Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аkvadetrim Plyus tomchilari 10 ml
Nomi | Narx | |||||
Аквадетрим Плюс капли 10мл (040224##2 268) |
UZS 38 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Витамин D3, А
Страна производитель
Польша
Дозировка
20000 МЕ + 10000 МЕ/мл
Производитель
Medana Pharma S.A.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Akvadetrim plyus
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) retinol, xolekaltsiferol
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun tomchilar
Tarkibi
1 ml eritma (taxminan 34 tomchi) quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar
Retinol palmitati (A vitamini) 20 000 XB
Xolekaltsiferol (D3 vitamini)10 000 XB
yordamchi moddalar polisorbat 80, benzil spirti (0,015 g), glitserol, propilenglikol (0,1 g), limon kislotasi monogidrati, natriy dodekagidrat gidrofosfati, anis xushbo‘yi, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq, sariq rangli, anis hidili qovushqoq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Vitaminlar. A va D vitaminlari majmuasi.
Farmakologik xususiyatlari
A va D3vitaminlarini birga qo‘shilishi tufayli D3vitaminini ichakda so‘rilishi tezlashadi. A va D3vitaminlari sinergik - o‘zining ta'sirini kuchaytirib ta'sir ko‘rsatadi. A vitamini D3 vitaminining so‘rilishini osonlashtiradi, shuningdek uning ta'sirini tezlashtiradi. A vitaminining yetishmovchiligi D3 vitaminining dozasini oshirib yuborilish belgilariga olib kelishi mumkin.
A va D3 vitaminlarini birga qo‘shilishi A yoki D3 vitaminining dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq metabolik buzilishlarning ehtimolini qo‘shimcha kamaytirish imkonini beradi. D3 vitamini A vitamini chaqirgan lizosomal membranalarining shikastlanishidan himoya qiladi. Bu lizosomal membranalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini shikastlanishi yoki o‘zgarishidan keyin yuz beruvchi gidrolitik enzimlarni ozod bo‘lishini oldini oladi.
A vitamini g‘ira-shirada ko‘zni moslashishiga yordam beruvchi rodopsin pigmentining hosil bo‘lish jarayonida muhim rol' o‘ynaydi. Organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi. Epitelial xujayralari va shilliq qavatining normal regeneratsiya jarayonlari uchun kerak, kerakli suyak strukturasi va o‘suvchi tog‘aylarning hosil bo‘lish jarayonlarida muhim rol' o‘ynaydi. Skeletning to‘g‘ri shakllanishi uchun organizmda retinoldan hosil bo‘ladigan retinol kislotasining metabolitlari javobgardir.
A vitamini yosh organizmning o‘sish jarayonlarini to‘g‘ri kechishi uchun zarur.
D3 vitamini raxitga qarshi faol omil hisoblanadi. D vitaminining eng asosiy faoliyati bo‘lib kaltsiy va fosfatlarning metabolizmini boshqarish hisoblanadi, bu skeletning to‘g‘ri mineralizatsiyasi va o‘sishiga yordam beradi.
D3 vitamini D vitaminining tabiiy shakli hisoblanadi, u odamda terida quyosh nurlari ta'sirida hosil bo‘ladi. D2 vitamini bilan solishtirganda 25% yuqoriroq faolligi bilan xarakterlanadi. Xolekaltsiferol kaltsiy va fosfatlarning ichakdan so‘rilishida, mineral tuzlarni tashilishida va suyaklarning kaltsifikatsiyasida muhim rol' o‘ynaydi, shuningdek kaltsiy va fosfatlarni buyraklardan chiqarilishini boshqaradi. Kaltsiy ionlarining qondagi kontsentratsiyasi skelet mushaklarining tonusini tutib turilishi, miokardning faoliyati bilan bog‘liq, nerv qo‘zg‘alishini o‘tkazilishiga yordam beradi, qonning ivish jarayonini boshqaradi. D3 vitamini qalqonsimon bezi oldi bezlarning me'yoriy faoliyati uchun zarur, shuningdek limfokinlarning ishlab chiqarilishiga ta'sir qilib, immun tizimining faoliyatida ishtirok qiladi.
Ovqatda D vitaminining yetishmovchiligi, uning so‘rilishini buzilishi, kaltsiyning tanqisligi, shuningdek quyosh yorug‘ida yetarli darajada bo‘lmaslik, bolani tez o‘sishi davrida raxitga olib keladi; kattalarda osteomalyatsiyaga, homilador ayollarda tetaniya, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda suyaklarning ohaklanish jarayonlarining buzilishini belgilari paydo bo‘lishi mumkin. D vitaminiga yuqori talab ayollarda menopauza davrida paydo bo‘ladi, chunki ularda ko‘pincha gormonal buzilishlar sababli osteoparoz rivojlanadi.
A vitamini so‘rilganidan keyin gidrolizga uchraydi va retinol shaklida enterotsitlarda to‘planadi, u yerda esterifikatsiyadan keyin limfatik va qon tomirlarga o‘tkaziladi. A vitamini jigarda to‘planadi. A va D vitaminlarining tashuvchilari, oqsillar, asosan al'buminlar hisoblanadi.
D vitamini peroral qo‘llanganidan keyin ingichka ichakda so‘riladi. Jigar va buyraklarda metabolizmga uchraydi. D vitaminining qondan yarimchiqarilish davri bir necha kunni tashkil qiladi va buyrak yetishmovchiligi hollarida uzayishi mumkin.
A va D3vitaminlari yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi.
Organizmdan siydik va ahlat bilan chiqariladi.
A va D3vitaminlari ichakda, yog‘li bilan solishtirganida suvli eritmalardan yaxshi so‘riladi.
Qo‘llanilishi
-Hayotining birinchi oylarida raxitni oldini olish.
-Emizikli bolalar va katta yoshli bolalarda jismoniy rivojlanishning yetarli bo‘lmasligini oldini olish, A va D vitaminlarining tanqisligi holatlari.
-Teri va shilliq qavatlarining kasalliklari (masalan, psoriaz, ixtioz, dermatozlar).
Qo‘llash usuli va dozalari
Peroral.
Buyurilgan tomchi bir choy qoshiq suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.
Izoh 1 tomchi 580 XB A vitamini va 290 XB D3 vitamini saqlaydi.
Preparatning dozasi individual ravishda tanlanadi.
Oldini olish
-Hayotining 4 haftaligidan 12 oylikkacha bo‘lgan bolalar – sutkada 2 tomchidan;
-12 oylikdan va undan oshgan bolalar – sutkada 3 tomchidan.
-Kattalar – sutkada 3 tomchidan 2 marta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida odatda namoyon bo‘lmaydi.
Kam hollarda A va/yoki D vitaminiga yuqori sezuvchanlikda yoki yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida A va D gipervitaminozi deb ataluvchi zaharlanishgacha yetib borishi mumkin.
Gipervitaminoz simptomlari ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat), ishtahani yo‘qolishi, og‘izni qurishi, poliuriya, bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i, suyak va bo‘g‘im og‘riqlarini o‘z ichiga oladi. Qonda va/yoki siydikda kaltsiyning kontsentratsiyasini oshishi, siydik-tosh kasalligi va to‘qimalarning kaltsifikatsiyasi, sochlarning to‘kilishi kuzatilishi mumkin. Preparatni uzoq qabul qilish, A vitaminining miqdorini hisobga olib, jigar faoliyatining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A va/yoki D gipervitaminozi, buyrak yetishmovchiligi, kuchsiz so‘rilish holatlar.
A, D vitaminlarini saqlovchi boshqa preparatlarni qabul qilish hollarida vitaminlarning dozasini oshirib yuborilishini oldini olish maqsadida yig‘indi dozalarini e'tiborga olish kerak.
Boshqa A va/yoki D vitaminlarini saqlovchi preparatlar bilan birga qo‘llanmasin.
Hayotining 4 haftasigacha bo‘lgan bolalarda benzil spirtiga yuqori sezuvchanlik paydo bo‘lishi ehtimoli sababli qo‘llanmasin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tutqanoqqa qarshi vositalar, rifampitsin, neomitsin, xolestiramin, suyuq parafin – A va D3 vitaminlarining qayta so‘rilishini kamaytiradi. Tiazidlar bilan bir vaqtda qo‘llash giperkaltsiyemiyaning xavfini oshiradi. Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llash ularning zaharli ta'sirini kuchaytirishi mumkin. A vitamini yuqori dozalarda peroral qonni ivishiga qarshi vositalarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Etretinat preparat ta'sirini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborishdan saqlaning.
Buyrak-tosh kasalligi bo‘lgan shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparatni qo‘llashda A vitaminiga boy ovqatlarni ko‘p miqdorda qabul qilish mumkin emas (masalan, jigarni).
Homiladorlik va laktatsiya davri
Qo‘llashdan oldin shifokorni homiladorlik yoki shubhalanayotgan homiladorlik to‘g‘risida xabardor qilish kerak, dorini homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash bo‘yicha nisbatan shifokorning maslahati zarur.
A vitaminini sutkada 4000 XB dozadan (preparatning 6 tomchisi) oshirmaslik kerak.
Transport vositalarini haydash va mexanik moslamalarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi oshirib yuborilganida (gipervitaminozda) quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin holsizlik, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, bezovtalik, chanqoqlik, og‘izni qurishi, poliuriya, me'da shirasining yuqori kislotaliligi, ich ketishi, ichak sanchig‘i, epidermisni ko‘chishi, toshma, suyak va bo‘g‘im og‘riqlari. Tez-tez uchraydigan simptomlari bosh og‘rig‘i, depressiya, psixotik buzilishlar, ataksiya, stupor va tana vaznini yo‘qotish. Albuminuriyali, eritrotsituriyali va poliuriyali buyraklar faoliyatini buzilishi, o‘rtacha darajali gipertoniya rivojlanadi. Jigar va buyraklar faoliyatini buzilishigacha, siydik-tosh kasalligi va to‘qimalarning kaltsifikatsiyasi, sochni to‘kilishigacha yetishi mumkin. Kam xolestatik sariqlik rivojlanadi.
Doza oshirib yuborilganidan keyin davolash
Preparatni qo‘llash to‘xtatiladi. Ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qilinadi. Shifokorga murojaat qilish kerak. Statsionar davolashning zarurati bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
10 ml dan polietilen tiqin-tomchilagich va «birinchi ochish» kafolatili halqasi bo‘lgan buraladigan polietilen qopqoqli to‘q shisha flakonlarda.
1 flakon ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Sovutgichda saqlanmasin, muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Ochilgan flakonni 4 oy davomida ishlatish kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Medana FarmaAktsionerlik Jamiyati
98-200 Seradz, V.Loketka ko‘ch. 10, Polsha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.