Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Streptotsid liniment 5% 30gr
Streptotsid liniment 5% 30gr
Nomi | Narx | |||||
Стрептоцид линимент 5% 30гр (20823##1946) |
UZS 18 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сульфаниламид
Страна производитель
Россия
Дозировка
30г
Производитель
Нижфарм
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Линимент
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Streptotsid rastvorimy
Xalqaro patentlanmagan nomi
Sulfanilamid
Dori shakli
liniment
Ta'rifi
Oq yoki oq-sariq tusli oq rangli o‘ziga xos hidli liniment.
Tarkibi
1 g liniment quyidagilarni saqlaydi
faol modda - natriy sulfanilamidi (eruvchan streptotsid) – 0,05 g (100% moddaga qayta xisoblaganda); yordamchi moddalar glitserol (distillangan glitserin) – 0,30 g, emulgator №1 (Lanette® SX) – 0,080 g, suv (tozalangan suv) – 1 g gacha.
Farmakoterapevtik guruhi
Mikroblarga qarshi vosita - sulfanilamid
ATX kodi D06VA05.
Farmakologik xususiyatlari
Sulfanilamid mikroblarga qarshi bakteriostatik vosita. Preparatning ta'sir mexanizmi paraaminobenzoy kislotasi (PABK) bilan raqobatli antagonizmi, digidropteroatsintazani susayishi, mikroorganizmlarni rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan purin va pirimidinlarning sintezida ishtirok etuvchi tetragidrofolat kislotasining sintezini buzilishi bilan bog‘liq. Preparat Staphylococcus spp., Streptococcus spp., shu jumladan S.pyogenes, S.pneumoniae, Legionella spp., Brucella spp., Klebsiella spp., Proteus spp., Salmonella spp., Serratia spp., Salymmatobacteriym granulomatis, Vibrio cholerae, Clostridium perfringens, Vacillus anthracis, Nocardia asteroids, Corynebacterium diphtheriae, Yersinia pestis, Chlamydia spp., Actinomyces israelii, Toxoplasma gondii larga nisbatan faol.
Teriga qo‘yilganida jarohatlarni tez bitishiga va eroziyalarning epitelizatsiyalanishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Turli etiologiyali infektsiyalangan jarohatlar, kuyishlar (I-II darajali), follikulitlar, furunkullar, karbunkullar, oddiy husnbuzar, saramas va terining boshqa yiringli-yallig‘lanish jarayonlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, anemiya, buyrak/jigar yetishmovchiligi, glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning tug‘ma tanqisligi, azotemiya, porfiriya, homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
3 oylikkacha bo‘lgan bolalarda ehtiyotlik bilan qo‘llash lozim.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga buyuriladi. Liniment doka bog‘lovga surtilib shikastlangan sohaga qo‘yiladi; bog‘lovlar har 1-2 kunda o‘tkaziladi.
Katta maydon shikastlanganida linimentning sutkalik dozasi sulfanilamidga hisoblaganda kattalarda 6 g dan (120 g linimentga mos keladi), 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 0,6 g (12 g linimentga mos keladi), 1-5 yoshgacha bolalarda 1,8 g (36 g linimentga mos keladi), 5-12 yoshgacha bolalarda 3 g (60 g linimentga mos keladi) oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'siri
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida tizimli ta'sir qiladi bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, leykopeniya, agranulotsitoz, kristalluriya.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari haqida xabar berilmagan.
Boshqa dori vasitalari bilan o‘zaro ta'siri
Miyelotoksik dori vositalari preparatning gematotoksikligini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Terining katta shikastlanishlarini davolashda ko‘p miqdorda ishqoriy suyuqlik ichish tavsiya qilinadi.
Avtomobilni va boshqa murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Chiqarilish shakli
5% liniment.
30 g dan alyumin yoki polietilen laminat tubalarda. Har bir tuba preparatnitibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.
Saqlash sharoiti
25S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng preparat ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/shikoyatlarni qabul qiluvchi tashkilot
«NIJFARM» OAJ, Rossiya
603950, Nijniy Novgorod sh.
GSP-459, Salganskaya ko‘ch 7.
Tel. (831) 278-80-88
Faks (831) 430-72-28
Internet http// www.nizhpharm.ru.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.