Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kulento granulalar 4mg sashe №28
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Монтелукаст
Страна производитель
Турция
Дозировка
4 мг
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Гранулы
Ko'rsatmalar
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Dori vositasining savdo nomi Kulento, Culento
Ta'sir etuvchi modda (MNN) Montelukast, Montelukast
Dori shakli
ichga qabul uchun granulalar
Tarkibi
1 paketcha quyidagilarni saqlaydi
faol modda montelukast (montelukast natriy shaklida) 4 mg;
yordamchi moddalar mannitol, gidroksipropiltsellyuloza, magniy stearat.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangdagi bir hil granulalangan kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
Nafas olish tizimiga ta'sir qiluvchi vositalar. Nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarida tizimli qo‘llash uchun boshqa preparatlar. Leykotriyen retseptorlari antagonistlari.
ATX kodi R03DC03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ta'sir mexanizmi
Sistein leykotriyenlari (LTC4, LTD4, LTE4) turli hujayralardan, jumladan mastotsitlar va eozinofillardan ajralib chiqadigan kuchli yallig‘lanish eykozanoidlardir. Ushbu muhim astma oldi mediatorlari nafas yo‘llarining sistein-leykotriyen retseptorlari (CysLT) bilan bog‘lanib, bronxlarni toraytiruvchi (bronxokonstriktsiya), shilliqni chiqarilishi, qon tomirlarining o‘tkazuvchanligini oshishi va eozinofillarning to‘planishi kabi reaktsiyalarni keltirib chiqaradi.
Montelukast CysLT1 retseptorlari bilan yuqori affinlik va selektivlik bilan bog‘langan peroral qo‘llanadigan faol birikmadir. Klinik tadqiqot natijalariga bo‘yicha, montelukast 5 mggacha bo‘lgan dozalarda LTD4 ingalyatsiyasi fonida bronxokonstriktsiyani bostirishi aniqlangan.
Montelukastni ichga qabul qilgandan keyin 2 soat ichida bronxlarni kengayishi (bronxodilatatsiya) kuzatiladi, bunda montelukastni β-agonistlar bilan birgalikda additiv bronxodilatatsion ta'sir ko‘rsatishi aniqlandi. Montelukast antigen rag‘batlantirish natijasida kelib chiqqan bronxokonstriktsiyaning ham erta va ham kech bosqichlarini ingibitsiya qildi. U katta patsiyentlarda va bolalarda platsebo bilan solishtirilganda periferik qonda eozinofillar sonini kamaytirdi. Alohida tadqiqotda montelukast bilan davolash vaqtida (balg‘am tahliliga ko‘ra) nafas yo‘llarida eozinofillar miqdorini sezilarli pasayishi aniqlangan. Kattalar va 2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda montelukast platsebo bilan solishtirilganda bir vaqtda bronxial astmani (BA) klinik nazoratini yaxshilagan holda, periferik qonda eozinofillar sonini kamaytirgan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ichga qabul qilinganadan keyin montelukast tez so‘riladi va tizimli qon oqimiga tushadi. Kattalarda montelukastni nahorga 10 mg dozada plyonka bilan qoplangan tabletka shaklida qabul qilinganda, qon plazmasida maksimal kontsentratsiyaga (Cmax) 3 soatdan keyin erishiladi, bunda biokiraolishlik o‘rtacha 64% tashkil qiladi. Ovqatni qabuli dori vositasini Cmax va biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi. Klinik tadqiqot natijalari, montelukastni ovqatni qabulidan qat'iy nazar yuqorida ko‘rsatilgan dori shaklida qo‘llashni xavfsiz va samarador ekanligidan dalolat beradi.
Kattalarda montelukastni chaynov tabletkalari shaklida nahorga 5 mg dozada qo‘llanganda, Cmax 2 soatdan keyin erishiladi, bunda biokiraolishlik o‘rtacha 73% tashkil qiladi. Dori vositasini ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganda biokiraolishligi 63% gacha kamayadi.
2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda montelukastni chaynov tabletkalari shaklida nahorga 4 mg dozada qabul qilingandan so‘ng, Cmax 2 soatdan keyin erishiladi; bunda kattalarda montelukastni plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklida 10 mg dozada qabul qilingandagi bilan solishtirilganda Cmax qiymati 66% yuqori va Smin esa past bo‘lgan. Kattalarda montelukastni nahorga qo‘llanganda, dori shakllari- ichga qabul uchun granulalar (4 mg) va chaynov tabletkalari (4mg) bioekvivalent hisoblanadi. 6 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda montelukastni granulalar shaklida 4 mg dozada peroral qabul qilgandan keyin Cmax 2 soatdan keyin erishiladi;bunda Cmax qiymati montelukastni qobiq bilan qoplangan tabletka shaklida 10 mg dozada qabul qilgandan keyin kattalardagidan taxminan 2 baravar yuqori. Montelukastni granulalar ko‘rinishida olma pyuresi yoki yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan ovqat bilan bir vaqtda peroral qabul qilinganda, dori vositasining egri osti maydoni “kontsentratsiya-vaqt” (AUC) ko‘rsatkichini baholashda farmakokinetikasi klinik ahamiyatli darajada o‘zgarmaydi (olma pyuresi bilan va olma pyuresisiz 1225,7 va 1223,1 ng·s/ml va, yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan ovqat bilan va ovqatsiz qabul qilinganda1191,8 va 1148,5 ng s/ml ga muvofiq).
Taqsimlanishi
Montelukast qon plazma oqsillari bilan 99% dan ko‘proq bog‘lanadi. Dori vositasini muvozanat holatida taqsimlanish hajmi o‘rtacha 8-11 litrni tashkil qiladi. Kalamushlarga montelukastni radioaktiv belgi bilan yuborilgan tadqiqotlarda, u ahamiyatsiz darajada gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tishi aniqlangan, bunda uni yuborilgandan keyin 24 soat o‘tgach, uning boshqa barcha to‘qimalardagi kontsentratsiyasi ham ahamiyatsiz darajada bo‘lgan.
Metabolizmi
Montelukast intensiv metabolizmga uchraydi. Klinik tadqiqotlarda muvozanat holatida dori vositasini terapevtik dozalarda qo‘llanganda kattalar va bolalarda qon plazmasida montelukastni metabolitlari aniqlanmagan.
Montelukastni metabolizmida SUR2C8 izofermenti asosiy rolni o‘ynaydi. Bundan tashqari, dori vositasini biotransformatsiyasida kamroq darajada CYP3A4 i 2S9 ishtirok etishi mumkin. Ammo itrakonazol (CYP3A4 ingibitori) bilan birgalikda qo‘llanganda, sog‘lom ko‘ngillilarda montelukastning farmakokinetik ko‘rsatkichlari (sutkada 10 mg dozada) o‘zgarmagan. Odam jigar mikrosomalari bo‘yicha in vitro tadqiqoti natijalari, montelukast terapevtik kontsentratsiyalarda CYP3A4, 2S9, 1A2, 2A6, 2S19 va 2D6 ingibitsiya qilmasligini ko‘rsatadi. Metabolitlar montelukastning terapevtik ta'siriga biroz ta'sir qiladi.
Chiqarilishi
Sog‘lom katta ko‘ngillilarida montelukastning plazmadagi klirensi o‘rtacha 45 ml/minni tashkil qiladi. Radioaktiv belgi bilan nishonlangan montelukast qo‘llangan tadqiqotlarda 5 kun davomida peroral yuborilgandan so‘ng, preparatning yuborilgan dozasining 86% dozasi me'da-ichak yo‘llari orqali va 0,2% dan kamrog‘i siydik bilan chiqarilishi aniqlangan. Ushbu natijalar biokiraolishlik ma'lumotlari bilan birga montelukast va uning metabolitlarini organizmdan safro bilan deyarli to‘liq chiqarilishini ko‘rsatadi.
Alohida guruh patsiyentlari
Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek keksa yoshli patsiyentlarda preparatni dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda montelukast bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Chunki montelukastva uning metabolitlari safro bilan chiqarilganligi sababli, buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni dozasiga tuzatish kiritishga zarurat kuzatilmaydi. Jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan ortiq) patsiyentlarda montelukastnifarmakokinetikasi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Montelukast bilan bir vaqtda yuqori dozada (kattalar uchun tavsiya etilgandan 20 va 60 baravar yuqori) qo‘llanganda, qon plazmasida teofillinning kontsentratsiyasi pasaygan, bu samara montelukastni tavsiya qilingan 10 mgdan sutkada 1 martalik dozada qabul qilinganda aniqlanmagan.
Qo‘llanilishi
Preparat 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi doimiy davom etuvchi BA bo‘lgan patsiyentlarda BAni davolash uchun (qo‘shimcha davolash sifatida) qo‘llash ko‘rsatilgan, ularda u glyukokortikosteroidlarni (GKS) qabuli bilan yetarli darajada nazorat qilinmaydi, shuningdek ularda qisqa ta'sirga ega β-agonistlarni zaruratga ko‘ra qo‘llash, BA klinik nazoratini yetarli darajada ta'minlamaydi.
Preparat oxirgi vaqtda peroral GKS qo‘llashni talab qiladigan BA og‘ir xurujlari bo‘lmagan yengil og‘irlik darajasidagi doimiy davom etuvchi BA 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek ingalyatsion GKS qo‘llay olmaydigan patsiyentlarda ingalyatsionGKS kichik dozalarini o‘rniga davolash tanlovi bo‘lishi mumkin.
Preparat shuningdek, ustunlik qiladigan komponenti hisoblangan jismoniy yuklama keltirib chiqargan bronxospazmi bo‘lgan 2 yoshdan katta yoshdagi patsiyentlarda BA prrofilaktika qilish uchun ham ko‘rsatilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalari
Kulentoni bolada kattalar nazorati ostida qo‘llash lozim.
6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlar uchun tavsiya etiladigan doza sutkada kechqurun bir paketchadanni tashkil qiladi (4 mg montelukast). Ushbu yosh guruhida dori vositasining dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. 6 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan BA bo‘lgan patsiyentlarda montelukastni qo‘llash samaradorligi to‘g‘risida klinik ma'lumotlar cheklangan. Davolashga bo‘lgan javobni preparat qabul qilingandan 2-4 hafta o‘tgach baholash lozim. Davolashga javob bo‘lmagan hollarda, Kulentoni qo‘llashni to‘xtatish lozim. Montelukastni 6 oylikdan kichik yoshdagi patsiyentlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Qo‘llash usuli
Granulalarni ichga, yoki bevosita yutgan holda, yoki qoshiqda sovuq yoki xona haroratidagi yumshoq ovqat bilan aralashtirib (masalan, olma pyuresi, muzqaymoq, sabzi va guruch) qo‘llaniladi. Dori vositasini bevosita qo‘llashdan oldin paketchani ochish kerak, ochilgandan so‘ng barcha dozani kechiktirmasdan qo‘llash lozim (15 minut davomida). Ovqat bilan aralashtirilganda, preparatni keyingi qo‘llashlar uchun saqlab qo‘yish mumkin emas. Paketcha ichidagini suyuqlikda suyultirilmaslik kerak, lekin dori vositasi ichga qabul qilgandan keyin uni ichib yuborish mumkin. Kulentoni ovqatni qabul qilish vaqtidan qat'iy nazar qo‘llash mumkin.
Umumiy tavsiyalar
Montelukastni BA simptomlarini nazoratiga nisbatan terapevtik samarasi dori vositasi qabul qilinganda birinchi sutka davomida aniqlangan. Patsiyentlar BA simptomlari nazorat ostida bo‘lganda ham, BA simptomlari zo‘rayganda ham Kulentoni qo‘llashni davom ettirishlari kerak.
Buyrak yetishmovchiligi yoki yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda preparatni dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi, og‘ir jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni dozalash tartibiga nisbatan ma'lumotlar yo‘q. Erkak va ayol patsiyentlar Kulentoni bir xil dozada qabul qilishlari kerak.
Kulentoni yengil og‘irlik darajasidagi doimiy davom etuvchi BA ingalyatsion GKS kichik dozalari o‘rniga muqobil davolash usuli sifatida qo‘llanishi
O‘rtacha og‘irlik darajasidagi doimiy davom etuvchi BA bo‘lgan patsiyentlarda Montelukast bilan monodavolash tavsiya qilinmaydi.
Montelukastni 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda doimiy davom etuvchi BA ingalyatsion GKS kichik dozalarda davolash o‘rniga muqobil davolash usuli sifatida qo‘llash imkoniyatini faqat yaqin vaqtda peroral GKS bilan davolashni talab qiladigan BA og‘ir xurujlari aniqlanmagan va ingalyatsion GKS qo‘llanishi yaroqli bo‘lmagan patsiyentlarda ko‘rib chiqish lozim
Yengil og‘irlik darajasidagi doimiy davom etuvchi BA, uning simptmolari haftada bir martadan ko‘proq, lekin kuniga bir martadan kam qayd etilganda aniqlanadi, tungi simptomlar oyiga ikki martadan ko‘p, lekin haftada bir martadan kam qayd etilganda aniqlanadi, bunda hurujlar o‘rtasida o‘pkaning normal funktsiyasi saqlanadi. Agar keyingi kuzatuv davrida (odatda bir oy davomida) BA tegishli nazoratiga erishilmagan bo‘lsa, u holda BA qadamma-qadam davolash tizimiga asoslanib qo‘shimcha yoki boshqa yallig‘lanishiga qarshi davolashni qo‘llash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish lozim. BA nazoratini aniqlash uchun patsiyentlarning holatini vaqti-vaqtida monitoring qilish shart hisoblanadi.
Kulentoni asosiy komponenti hisoblangan jismoniy yuklama keltirib chiqargan bronxospazmi bo‘lgan 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda BA profilaktika qilish uchun qo‘llanishi
2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda jismoniy yuklama natijasida kelib chiqqan va ingalyatsion GKS bilan davolashni talab qiladigan bronxospazm, doimiy davom etuvchi BAning asosiy ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Montelukast bilan 2-4 haftalik davolangandan so‘ng patsiyentlarning ahvoli baholanishi kerak. Davolashga qoniqarli javob bo‘lmaganda, qo‘shimcha yoki boshqa davolashni qo‘llash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish lozim.
BA davolashning boshqa usullariga ko‘ra Kulento bilan davolash
Kulentoni ingalyatsion GKS bilan birgalikda qo‘shimcha davolash sifatida qo‘llangan hollarda, ingalyatsion GKS qabulini keskin to‘xtatish kerak emas.
Bolalar
6 oylikdan kichik yoshdagi patsiyentlarda Kulentoni qo‘llash tavsiya etilmaydi, ushbu yosh guruhida preparatni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Faol moddaga yoki har qanday yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Klinik tadqiqotlarda olingan ma'lumotlar
Klinik tadqiqot ma'lumotlariga asosan, montelukastni olgan patsiyentlarda platsebo olgan patsiyentlarga qaraganda quyida sanab o‘tilgan noxush reaktsiyalar sezilarli darajada tez-tez kuzatilganligi aniqlangan. Bunda, tez-tezlik ko‘rsatkichiga ko‘ra, bunday noxush reaktsiyalar "tez-tez" toifasiga taaluqli (1/100, lekin <1/10).
Doimiy davom etadigan BA bo‘lgan taxminan 4000 katta patsiyentlarda va 15 yosh va undan katta yoshdagi o‘smirlarda (davomiyligi12 hafta ikkita tadqiqot, 795 ishtirokchi) Montelukastni qobiq bilan qoplangan tabletka shaklida 10 mgdan qo‘llash
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan qorinda og‘riq.
Doimiy davom etadigan BA bo‘lgan 6 dan 14 yoshgacha bo‘lgan taxminan 1750 patsiyentlarda (davomiyligi 8 haftalik bo‘lgan bitta tadqiqot, 201 ishtirokchi; davomiyligi 56 haftalik ikkita tadqiqot, 615 ishtirokchi) Montelukastni chaynov tabletkalari shaklida 5 mg dan qo‘llash
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i.
Doimiy davom etadigan BA bo‘lgan 2 dan 5 yoshgacha bo‘lgan taxminan 851 patsiyentlarda (davomiyligi12 haftalik bitta tadqiqot, 461 ishtirokchi; davomiyligi 48 haftalik bitta tadqiqot, 278 ishtirokchi) Montelukastni chaynov tabletkalari shaklida 4 mgdan qo‘llash

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar chanqash.
Doimiy davom etadigan BA bo‘lgan 6 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan 175 patsiyentlarda (davomiyligi12 haftalik bitta tadqiqot, 175 ishtirokchi); davomiyligi 48 haftalik bitta tadqiqot, 278 ishtirokchi) Montelukastni granular shaklida 4 mgdan qo‘llash
Nerv tizimi tomonidan giperkineziya.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan BA.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan diareya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan ekzantematoz dermatit, toshma.
Montelukastni ichga qabul uchun granulalar shaklida 4 mgdan va chaynov tabletkalari shaklida 4 mgdan qo‘llash xavfsizligi shuningdek 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan vaqti-vaqti bilan avj oluvchi BA bo‘lgan patsiyentlarda (1038 ishtirokchi) klinik tadqiqotlarda baholangan.
Cheklangan miqdordagi katta patsiyentlarda (2 yoshgacha) va 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda (12 oygacha) uzoq muddat qo‘llanganda montelukastning xavfsizlik profili o‘zgarmagan. Jami 2 dan 5yoshgacha bo‘lgan 502 patsiyentlar montelukastni kamida 3 oy, 338 patsiyent 6 oy yoki undan uzoq va 534 patsiyent -12 oy yoki undan uzoq vaqt davomida qabul qilgan, bunda ushbu patsiyentlarda dori vositasining xavfsizlik profili ham o‘zgarmagan. 6 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda 3 oygacha bo‘lgan davomiylikda davolanganda montelukastning xavfsizlik profili o‘zgarishsiz qolgan.
Postmarketing davrida olingan ma'lumotlar
Noxush reaktsiyalar MedDRA tizim-a'zolar sinfga muvofiq quyida sanab o‘tilgan. Noxush reaktsiyalarni tez-tezligi ko‘rsatkichi muvofiq klinik tadqiqotlarini ma'lumotlar bazasida saqlanadigan ma'lumotlarga asosan quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, lekin <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, lekin <1/100); kam hollarda (≥1/10000, lekin <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).
Infektsion va parazitar kasalliklar juda tez - tez-yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari*.
Qon va limfa tizimi tomonidan kam hollarda - yuqori qon ketish xavfi; juda kam hollarda - trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan tez-tez emas-o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan anafilaktik shok; juda kam hollarda-jigarning eozinofil infiltratsiyasi.
Ruhiyatni buzilishlari tez-tez emas-g‘ayritabiiy tushlar, jumladan tungi alahsirashlar, uyqusizlik, somnambulizm, xavotirlanish, ajitatsiya, jumladan tajovuzkor yoki dushmanona hulq, depressiya, psixomotor qo‘zg‘alish (jumladan ta'sirlanish, bezovtalik, titroq **); kam hollarda-diqqatni buzilishi, xotirani buzilishi, tik; juda kam hollarda-gallyutsinatsiyalar, dezoriyentatsiya, suitsidal fikrlar va xulq (suitsidga moyillik), obessiv-kompulsiv simptomlar, disfemiya.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez emas-bosh aylanishi, uyquchanlik, paresteziya/gipesteziya, tirishishlar.
Yurak tomonidan kam hollarda- palpitatsiya.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan tez-tez emas-burunni qonashi; juda kam hollarda - Cherdj-Stross sindromi, o‘pkalarning eozinofil infiltratsiyasi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tez-diareya, ko‘ngil aynishi, qusish; tez-tez emas- og‘iz qurishi, dispepsiya.
Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez - qon plazmasida transaminazalar (alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST)) darajasining oshishi; juda kam hollarda-gepatit (jumladan xolestatik, gepatotsellyular va jigarni aralash shikastlanishi).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan tez-tez-toshma; tez-tez emas - gematoma, eshakemi, qichishish; kam hollarda-angionevrotik shish; juda kam hollarda- tugunli eritema, ko‘pshaklli eritema.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalari tomonidan tez-tez emas-artralgiya, miyalgiya, jumladan mushak spazmlari.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez emas -bolalarda enurez.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar tez-tez - pireksiya#; tez-tez emas-asteniya/charchoqlik, holsizlik, shishlar.
*"juda tez-tez" toifasidagi noxush reaktsiyalar, Montelukast olgan patsiyentlarda ham, platsebo olgan patsiyentlarda ham klinik tadqiqotlarda qayd etilgan
# "tez-tez" toifasidagi noxush reaktsiyalar, Montelukast olgan patsiyentlarda ham, platsebo olgan patsiyentlarda ham klinik tadkikotlarda qayd etilgan.
** "kam hollarda" toifasidagi noxush reaktsiyalar.
Shubha qilinadigan noxush reaktsiyalari to‘g‘risida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilinadigan noxush reaktsiyalari to‘g‘risidagi xabarlar muhim hisoblanadi. Patsiyentda dori vositasiga jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganda yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiyalar paydo bo‘lganida farmakonazoratni Milliy tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Dori vositalarining o‘zaro ta'siri
Montelukastni odatda BA profilaktika qilish va samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun qo‘llaniladigan boshqa dori vositalari bilan birgalikda qo‘llash mumkin. Dori vositalarining o‘zaro ta'sirini o‘rganilganda montelukasttavsiya etilgan dozalarda quyidagi preparatlarning teofillin, prednizon, prednizon, og‘iz kontratseptivlari (etinilestradiolnoretindron nisbati 351), terfenadin, digoksin va varfarinni farmakokinetikasiga klinik jihatdan sezilarli ta'sir ko‘rsatmasligi aniqlandi.
Montelukast bilan birgalikda fenobarbitalni qabul qilgan sub'ektlarda oxirgi uchun AUC qiymati 40% ga kamaygan. Montelukastni metabolizmida CYP3A4, 2C8 va 2C9 ishtirok etganligi sababli, uni ayniqsa bolalarda CYP3A4, 2C8 va 2C9 induktorlari, masalan, fenitoin, fenobarbital va rifampitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
in vitro sharoitdagi tadqiqotlarida, montelukast CYP2C8 kuchli ingibitori ekanligi aniqlangan. Biroq, montelukast va roziglitazon o‘rtasidagi o‘zaro ta'sirlari bo‘yicha in vivo sharoitda klinik tadqiqot ma'lumotlari (asosan CYP2C8 ishtirokida metabolizmga uchraydigan dori vositasi bo‘lgan etalon substratdir) montelukast CYP2C8 ni ingibitsiya qilmasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun montelukastni preparatlarni (masalan, paklitaksel, roziglitazon va repaglinid) CYP2C8 ishtirokidagi metabolizmiga ahamiyatli darajada ta'sir qilishi kuzatilmaydi.
in vitro sharoitdagi tadqiqotlarida, montelukastni CYP2C8 uchun va kam darajadaCYP2C9 va 3A4 uchun substrat hisoblanishi aniqlangan. Dori vositalarining o‘zaro ta'sirini klinik o‘rganilganda gemfibrozil (CYP2C8 va 2C9 ingibitori) bilan bir vaqtda qo‘llanganda montelukastni qon plazmasidagi kontsentratsiyasini 4,4 martaga oshishi aniqlangan. Gemfibrozil yoki CYP2C8 boshqa kuchli ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda montelukastni dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi, shunga qaramay bunday majmualarni qo‘llanganda noxush reaktsiyalarni tez-tezligi va og‘irligini mumkin bo‘lgan oshish xavfini e'tiborga olish lozim.
in vitro sharoitida olingan ma'lumotlarga asosan, montelukastni CYP2C8 kamroq kuchli ingibitorlari (masalan, trimetoprim) bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirlashuvi kuzatilmaydi. CYP3A4 kuchli ingibitori itrakonazol bilan majmuaviy qo‘llanganda, montelukastni qon plazmasidagi kontsentratsiyasi ahamiyatli darajada oshmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
6 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda doimiy davom etuvchi BA tashxisi pediatr yoki pulmonolog tomonidan qo‘yilishi kerak.
Montelukastning peroral dori shakllari BA o‘tkir xurujlarini davolash uchun mo‘ljallanmagan, shuning uchun patsiyentlar doimo ularni bartraf qilish uchun tegishli preparatlarni olib yurishlari kerak. BA o‘tkir hurujlarini rivojlanish hollarida, qisqa ta'sirga ega ingalyatsion β-agonistlarni qo‘llash lozim. Patsiyentlar, agar ularda odatdagidan ko‘ra qisqa ta'sirga ega ingalyatsion β-agonistlarni qo‘llashga zarurat paydo bo‘lsa, darhol kechiktirmasdan shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.
Peroral yoki ingalatsion GKS davolashni keskin to‘xtatish yoki montelukast bilan davolashga almashtirish mumkin emas.
Montelukast bilan bir vaqtda qabul qilinganda peroral GKS dozasini kamaytirish mumkinligidan dalolat beruvchi ma'lumot yo‘q.
Kam hollarda BA davolash uchun preparatlarni, shu jumladan montelukastni qabul qilayotgan patsiyentlarda, ba'zida vaskulitning klinik simpomlarini rivojlanishi va tizimli GKS qo‘llanishi bilan davolanadigan Cherdj-Stross sindromi deb nomlanadigan tizimli eozinofiliya paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatlar ba'zida dozani kamaytirganda yoki peroral GKS bekor qilinganda paydo bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan simptomlarning rivojlanishi va leykotriyen retseptorlarini antagonistlari bilan davolash o‘rtasida sababiy - bog‘liqlik o‘rnatilmaganiga qaramay, eozinofiliyali patsiyentlarda, vaskulit belgilari, o‘pka simptomlarining yomonlashishi, yurak tomonidan asoratlar va/yoki neyropatiyani paydo bo‘lish ehtimoli e'tiborga olish lozim. Bunday simptomlar paydo bo‘lgan patsiyentlarni qayta tekshirish, ularni davolash sxemasini esa qayta ko‘rib chiqish kerak.
Montelukastni qabul qilgan kattalar, o‘smirlar va bolalarda nevro-psixik buzilishlarni rivojlanish holatlari qayd etilgan, shuning uchun patsiyentlar va shifokorlar ularning paydo bo‘lish xavfini yodda tutishlari kerak. Patsiyentlar va/yoki ularni parvarish qiluvchilar nevropsixik buzilishlarni paydo bo‘lish hollarida ularga davolovchi shifokorni o‘z vaqtida xabardor qilishlari kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatma berish kerak. Bunday holatlarda shifokor montelukast bilan davolashni davom ettirish masalasini ko‘rib chiqishda xavf va foyda nisbatini sinchkov baholashi kerak.
Montelukast bilan davolashda ASKga - bog‘liq BA bo‘lgan patsiyentlarda atsetilsalitsil kislotasi (ASK) yoki boshqa NYaQVlarni qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik. Hayvonlarni tekshirishda montelukastning homiladorlik yoki embrion/homila rivojlanishiga salbiy ta'siri aniqlanmagan.
Montelukastni qabul qilgan homilador ayollar ishtirok etgan chop etilgan prospektiv va retrospektiv kogort tadqiqotlari natijalari, dori vositasini qo‘llanishi bilan bog‘liq og‘ir (eng ahamiyatli) tug‘ma nuqsonlarni paydo bo‘lish xavfini yo‘qligini ko‘rsatadi.
Mavjud tadqiqot ma'lumotlari ularning uslubiy cheklanganligini, jumladan tanlovni kichik o‘lchamini, retrospektiv ma'lumotlarni yig‘ishni (ba'zi hollarda), shuningdek, tegishli bo‘lmagan preparatlar bilan davolangan qiyosiy guruhlarni qo‘llanishini ko‘rsatadi.
Kulentoni homiladorlik davrida faqat ona uchunbo‘lgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llash lozim.
Laktatsiya. Hayvonlardagi tadqiqotlarda montelukastni ko‘krak sutiga o‘tishi aniqlangan. Montelukast/uning metabolitlarini odamda ko‘krak suti bilan chiqarilishi noma'lum. Kulentoni emizish davrida faqat ona uchun bo‘lgan foyda, bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollarda qo‘llash lozim.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi yoki ahamiyatsiz ta'sir ko‘rsatadi. Shunga qaramay ba'zi patsiyentlarda bosh aylanishi va uyquchanlik holatlari aniqlangan.
Dozani oshirib yuborilishi
BA bo‘lgan patsiyentlarda montelukastni sutkada 200 mggacha bo‘lgan dozalarda (kattalar) 22 hafta davomida qo‘llangan uzoq muddatli tadqiqotlarda, shuningdek patsiyentlarda dori vositasini sutkada 900 mggacha bo‘lgan dozalarda taxminan 1 hafta davomida qo‘llangan qisqa muddatli tadqiqotlarda, klinik jihatdan ahamiyatli noxush reaktsiyalar aniqlanmagan.
Kattalar va bolalar dori vositasini 1000 mgdan yuqori dozalarda (42 oylik bolalar yoshida taxminan 61 mg/kg atrofida) qabul qilingan postmarketing davrida va klinik tadqiqotlar vaqtida montelukast bilan o‘tkir dozani oshirib yuborish hollari to‘g‘risida xabar qilingan. Bunda olingan klinik va laboratoriya ma'lumotlari montelukastning katta patsiyentlarda va bolalarda xavfsizlik profiliga mos kelgan. Ko‘pchilik hollarda, dori vositasi dozasini oshirib yuborilishida noxush reaktsiyalarning rivojlanishi haqida xabar berilmagan.
Simptomlari Ko‘pincha montelukastning xavfsizlik profiliga mos keladigan noxush reaktsiyalar, jumladan qorinda og‘riq, uyquchanlik, tashnalik, bosh og‘rig‘i, qusish va psixomotor qo‘zg‘alish aniqlangan.
Davolash. Montelukast dozasini oshirib yuborilishini davolash bo‘yicha maxsus ma'lumot yo‘q. Dori vositasini peritoneal dializ yoki gemodializ orqali chiqarilishi noma'lum.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul uchun granulalar 0,5 gdan paketchalarda.
28 paketchalar tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomasi bilan o‘rniga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Nam va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugagandan keyin qo‘llanilmasin
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqarilgan
"UORLD MEDITSIN ILACh SAN. VE TIDJ. A.Sh.", TURKIYa
(15 Temmuz Max. Djami Yolu Djad. № 50 Gyuneshli Bagdjlar/Stambul)
“WORLD MEDICINE İLAÇ SAN. VE TİC. A.Ş.”, TURKEY
(15 Temmuz Mah. Cami Yolu Cad. No 50 Güneşli Bağcılar/İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositasining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
“Evro Farm Biznes” MChJ HK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli ko‘ch., 120 uy.
Telefon (+99871) 212-18-41, (+99871) 212-20-58

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.