. Eksperimentda sitikolinni shuningdek bosh miyaning fokal ishemiyasida profilaktik neyroprop ta'siri ham isbotlangan.
Klinik tadqiqotlar sitikolinni, bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi bo‘lgan bemorlarda funktsional tuzalish ko‘rsatgichlarini ishonchli oshirishini ko‘rsatadi, bu neyrovizualizatsiya ma'lumotlari bo‘yicha bosh miyaning ishemik shikastlanishini o‘sishini sekinlashishi bilan mos keladi. Kalla suyagi - miya jarohatlari bo‘lgan bemorlarda sitikolin tiklanishni tezlashtiradi va posttravmatik sindromning davomiyligi va jadalligini kamaytiradi.
Sitikolin diqqat va ong darajasini yaxshilaydi, bosh miyaning ishemiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan amneziya ko‘rinishlarini, kognitiv va nevrologik buzilishlarning kamayishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Sitikolin peroral, mushak ichiga va vena ichiga yuborilganidan keyin yaxshi so‘riladi. Yuqorida ko‘rsatilgan yo‘llar bilan yuborilganida qon plazmasida xolinning darajasi ahamiyatli darajada oshadi. Og‘iz orqali yuborilganidan keyin so‘rilishi deyarli to‘liq va biokiraolishligi deyarli vena ichiga qo‘llangandagi bilan bir xil.
Yuborish yo‘liga qarab, preparat ichakda, jigarda xolin va sitidingacha metabolizmga uchraydi.
Yuborilganidan keyin bosh miya strukturalarida xolin fraktsiyasini struktur fosfolipidlarga va sitidin fraktsiyasini sitidin nukleotidlari va nuklein kislotalariga tezda kirishi bilan keng taqsimlanadi. Bosh miyaga yetib sitikolin fosfolipidlarning fraktsiyalarini tuzilishida ishtirok etib, hujayra sitoplazmatik va mitoxondrial membranalariga kirishadi.
Faqat dozaning ozgina qismi (3% kamrog‘i) siydik va ahlatda aniqlanadi. Dozaning taxminan 12%, SO2 bilan chiqariladi. Preparatni siydik bilan chiqarilishida ikki bosqich tafovut qilinadi
birinchi bosqich - taxminan 36 soat, unda chiqarilish tezligi tez kamayadi va ikkinchi bosqich, unda chiqarilish tezligi ancha sekinroq kamayadi. SO2 bilan chiqarilganida ham shunday bosqichlar kuzatiladi, nafas bilan chiqariladigan SO2 ning chiqarilishi tezligi taxminan 15 soat o‘tgach tez kamayadi, so‘ngra u ancha sekinroq pasayadi.
Qo‘llanilishi
- o‘tkir bosqichdagi insult va uning nevrologik asoratlari;
- ishemik va gemorragik insultlarning tiklanish davri;
- bosh-miya jarohatlari va uning nevrologik asoratlari;
-surunkali tomirli va degenerativ serebral buzilishlar oqibatidagi kognitiv buzilishlar va xulqni buzilishida qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.
Parasimpatik nerv tizimining yuqori tonusi.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar (ma'lumotlarni yo‘qligi tufayli).
Meklafenaksat saqlovchi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat vena ichiga yoki mushak ichiga qo‘llanadi. Vena ichiga sekin in'ektsiya shaklida (buyurilgan dozaga qarab 3-5 minut davomida) yoki vena ichiga tomchilab (minutiga 40-60 tomchi) yuborish uchun buyuriladi.
Kattalar uchun tavsiya qilingan doza bemorning holatiga qarab, sutkada 500-2000 mg ni tashkil qiladi.
Maksimal sutkalik doza - 2000 mg ni tashkil qiladi.
O‘tkir va shoshilinch holatlarda maksimal terapevtik samaraga preparatni birinchi 24 soatda buyurilganida erishiladi. Davolash davomiyligi bemorning holatini og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi va keyinchalik mushak ichiga yuborish yoki ichga qabul qilishga o‘tish bilan 5-7 kunni tashkil qiladi. Vena ichiga yuborish yo‘li mushak ichiga yuborish yo‘lidan afzalroqdir.
Mushak ichiga yuborilganda preparatni aynan bir joyga takror yuborilishidan saqlanish kerak. Ongni uzoq muddatli buzilishlarida preparatni kasallikning birinchi bosqichlaridan boshlab uzluksiz qo‘llash kerak. Yuborishlar soni – kuniga 1-2 in'ektsiyani tashkil qiladi.
Maksimal terapevtik samara aniqlanadigan davolashning tavsiya qilingan muddati 12 haftani tashkil qiladi.
Keksa yoshdagi bemorlar uchun dozani muvofiqlashtirish talab qilinmaydi.
Preparat vena ichiga yuboriladigan barcha infuzion eritmalar, shuningdek glyukozaning gipertonik eritmalari bilan mutanosib. Ushbu eritma bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Eritmani ampula ochilganidan keyin darhol yuborish kerak. Ishlatilmagan eritmani yo‘qotish kerak.
Zarurati bo‘lganida davolash peroral qo‘llash uchun eritma shaklidagi preparat bilan davom ettiriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda kam xollarda (<1/10000) (shu jumladan, bemorlarning xabarlari).
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan kuchli bosh og‘rig‘i, vertigo, gallyutsinatsiyalar.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipertenziya, arterial gipotenziya.
Nafas tizimi tomonidan hansirash.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ishtahani pasayishi, jigar transaminazalarining faolligini o‘zgarishi.
Teri tomonidan giperemiya, allergik toshmalar, ekzantema, purpura, eshakemi.
Umumiy reaktsiyalar et uvishishi, shish.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Meklofenoksat saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda preparatni qo‘llash mumkin emas. Levodopaning samarasini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq muddatli bosh miya ichki qon ketishi holida preparatni juda sekin vena ichiga infuziya (minutiga 30 tomchi) ko‘rinishida yuborish va sutkalik dozani 1000 mg dan oshirmaslik tavsiya qilinadi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Sitikolin transport vositalarini boshqarish yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Homilador ayollarda sitikolinni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma'lumotlar yo‘q. Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida, faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila yoki bola uchun mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Sitikolinni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma'lumotlar yo‘q.
Bolalar.
Preparatni bolalarda qo‘llash bo‘yicha yetarli ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ma'lum emas. Preparatning kam toksikligini hisobga olib, terapevtik dozalar tasodifan oshirilganida ham, zaharlanishning ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma 500 mg/2 ml yoki 1000 mg/4 ml ampulalarda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"REMEDY GROUP" MChJ O‘zbekiston-Buyuk Britaniya QK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100069, Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko‘ch., 51.
Tel/faks (99871) 248 02 05
«IZIDA PHARMA LTD»,Buyuk Britaniya uchun ishlab chiqarilgan.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.