Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Seretid 250 Evoxaler ingalyatsiya uchun aerozol 250mkg/25mkg 120doz
Seretid 250 Evoxaler ingalyatsiya uchun aerozol 250mkg/25mkg 120doz
Nomi | Narx | |||||
Серетид 250 Эвохалер аэрозоль д/инг 250мкг/25мкг 120доз (2R6D-A##2038) |
UZS 287 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Салметерол, флутиказон
Страна производитель
Франция
Дозировка
120 доз
Производитель
Glaxo Wellcome Production*, Франция *Member of the GlaxoSmithKline group of companies
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Аэрозоль для ингаляций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Kam hollarda
- Ba'zan
Preparatning savdo nomi
Seretid Evoxaler
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) salmeterol/flutikazon propionati
Dori shakli
ingalyatsiya uchun aerozol
Tarkibi
Bir doza quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 36,3 mkg salmeterol ksinafoati (25 mkg salmeterolga ekvivalent),
125 mkg yoki 250 mikrogram flutikazon propionati;
yordamchi moddalar propellent gidroftoralkan 134a (HFA 134a) (GR106642X) 75 mg gacha.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
Astmaga qarshi vositalar. Adrenergik vositalar astmaga qarshi vositalar bilan majmuada.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ta'sir mexanizmi
Salmeterol va flutikazon propionati turli ta'sir mexanizmlariga ega. Salmeterol kasallik simptomlarini oldini oladi, flutikazon propionati ega o‘pka funktsiyasini yaxshilaydi va kasallikni zo‘rayishini oldini oladi. Salmeterol/flutikazon propionati beta-agonist va ingalyatsion kortikosteroidlarni bir vaqtda qabul qiladigan patsiyentlar uchun muqobil davolanish usuli bo‘lishi mumkin. Ikkala preparatning tegishli ta'sir mexanizmlari quyida ko‘rib chiqiladi.
Salmeterol
Salmeterol – uzoq (12 soatgacha) ta'sir etuvchi, retseptorning tashqi domeni bilan bog‘lanuvchi uzun yon zanjiriga ega bo‘lgan beta2-adrenoretseptorlarning selektiv agonistidir.
Salmeterolning ushbu farmakologik xususiyatlari gistamin tomonidan induktsiya qilingan bronxokonstriktsiyaga qarshi yanada samarali himoyani va qisqa ta'sirli beta2-agonistlarning tavsiya etilgan dozalariga nisbatan uzoqroq, kamida 12 soat davom etuvchi bronxodilatatsiyani ta'minlaydi.
Flutikazon propionati
Flutikazon propionati tavsiya etilgan dozalarda ingalyatsion usulda yuborilganda o‘pkada yaqqol yallig‘lanishga qarshi ta'sir etishi sababli, tizimli buyuriladigan kortikosteroidlarga xos nojo‘ya reaktsiyalarsiz, astma kasalligining klinik simptomlarini kamayishiga va ularning zo‘rayishlari tez-tezligini pasayishiga olib keladi.
Farmakodinamik samaralari
Salmeterol
In vitro sharoitdagi sinovlar salmeterol odamning o‘pka to‘qimalaridan gistamin, leykotriyenlar va D2 prostaglandini kabi semiz hujayralarining mediatorlarini ajralib chiqishini kuchli va uzoq vaqt ta'sir etuvchi ingibitori ekanligini namoyish etadi.
Salmeterol odamda ingalyatsion allergenlarga bo‘lgan javobning erta va kechki bosqichlarini susaytiradi; oxirgisi bitta doza yuborilgandan so‘ng 30 soatdan ortiq, ya'ni bronxodilatatsiya samarasi tugab bo‘lgan vaqtda ham davom etadi. Salmeterolni bir marta yuborilishi bronxial daraxtning giperfaolligini susaytiradi. Bu salmeterolni bronxolitik samarasidan tashqari, qo‘shimcha klinik ta'sirga ega ekanligidan dalolat beradi, lekin bu ta'sirining klinik ahamiyati oxirigacha aniqlanmagan. Ushbu ta'sir mexanizmi glyukokortikosteroidlarning yallig‘lanishga qarshi samarasidan farq qiladi.
Flutikazon propionati
Ingalyatsion flutikazon propionatini hatto maksimal tavsiya qilingan dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llanganda kattalarda ham bolalarda ham buyrak usti bezi gormonlarining bir sutkalik sekretsiyasi norma chegarasida qoladi. Boshqa ingalyatsion GKS vositalarini qabul qilayotgan bemorlarni flutikazon propionatini qabul qilishga o‘tkazilgandan so‘ng, peroral kortikosteroidlarni ilgarigi va joriy vaqti-vaqti bilan qo‘llanishidan qat'iy nazar, buyrak usti bezi gormonlarining bir sutkalik sekretsiyasi asta-sekin normallashadi. Bu flutikazon propionatini ingalyatsion qo‘llash fonida buyrak usti bezi funktsiyasini tiklanishini anglatadi. Flutikazon propionati uzoq vaqt davomida qo‘llanganda buyrak usti bezi po‘stlog‘ining zahiradagi funktsiyasi ham norma doirasida qoladi, bu haqida tegishli stimulyatsiya sinamalariga javoban ishlab chiqarilayotgan kortizol miqdorini normal oshishi dalolat beradi. Oldingi davolash natijasida yuzaga kelgan adrenal zahirani kamayishi uzoq vaqt saqlanishi mumkinligini hisobga olish zarur (
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang).
Farmakokinetikasi
Salmeterolni va flutikazon propionatini bir vaqtda ingalyatsion yuborish hayvonlarda va odamlarda qo‘llanganda ushbu moddalardan har birining farmakokinetikasiga ta'sir etmaydi.
Farmakokinetikani o‘rganish uchun, har bir komponentni alohida ko‘rib chiqilgan.
Dori vositalarining o‘zaro ta'sirini o‘rganish bo‘yicha 15 nafar sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokidagi platsebo nazoratli kesishgan tadqiqot jarayonida salmeterolni (sutkada ikki marta ingalyatsion 50 mikrogramm) va CYP3A4 ingibitori ketokonazolni (bir sutkada bir marta peroral 400 mikrogramm) 7 kun davomida birga qabul qilinganda, qon plazmasida salmeterolning miqdori sezilarli darajada oshganligi qayd etildi (Smax 1,4 barobar va - AUC 15 barobar oshgan). Dozalar takror buyurilganda salmeterolni to‘planishini oshishi kuzatilmadi. Salmeterol bilan ketokonazolni birga qabul qilish, QT intervalni uzayishi yoki sinusli taxikardiya sababli uchta tekshiriluvchida bekor qilindi. Qolgan 12 nafar bemorlarda salmeterol bilan ketokonazolni birga qabul qilish yurak urishiga, qondagi kaliy miqdoriga yoki QT intervali davomiyligiga klinik ahamiyatli ta'sir etmadi (
Maxsus ko‘rsatmalar
va Dorilarning o‘zaro ta'siri bo‘limiga qarang).
So‘rilishi
Salmeterol
Salmeterol o‘pka to‘qimasida mahalliy ta'sir etadi va shu sababli terapevtik samarasi uning plazmadagi miqdoriga bog‘liq bo‘lmaydi. Salmeterolning farmakokinetikasi bo‘yicha ma'lumotlar cheklangan, chunki uni terapevtik dozalarida ingalyatsion yuborilgandan so‘ng preparatning plazmadagi juda past (taxminan 200 pg/ml va undan kam) bo‘lgan kontsentratsiyasini aniqlash texnik jihatdan qiyin. Salmeterol ksinafoati muntazam qo‘llanganda tizimli qon oqimida gidroksinaftol kislotasi aniqlanadi va uning barqaror kontsentratsiyasi taxminan 100 ng/ml gacha yetadi. Bu kontsentratsiyalar toksiklikni o‘rganish yuzasidan tadqiqotlarda kuzatilgan muvozanatli kontsentratsiyalar darajasidan 1000 marta pastdir. Uzoq muddat (12 oydan ortiq) qo‘llanganida nafas yo‘llarining obstruktsiyasi bo‘lgan bemorlarning holatiga salbiy ta'sir etishi kuzatilmagan.
Flutikazon propionati
Mavjud bo‘lgan ingalyatsion moslamalarning har biri bo‘yicha flutikazon propionatining mutloq biokiraolishligi ingalyatsion va vena ichiga yuboriladigan shakllarining farmakokinetik ma'lumotlari qiyosiy tadqiqot doirasida baholangan. Sog‘lom tekshiriluvchilarda Akkuxaler/Diskus yordamida yuborilgan flutikazon propionatining mutloq biokiraolishligi 7,8%, Diskxaler yordamida yuborilganda – 9,0%, Evoxaler yordamida yuborilganda – 10,9% ni tashkil etgan; salmeterol bilan birga Evoxaler ko‘rinishida yuborilgan flutikazon propionati uchun – 5,3% va Akkuxaler/Diskus ko‘rinishidagi uchun – 5,5% ni tashkil etgan. Astma yoki O‘SOK bilan kasallangan bemorlarda ingalyatsion flutikazon propionatining tizimli ta'siri kamroq kuzatiladi. Qon tizimiga so‘rilishi asosan o‘pkada yuz beradi, ayni paytda boshida tez, so‘ngra esa sekinlashadi. Ingalyatsiya yo‘li bilan yuborilgan dozaning bir qismi yutib yuborilishi mumkin, lekin preparat suvda kam erishi va jigar orqali birlamchi o‘tishda jadal metabolizmga uchrashi oqibatida uning tizimli ta'siri juda past bo‘ladi. Peroral qabul qilinganda flutikazon propionatining mutloq biokiraolishligi 1% dan kamni tashkil etadi. Ingalyatsiya yo‘li bilan yuborilgan doza miqdori bilan flutikazon propionatining tizimli ta'siri o‘rtasida to‘g‘ri proportsional bog‘liqlik bor.
Taqsimlanishi
Salmeterol
Ma'lumotlar yo‘q
Flutikazon propionati
Flutikazon propionati muvozanat holatida katta taqsimlanish hajmiga ega (taxminan 300 l). Flutikazon propionati plazma oqsillari bilan nisbatan yuqori darajada bog‘lanish xususiyatiga ega (91%).
Metabolizmi
Salmeterol
In vitro sharoitdagi sinovlar, salmeterol sitoxrom R450 3A4 (CYP3A4) ta'sirida -gidroksisalmeterolgacha (alifatik oksidlanish) jadal metabolizmga uchrashini namoyish etadi. Salmeterol va eritromitsinning sog‘lom ko‘ngillilarga buyurilishini o‘rganish yuzasidan takroriy tadqiqotlar eritromitsinni 500 mg dozada sutkada uch marta buyurilganda farmakodinamikada klinik ahamiyatli o‘zgarishlarni namoyish etmagan. Biroq, salmeterol bilan ketokonazolning o‘zaro ta'sirini o‘rganishda plazmada salmeterolning kontsentratsiyasini sezilarli oshishi kuzatilgan (
Maxsus ko‘rsatmalar
va Dorilarning o‘zaro ta'siri bo‘limiga qarang).
Flutikazon propionati
Flutikazon propionati asosan sitoxrom R450 tizimining CYP3A4 izofermenti ishtirokida, faol bo‘lmagan karboksil kislota metaboliti hosil bo‘lishi bilan kechadigan metabolizm natijasida tizimli qon yo‘llaridan tez chiqariladi. CYP3A4 ma'lum ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llaganda flutikazon propionatining tizimli ta'siri oshishi mumkinligi sababli ehtiyotkorlikka amal qilish kerak.
Chiqarilishi
Salmeterol
Ma'lumotlar yo‘q
Flutikazon propionati
Flutikazon propionati plazmada yuqori klirensga (1150 ml/min) va taxminan 8 soatni tashkil etuvchi yakuniy yarim chiqarilish davriga ega. Flutikazon propionatining buyrak klirensi yuqori emas (< 0,2%) va metabolit ko‘rinishida 5% dan kamni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Astma (Nafas Yo‘llarining Qaytuvchan Obstruktsiyasi)
Seretidtm Evoxalertm astma (Nafas Yo‘llarining Qaytuvchan Obstruktsiyasi) kasalligida bazis davolash uchun, shu jumladan.
-uzoq ta'sir etuvchan beta-agonistlar va ingalyatsion kortikosteroidlarning samarali quvvatlovchi dozalarini qabul qilayotgan bemorlarga;
-ingalyatsion kortikosteroid bilan davolanish jarayonida kasallik simptomlari saqlanayotgan bemorlarga;
-bronxodilatatorlar bilan muntazam ravishda davolanayotgan va ingalyatsion kortikosteroidlarga muhtoj bemorlarga buyuriladi.
O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK)
Seretidtm Evoxalertm o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida (O‘SOK), shu jumladan bronxit va o‘pka emfizemasida erishilgan samarani bir maromda tutib turish uchun ko‘rsatilgan.
Seretidtm Evoxalertm umumiy o‘lim ko‘rsatkichini pasayishini namoyish qilgan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Seretid™ Evoxaler™ faqat ingalyatsion ravishda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Optimal samaraga erishish uchun preparatni hatto simptomlari bo‘lmaganida ham muntazam qo‘llash kerak.
Shifokorlar preparatning dozasi optimal bo‘lishi uchun patsiyentni muntazam ko‘rikdan o‘tkazishlari kerak. Dozani faqat shifokorning tavsiyasiga ko‘ra o‘zgartirish lozim.
Astma (Nafas Yo‘llarining Qaytuvchan Obstruktsiyasi)
Preparatning dozasini kasallik simptomlari yuqori darajada nazorat qilinishini ta'minlaydigan samarali bo‘lgan eng past dozagacha asta-sekin pasaytirish kerak. Agar sutkada Seretidtm Evoxalertmning ikkita ingalyatsiyasi kasallik simptomlari nazoratini ta'minlasa, eng past samarali doza sutkada 1 ingalyatsiyani tashkil qiladi.
Patsiyentga preparatni kasallik og‘irligiga mos keluvchi salmaterol-flutikazon-propionatining xuddi shunday dozasini saqlovchi dozada buyurish kerak.
Agar ingalyatsion kortikosteroidlar bilan o‘tkazilayotgan monoterapiya patsiyentda kasallikni adekvat darajada nazorat qilishga erishishning imkoni bo‘lmasa, kortikosteroidning dozasiga terapevtik jihatdan ekvivalent bo‘lgan salmeterol-flutikazon propionatini qo‘llagan holda majmuaviy davolashga o‘tish bronxial astma nazorati yaxshilanishiga olib kelishi mumkin. Ingalyatsion kortikosteroidlar bilan monoterapiya bronxial astmani adekvat nazorat qilish imkoniyatini ta'minlayotgan patsiyentlarga salmeterol-flutikazon propionati bilan ingalyatsion davolashga o‘tish bronxial astma ustidan nazoratni saqlab qolgan holda, kortikosteroidning dozasini pasaytirish imkonini berishi mumkin.
Kattalar hamda 12 yosh va undan katta bolalar
25 mkg salmeterol va 50 mkg flutikazon propionatining ikkita ingalyatsiyasi sutkada ikki marta buyuriladi
yoki
25 mkg salmeterol va 125 mkg flutikazon propionatining ikkita ingalyatsiyasi sutkada ikki marta buyuriladi
yoki
25 mkg salmeterol va 250 mkg flutikazon propionatining ikkita ingalyatsiyasi sutkada ikki marta buyuriladi.
4 yosh va undan katta bolalar
25 mkg salmeterol va 50 mkg flutikazon propionatining ikkita ingalyatsiyasi sutkada ikki marta buyuriladi.
4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Seretid™ Evoxalerni™ qo‘llash to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK)
Kattalar
Katta yoshdagi patsiyentlar uchun tavsiya etiladigan eng yuqori doza sutkada ikki marta 25 mkg salmeterol va 250 mkg flutikazon propionatining ikkita ingalyatsiyasini tashkil etadi.
Alohida guruh patsiyentlari
Keksa yoshdagi patsiyentlarda yoki buyrak va jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritishga zarurat yo‘q.
Seretid™ Evoxaler™ ni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma
Ingalyator sozligini tekshirish
Ingalyatorni birinchi marta ishlatish oldidan yoki ingalyator bir hafta va ko‘proq ishlatilmagan bo‘lsa, qalpoqchaning yon qismiga biroz bosib, mundshtuk qalpoqchasi yechib olinadi, ingalyator yaxshilab silkitiladi va uning ishlashiga ishonch hosil qilish uchun preparatni havoga ikki marta purkaladi.
Ingalyatorni ishlatish
1.Qalpoqchaning yon qismiga biroz bosib, mundshtuk qalpoqchasi yechiladi.
2.Ingalyator, shu jumladn mundshtukni, u toza ekanligiga ishonch hosil qilish uchun ichi va sirti (yot zarrachalar yo‘qligi yuzasidan) ko‘zdan kechiriladi.
3.Yot zarrachalarni yo‘qligiga ishonch hosil qilish va ingalyator ichidagi modda bir tekis aralashishi uchun ingalyatorni yaxshilab chayqatish kerak.
4.Ingalyatorni ko‘rsatgich va katta barmoq orasiga tubini yuqoriga qilib vertikal holatda joylashtiring, bunda katta barmoq mundshtuk ostidagi asosda joylashishi lozim.
5.Iloji boricha chuqur nafas chiqaring. Mundshtukni tishlar orasiga joylashtirib, uni tishlamay, lab yordamida yaxshilib qisib oling.
6.Og‘iz orqali maksimal chuqur nafas olib, bir vaqtning o‘zida dori vositasini purkalishini amalga oshirish uchun ingalyatorning yuqori qismiga bosish kerak.
7.Nafasni iloji boricha ko‘proq ushlab turing, ingalyatorni og‘izdan chiqaring va barmoqni ingalyatorning yuqori qismidan oling. Nafasni qanchalik uzoq ushlab turish mumikn bo‘lsa, shuncha ushlab turing.
8.Agar ingalyatsiyani davom ettirish lozim bo‘lsa, ingalyatorni vertikal holatda ushlab turib, taxminan 30 sekund kutib turish kerak, so‘ngra esa 3-7 bosqichlarni takrorlash lozim.
9.Ingalyatsiyadan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘ini suv bilan chayish va suvni tuflab yuborish lozim.
10.Mundshtukning himoya qalpoqchasini zich yoping.
Qalpoqcha to‘g‘ri yopilganda shaq etgan tovush eshitiladi. Agar shaq etgan tovush eshitilmasa, qalpoqchani aylantirib, kuch ishlatmasdan yana yopishga harakat qilish kerak.
MUHIM MAЪLUMOT
Diqqat! 5, 6 va 7 bosqichlarni bajarayotganda shoshilish mumkin emas. Nafas olishni iloji boricha sekin, bevosita ingalyator klapaniga bosish oldidan boshlash kerak. Jarayon to‘g‘ri bajarilganiga ishonch hosil qilish uchun, ilk bor ko‘zgu oldida bir necha marta mashq qilish tavsiya etiladi. Ingalyatsiya vaqtida ingalyatordan yoki og‘iz burchaklaridan paydo bo‘luvchi «tutuncha», ingalyatsiya noto‘g‘ri bajarilayotganini ko‘rsatadi va shuning uchun 2 bosqichdan boshidan boshlash kerak.
Agar shifokor ingalyatorni ishlatish bo‘yicha boshqa ko‘rsatmalar bergan bo‘lsa, unda ularga amal qilish kerak. Agar ingalyatorni ishlatish bo‘yicha qiyinchiliklar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Bolalar
Kichkina bolalar ingalyatordan foydalanishda kattalar yordamiga muxtoj bo‘lishlari mumkin. Bola nafas chiqarishini buyurish kerak va nafas olishni boshlash vaqtida ingalyatorni harakatga keltirish kerak. Ingalyatorni ishlatish texnikasini birga mashq qilish mumkin. Kattaroq yoshdagi bolalar yoki qo‘llari kuchsizlashgan kattalar ingalyatorni ikkita qo‘llari bilan ushlashlari kerak, bunda ikkala ko‘rsatgich barmoqlar ingalyatorning yuqori qismida, ikkala katta barmoqlar esa – asosida, mundshtukdan pastda bo‘lishi kerak.
Ingalyatorni tozalash
Ingalyatorni haftada kamida bir marta tozalash kerak.
1.Mundshtukdan himoya qalpoqchasini yechib olish kerak.
2.Konteynerni plastik qurilmadan chiqarmang.
3.Mundshtukning ichini va tashqarisini, shuningdek plastik korpusni quruq mato yoki doka bilan yaxshilab artish kerak.
4.Mundshtukni qalpoqcha bilan yoping.
METALL KONTEYNERNI SUVGA SOLMANG.
Nojo‘ya ta'sirlari
Seretidtm Evoxalertm vositalarining har bir komponentiga bog‘liq bo‘lgan barcha nojo‘ya ta'sirlar quyida keltirilgan. Ikkita komponent majmuasi qo‘llanganda har bir komponentni alohida qo‘llash bilan qiyoslash natijasida qo‘shimcha nojo‘ya ta'sirlar aniqlanmagan.
Nojo‘ya ta'sirlar a'zolar tizimlarining toifasiga va uchrab turish tez-tezligiga qarab keltirilgan. Uchrash tez-tezligi juda tez-tez (≥1/10), tez tez (≥1/10 dan <1/100 gacha), ba'zan (≥1/100 dan <1/1000 gacha), kam hollarda (≥1/1000 dan < 1/10 000 gacha) va juda kam hollarda (<1/10 000) darajalarida belgilanadi. Uchrash tez-tezligi ko‘rsatkichlarining aksariyati astma kasalligi yuzasidan 23 ta va O‘SOK yuzasidan 7 ta klinik tadqiqotlar jarayonida aniqlangandi. Nojo‘ya ta'sirlarning hammasi xam klinik tadqiqotlar jarayonida aniqlanmagan. Klinik tadqiqotlar davomida qayd etilmagan nojo‘ya ta'sirlarning tez-tezligi spontan olingan ma'lumotlar asosida hisob chiqilgan.
Klinik Tadqiqotlarning ma'lumotlari
Infektsion va parazitar kasalliklar
Tez-tez og‘iz bo‘shlig‘i va hiqildoq kandidozi, pnevmoniya (O‘SOKli bemorlarda)
Kam hollarda
qizilo‘ngach kandidozi
Immun tizimi tomonidan
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Ba'zan
teri allergik reaktsiyasi, dispnoe.
Kam hollarda
anafilaktik reaktsiyalar
Endokrin tizim tomonidan
Tizimli ta'sirlar yuz berishi mumkin (
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang)
Ba'zan
Katarakta
Kam hollarda
Glaukoma
Moddalar almanishuvi va oziqlanish tomonidan
Ba'zan
Giperglikemiya
Ruhiybuzilishlar
Ba'zan
qo‘rquv hissi, o‘yquni buzilishi.
Kam hollarda
xulqdagi o‘zgarishlar, shu jumladan o‘ta yuqori faollik va ta'sirchanlik (asosan bolalarda)
Nerv tizimi tomonidan
Juda tez tez bosh og‘rig‘i (
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang)
Ba'zan
tremor (
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang).
Yurak tomonidan
Ba'zan
yurak urishi tezlashishi (
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang), taxikardiya, lipillovchi aritmiya
Kam hollarda
yurak aritmiyasi, shu jumladan supraventrikulyar taxikardiya va ekstrasistoliya.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a'zolari va umurtqabilanko‘ks oralig‘i tomonidan
Tez-tez ovozni bo‘g‘ilishi /disfoniya.
Juda kam hollarda tomoqni achishishi (ta'sirlanishi).
Teri va teriosti to‘qimalar tomonidan
Ba'zan
qontalashlar hosil bo‘lishi
Suyak-mushak va birikturuvchi to‘qima tizimi tomonidan
Tez tez mushaklarni tirishishi, artralgiya.
Postmarketing ma'lumotlar
Immun tizimi tomonidan
Quyidagicha namoyon bo‘ladigan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan
Kam hollarda
angionevrotik shish (asosan yuz shishi va orofaringeal shish) hamda bronxospazm.
Endokrin tizim tomonidan
Kuzatilishi mumkin bo‘lgan tizimli ta'sirlar qo‘yidagilardan iborat bo‘lishi mumkin (
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang)
Kam hollarda
Kushing sindromi, Kushingoid simptomlar, buyrak usti bezli funktsiyasini susayishi, bolalar va o‘smirlarda o‘sish jarayonini sekinlashishi, suyak to‘qimasining mineral zichligini pasayishi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan
Kam hollarda
paradoksal bronxospazm (
Maxsus ko‘rsatmalar
bo‘limiga qarang).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Seretidtm Evoxalertm ni anamnezida preparatning komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarga qo‘llash mumkin emas (
Tarkibi
bo‘limiga qarang).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Patsiyentlarda, bu haqiqatdan zarur va asoslangan bo‘lgan hollaridan tashqari hollarda noselektiv va selektiv beta-blokatorlarni qo‘llashdan saqlanish lozim.
Flutikazon propionatini ingalyatsion usulda yuborilganda jigardan «birinchi o‘tishda»gi faol metabolizmi va ichaklarda, jigarda sitoxrom R450 3A4 tizimi fermentlari ishtirokidagi yuqori tizimli klirensi tufayli qon plazmasidagi uning kontsentratsiyalari juda past bo‘ladi. Shuning uchun, flutikazon propionatining klinik ahamiyatli dorilar bilan o‘zaro ta'sir ehtimoli kam.
Sog‘lom ko‘ngillilardagi dorilarning o‘zaro ta'siri yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqot, ritonavir (yuqori darajada faol sitoxrom R450 3A4 ingibitori) plazmada flutikazon propionatining kontsentratsiyasini sezilarli darajada oshirishi mumkinligini, bu esa muvofiq ravishda zardobda kortizolning kontsentratsiyasini pasayishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Postmarketing qo‘llash doirasida flutikazon propionatini intranazal yoki ingalyatsion usulda ritonavir bilan birga qabul qilgan patsiyentlarda dorilarning klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirlar kuzatilgan, bu kortikosteroidlarning tizimli samaralariga, shu jumladan Kushing sindromi va buyrak usti bezi funktsiyasini susayishiga olib kelgan. Shunday qilib, ritonavir preparatini va flutikazon propionatini birga qo‘llashdan, patsiyent uchun kutilgan foyda kortikosteroidlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralari xavfidan ustun bo‘lgan hollardan tashqari hollarda saqlanish kerak.
Sitoxrom R450 3A4 boshqa ingibitorlarini qo‘llash yuzasidan tadqiqotlar flutikazon propionatining tizimli ekspozitsiyasini zardobda kortizolning kontsentratsiyasi sezilarli pasaytirmagan holda, bir oz (eritromitsin) va o‘rtacha (ketokonazol) oshishini namoyish etdi. Shunday bo‘lsada, sitoxrom R450 3A4 kuchli ingibitorlarini (masalan, ketokonazolni) yondosh buyurilganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim, chunki flutikazon propionatining tizimli ta'siri oshishi ehtimoli mavjud.
Ketokonazol va salmeterolni birga qo‘llanishi plazmada salmeterolning kontsentratsiyasini sezilarli darajada (Smax - 1,4 barobar va AUC – 15 barobar) oshishiga sabab bo‘lgan va bu QT intervalni uzayishiga olib kelishi mumkin (
Maxsus ko‘rsatmalar
va
Farmakokinetikasi
bo‘limiga qarang).
Maxsus ko‘rsatmalar
Seretidtm Evoxalertm o‘tkir simptomlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallanmagan, chunki bu kabi holatlarda tez va qisqa ta'sir etuvchi ingalyatsion bronxodilatatorni (masalan, salbutamolni) qo‘llash lozim. Patsiyentlarni ular o‘tkir simptomlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan preparatni doimo o‘zi bilan olib yurishi zarurligi haqida xabardor qilish zarur.
Simptomlarni yengillashtirish uchun qisqa ta'sir etuvchi bronxodilatatorlarni ilgariga qaraganda tez-tez qo‘llanayotgani kasallikning nazorati salbiy tomonga o‘zgarganligidan dalolat beradi va bunday vaziyatlarda patsiyent shifokorga murojaat qilishi lozim.
Bronxial astma ustidan nazoratni birdan va avj olib yomonlashib borishi patsiyentning hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin va bunday vaziyatlarda patsiyent shifokorga murojaat qilishi kerak. Kortikosteroidning dozasini oshirish talab etilishi mumkin. Agar Seretidtm Evoxalertmning qo‘llanayotgan dozasi kasallikni adekvat nazorat qilishni ta'minlamasa, patsiyent shifokorga murojaat qilishi lozim.
Astmasi bo‘lgan patsiyentlarda kasallikni zo‘rayishi xavfi mavjudligi tufayli, Seretidtm Evoxalertm bilan davolashni keskin to‘xtatish mumkin emas, preparatning dozasini shifokor nazoratida asta-sekin pasaytirish kerak. O‘SOK bilan xastalangan patsiyentlarda preparatni bekor qilish dekompensatsiya simptomlari bilan kechishi mumkin va shifokor kuzatuvini talab etadi.
Klinik tadqiqotlarda Seretidtm Evoxalertm qabul qilayotgan O‘SOK bilan xastalangan patsiyentlarda pnevmoniya kasalligini ko‘payishi haqida ma'lumotlar olingan (Nojo‘ya ta'sirlari bo‘limiga qarang). Shifokorlar O‘SOK da pnevmoniyani rivojlanishi mumkinligini unutmasliklari lozim, chunki O‘SOK ni zo‘rayishi va pnevmoniyaning klinik manzaralari ko‘pincha bir biriga o‘xshash.
Kortikosteroidlar saqlagan barcha ingalyatsion preparatlar singari, Seretidtm Evoxalertm ni xam faol va nofaol shakldagi o‘pka tuberkulyozi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Tireotoksikozda Seretidtm Evoxalertm ni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Simpatomimetiklar guruhiga mansub har qanday preparatlarni qabul qilinganda, ayniqsa terapevtik dozalar oshirilganda, sistolik arterial bosimni oshishi va yurak qisqarishlari sonini oshishi kabi yurak-qon tomir tizimi tomonidan ko‘rinishlar rivojlanishi mumkin. Shu sababli anamnezida yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga Seretidtm Evoxalertmni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Barcha simpatomimetik preparatlar terapevtik dozadan yuqori bo‘lgan dozalarda qon zardobida kaliyning darajasini tranzitor pasayishini chaqirishi mumkin. Shuning uchun qon zardobida kaliy darajasini pasayishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarga Seretidtm Evoxalertm ni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Har qanday ingalyatsion kortikosteroid, ayniqsa yuqori dozalarda uzoq vaqt ishlatilganda, tizimli samaralarni chaqirishi mumkin; biroq, qayd etish lozimki, bunday simptomlarni yuz berish ehtimoli, peroral kortikosteroidlar bilan davolashdagi simptomlardan ancha kamdir (
Dozani oshirib yuborilishi
bo‘limiga qarang). Yuz berishi mumkin bo‘lgan tizimli ta'sirlar Kushing sindromi, kushingsimon simptomlar, buyrak usti bezi funktsiyasini susayishi, bolalar va o‘smirlarda o‘sishni sekinlashishi, suyak to‘qimasining mineral zichligini pasayishini, katarakta va glaukomani o‘z ichiga oladi. Shuning uchun bronxial astmani davolashda dozani simptomlarni samarali nazoratini ta'minlaydigan eng past dozagacha pasaytirish muhimdir.
Stressni chaqirishi mumkin bo‘lgan shoshilinch holatlarda va rejali holatlarda, buyrak usti bezi funktsiyasini susayishi mumkinligini yodda tutish va kortikosteroidlar bilan optimal davolashni ko‘rib chiqish lozim (
Dozani oshirib yuborilishi
bo‘limiga qarang).
Ingalyatsion kortikosteroidlarni uzoq vaqt qabul qilayotgan bolalarning bo‘yini muntazam o‘lchab turish tavsiya qilinadi.
Buyrak usti bezi funktsiyasini susayishi mumkinligi tufayli, peroral kortikosteroidlardan ingalyatsion flutikazon propionati bilan ingalyatsion davolashga o‘tkazilgan patsiyentlarni alohida ehtiyotkorlik bilan davolash va ularda buyrak usti bezi funktsiyasini muntazam nazorat qilish lozim.
Ingalyatsion flutikazon propionati bilan davolash boshlanganidan so‘ng tizimli kortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish kerak va bunday bemorlar stress vaziyatlarida patsiyent, ularga qo‘shimcha ravishda kortikosteroidni yuborish zarur bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatuvchi patsiyentning maxsus kartochkasini doimo yonida olib yurishi lozim.
Qonda glyukoza darajasini oshishi haqida juda kam xabarlar mavjud (Nojo‘ya ta'sirlari bo‘limiga qarang) va shuning uchun qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga preparatni buyurilganda buni yodda tutishlari lozim.
Postregistratsion davrda flutikazon propionati va ritonavirni qabul qilgan patsiyentlarda kortikosteroidning tizimli samaralariga, shu jumladan Kushing sindromi va buyrak usti bezi funktsiyasini susayishiga olib keluvchi dori vositalarning klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri to‘g‘risida xabarlar olingan. Shuning uchun ritonavir preparatini va flutikazon propionatini birga qo‘llashdan, patsiyent uchun kutilgan foyda kortikosteroidlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralari xavfidan ustun bo‘lgan hollardan tashqari hollarda saqlanish kerak (Dorilarning o‘zaro ta'siri bo‘limiga qarang).
Bronxial astma bo‘yicha o‘tkazilayotgan davolashga qo‘shimcha ravishda qabul qilinayotgan salmeterolning (Seretidtm Evoxalertm komponentining) xavfsizligini o‘rganish yuzasidan amerikada o‘tkazilgan yirik klinik tadqiqot (SMART) bronxial astma sababli o‘lim bilan yakunlangan holatlar soni salmeterol guruhida platseboga nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Afroamerika irqiga mansub patsiyentlarda salmeterolni qabul qilishda nafas olish tizimi tomonidan jiddiy salbiy holatlar yoki kasallik o‘lim bilan yakun topishi xavfi, boshqa patsiyentlarga qaraganda, platseboga nisbatan taxminan ko‘proqdir. Farmakogenetik omillar yoki boshqa sabablarning mohiyati noma'lum. SMART tadqiqoti ingalyatsion kortikosteroidlarni qo‘llash astma sababli yuz bergan o‘lim xavfiga ta'sir etish-etmasligini aniqlashga qaratilmagan.
Dori vositalarining o‘zaro ta'sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlarda, tizimli ketokonazolni birga qo‘llash qon plazmasida salmeterolning ekspozitsiyasini oshirishi qayd etilgan. Bu QT intervalni uzayishiga olib kelishi mumkin. CYP3A4 kuchli ingibitorlarini (masalan, ketokonazolni) salmeterol bilan bir vaqtda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka amal qilish tavsiya etiladi (Dorilarning o‘zaro ta'siri va
Farmakokinetikasi
bo‘limlariga qarang).
Boshqa ingalyatsion preparatlarni qo‘llanganda bo‘lgani kabi, bevosita qo‘llagandan so‘ng avj olib boruvchi hansirashni kuchayishi bilan namoyon bo‘luvchi paradoksal bronxospazm kuzatilishi mumkin. Bunday holatda zudlik bilan tez va qisqa ta'sir etuvchi ingalyatsion bronxodilatatorni qo‘llash kerak. Seretidtm Evoxalertm ni darhol bekor qilish, patsiyentning ahvolini baholab, zaruratga qarab, muqobil davolashni boshlash lozim (Nojo‘ya ta'sirlari bo‘limiga qarang).
Beta2-agonistlarning farmakologik ta'siri bilan bog‘liq bo‘lgan tremor, yurak urishini sub'ektiv his etish va bosh og‘rig‘i kabi nojo‘ya ta'sirlar haqida xabarlar mavjud. Biroq, bu holatlar qisqa muddatli xarakterga ega bo‘lib, ularni namoyon bo‘lishi muntazam davolashda kamayib boradi (Nojo‘ya ta'sirlari bo‘limiga qarang).
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Fertillik
Odamda fertilikka ta'siri yuazasidan ma'lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar flutikazon propionati yoki salmeterol ksinafoatining erkak yoki ayollar fertilligiga ta'sirini namoyish qilmagan.
Homiladorlik
Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar yetarli emas. Preparatni homiladorlik davrida faqat, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun har qanday xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Retrospektiv epidemiologik tadqiqot natijalari bo‘yicha homiladorlikning uchinchi uch oyligi davrida flutikazon propionatini qabul qilganda, boshqa ingalyatsion kortikosteroidlarni qabul qilishga nisbatan yirik tug‘ma nuqsonlar rivojlanishi (MSM) xavfini oshishi aniqlanmagan.
Preparat va uning komponentlarini reproduktiv toksikligini o‘rganish yuzasidan hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda adrenoretseptorlarining faol β2-agonisti va kortikosteroidlarning ortiqcha miqdordagi tizimli kontsentratsiyasini homilaga ta'sir etishi aniqlangan.
Ushbu sinf preparatlarini klinik qo‘llanishining keng tajribasi, terapevtik dozalarda qo‘llanganda ta'riflangan samaralar klinik ahamiyatli emasligidan dalolat beradi.
Laktatsiya
Preparat terapevtik dozada nafas yo‘liga yutilgandan so‘ng salmeterol va flutikazon propionatining qon plazmasidagi kontsentratsiyasi juda kam bo‘ladi, shuning uchun ko‘krak sutida ham ularning kontsentratsiyasi xuddi shu darajada past bo‘lishi kerak. Bu holat hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar bilan tasdiqlangan bo‘lib, ularning sutida salmeterol va flutikazon propionatining kontsentratsiyasi pastligi aniqlangan. Salmeterol va flutikazon propionatining ayollarning ko‘krak sutida kontsentratsiyasi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Preparatni laktatsiya davrida faqat, agar ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun har qanday xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Avtotransportni, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga va kognitiv ko‘nikmalarga ta'siri
Seretidtm Evoxalertmning transport vositalarini va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri borasida maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan, biroq ikkala komponentning farmakologiyasi biron-bir ta'sirni taxmin etmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Seretidtm Evoxalertm, salmeterol va/yoki flutikazon propionati preparatlarining dozalarini oshirib yuborilishi holatlari bo‘yicha mavjud ma'lumotlar quyida keltirilgan.
Salmeterol-flutikazon propionatini tavsiya etilgandan yuqori dozada qo‘llash tavsiya etilmaydi. Dozani buyurish tartibini muntazam qayta ko‘rib chiqish va dozani simptomlarning samarali nazoratini ta'minlash uchun tavsiya etilgan eng past dozagacha pasaytirib borish juda muhimdir (
Qo‘llash usuli va dozalari
bo‘limiga qarang).
Simptomlari va belgilari
Salmeterolning dozasi oshirib yuborilganda kutiladigan simptomlar va belgilari xaddan tashqari beta2-adrenergik stimulyatsiyaga xos bo‘lib, tremor, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, sistolik arterial bosimni oshishi va gipokaliyemiyani o‘z ichiga oladi. Flutikazon propionati tavsiya etilganidan yuqori dozada ingalyatsion yuborilganida yuz beradigan doza oshirib yuborilishidagi o‘tkir holat gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimining funktsiyasini vaqtinchalik susayishini chaqirishi mumkin. Odatda bu biron-bir shoshilinch choralarni ko‘rishni talab qilmaydi, chunki buyrak usti bezining normal funktsiyasi bir necha kun davomida qayta tiklanadi.
Seretidtm Evoxalertm uzoq vaqt davomida tavsiya etilganidan yuqori dozada qabul qilinganida buyrak usti bezi po‘stlog‘i funktsiyasi sezilarli susayishi mumkin. Preparatni tavsiya etilganidan yuqori dozada uzoq vaqt davomida (bir necha oy yoki yillar davomida) qabul qilinganda asosan bolalarda, kam hollarda uchragan o‘tkir adrenal kriz holatlari ta'riflangan. O‘tkir adrenal kriz ongni chalkashishi va/yoki tirishishlar bilan kechuvchi gipoglikemiya ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin. O‘tkir adrenal krizni yuz berishiga xizmat qiluvchi vaziyatlarga jarohat, jarrohlik aralashuvi, infektsiya yoki preparatning tarkibiga kiruvchi flutikazon propionatining dozasini keskin pasaytirish kabi holatlar kiradi.
Davolash
Salmeterol va flutikazon propionatining dozasini oshirib yuborilishini spetsifik davolash usuli yo‘q. Doza oshirib yuborilganda tutib turuvchi davolashni o‘tkazish va patsiyentning holatini nazorat qilish lozim.
Chiqarilish shakli
Ingalyatsiya uchun 125/25 mkg va 250/25 mkg dozalangan aerozol.
120 dozadan dozalovchi klapan bilan ta'minlangan, ichi flyuoropolimer bilan qoplangan alyumin quymali konteynerda (ballonlarda). Tayyor konteyner (klapan bilan ta'minlangan) changdan himoyalovchi qopqoqchali aerozol boshcha (purkovchi uchlik) dan iborat plastik aktuator qo‘yiladi va ingalyator to‘liq komplektdan iborat.
Ingalyator (Evoxaler™) №1 to‘liq to‘plamda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Barcha ishlab chiqarilish shakllari har bir mamlakatda bo‘lmasligi mumkin.
Saqlash sharoiti
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin. Quyosh nurlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushushidan saqlansin.
Mundshtukni himoya qalpoqchasi bilan zich yoping.
Aerozol ballonchalarda ko‘pchilik ingalyatsiya uchun vositalardagi kabi, ballonchalar sovutilganda preparatning terapevtik samarasi pasayishi mumkin.
Konteyner teshilmasin, sindirilmasin yoki hatto u bo‘sh bo‘lsa ham yoqilmasin!
Yaroqlilik muddati
24 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Glaxo Wellcome Production, Evreux, France
Glaxo Wellcome Production, Fransiya
SERETID EVOXALER GlaxoSmithKline kompaniyalari guruhining qayd etilgan savdo markalaridir.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi manzilgan murojaat qiling
‘GlaxoSmithKline Export Ltd’ O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi
100031, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘ch., 4a
Tel. (371) 252 5461; faks (371) 252 5422
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.