Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Mastodinon tab. №60
Nomi | Narx | |||||
Мастодинон таб. №60 (0000196765##2 126) |
UZS 118 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Мастодинон таб. №60 (0000197433##2 163) |
UZS 123 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Агнус кастус, стеблелист, альпийская фиалка, игнатия, ирис, лилия
Страна производитель
Германия
Производитель
Bionorica SE
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Mastodinon®
Dori shakli
gomeopatik tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
Agnus castus Ø (muqaddas Viteks yoki Avraam daraxti)162 mg
Caulophyllum thalictroides D4 (vasilistkali Steblelist)81,0 mg
Cyclamen D4 (Alp binafshasi)81,0 mg
Ignatia D6 (Kuchala ignatsiya daraxti)81,0 mg
Iris D2 (turli xil rangli Gulsapsar)162,0 mg
Lilium tigrinum D3 (yo‘l-yo‘l Liliya)81,0 mg
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati.
Ta'rifi dumaloq shaklli, yassi yuzali, och jigarrang rangli tabletkalar, biroz pigmentatsiyaga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
asosan akusherlik va ginekologiyada qo‘llaniladigan vosita
ATX kod G02CX
Farmakologik xususiyatlari
In vitro tadqiqotlarda Agnus castus dan tayyorlangan ekstrakt, prolaktin ajralib chiqarilishini kamaytirishi tasdiqlangan. Prolaktin ajralishiga ingibitsiya qiluvchi ta'siri hayvonlarda o‘tkazilgan tekshiruvlarda ham tasdiqlangan. Agnus castus ekstrakti qo‘llanganida ayollarda prolaktin miqdori biroz oshgan, shuningdek stress oqibatidagi oshgan prolaktin miqdorining (“yashirin giperprolaktinemiya” deb nomlanadi) kamayishini bir qancha klinik tekshiruvlar ko‘rsatdi.
Dofaminergik ta'sirini namoyon bo‘lish joyi gipofizning laktotrof hujayralari hisoblanishini in vitro tadqiqotlari ko‘rsatdi. Agnus castus ekstraktida bitsiklik diterpenlar prolaktin miqdorini kamaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadigan vositalar guruhi ekanligi deb belgilangan. Ushbu moddalar odam dofaminning 2-kichik guruhi retseptorlari bilan bog‘lanadi va kalamushlar gipofizining hujayra kulturasida dozaga bog‘liq holda prolaktin ajralishini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Ta'riflanmagan.
Qo‘llanilishi
Quyidagi holatlarni majmuaviy davolashda simptomatik vosita sifatida
- hayz oldi sindromi (mastodiniyalar, sut bezlarining taranglashishi, ruhiy labillik, qabziyatlar, shishlar, bosh og‘rig‘i/migren);
- mastopatiyalar;
- hayz siklini buzilishi va/yoki sariq tana yetishmovchiligi chaqirgan bepushtlikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
Patsiyentlarbir martalik dozakunduzgi doza
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga1 tabletka2 tabletka
Qo‘llash usuli
Bir tabletkadan kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun), ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik (masalan, bir stakan suv) bilan qabul qilinadi. Preparatni boshqa suyuqliklar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin. Davolashning optimal samarasiga erishish uchun, Mastodinon® ni kamida 3 oy, shu jumladan hayz ko‘rish vaqtida qo‘llash tavsiya etiladi. Agar 3 oy qo‘llanganidan keyin simptomlar saqlansa, u holda shifokor bilan mastlahashish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar yuzni shishi, hansirash, yutishni qiyinlashishi qayd qilingan. Allergik teri reaktsiyalari (toshma va eshakemi), bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, akne, me'da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, me'dada og‘riq) kabi paydo bo‘lishi mumkin. Allergik reaktsiyalarning birinchi belgilari paydo bo‘lganida, preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim.
Eslatma gomeopatik preparatni qo‘llash mavjud bo‘lgan shikoyatlarni vaqtinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin (dastlabki yomonlashish). Bunday hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur!
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparatni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda sut ishlab chiqarilishini kamayishi aniqlangan. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vitex agnus-cactus dopamin va ayollar jinsiy gormonlarining ishlab chiqarilishiga rag‘batlantiruvchi ta'sir etish ehtimoli mumkinligi sababli, shu ta'sirga ega preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida ularning terapevtik samarasiga ta'sir to‘liq istisno qilib bo‘lmaydi.
Umumiy eslatma nosog‘lom turmush tarzi, shuningdek ta'sirlovchi moddalar va stimulyatorlarni (masalan kofe) iste'mol qilish, gomeopatik vositalarni ta'siriga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Qo‘shimcha dori preparatlarini qabul qilishda, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Maxsus ko‘rsatmalar
Estrogenga-bog‘liq yomon sifatli o‘smalar bilan kasallangan patsiyentlar, preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.
Dopamin yoki ayollar jinsiy gormonlarini ishlab chiqarilishiga ta'sir qiladigan dori vositalarini qabul qilayotgan patsiyentlar Mastodinon® tabletkasini qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.
Preparatni qo‘llash vaqtida simptomlar kuchaysa, darhol shifokor bilan maslahatlashish zarur. Mastodinon® tabletkasining ta'sir mexanizmi gormonal muvozanatni garmonizatsiyasini o‘z ichiga oladi, bunga 3 oygacha muddat talab etiladi. Bu davrda hayz ko‘rish siklini buzilishlari bo‘lishi mumkin. Gipofizar buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar, preparatni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashishi lozim. Agar Sizda biron-bir qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan avval shifokorga murojaat qiling.
Tavsiya etilgan dozalarda preparat transportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini kamaytirmaydi.
Qandli diabet bemorlari uchun ma'lumot preparatning bir martalik dozasi o‘rtacha0,02 “non birligi” (NB) saqlaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi me'da-ichak buzilishlariga olib kelishi mumkin yoki laktozani o‘zlashtiraolmaydigan shaxslarda surgi ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
20 tabletkadan blisterda. 3 yoki 6 ta blisterlar davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
BIONORIKA SE
Kershenshtaynershtrasse 11-15,
92318 NOYMARKT
Telefon 09181 231-90
Telefaks 09181 2312-65
Qadoqlovchi
Dori vositasini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
XK «Pharmed®»
O‘zbekiston Respublikasi, 100132, Toshkent sh., Ibrat ko‘ch., 1,
Tel/faks 247-45-90
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.