Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Aquadetrim yumshoq kapsulasi 2000 ME №30
Nomi | Narx | |||||
Аквадетрим капс,мяг 2000 МЕ №30 (011223##2 063) |
UZS 55 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
колекальциферол
Страна производитель
Польша
Дозировка
2000 МЕ
Производитель
Польфарма С.А. Польша
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
AkvaDetrim
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Xolekaltsiferol
Dori shakli
Yumshoq kapsulalar
Tarkibi
1 kapsula 2000 XB quyidagilarni saqlaydi
faol modda xolekaltsiferol 2000 XB;
yordamchi moddalar rafinirlangan saflor yog‘i
kapsula jelatin, glitserol, tozalangan suv.
1 kapsula 4000 XB quyidagilarni saqlaydi
faol modda xolekaltsiferol 4000 XB;
yordamchi moddalar rafinirlangan saflor yog‘i
kapsula jelatin, glitserol, tozalangan suv.
Ta'rifi och sariq rangli suyuqlik bilan to‘ldirilgan, oval shaklidagi och sariq rangli, chokli yumshoq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
D vitamini va uning hosilalari.
ATX kodi A11CC05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
D vitaminining asosiy vazifasi kaltsitonin va paratgormon bilan birgalikda kaltsiy metabolizmi va fosfatlar almashinuvini boshqarishdir.
D3 vitamini nafaqat antiraxit omil hisoblanib, barcha organimzning normal funktsiyasini yuritish va immunitet uchun muhimdir. D vitamini ta'sir ko‘rsatuvchi eng muhim a'zolar va tizimlar bo‘lib ichak, buyraklar va suyak-mushak tizimi hisoblanadi. Ichakda D vitamini Ca2+ ioni va fosfatlar so‘rilishini faollashtiradi, buyraklarda ionlarning qayta so‘rilishiga yordam beradi, suyak to‘qimasida mobilizatsiya qiladi va mineral tuzlarning yig‘ilishiga yordam beradi. Kaltsiy ionlarining miqdori muvofiq mushak tonusi, nerv impulslarining uzatilishi va qonning quyilishini ta'minlovchi muhim biokimyoviy jarayonlarga ta'sir ko‘rsatadi.
Ovqatda D vitaminining tanqisligi, uning so‘rilishining buzilishi, kaltsiy ionlarininng yetishmovchiligi, jigar kasalliklari, ayrim dori vositalarini qabul qilish, shuningdek quyosh nurlari ta'sirining bo‘lmasligi bolalar organizmning jadal o‘sish davrida raxit, kattalarda esa osteoporoz, mushaklar kuchsizligi, reproduktiv salomatlik buzilishi olib keladi.
Raxit oldini olishsi uchun D vitaminini qabul qilish ko‘pchilik go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar uchun zarurdir. Osteoporoz tez-tez kuzatiladigan postmenopauzadagi ayollar, gormonal o‘zgarishlar tufayli, D vitaminining sutkalik dozasini oshirishlari kerak.
D3 vitamini ishqoriy fosfatazani faollashtiradi. Raxitni davolash davrida ishqoriy fosfataza faolligining pasayishi D vitaminini to‘g‘ri qo‘llanayotganligining ko‘rsatkichi bo‘lishi mumkin. D vitaminiga shaxsiy ehtiyojni ta'minlashda, organizmga vitamin tushishining barcha manbalarini inobatga olish kerak.
Farmokokinetikasi
D vitaminining me'da-ichak yo‘llarida so‘rilishi o‘t kislotalari ishtirokida, asosan ingichka ichakda passiv diffuziya orqali amalga oshadi. Qabul qilingan dozaning 50 dan 80% gacha so‘riladi. So‘rilgandan so‘ng jigar va buyraklarda gidroksilizatsiya sodir
bo‘ladi, natijada D vitamining faol shakli – kalьtsitriol hosil bo‘lib, o‘ziga xos zardob oqsil-tashuvchilar (α2-globulinlar) ishtirokida nishon to‘qimalarga (ichak, suyaklar, buyraklar, qalqonsimon oldi bezlari) uzatiladi. Qondagi yarim chiqarilish davri bir necha kunni tashkil qiladi va buyrak kasalliklari holatida uzayishi mumkin. D vitamin iva uning metabolitlari asosan o‘t suyuqligi bilan chiqariladi. D vitamini metabolizmining yakuniy mahsuloti – kalьtsitriol kislotasi esa siydik bilan chiqariladi.
Xolekaltsiferol platsentar to‘siqdan o‘tadi va ko‘krak suti bilan ajraladi.
Qo‘llanilishi
2000 XB dozasi uchun
●Yuqori havf guruhidagi kattalar, o‘smirlar va 11 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda (semizligi bo‘lgan bolalar, o‘smirlar va kattalar; hamda keksa yoshdagi patsiyentlar) D vitamini tanqisligi va D vitamini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni oldini olishda
●Kattalar, o‘smirlar va 11 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda D vitamini tanqisligi va D vitamini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni davolashda.
4000 XB dozasi uchun
●Havf guruhidagi kattalarda (jumladan, semizligi bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlar va boshqalar) D vitamini tanqisligi va D vitamini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni oldini olishda
●Kattalarda D vitamini tanqisligi va D vitamini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni davolashda qo‘llaniladi.
Izoh D vitamini tanqisligi 25-gidroksi-xolekaltsiferol (25(OH)D) <20 ng/ml (<50 nmol/l) darajasi bilan aniqlanadi; D vitaminining muvofiq ta'sirini ta'minlash uchun ko‘zlangan kontsentratsiyasi 30-50 ng/ml (75-125 nmol/l)ga tengligi bilan aniqlanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
va qo‘llash sxemasi har bir patsiyentning klinik xususiyatlariga binoan individual ravishda belgilanadi.
Dozalar
2000 XB dozalash uchun
Yuqori havf guruhidagi kattalar, o‘smirlar va 11 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda (ortiqcha vazni bo‘lgan bolalar, o‘smirlar va kattalar; hamda keksa yoshdagi patsiyentlar) D vitamini tanqisligi va D vitamini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni oldini olishda.
-kattalar Dori vositasi dozasi patsiyent tana vazni va terapiyaga nisbatan javobiga bog‘liq bo‘lib, odatda kuniga 2000 XB (2000 XB 1 kapsulada) ni tashkil etadi.
-Semizligi bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlargda (TVI 30 kg/m2 yoki ko‘proq) dori vositasining kattaroq dozalari talab qilinishi mumkin, semizligi bo‘lgan patsiyentlarga kunlik dozaga nisbatan ikki barobar ko‘p doza tavsiya etiladi. Shunday qilib, semizligi bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarga 4000 XB sutkalik dozasi tavsiya qilinadi (2000 XB dan 2 kapsula yoki 4000 XB dan 1 kapsula).
-Semizligi bo‘lgan o‘smirlar va 11 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda (TVI >90 chi pertsentil yoshi uchun) dori vositasining dozasi semizlik darajasining og‘irligi va patsiyentning o‘tkazilayotgan terapiyaga nisbatan javobiga bog‘liq bo‘lib, odatda sutkada 2000 XB (2000 XB 1 kapsulada) ni tashkil etadi.
D vitamini tanqisligi va D vitamini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni davolash.
-Kattalar, o‘smirlar va 11 yoshdan katta bo‘lgan bolalar Dori vositasining dozasi 25(OH) D ning qon zardobidagi kontsentratsiyasiga, tana vazni va patsiyentning o‘tkazilayotgan terapiyaga nisbatan javobiga bog‘liq bo‘lib, odatda sutkada 2000 XB (2000 XB 1 kapsulada) dan 4000 XB (2000 XB dan 2 kapsula yoki 4000 XB dan 1 kapsula) gacha miqdorini tashkil etadi. Ba'zi bir patsiyentlarga yanada kattaroq dozalarni qabul qilish talab qilinishi mumkin.
4000 XB dozalash uchun
Havf guruhidagi kattalarda (jumladan, semizligi bo‘lgan keksa yoshdagi patsiyentlar va boshqalar) D vitamini tanqisligi va D vitamini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni oldini olishda.
-Semizligi bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarda (TVI 30 kg/m2 yoki ko‘proq) dori vositasining dozasi semizlik darajasining og‘irligi va patsiyentning o‘tkazilayotgan terapiyaga nisbatan javobiga bog‘liq bo‘lib, odatda kuniga 4000 XB (4000 XB 1 kapsulada) ni tashkil etadi.
Kattalarda D vitamini tanqisligi va D vitamini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni davolash.
-Kattalar Dori vositasining dozasi 25(OH) D ning qon zardobidagi kontsentratsiyasiga, tana vazni va patsiyentning o‘tkazilayotgan terapiyaga nisbatan javobiga bog‘liq bo‘lib, odatda sutkada 4000 XB (4000 XB 1 kapsulada) ni tashkil etadi. Ba'zi bir patsiyentlarga yanada kattaroq dozalarni qabul qilish talab qilinishi mumkin.
Ba'zi guruh patsiyentlari D vitamini tanqisligi bo‘yicha havf guruhida bo‘ladilar. Ularga yanada kattaroq dozalar talab qilinishi mumkin
●35 > bo‘lgan jo‘g‘rofik uzunligida joylashgan maskanlarida yashovchi patsiyentlar.
●Bino ichida ko‘p vaqt o‘tkazuvchi patsiyentlar, tungi navbatda ishlovchi ishchilar, to‘q tana rangidagi katta yoshdagi patsiyentlar.
●Yetarli darajada oziqlanmaydigan patsiyentlar (ratsionida baliqning yog‘li turlari kabi mahsulotlar miqdorinining kamligi).
●Ortiqcha vazni bo‘lgan yoki semizligi bo‘lgan patsiyentlar.
Davolash muddati
D vitamini tanqisligi va D vitamini tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni davolashni 3 oy mobaynida o‘tkazish kerak yoki 25(OH)D ≥30-50 ng/ml kontsentratsiyasiga yetgunga qadar. So‘ngra uzluksiz qo‘llab-quvattolvchi dozani qo‘llash tavsiya qilinadi, ya'ni sog‘lom patsiyentlarni yoshi va tana vazni inobatga olingan holda tavsiya etilgan profilaktik dozasi. Vitaminining qondagi ko‘zda tutilgan darajasi saqlanayotganligini tasdiqlash uchun, qo‘llab-quvattolvchi terapiya boshlanganidan 3-4 oy o‘tishi bilan qon zardobidagi 25(OH)D miqdorini qayta o‘lchash tadbiri o‘tkazilishi zarur.
Semizligi bo‘lgan patsiyentlardagi dozalar
Semizligi bo‘lgan katta yoshdagi patsiyentlarda (TVI 30 kg/m2 yoki ko‘proq), semizligi bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda (TVI >90 chi pertsentil yoshi uchun) semizlik darajasiga ko‘ra, yanada kattaroq dozalarni qabul qilish talab qilinishi mumkin.
Tana vazni pasaygan patsiyentlarda dozalar
Tana vazni pasaygan katta yoshdagi patsiyentlarda (TVI <18,5 kg/m2) va tana vazni pasaygan bolalarda (TVI < 5 chi pertsentili) tanqislik darajasiga ko‘ra normal tana vazniga ega bo‘lgan patsiyentlarga nisbatan tavsiya etilgan dozalardan kamroq kunlik dozalarini qabul qilish talab qilinishi mumkin.
Jigar funktsiyasi buzilgandagi dozalar
Dozaga tuzatish kirtish zarurati yo‘q.
Buyraklar funktsiyasi buzilgandagi dozalar
AkvaDetrim preparatni buyraklar funktsiyasini og‘ir buzilishi kuzatilgan patsiyentlarda davolovchi shifokor nazoratisiz qabul qilish mumkin emas. Bundan tashqari, tarkibida D vitamini bo‘lgan (xolekaltsiferol), kaltsitriol va boshqa preparatlar, ozuqaviy qo‘shimchalar va oziq - ovqat mahsulotlari yoki boshqa metabolitlari va D vitaminining analoglarini, davolovchi shifokor nazoratisiz qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli
Preparat ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
Imkon qadar, asosiy taom qabul qilinishi vaqtida, kapsulalarni butunligicha suv bilan qabul qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya ta'sirlari, ularning uchrash tez-tezligi darajasi bo‘yicha tasniflangan ba'zida ( ≥1/1,000 dan <1/100gacha), kam hollarda (≥1/10,000 Dan <1/1,000 gacha) yoki tez-tezligi noma'lum (sodir bo‘lish darajasini mavjud ma'lumotlarga binoan aniqlab bo‘lmaydi).
Immunitet tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma'lum yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, angionevrotik shish yoki xiqildoq shishi kabilar.
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas kalьtsiy kontsentratsiyasining qonda va siydikda oshishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma'lum qabziyat, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qorindagi og‘riq, diareya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda qichishish, toshmalar va eshakemi.
Nojo‘ya reaktsiyalar holatlari haqida xabarlar
Dori vositasi muomalaga kiritilishi bilan shubha tug‘dirgan nojo‘ya ta'sirlari yuz bergan holatlar haqida xabar berish zarur. Bu dori vositasini foyda/hatar o‘zaro nisbati haqida monitoring o‘tkazish imkonini beradi. Tibbiy xodimlar barcha shubha tug‘dirgan nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berishlari lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning faol moddasi yoki istalgan yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
-giperkaltsiyemiya va (yoki) giperkaltsinuriya;
-buyrak-tosh kasalligi va (yoki) buyrak kaltsinozi;
-og‘ir buyrak yetishmovchiligi;
-D gipervitaminozida qo‘llash mumkin emas.
2000 XB dozalash uchun
- 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
4000 XB dozalash uchun
- 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar;
- homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tirishishga qarshi preparatlar (masalan, fenitoin) yoki barbituratlarni (va yana jigar fermentlari faolligini indutsirlovchi boshqa preparatlar) yondosh qo‘llash D vitaminining metabolic inaktsivatsiyasi natijasida, uni samaradorligini pasaytirishga olib kelishi mumkin.
Buyraklar orqali kaltsiy chiqarilishini pasaytiruvchi tiazid diuretiklari bilan davolash holatlarida, qon zardobidagi kaltsiy darajasini monitoring qilish tavsiya qilinadi.
Glyukokortikoidlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda, D vitamini samaradorligi pasayishi mumkin.
Tarkibi
da angishvonagul preparatlardan tashkil topgan preparatlar yoki boshqa yurak glikozidlari bilan davolash davrida D vitaminni birgalikda qo‘llash yurak glikozidlari zaharlilik havfini kuchaytirishi mumkin (aritmiyalar yuzaga kelishi). Shifokorning jiddiy nazorati kerak bo‘ladi, hamda zarur hollarda qon zardobida kaltsiy darajasi monitoringi va EKG qilish zarur.
Xolestiramin, xolestipola gidroxlorid, orlistat yoki surgi dorilari, masalan, vazelin yog‘i kabi preparatlarni yondosh qo‘llash, me'da - ichak yo‘llarida D vitamini so‘rilishini kamaytirishi mumkin.
Tarkibi
da imidazol bo‘lgan aktinomitsin sitotoksik vositasi va zamburug‘larga qarshi preparatlar D vitamini bilan o‘zaro ta'sirlanishi natijasida 25-gidroksivitamin-D buyraklar fermenti 25-gidroksivitamin-D-1-gidroksilaza ta'siri ostida 1,25-digidroksivitamin-D aylanishini to‘xtatadi.
Rifampitsin yoki izoniazidlarni yondosh qo‘llash D vitamini ta'sirini kamaytirishi mumkin.
Bir vaqtda tarkibida magniy bo‘lgan antatsid vositalarini D vitamini bilan birga qo‘llash gipermagniyemiya holatini yuzaga keltirishi mumkin.
Bir vaqtda D vitamini va tarkibida alyuminiy bo‘lgan antatsid vositalarini qo‘llash, alyuminiy kontsentratsiyasi oshishiga sabab bo‘lishi mumkin, bu esa suyaklarga oid zaharlanish havfini oshiradi.
Bir vaqtda bir nechta D vitamini analoglarini qo‘llash uning toksik ta'siri havfi oshishiga olib keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrak funktsiyasini buzilgan patsiyentlarda D vitaminini ixtiyotkorlik bilan qabul qilish zarur. Shu bois, qondagi kaltsiy va fosfatlar miqdorini nazorat qilish juda muhim. Bunday hollarda yumshoq to‘qimalari kaltsiyfikatsiyasi rivojlanish havfini hisobga olish kerak.
Angishvonagul preparatlardan tashkil topgan yoki yurak glikozidlari kabi preparatlar bilan davolash holatlarida.
Sarkoidoz kasalligi bilan kasallangan patsiyentlarda D vitamini uning faol shakliga normadan ko‘p miqdorda qayta o‘zgarishi imkoni borligi tufayli D vitamini ixtiyotkorlik bilan qo‘llanishi zarur. Ushbu patsiyentlarda kaltsiyning qon zardobidagi va siydikdagi miqdori monitoring qilinishi kerak.
D vitaminining umumiy kunlik dozasini aniqlash uchun, tarkibida D vitamini bo‘lgan boshqa preparatlarni, D vitamini bilan to‘ydirilgan taomlarni, hamda patsiyentning quyoshda qancha vaqt bo‘lishini hisobga olish kerak.
D vitamini qabuli va buyraklarda konkrementlar hosil bo‘lishidagi sababiyat isboti yo‘q, ammo bunday havfning yuzaga kelish havfi tamoman mumkin, ayniqsa kaltsiyning yondosh qabulida. Qo‘shimcha kaltsiy qabuli zaruriyatini, har bir patsiyentda yakka tartibda belgilash lozim. Qo‘shimcha kaltsiy qabulini jiddiy tibbiy nazorat ostida olib borish kerak. Agar davolash tadbiri uzoq vaqt davomida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, hamda D vitaminining kunlik dozasi 1000 XB dan katta dozani tashkil qilsa, bunday hollarda kaltsiyning qon zardobidagi miqdorini nazorat qilish, hamda buyraklar funktsiyasi monitoringini qon zardobidagi kreatinin miqdorini aniqlash yordamida olib borish zarur. Shu kabi kuzatuvlar yurak glikozidlari yoki diuretiklar bilan terapiya o‘tkazilayotgan keksa yoshdagi patsiyentlarda muhim ahamiyatga ega, hamda konkrementlar hosil bo‘lishining katta havfi bo‘lgan patsiyentlarda. Giperkaltsiuriya holatlarida (300 mg dan oshgan (7,5 mmol)/24 soat) yoki buyraklar funktsiyasini buzilishining belgilari yuzaga kelganda dozani kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish lozim.
Davolash mobaynida giperkalьtsemiyani oldini olish uchun shifokor nazorati zarur.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlikda qo‘llanilishi
Homiladorlik davrida D vitaminini qabul qilish ushbu gestation yoshda homila kichik vaznda bo‘lish havfi pasayishi bilan, hamda homila ichi va neonatal o‘lim havfi va tug‘ma nuqsonlari bo‘lmagan holatlarda, yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘sishi yanada tezlashishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Homiladorlik davrida D vitamini 2000 XB /sutkada dozasida qabul qilinishi, homila ichi va neonatal o‘lim havfini kamaytirishi mumkin.
Homiladorlik davrida homilador ayol davolovchi shifokor tavsiyalariga rioya qilishi zarur, chunki D vitamini uchun ehtiyoj davolashga nisbatan javobga va kasallik og‘irligiga ko‘ra turli xil bo‘lishi mumkin.
Emizishda qo‘llanilishi
Xolekaltsiferol va uning metabolitlari ko‘krak sutiga chiqadi. Onaning D vitaminini qabul qilishi natijasida, ko‘krak suti bilan oziqlantiriladigan bolalarda, preparatning dozasi oshib ketish holatlari kuzatilmagan.
Emizikli ayol uchun 2000 XB /kun dozasi tavsiya qilinadi.
Ko‘krak suti bilan oziqlantirish davrida ayol D vitaminini bola uchun qo‘shimcha vosita sifatida qabul qilishi mumkin emas.
Fertillikga ta'siri
D vitamini tavsiya etilgan kunlik dozada qabul qilinishi natijasida fertillikga nojo‘ya ta'siri mutloq kuzatilmagan.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
D vitamini dozasi o‘tkir yoki surunkali oshirib yuborilganda giperkaltsemiya, qon zardobida va siydikda kalьtsiy kontsentratsiyasining oshishi kuzatilishi mumkin. Giperkaltsemiya simptomlari unchalik no odatiy bo‘lmay, boshlang‘ich bosqichda ko‘ngil aynishi, qayt qilish va ich ketishi, so‘nggi bosqichda esa qabziyat, anorektsiya, tez-tez toliqishlik, bosh og‘rig‘i, mushaklar va bo‘g‘inlarda og‘riqlar, mushak bequvvatligi, polidiptsiya, poliuriya, buyraklarda toshlarning hosil bo‘lishi, nefrokaltsinoz, buyraklar yetishmovchiligi, yumshoq to‘qimalar kaltsiyfikatsiyasi, EKG da turli xildagi aritmiyalar bo‘yicha o‘zgarishlar va pankreatit kabilar kuzatiladi.
Doza oshirib yuborilganida davolash
D vitamini dozasi oshirib yuborilgani natijasida hosil bo‘lgan giperkaltsemiya holati bir necha hafta davomida normallashadi. Giperkaltsemiyani davolashda, D vitamininig har qanday ko‘rinishini qabul qilishni, shuningdek, taomga qo‘shimcha sifatida qo‘shishni, taom tarkibida qabul qilishni, quyoshda yurmaslikka harakat qilish kabilarni to‘xtatish kerak. Kam miqdordagi kaltsiyli parhez yoki kaltsiysiz parhez buyurilishi haqidagi savollar o‘rganib chiqilishi lozim.
Regidradatsiya, hamda diuretiklar bilan davolash, masalan adekvat diurezni ta'minlash uchun furosemidhaqida savollar ko‘rib chiqilishi kerak. Shuningdek, kaltsitonin va kortikosteroidlar bilan qo‘shimcha davolash haqidagi savol qarab chiqilishi zarur.
D gipervitaminozida, giperkaltsemiya ko‘rsatkichlarini pasaytirish uchun metastatik kaltsiyfikatsiya havfi borligi bois, fosfatlar infuziyasini o‘tkazish mumkin emas.
Chiqarilish shakli
15 kapsuladan alyumin folga va PVX/PVDX blisterda.
2, 4 yoki 6 dona blisterlar davlat va rus tillarida tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
30ºC dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, original o‘ramda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.