Bepushtlikni nima bilan davolash mumkin?
Bepushtlikni davolash uchun preparatlar - bu organizmning reproduktiv funksiyalarini tiklashga ta’sir qiladigan dori vositalari guruhidir.
Bepushtlik sabablari va davolash usullari
Bepushtlik ona bo‘lishni istagan ayol eshitishi mumkin bo‘lgan eng dahshatli tashxislardan biridir. Ko‘pincha bepushtlik gormonal buzilishlar, siydik-tanosil tizimi infeksiyalari yoki ayolning reproduktiv organlaridagi jiddiy o‘zgarishlar tufayli yuzaga keladi. Ohirgi sabab tufayli ko‘pincha mutlaq bepushtlik, infeksiyalar va gormonal buzilishlarda esa nisbiy bepushtlik aniqlanadi. Nisbiy bepushtlik hozirgi vaqtda juda muvaffaqiyatli davolanadi.
Ayollar farzandsizligini davolashning an’anaviy usullari – medikamentoz (konservativ) va jarrohlik usullari. Medikamentoz davolashda sabab aniqlanadi va bepushtlikni davolash uchun dori vositalari qo‘llaniladi.
Bepushtlikni davolash uchun dorilar laboratoriya tadqiqotlari ko‘rsatmalaridan, shuningdek, ayol organizmining umumiy holati va hayz davridan kelib chiqqan holda buyuriladi. Gormonal buzilishlar tufayli hayz davri ham buzilishi mumkin. U bepushtlikni davolash uchun gormonal preparatlarni qo‘llash yo‘li bilan davolanadi. Bunday vositalar bir nechta asosiy komponentlarni o‘z ichiga oladi:
-
klomifen sitrati (polikistozda buyuriladi, ovulyatsiya ehtimolini oshiradi);
-
urinal gonadotropinlar (bevosita tuxumdonlarga ta’sir qilib, ularning funksiyasini rag‘batlantiradi va olinadigan tuxum hujayralarining sifati va sonini oshiradi);
-
rekombinant gonadotropinlar (tuxumdonlarga bevosita ta’sir qilib, tuxum hujayralari va follikulalarning o‘sishiga yordam beradi).
Shuningdek, farzandsizlikning ko‘p uchraydigan sabablaridan biri giperprolaktinemiya bo‘lishi mumkin. Bu kasallik uzoq va kuchli stress fonida paydo bo‘ladi. U prolaktin darajasini pasaytiruvchi preparatlar bilan davolanadi. Ayollar uchun qo’llaniladigan bepushtlikni davolovchi tabletkalar kuchli gormonal ta’sir ko‘rsatishi sababli shifokor ko‘rsatmasiga binoan va uning bevosita nazorati ostida qo‘llanilishi kerak.
Ayollar bepushtligining sababi yallig‘lanish jarayonida bo‘lsa, unda har xil antibiotiklar qo‘llaniladi.
Bepushtlikni davolash uchun dori vositalarini Toshkentda sotib olish
"PharmaClick.uz" internet-dorixonasi o‘z assortimentida ayollar bepushtligini davolash uchun turli dori vositalariga ega. Kerakli vositani toping va Toshkent shahri bo‘ylab yetkazib berishga buyurtma bering. Shuningdek, biz buyurtmalarni Respublikamizning boshqa shaharlaridagi hamkor dorixonalarga ham yetkazib beramiz. Sizning qulayligingiz uchun biz dori-darmonlarni o‘zingiz uchun qulay vaqtda olib ketish uchun band qilish imkoniyatini ham taqdim etamiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.