Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sulfokamfokain in'ektsiya uchun eritma 100mg/ml 2ml №10 Darnitsa
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кислота сульфокамфорная
Страна производитель
Украина
Дозировка
10% 2мл
Производитель
Дарница,Фарм.фирма,ЧАО,Украина
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sulfokamfokain-Darnitsa
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma saqlaydi
faol moddalar 49,6 mg DL sulfokamfora kislotasi, 50,4 mg novokain asosi;
yordamchi moddalar in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
nafas analeptiklari.
ATX kodi R07A B.
Farmakologik xususiyatlari
Sulfokamfokain-Darnitsa preparati analeptik dori vositalari guruhiga kiradi. Preparatning ta'sir mexanizmi markaziy nerv tizimini, birinchi navbatda uzunchoq miya xam markazlarini bevosita, ham uyqu sinusi orqali qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq. Preparat nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarning tonusini oshiradi, yurak mushaklarida simpatik nerv ta'siriga sezuvchanligini oshirib, unda modda almashinuv jarayonlarini kuchaytiradi. Sulfokamfokain-Darnitsa tomirlarga bevosita ta'sir ko‘rsatadi – qonni qayta taqsimlanishi amalga oshadi, qorin bo‘shlig‘i a'zolarining tomirlari torayadi, venoz tomirlarning tonusi oshadi, yurakka oqib kelayotgan qon xajmi bir muncha oshadi, koronar qon aylanishi, miya va o‘pkani qon bilan ta'minlanishi yaxshilanadi. Kardiotonik samarasi adrenosensibilizatsiyalovchi ta'siri, makroergik birikmalarni fosforlanish jarayonlari bilan bog‘liq nafas va glikoliz jarayonlarini kuchayishi bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Sulfokamfokain-Darnitsa preparati teri ostiga, mushak ichiga, vena ichiga yuborilganida tez so‘riladi. Organizmda metabolizm jarayonida oksidlanishga va glyukuron kislotasi bilan kon'yugatsiyaga uchraydi. Metabolitlari asosan buyraklar orqali chiqariladi, bunda siydik preparat hidiga ega bo‘ladi Qisman chiqarilayotgan nafas bilan, nafas yo‘llari va safro bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
O‘tkir va surunkali nafas yetishmovchiligi; geriatriyada o‘tkir yurak yetishmovchiligi; pnevmoniyada va boshqa infektsion kasalliklarda nafasni susayishi; kardiogen va anafilaktik shok; alkogol bilan zaharlanish, uxlatuvchi vositalar bilan zaharlanishning yengil shakllari.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni teri ostiga, mushak ichiga yoki vena ichiga (sekin, oqim bilan yoki tomchilab) kattalarga 2 ml bir martalik dozada buyuriladi. Suyultirish uchun natriy xloridining 0,9% eritmasini qo‘llash kerak. Zarurati bo‘lganida preparatni sutkada 2-3 marta qo‘llash mumkin. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza – 12 ml.
O‘tkir holatlarda preparat vena ichiga yuborilsin.
Surunkali nafas yetishmovchiligi va yurak yetishmovchiligida preparat mushak ichiga yoki teri ostiga qo‘llaniladi. Davolash kursi 20-30 kunni tashkil qilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Qon tizimi va limfatik tizimi tomonidan metgemoglobinemiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, yurakni urib ketishi, ko‘krak qafasda og‘riq.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, paresteziyalar, tirishishlar.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan dispepsik buzilishlar.
Immun tizimi tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan angionevrotik shish, anafilaktik shok, teri toshmalari, qichishish, giperemiya, eshakemi.
Boshqalar isitma, ixtiyorsiz siyish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Kamforaga, novokainga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; tutqanoq, tirishish reaktsiyalariga moyillik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda quyidagilar bo‘lishi mumkin
markaziy nerv tizimini susaytiruvchi preparatlar bilan – bu preparatlarning ta'siri susayadi;
antixolinesteraz vositalar bilan – bu vositalarning ta'siri susayadi;
suksametoniy bilan – suksametoniy chaqirgan nerv-mushak blokadasi uzayadi;
MAO ingibitorlari bilan – arterial gipertenziya xavfi oshadi;
yurak glikozidlari, siydik haydovchi vositalar, analgetiklar, steroid gormonlar bilan – sulfokamfokainning analeptik ta'siri kuchayadi;
Preparat ba'zida 5-ftoruratsil bilan kimyooterapiya o‘tkazilganda nojo‘ya samaralarni susaytirish uchun qo‘llaniladi.
Preparatni qo‘llash vaqtida alkogolni iste'mol qilish tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Arterial gipotenziyasi (novokainni gipotenziv ta'siri) bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llansin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Dalillarga asoslangan tibbiyotda Sulfokamfokain-Darnitsani homiladorlik davrida qo‘llanilishi haqida ob'ektiv ma'lumot yo‘q, shuning uchun homiladorlarda preparatni qo‘llash mumkin emas. Preparatni emizish davrida ona sutiga kirishini inkor qilib bo‘lmaydi, shuning uchun preparatni qo‘llashda emizishni to‘xtatish kerak.
Bolalar. Preparat bolalarda qo‘llanmaydi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Davolash vaqtida transport vositalarini boshqarish va murakkab mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, bosh aylanishini paydo bo‘lishi hollarida esa diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, o‘tkir zaharlanishda – yuzni qizarishi, patologik harakat faolligi, alahsirash, tutqanoqsimon tirishishlar.
Davolash antipsixotik va tirishishga qarshi vositalar. Yaqqol psixomotor qo‘zg‘alishda – trankvilizatorlar yoki tinchlantiruvchi vositalar qo‘llanadi.
Chiqarilish shakli
2 ml dan ampulada; 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ramdan qutida;
10 ampuladan qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Farmatsevticheskaya firma “Darnitsa” XAJ.
Ukraina, 02093, Kiyev sh., Borispolskaya ko‘ch., 13.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.