Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
АCC 600mg issiq ichimlik №6
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ацетилцистеин
Страна производитель
Германия
Дозировка
600мг
Производитель
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Порошок для приготовления суспензии для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
PREPARATNING SAVDO NOMI
ACC 600 Goryachiy napitok
XALQARO PATENTLANMAGAN NOMI
Atsetiltsistein/acetylcysteine
DORI SHAKLI
Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Ta'rifi
Oq rangli, limon va asal hidli gomogen kukun.
TARKIBI
Ta'sir etuvchi modda atsetiltsistein.
1 paketcha (3 g kukun) 600 mg atsetiltsistein saqlaydi.
Yordamchi moddalar saxaroza, askorbin kislotasi, natriy saxarinati, limon va asal aromatizatori.
FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI
Mukolitiklar.
ATX kodi R05CB01.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Farmakodinamika
Atsetiltsistein sistein aminokislotasining hosilasi bo‘lib hisoblanadi. Nafas yo‘llarida sekretolitik va sekretomotor ta'sir namoyon qiladi, shilliqning qovushqoqligini pasaytiradi. U kimyoviy radikallarni zararsizlantiradi, zararli moddalarni detoksikatsiyasi uchun zarur bo‘lgan glutation sintezini kuchayishiga yordam beradi. Bu paratsetamol bilan intoksikatsiyada atsetiltsisteinning antidot samarasini tushuntiradi.
Surunkali bronxit/mukovistsedozi bo‘lgan patsiyentlarda atsetiltsisteinni profilaktik qo‘llaganda bakterial asoratlar tez-tezligi va og‘irlik darajasi pasayadi.
Farmakokinetikasi
Peroral qo‘llanilganda atsetiltsistein tez va deyarli to‘liq so‘riladi va jigarda sistein (farmakologik faol metabolit), shuningdek diatsetiltsistein, sistin va boshqa aralash disulьfidlarni hosil qilib metabolizmga uchraydi. Ichga qabul qilingan atsetiltsisteinning biokiraolishligi juda past (taxminan 10%). Plazmada preparatning maksimal kontsentratsiyalariga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanishi – taxminan 50%.
Organizmdan deyarli faqat nofaol metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali chiqariladi. Atsetiltsisteinni qon plazmasidan yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi va asosan jigarda tez metabolizmi bilan belgilanadi. Jigar funktsiyasini buzilishi yarim chiqarilish davrida hatto 8 soatgacha uzayishiga olib keladi.
Atsetiltsistein yo‘ldosh orqali o‘tadi va kindik qonida aniqlanadi.
Atsetiltsisteinni odamda gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tishi haqida ma'lumotlar yo‘q.
QO‘LLANILISHI
ACC 600 — qovushqoq balg‘amni suyultirish va uni nafas yo‘llaridan chiqarilishini yengillashtiruvchi mukolitik vositadir.
ACC 600 quyuq va qiyin ajraluvchi balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari o‘tkir va surunkali bronxitlar, obstruktiv bronxit, bronxiolitlar, bronxoektazlar, pnevmoniya, laringit, traxeit, shuningdek mukovistsidoz, sinusitlar, o‘rta quloq yallig‘lanishi (o‘rta otit) da qo‘llanadi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN XOLATLAR
-Atsetilsalitsil kislotasi yoki preparatning biron-bir yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik.
-Faol peptik yara.
-Atsetiltsisteinni miqdori yuqori bo‘lganligi tufayli ACC 600 preparatini 14 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
MAXSUS KO‘RSATMALAR VA EHTIYOTKORLIK CHORALARI
Bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlar sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Bronxospazm rivojlanganda ACC 600 darhol bekor qilinadi va tegishli davolash buyuriladi.
Anamnezida yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini ta'sirlovchi dori vositalarini yondosh qabul qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
ACC 600 ni qo‘llash bronxial sekretni suyulishiga va uning xajmini oshishiga (ayniqsa davolashni boshida) olib kelishi mumkin. Balg‘amni chiqaraolmaganda (etarli darajada chiqarmaganda) tegishli choralar (drenaj va aspiratsiya kabi) ko‘rilishi kerak.
Juda kam xollarda Stivens-Djonson sindromi va Layell sindromi kabi og‘ir darajadagi teri reaktsiyalari kuzatilgan, ularni rivojlanishi vaqt bo‘yicha atsetiltsisteinni qo‘llash bilan mos kelgan. Teri va shilliq qavatlar tomonidan o‘zgarishlar yuzaga kelganda ACC 600 ni qabul qilishni to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat etish kerak (shuningdek «Nojo‘ya ta'siri» bo‘limiga qarang).
Gistaminni o‘zlashtiraolmaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish va ACC 600 bilan uzoq vaqt davolashdan saqlanish kerak, chunki atsetiltsistein gistamin metabolizmiga ta'sir ko‘rsatadi va uni o‘zlashtiraolmaslik simptomlari (masalan bosh og‘rig‘i, tumov, qichishish) ni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Bolalar va o‘smirlar
Atsetiltsisteinni miqdori yuqori bo‘lganligi tufayli ACC 600 preparatini 14 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar” bo‘limiga qarang).
2 yoshdan kichik bolalarda nafas yo‘llarining xususiyatlari va balg‘amni chiqarish qobiliyatini cheklanganligi oqibatida mukolitiklarni qabul qilish nafas yo‘llarini tiqilishiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, 2 yoshdan kichik bolalarda mukolitiklarni qo‘llash mumkin emas.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ma'lumot ACC 600 ning 1 paketchasi 2,1 g saxaroza saqlaydi.
Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiya sindromi yoki saxaraza-izomalьtaza yetishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak.
HOMILADORLIK VA EMIZISH DAVRI
Atsetiltsisteinni homilador ayollarda qo‘llash haqidagi ma'lumotlar yetarli emas. Atsetiltsisteinni ko‘krak sutiga kirishi haqidagi ma'lumotlar yo‘q. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida preparatni faqat foyda va xavfni qat'iy baholagandan keyin qo‘llash mumkin.
Atsetiltsisteinni odam fertilligiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
TRANSPORT VOSITALARINI BOSHQARISH VA MEXANIZMLAR BILAN ISHLASH QOBILIYATIGA TA'SIRI
Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Agar o‘zgacha buyurilmagan bo‘lsa, preparatni quyidagi dozalarda qo‘llash tavsiya etiladi.
Kattalar va 14 yoshdan oshgan o‘smirlar 1 paketchadan kuniga 1 marta (sutkada 600 mg atsetiltsistein).
ACC 600 preparati tegishli ravishda ta'sir ko‘rsatishi uchun qo‘llanishiga doir yo‘riqnomaga qat'iy amal qilish kerak!
Qo‘llash usuli
Issiq ichimlik ko‘rinishida ovqatdan keyin ichga qabul qilish uchun buyuriladi.
ACC 600 kamida yarim stakan sovuq suvda eritiladi, so‘ngra issiq, ammo qaynoq bo‘lmagan suv to‘liq stakan bo‘lguncha qo‘shiladi. Eritma aralashtiriladi va harorat ichish uchun yaroqli bo‘lgandan keyin ichiladi. Sovuq suvga issiq suv qo‘shilishiga e'tibor bering, aksincha emas. Tayyorlangan eritma tayyorlanishi bilan darhol qabul qilinadi.
Suyuqlikni qo‘shimcha qabul qilish preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.
Qo‘llash davomiyligi
Qo‘llash davomiyligi kasallikning tipi va og‘irlik darajasiga bog‘liq.
Qisqa muddatli shamollash kasalliklarida qo‘llash davomiyligi 5-7 kunni tashkil qiladi.
Surunkali bronxitda va mukovistsidozda davolash davomiy kurslari bilan o‘tkaziladi. Davolashning maksimal davomiyligi 3-6 oyni tashkil qiladi.
Preparatni qabul qilishni o‘tkazib yuborish
Agar Siz qabul qilishni o‘tkazib yuborgan yoki haddan tashqari past dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, navbatdagi dozani qabul qilish vaqtigacha kuting va preparatni dozalash bo‘yicha tavsiyalarda ko‘rsatilganidek qabul qilishni davom ettiring.
NOJO‘YA TA'SIRI
Noxush reaktsiyalarni baholash ularni paydo bo‘lishining quyidagi tez-tezligiga haqidagi ma'lumotlarga asoslangan.
Juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 va < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000 va < 1/100), kam xollarda (≥ 1/10 000 va < 1/1000), juda kam xollarda (< 1/10 000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Juda kam xollarda anafilaktik shok, anafilaktik/ anafilaktoid reaktsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas bosh og‘rig‘i.
Eshitish a'zolari tomonidan va labirint buzilishlari
Tez-tez emas tinnitus.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas taxikardiya.
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar
Juda kam xollarda qon ketishi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
Kam xollarda hansirash, bronxospazm.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, stomatit.
Kam xollarda dispepsiya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas eshakemi, toshma, angionevrotik shish, qichishish, ekzantema.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Tez-tez emas isitma.
Tez-tezligi noma'lum yuzni shishi.
Laborator va instrumental ma'lumotlar
Tez-tez emas arterial gipotenziya.
Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir darajadagi teri reaktsiyalari haqida juda kam xabarlar kelib tushgan, ularni rivojlanishi vaqt bo‘yicha atsetiltsisteinni qo‘llash bilan mos kelgan. Ushbu xolatlarning ko‘pchiligida teri va shilliq qavatlar tomonidan ta'riflangan reaktsiyalarni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan kamida bitta qo‘shimcha preparatni yondosh qabul qilish kuzatilgan.
Agar teri va shilliq qavatlar tomonidan buzilishlar paydo bo‘lsa, ATSTS 600 ni qabul qilishni darhol to‘xtating va shoshilinch shifokorga murojaat eting.
Turli tadqiqotlarda atsetiltsistein qondagi trombotsitlar agregatsiyasini pasayishi isbotlangan. Hozirgi vaqtida bu holatlarni klinik ahamiyati aniqlanmagan.
DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI
Hozirgi vaqtgacha atsetiltsisteinni peroral qabul qilish shakli bilan chaqirilgan dozani oshirib yuborilishni toksik holatlari kuzatilgan.
Sog‘lom ko‘ngillilarda uch oy davomida sutkada 11,6 g dozada atsetiltsistein oluvchilarda hech qanday og‘ir nojo‘ya samaralar kuzatilmagan. Ichga qabul qilingan atsetiltsistein dozalari, 500 mg/kg tana vazniga erishganlar hech qanday intoksikatsiya simptomlarisiz o‘zlashtirilgan. Doza oshirib yuborilganda me'da–ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish va diariya simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Bolalarda hayotining birinchi davrida gipersekretsiya xavfi mavjud.
Zarur bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.
BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA'SIRI VA O‘ZARO TA'SIRNING BOSHQA SHAKLLARI
ACC va yo‘talga qarshi preparatlarni majmuaviy qo‘llanganda yo‘tal refleksini susayishi natijasida sekretni dimlanib qolish xavfi paydo bo‘lishi mumkin. Shuning uchun majmuaviy davolashbuyurish uchun tashhisni aniq qo‘yish lozim.
Hozirgi vaqtgacha olingan ma'lumotlarga ko‘ra atsetiltsistein bilan antibiotiklar faolsizlantirilishi in vitro sharoitidagi eksperimentlarga asoslanadi, unda muvofiq moddalar bir biri bilan bilvosita aralashgan. Shunga qaramay, xavfsizlik maqsadida peroral antibiotiklarni ACC 600 dan alohida kamida ikki soatlik oraliqqa rioya qilgan holda qabul qilish kerak. Bu sefiksimga va lorakarbefga taalluqli emas.
ACC 600 ni glitserintrinitrat (nitroglitserin) bilan yondosh qo‘llash, uning qon-tomirlarni kengaytiruvchi va antiagregant ta'sirni kuchaytirishi mumkin. Bu arterial bosimni haddan tashqari pasayishi (arterial gipotenziya), shu jumladan jiddiy, shuningdek bosh og‘rig‘ini chaqirishi mumkin. Arterial gipotenziya yoki bosh og‘riqlari paydo bo‘lganda shifokorga murojaat eting.
Faollashtirilgan ko‘mir yuqori dozalarda (antidot sifatida) atsetiltsisteinning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Atsetiltsistein salitsilatlarni kolorimetrik usulda aniqlashga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Siydik tahlilida atsetiltsistein keton tanachalarini aniqlash natijalariga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
ACC 600 ni boshqa dori vositalari bilan eritish tavsiya etilmaydi.
CHIQARILISH SHAKLI
6 paketchadan qo‘llashga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
SAQLASH SHAROITI
Bolalar ololmaydigan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
YAROQLILIK MUDDATI
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI
Retseptsiz beriladi.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.