Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kulento tab.10 mg №28
Kulento tab.10 mg №28
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Монтелукаст
Страна производитель
Турция
Дозировка
10 мг
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kulento
Ta'sir etuvchi modda (XPN) montelukast
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda montelukast (montelukast natriy shaklida) 10 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, gidroksipropilellyuloza, magniy stearati;
qobig‘ini tarkibi och sariq rangli Opadri® II 85F270028 (polivinil spirti, qisman gidrolizlangan, titan dioksidi, makrogol, talk, temir II-oksidi, temir III-oksidi, temir II, III-oksidi.
Ta'rifi kvadrat shaklli, chetlari dumaloq, och sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Bronxolitik vosita. Leykotriyen retseptorlarning antagonistlari.
ATX kodi R03DC03
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Sistein leykotriyenlari (LTC4, LTD4, LTE4) turli hujayralardan, jumladan semiz hujayralar va eozonofillardan ajralib chiqadigan kuchli yallig‘lanish eykozanoidlar hisoblanadilar. Ushbu proastmatik mediatorlar sistein leykotriyenlarning (CysLT) retseptorlari bilan bog‘lanadi. CysLT retseptorlarning 1 turi (CysLT1) odamning nafas yo‘llari (jumladan silliq mushak hujayralari va nafas yo‘llarining makrofaglari) da va boshqa yallig‘lanishga qarshi hujayralar (jumladan eozonofillar va ayrim miyeloid o‘zak hujayralar) da mavjud bo‘ladi. CysLT astma va allergik rinitning patofiziologiyasi bilan o‘zaro bog‘liq. Astmada leykotriyenlarga bog‘liq samaralarga bronxospazm, shilliqni sekretsiyasi, qon-tomirlarni o‘tkazuvchanligi va eozonofillarning miqdorini oshishi kiradi. Allergik rinitda CysLTs allergeni ta'sir qilganidan so‘ng reaktsiyaning erta va kechki bosqichlari vaqtida burunning shilliq qavatidan ajralib chiqadi va allergik rinitning simptomlarini chaqiradi. CysLT yordamida o‘tkaziladigan nazal sinama burun yo‘llarining rezistentligini oshishini va nazal obstruktsiyaning simptomlarini namoyish etgan.
Farmakodinamik samaralari
Montelukast – peroral qabul qilinganida faol modda hisoblanadi. CysLT1 retseptorlariga yuqori yaqinlikka ega va ular bilan tanlab bog‘lanadi. Klinik tadqiqotlarda montelukast hatto kichik dozalarda (5 mg) ham LTD4 ingalyatsiyasi bilan chaqirilgan bronxospazmni ingibitsiya qiladi. Bronxodilatatsiya peroral qabul qilinganidan so‘ng 2 soat davomida kuzatilgan. β-agonistlari bilan chaqirilgan bronxodilatatsiya samarasi montelukastning samarasiga additiv bo‘lgan. Montelukast bilan davolanish antigen bilan rag‘batlantirilganda bronxokonstriktsiyaning erta va kechki bosqichlarini bostirgan. Montelukast kattalar va bolalarning periferik qonidagi eozonofillarning miqdorini platseboga nisbatan pasaytirgan. Alohida tadqiqotda montelukast bilan davolash nafas yo‘llarida (balg‘amda aniqlangan) va periferik qonda eozonofillarning miqdorini ahamiyatli darajada pasaytirib, astmaning klinik nazoratini yaxshilagan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Montelukast ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi. Kattalarda plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg dan och qoringa qabul qilinganida qon plazmasida o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) ga 3 soatdan keyin (Tmax) erishadi. Ichga qabul qilinganida biokiraolishligi o‘rtacha 64% ni tashkil etadi. Odatdagi ovqatni iste'mol qilish qon plazmasidagi Cmax va biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi. Preparatning havfsizligi va samaradorligi klinik tadqiqotlarda plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg dan ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilinganida tasdiqlangan.
Taqsimlanishi
Montelukast plazma oqsillari bilan 99% dan ko‘proq bog‘lanadi. Montelukastning taqsimlanish hajmi o‘rtacha 8-11 litrni tashkil etadi.
Kalamushlarda radioaktiv nishonlangan montelukast yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlar gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tganida taqsimlanishi minimal ekanligini ko‘rsatadi. Dozasi qabul qilinganidan so‘ng 24 soatdan keyin radioaktiv nishonlangan moddaning boshqa barcha to‘qimalardagi kontsentratsiyasi ham minimal darajada bo‘lgan.
Metabolizmi
Montelukast jigarda faol metabolizmga uchraydi. Terapevtik dozalarda ishlatilganida kattalar va bolalarda muvozanat holatida montelukast metabolitlarining plazmadagi kontsentratsiyasi aniqlash chegarasidan past bo‘ladi.
R450 2S8 montelukastning metabolizmida asosiy ferment hisoblanadi. Bundan tashqari, CYP 3A4 va 2S9 lar montelukastning metabolizmida ahamiyatsiz rol o‘ynaydilar, garchi itrakonazol (CYP 3A4 ning ingibitori) montelukastni sutkada 10 mg dozada qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilarda montelukastning farmakokinetik ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmagan.
In vitro sharoitida odam jigarining mikrosomalarida o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalarida, montelukast terapevtik kontsentratsiyalarda sitoxrom R450 3A4, 2S9, 1A2, 2A6, 2S19 va 2D6 larni ingibitsiya qilmasligi ko‘rsatilgan. Montelukastning terapevtik samarasida metabolitlarining roli minimal darajada.
Chiqarilishi
Sog‘lom kattalarda montelukastning plazma klirensi minutiga o‘rtacha 45 ml ni tashkil etadi. Radioaktiv nishonlangan montelukast peroral qabul qilinganidan so‘ng uning 86% miqdori axlat bilan 5 kun davomida va 0,2% dan kamroq qismi – siydik bilan chiqariladi. Peroral qo‘llanganida montelukastning biokiraolishligi bilan birga bu holat, uning metabolitlarini deyarli butunlay safro bilan chiqarilishidan dalolat beradi.
Patsiyentlarning alohida guruhlari
Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun yoki yengil yoki o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Montelukast va uning metabolitlari safro bilan chiqarilganligi tufayli, buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi (ko‘rsatkich Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha >9) bo‘lgan patsiyentlarda montelukastning farmakokinetikasi bo‘yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Montelukast yuqori dozalarda (kattalar uchun tavsiya etilgan dozadan 20 va 60 marta yuqori dozalarda) qo‘llanganida qon plazmasida teofillinning kontsentratsiyasini pasayishi kuzatilgan. 10 mg sutkada bir marta tavsiya etilgan dozada bunday samara kuzatilmagan.
Qo‘llanilishi
yengil va o‘rtacha og‘irlik darajada bo‘lgan, ingalyatsion kontikosteroidlar bilan yetarlicha nazorat qilib bo‘lmaydigan, shuningdek zaruratga qarab qo‘llanadigan qisqa muddat ta'sir qiluvchi β-agonistlar yordamida bronxial astmaning simptomlarini yetarlicha klinik nazorat qilib bo‘lmaydigan persistentsiyalanuvchi bronxial astmada qo‘shimcha davolash; ushbu patsiyentlarda preparat shuningdek mavsumiy allergik rinitning simptomlarini yengillashtiradi;
ustunlik qiluvchi komponenti jismoniy yuklama bilan induktsiyalangan bronxospazm hisoblangan bronxial astmani oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Astma bilan yoki astma va yondosh mavsumiy allergik rinit bilan xastalangan kattalar uchun va 15 yosh va undan oshgan o‘smirlar uchun tavsiya etilgan dozasi sutkada 10 mg (1 tabletka) ni tashkil etadi, kechqurun qabul qilinadi.
Umumiy tavsiyalar
Bronxial astmani nazorat ko‘rsatkichlariga preparatning terapevtik ta'siri birinchi kun davomida rivojlanadi. Tabletkalar ichga ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilinadi.
Patsiyent bronxial astmaning simptomlarini nazorat qilishga erishilgan davrda ham, bronxial astmani zo‘rayish davrida ham Kulento preparatini qabul qilishni davom ettirishi kerak. Kulento preparatini montelukast saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda ishlatish mumkin emas.
Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar, shuningdek jigar funktsiyasini yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasida buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar yo‘q. Preparatning dozasi erkak va ayol patsiyentlar uchun bir xil hisoblanadi.
Kulento preparatini bronxial astmani boshqa davolash turlari bilan bir vaqtda buyurish
Kulento preparati o‘tkazilayotgan davolash kursiga qo‘shimcha ravishda buyurilishi mumkin.
Ingalyatsion kortikosteroidlar
Kulento preparatini, ingalyatsion kortikosteroidlar qisqa ta'sir qiluvchi β-agonistlar bilan majmuada birinchi yordam vositasi sifatida kasallikni adekvat klinik nazoratini ta'minlamagan holatda, qo‘shimcha davolash sifatida qo‘llash mumkin.
Kulento preparatini ingalyatsion kortikosteroidlarga to‘satdan o‘zgartirish mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Montelukastning quyidagi shakllarini klinik tadqiqotlar o‘tkazish vaqtida
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar (10 mg dan) – astma bilan xastalangan taxminan 4000 nafar kattalar hamda 15 yosh va undan oshgan o‘smirlarda;
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar (10 mg dan) – astma va mavsumiy allergik rinit bilan xastalangan taxminan 400 nafar kattalar hamda 15 yosh va undan oshgan o‘smirlarda;
chaynash uchun tabletkalar (5 mg dan) astma bilan xastalangan taxminan 1750 nafar 6 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda
quyidagi noxush reaktsiyalar aniqlangan
Nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh og‘rig‘i;
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tez – qorin sohasida og‘riq.
Noxush reaktsiyalarni uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagicha aniqlanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, ammo <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, ammo <1/100); kam hollarda (≥1/10000, ammo <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Infektsion va parazitar kasalliklar juda tez-tez – yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari*.
Qon va limfa tizimlari tomonidan kam hollarda – qon ketishlariga moyillikni oshishi; juda kam hollarda – trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan anafilaksiya; juda kam hollarda – jigarni eozonofil infiltratsiyasi.
Ruhiyatni buzilishi tez-tez emas – uyquni buzilishi, jumladan tungi qo‘rquvlar, uyqusizlik, somnambulizm, havotirlik, qo‘zg‘aluvchanlik, jumladan tajavuzkorlik harakatlari yoki ziddiyat, depressiya, psixomotor giperfaollik, jumladan ta'sirchanlik, bezovtalik va tremor**; kam hollarda – diqqatni buzilishi, xotirani yomonlashishi, tik; juda kam hollarda – gallyutsinatsiyalar, dezoriyentatsiya, suiqasdlik fikrlari va siuqasdlik harakatlariga moyillik.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez emas – bosh aylanishi, uyquchanlik, paresteziya/ gipesteziya, tirishishlar.
Yurak tomonidan kam hollarda – yurak urishini his etish.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan tez-tez emas – burundan qon ketishi; juda kam hollarda – Cherdj-Stross sindromi, o‘pka eozonofiliyasi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tez – diareya***, ko‘ngil aynishi***, qusish***; tez-tez emas – og‘izni qurishi, dispepsiya.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez – zardob transaminazalari (alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza) ning darajasini oshishi; juda kam hollarda – gepatit (shu jumladan xolestatik, gepatotsellyulyar va jigarni aralash shikastlanishi).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan tez-tez – toshma***; tez-tez – teri ostiga qon quyilishlar, qichishish; kam hollarda – angioedema; juda kam hollarda – tugunli yoki ko‘p shaklli eritema.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan tez-tez emas – artralgiya, mialgiya, jumladan mushak spazmlari.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez emas – bolalarda enurez.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar tez-tez – pireksiya***; tez-tez emas – asteniya / toliqish, lohaslik, shish.
* klinik tadqiqotlar vaqtida montelukast qabul qilgan patsiyentlarda, shuningdek platsebo qabul qilgan patsiyentlarda ushbu noxush ko‘rinishlar xaqida “juda tez-tez” uchrash tezligi bilan uchraganligi to‘g‘risida xabar berilgan.
** uchrash tezligini mezoni kam hollarda.
*** klinik tadqiqotlar vaqtida montelukast qabul qilgan patsiyentlarda, shuningdek platsebo qabul qilgan patsiyentlarda ushbu noxush ko‘rinishlar xaqida “tez-tez” uchrash tezligi bilan uchraganligi to‘g‘risida xabar berilgan.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki yo‘riqnomada ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakologik nazorat tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kulento preparatini bronxial astmani oldini olish va uzoq muddat davolash uchun odatda qo‘llanadigan boshqa dori vositalari bilan birga buyurish mumkin. Montelukastning tavsiya etilgan dozasi quyidagi preparatlar teofillin, prednizon, prednizolon, peroral homilaga qarshi vositalar (etinilestradiol/noretindron 35/1), terfenadin, digoksin va varfarinlarning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmagan.
Montelukastning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini egri chizig‘i ostidagi maydoni bir vaqtda fenobarbital qabul qilgan patsiyentlarda taxminan 40% ga pasaygan. Montelukast CYP ZA4, 2S8 va 2S9 izofermentlari yordamida metabolizmga uchraganligi tufayli, montelukast fenitoin, fenobarbital va rifampitsin kabi CYP ZA4, 2S8 va 2S9 izofermentlarning induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ayniqsa bolalarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
In vitro sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlar, montelukast CYP 2S8 ning kuchli ingibitori ekanligini ko‘rsatgan. Biroq montelukast va rosiglitazon (asosan CYP 2S8 yordamida metabolizmga uchraydigan preparatlar uchun reprezentativ marker substrat) larni qo‘llash bilan dorilararo o‘zaro ta'sirini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari, montelukast in vivo sharoitida CYP 2S8 ingibitsiya qilmasligini ko‘rsatgan. Shunday ekan, montelukast ushbu ferment ta'sirida metabolizmga uchraydigan preparatlar (masalan, paklitaksel, rosiglitazon va repaglinid) ning metabolizmiga ahamiyatli darajada ta'sir qilmaydi.
In vitro sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlar, montelukast CYP 2S8 ning substrati, va kamroq darajada 2S9 va ZA4 larning substrati ekanligini ko‘rsatgan. Montelukast va gemfibrozil (CYP 2C8 va 2S9 larning ingibitori) ni o‘zaro ta'sirini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan klinik tadqiqotda, gemfibrozil montelukastning tizimli ekspozitsiyasini 4,4 martaga oshirgan.
Gemfibrozil yoki CYP 2C8 ning boshqa kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida montelukastning dozasiga standart tuzatish kiritish talab etilmaydi, biroq shifokor noxush reaktsiyalarning uchrash tezligini oshish potentsiali xaqida bilishi kerak.
In vitro sharoitida o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga asosan CYP 2S8 ning kuchligi kamroq ingibitorlari (masalan, trimetoprim) bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri kutilmaydi. Montelukastni CYP ZA4 ning kuchli ingibitori itrakonazol bilan bir vaqtda qo‘llash montelukastning tizimli ekspozitsiyasini ahamiyatli oshirmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Astmaning o‘tkir hurujlarini davolash uchun montelukastni peroral qo‘llash mumkin emasligi va shoshilinch qo‘llash uchun odatdagi vosita bo‘lishi kerakligi xaqida patsiyentlarni ogohlantirish lozim.
O‘tkir hurujda qisqa ta'sir qiluvchi ingalyatsion β-agonist qo‘llash kerak. Agar patsiyentlarga qisqa ta'sir qiluvchi β-agonistni, odatdagiga nisbatan, ko‘p marta ingalyatsiya qilish talab etilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.
Kulento preparatini ingalyatsion yoki peroral kortikosteroidlarga to‘satdan o‘zgartirish mumkin emas. Montelukast bilan bir vaqtda qo‘llanganida, peroral kortikosteroidlarning dozalarini pasaytirish mumkinligini ko‘rsatadigan ma'lumotlar mavjud emas.
Kam hollarda, astmaga qarshi vositalar, shu jumladan montelukastni qabul qilayotgan patsiyentlarda, davolash tizimli kortikosteroid preparatlar bilan o‘tkaziladigan, ba'zida vaskulitning klinik ko‘rinishlari (Cherdj-Stross sindromi) bilan birga kechadigan, tizimli eozinofiliya kuzatilishi mumkin. Bunday holatlar ba'zida kortikosteroid preparatlarning dozalarini pasaytirish yoki bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan. Garchi ushbu noxush ko‘rinishlarni leykotriyen retseptorlarining antagonistlari bilan davolashda sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan bo‘lsa-da, kortikosteroidlar-ning tizimli dozalari kamaytirilganida, shifokorlar Kulento preparatini qabul qilayotgan patsiyentlarda eozinofiliya, vaskulit toshmalar, o‘pka simptomatikasini yomonlashishi, yurak tomonidan asoratlar va/yoki neyropatiya holatlari rivojlanishi mumkinligi xaqida bilishlari lozim. Shunday simptomlar rivojlangan patsiyentlarni takroran tekshiruvdan o‘tkazish va ularning davolash sxemasini qayta ko‘rib chiqish lozim.
Montelukast bilan davolash aspiringa sezgir astma bilan xastalangan patsiyentlar uchun aspirin va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilishdan saqlanish zaruriyatini o‘zgartirmaydi.
Galaktozani o‘zlashtirolmaslik, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar ushbu preparatni qabul qilishlari mumkin emas.
Homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, preparatni homiladorlikka yoki embrional/fetal rivojlanishga zararli ta'sir qilmasligini namoyish etadi. Homiladorlik haqida ma'lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan cheklangan ma'lumotlar, Kulento preparatini qo‘llash va preparat ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin qo‘llash vaqtida kam xabar berilgan rivojlanish nuqsonlari (qo‘l-oyoqlarni nuqsonlari kabilar) o‘rtasida sabab-oqibat bog‘liqlik borligini ko‘rsatmadi.
Kulento preparatini homiladorlik davrida juda zarur bo‘lgan holatlardagina qo‘llash mumkin.
Kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, montelukastni ko‘krak sutiga ajralib chiqishi ko‘rsatilgan. Montelukast yoki uning metabolitlarini ko‘krak sutiga o‘tishi noma'lum.
Kulento preparatini emizish davrida faqat juda zarur bo‘lgan holatlardagina qo‘llash mumkin.
Pediatriyada qo‘llanishi
15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi aniqlanmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Kulento preparati avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Shunday bo‘lsa ham, ayrim patsiyentlarda uyquchanlik yoki bosh aylanishi kuzatilgan.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozani oshirib yuborilishi bo‘yicha maxsus ma'lumotlar yo‘q.
Surunkali bronxial astmani o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqot vaqtida montelukast katta yoshdagi patsiyentlarga sutkada 200 mg gacha bo‘lgan dozalarda 22 hafta davomida, qisqa muddatli tadqiqotlarda esa – sutkada 900 mg gacha bo‘lgan dozada taxminan 1 hafta davomida buyurilgan, bunda klinik jihatdan ahamiyatli noxush reaktsiyalar yuzaga kelmagan.
Ko‘pincha Kulento preparatining havfsizlik profiliga muvofiq keluvchi noxush reaktsiyalar kuzatilgan va qorinda og‘riq, uyquchanlik, chanqoqlik, bosh og‘rig‘i, qusish va psixomotor giperreaktivlik holatlaridan iborat bo‘lgan.
Montelukastni peritoneal dializ yoki gemodializ yordamida chiqarilishi noma'lum.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 7 tabletka blisterda. 4 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqarilgan
“Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.” Turkiya
(15 Temmuz Max. Djami Yolu Djad. №50 Gyuneshli Bagdjlar/Istambul)
“World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey
(15 Temmuz Mah. Cami Yolu Cad. No 50 Güneşli Bağcılar/İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliqlar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
“Evro Farm Biznes” MChJ HK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli ko‘ch., 120.
Tel. (71) 212-18-41, (71) 212-20-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.