Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Deklosid krem 30 g. (tub) №1
Deklosid krem 30 g. (tub) №1
Nomi | Narx | |||||
Деклосид крем 30г. (тубы) №1 (202150##2010) |
UZS 53 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Беклометазон, клотримазол, гентамицин
Страна производитель
Турция
Дозировка
30 г
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Крем для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Deklosid
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) beklametazon dipropionati, klotrimazol, gentamitsin sulfati, klioxinol.
Dori shakli
krem
Tarkibi
1 g preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
suvsiz beklametazon dipropionati 0,25 mg;
klotrimazol 10 mg;
gentamitsin sulfati 1 mg;
klioxinol 20 mg.
yordamchi moddalar oq yumshoq parafin, sariq suyuq parafin, setostearil spirti, setomakrogol 1000, propilenglikol, benzil spirti, xlorokrezol, natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy gidrofosfat digidrati, tozalangan suv.
Ta'rifi yot zarrachalar bo‘lmagan och-jigarrang rangli bir xil krem.
Farmakoterapevtik guruhi
dermatologiyada qo‘llanadigan vosita (mahalliy ta'sir etuvchi yallig‘lanishga qarshi vosita).
ATX kodi D07CC04
Farmakologik xususiyatlari
Deklosid – teri kasalliklarini davolashda sirtga qo‘llanadigan majmuaviy preparat. Preparatning ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar – beklametazon dipropionati, klotrimazol, gentamitsin sulfati va klioxinol bilan bog‘liq.
Beklometazon dipropionati – sintetik glyukokortikoid bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, antiekssudativ, qichishishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Klotrimazol – imidazol hosilasi hisoblanadi. Zamburug‘larning xujayra membranalari tarkibiga kiruvchi ergosterinning sintezini buzishi xisobiga antifungal ta'sir ko‘rsatadi, bu uning xususiyatlarini o‘zgarishini chaqiradi va xujayrani parchalanishiga olib keladi. Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis, Candida albicans, Malassezia furfur (Pityrosporum obiculare) larga nisbatan faoldir. Klotrimazol, shuningdek Corynebacterium minutissimum, Strep. Spp. Staph. Spp. Trichomonas vaginalis larga nisbatan ham faoldir.
Gentamitsin sulfati – suvda eruvchan, aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotikdir, bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi. Bakteriyalarning xujayra membranasi orqali faol o‘tib, bakteriyalarning ribosomalari bilan qaytmas bog‘lanadi va shu bilan qo‘zg‘atuvchida oqsil sintezini susaytiradi. Grammanfiy bakteriyalar Pseudomonas aeruginosa, E. Coli, Aerobacter aerogenes, Klebsiella spp., Proteus vulgaris; grammusbat bakteriyalar Streptoccocus spp., Staphylococcus spp larga nisbatan faoldir.
Klioxinol antibakterial, antiseptik va zambrug‘larga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Mahalliy ta'siri elementar yod tomonidan to‘qima oqsillarini cho‘ktirish xususiyati bilan bog‘liq.
Qo‘llanilishi
• dermatitlar;
• ekzema;
• neyrodermit;
• otomikozlar;
• oyoq panjasi va chov soxasini epidermofitiyasi;
• terining yiringli kasalliklari;
• silliq terining barmoqlararo va boshqa zamburug‘li shikastlanishlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Deklosid kremining katta bo‘lmagan midori terining shikastlangan yuzasiga yupqa qavat qilib sutkada 2 marta qo‘yiladi. Davolash davomiyligi 2-4 haftani tashkil qiladi. Uzoq muddat davolashdan so‘ng, atrofik o‘zgarishlar yuz terisida tananing boshqa yuzalariga nisbatan ko‘proq paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak, bunday holda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy reaktsiyalar preparat qo‘yilgan joyda terini qizarishi, achishish va sanchilish hissi bo‘lishi mumkin (terini ta'sirlanishi rivojlanganida preparatni bekor qilish kerak).
Bo‘lishi mumkin allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik;
• teri tuberkulezi;
• sifilisni teri ko‘rinishlari;
• suvchechak;
• oddiy gerpes;
• emlashdan keyingi teri reaktsiyalari;
• ochiq jarohat yuzasiga qo‘yish;
• 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni boshqa dori vositalari bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat oftalmologiyada qo‘llanmaydi. Ko‘z sohasi terisiga qo‘yish mumkin emas.
Preparatni shikastlangan teriga va ochiq jarohatlarga qo‘yishdan saqlanish kerak.
Chidamli bakterial yoki zamburug‘li mikroflora rivojlanganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolashni buyurish kerak.
Aminoglikozid antibiotiklari bilan kesishgan rezistentlik rivojlanishi mumkin.
Uzoq muddat davomida davolanganda, preparatni asta-sekin bekor qilish kerak.
Homiladorlik va emizishda qo‘llanishi. Homiladorlikda Deklosid preparatini, ona uchun kutilgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina, qo‘llash mumkin.
Preparatning komponentlarini ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi aniqlanmagan, shuning uchun Deklosid preparati laktatsiya davrida buyurilganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi. Bolalarga preparat 7 yoshdan boshlab faqat qat'iy ko‘rsatmalar bo‘yicha va shifokorning nazorati ostida buyuriladi, chunki beklometazon bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkin. Deklosid katta yuzalarga qo‘llanganida, sirtga qo‘llanadigan boshqa GKS kabi, gipotalomo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimining faoliyati bostirilishi mumkin, o‘sish gormonini ekskretsiyasi pasayishi, shuningdek bosh miya qon bosimini oshishi kuzatilishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari glyukokortikoidlar katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida giperkortitsizm simptomlari (giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining faoliyatini qaytuvchi susayishi, Kushing sindromining belgilari) rivojlanishi mumkin.
Davolash siptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun Diklosid kremi 30 g dan alyumin tubada. 1 tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo markasi va qayd etish sertifikatining egasi
“Uorld Meditsin” Buyuk Britaniya
(“World Medicine”, Great Britain).
“Medrayk”, Buyuk Britaniyaning litsenziyasi bo‘yicha
“Laboratorios Basi-Industria Farmaseutika S.A.”,
Rua do Padrao, 98, 3000-312 Koimbra, Portugaliyada ishlab chiqarilgan
(“Laboratorios Basi-Industria Farmaceutica S.A.”,
Rua do Parao, 98, 3000-312 Coimbra, Portugal)
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.