Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Derilayf krem 0,05% 50g (tuba)
Derilayf krem 0,05% 50g (tuba)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Клобетазол
Страна производитель
Турция
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Крем
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Derilayf, Derylife
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Klobetazol, Clobetasol
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun krem
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli bir xil krem.
Tarkibi
1 g krem quyidagilarni saqlaydi
faol modda 0,5 mg klobetazol propionati;
yordamchi moddalar asalari mumi, propilenglikol, xlorokrezol, makrogolning setostearil efiri, makrogol glitserin gidroksistearati, makrogol 15 gidroksistearati, setostearil spirti, tozalangan suv.
Farmakoterapevtik guruhi
Dermatologiyada qo‘llaniladigan vositalar. Yuqori faol kortikosteroidlar (IV guruhi).
ATX kodi D07AD
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ta'sir mexanizmi
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan glyukokortikosteroidlar (GKS) allergik reaktsiyalar rivojlanishining kechki bosqichini turli ingibitsiya qilinishi mexanizmlari, shu jumladan semiz hujayralar sonini kamayishi, eozinofillar faolligini pasayishi va xemotaksisni susayishi, limfotsitlar, monotsitlar, semiz hujayralar va eozinofillarda sitokinlar hosil bo‘lishini pasayishi va araxidon kislotasini metabolizmga uchrashini ingibitsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakodinamik samaralari
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKS yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi xususiyatlarga ega.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Mahalliy qo‘llanilganida GKS shikastlanmagan sog‘lom teri orqali tizimli qon oqimiga o‘tishi mumkin. Mahalliy qo‘llanilganida GKS ni teriga so‘rilish darajasi bir qator omillarga, shu jumladan preparat tarkibi va teri to‘sig‘ining yaxlitligiga bog‘liq; okklyuzion bog‘lovlar qo‘llanilganda, yallig‘lanish va/yoki teri tomonidan boshqa buzilishlar mavjud bo‘lganida so‘rilish darajasi oshishi mumkin.
Klinik tadqiqotdan olingan ma'lumotga ko‘ra sog‘lom ko‘ngillilarda klobetazol propionatini qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) 30 g klobetazol propionatini 0,05% li surtma shaklida sog‘lom teriga takroran surtilganidan so‘ng 8 soatdan keyin (birinchi applikatsiyadan keyin 13 soat) erishilgan va o‘rtacha 0,63 ng/ml ni tashkil etgan; 30 g klobetazol propionati 0,05% li krem shaklida takroran surtilganidan so‘ng Smax ga 10 soatdan keyin erishilgan, uning qiymati esa surtma qo‘llanilganidagi xuddi shunday qiymatdan biroz yuqori bo‘lgan.
Alohida klinik tadqiqotda psoriaz va ekzema bilan xastalangan patsiyentlarda 25 g klobetazol propionati 0,05% li surtma shaklida bir marta qo‘llanilganidan so‘ng 3 soatdan keyin Smax qiymatlari muvofiq ravishda 2,3 ng/ml va 4,6 ng/ml ni tashkil etgan.
Taqsimlanishi
Qonda aylanib yuruvchi dori preparati kontsentratsiyasi miqdoriy aniqlanish chegarasidan ahamiyatli darajada past bo‘lganligi tufayli, mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKS larning tizimli ta'sir etishini baholash uchun farmakokinetik yakuniy nuqtalardan foydalanish zarur.
Metabolizmi
Teri orqali tizimli qon oqimiga o‘tganidan keyin mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKSlar tizimli qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKS ga xos bo‘lgan metabolizmga uchraydi. Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKS asosan jigarda metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKS organizmdan buyraklar orqali chiqariladi. Ba'zi GKS va ularning metabolitlari shuningdek organizmdan safro bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan klobetazol yuqori faol GKS hisoblanadi, u GKS bilan davolashga sezgir dermatozlari bo‘lgan, faolligi kamroq GKS bilan davolanganda samarasiz bo‘lgan 1 yoshdan katta bolalarda, kattalarda va keksa yoshdagi patsiyentlarda yallig‘lanishning doimiy davom etuvchi simptomlarini va teri qichishini faqat qisqa muddatli davolash vositasi sifatida quyidagi hollarda qo‘llaniladi
- psoriaz (tarqoq blyashkali psoriazdan tashqari);
- qizil yassi temiratki;
- diskoid qizil yugurik;
- davolab bo‘lmaydigan dermatozlar;
- faolligi kamroq GKS qo‘llanilganida tegishli samara kuzatilmagan terining boshqa kasalliklarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Klobetazol propionati mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan eng yuqori faol kortikosteroidlar sinfiga kiradi (IV guruhi), uning uzoq muddatli qo‘llanilishi og‘ir noxush reaktsiyalar rivojlanishi bilan kechishi mumkin. 4 haftadan ko‘proq vaqt davomida mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kortikosteroidlar bilan davolash klinik jihatdan o‘zini oqlagan hollarda, faolligi kamroq kortikosteroidlar bilan davolashga o‘tish savolini ko‘rib chiqish lozim. Kasallik qaytalanishini oldini olish maqsadida klobetazol propionati bilan takroriy qisqa muddatli davolash kursini o‘tkazish mumkin (quyiga qarang).
Dozalash
1 yoshdan oshgan bolalar, kattalar va keksa yoshdagi patsiyentlar
Krem teriga yupqa qavat qilib, butun shikastlangan sohani qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda sutkada 1-2 marta surtiladi va ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Kutilgan terapevtik samaraga erishilganda (qulay sharoitlarda holatning yaxshilanishi bir necha kun davomida kuzatilishi mumkin) preparat qo‘llanilish tezligini pasaytirish yoki faolligi kamroq bo‘lgan dori vositalarni qo‘llash lozim. Har applikatsiyadan keyin yumshatuvchi vositani surtishdan oldin kremni so‘rilishi uchun ma'lum bir vaqt kutish lozim.
Teri kasalliklarini zo‘rayishini oldini olish maqsadida klobetazol propionati bilan qisqa muddatli takroriy davolash kursini o‘tkazish mumkin.
Kasallik simptomlarini davolashga bo‘lgan rezistentligi yuqoriroq bo‘lgan hollarda, ayniqsa, giperkeratoz bo‘lganida, prepapratning ta'siri polietilen plyonkadan tayyorlangan okklyuzion bog‘lov qo‘yish orqali kuchaytirilishi mumkin. Qoida bo‘yicha tungi vaqtda okklyuzion bog‘lovni qo‘llanilishi samaraga erishish uchun yetarli bo‘lib hisoblanadi. Keyinchalik ko‘pchillik hollarda bu samarani, okklyuzion bog‘lov qo‘llamasdan, bir maromda tutib turish mumkin.
Preparat qo‘llanilishining 2-4 haftasi davomida patsiyentning ahvoli yomonlashgan yoki yaxshilanish kuzatilmagan hollarda, davolashni qaytadan baholashni o‘tkazish va tashxisni qayta ko‘rib chiqish zarur.
Preparat bilan davolash kursining davomiyligi 4 haftadan oshmasligi zarur; davolashni davom ettirish zarurati bo‘lganida faolligi kamroq bo‘lgan dori vositalarni qo‘llash lozim.
Kremning maksimal har haftalik dozasi 50 g dan oshmasligi zarur.
Kasallik simptomlarini nazorat qilishga erishilganidan keyin klobetazol bilan davolashni asta-sekin to‘xtatish va yumshatuvchi vosita bilan tutib turuvchi davolashni o‘tkazish zarur. Klobetazol bilan davolash to‘satdan to‘xtatilganida kasallikning qaytalanishi rivojlanishi mumkin.
Kasallikning qaytalanishi tez-tez rivojlanadigan patsiyentlar (davolab bo‘lmaydigan dermatozlar)
Kasallikning o‘tkir epizodida mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKS bilan uzluksiz davolash kursidan kerakli samaraga erishilgan hollarda, dori vositasini uzlukli qo‘llash savolini ko‘rib chiqish mumkin (sutkada bir marta, haftada 2 marta, okklyuzion bog‘lovsiz qo‘llash). Bunday davolashda kasallik qaytalinishining rivojlanish tezligini pasayishi aniqlangan.
Preparatni, terining ilgari shikastlangan barcha sohalariga yoki kasallik qaytalanganida potentsial shikastlanishi mumkin bo‘lgan sohalariga surtishni davom ettirish kerak. Preparat bunday usulda qo‘llanilganida, shuningdek har kuni yumshatuvchi vositadan foydalanish zarur. Patsiyentning ahvolini, shuningdek davolashni davom ettirish foydalari va havflarini muntazam ravishda qaytadan baholash lozim.
Bolalar
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatning qo‘llanilishi mumkin emas.
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKSni qabul qilayotgan bolalarda mahalliy va tizimli noxush reaktsiyalarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi, va qoida bo‘yicha, kattalardagiga nisbatan ularda faolligi kamroq bo‘lgan vositalar yordamida qisqa davolash kurslarini o‘tkazish zarur.
Klobetazol propionati bolalarda qo‘llanilganda ehtiyotkorlikka rioya etish lozim; dori vositasini kerakli tarzdagi davolash samarasining rivojlanishini ta'minlaydigan minimal miqdorini qo‘llash zarur.
Bolalarda, shu jumladan kichik yoshdagi bolalarda davolashning davomiyligi
Bolalarda preparat bilan davolash kursining davomiyligi imkoni boricha 5 kundan oshmasligi zarur, har hafta davolashni qaytadan baholanishini o‘tkazish zarur; okklyuzion bog‘lovlar qo‘llanmasligi lozim.
Yuz sohasida qo‘llanilishi
Preparat yuz sohasida qo‘llanilganda davolash kursi, imkoni boricha, 5 kundan oshmasligi zarur; okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash mumkin emas.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Klinik tadqiqotlarda keksa yoshdagi patsiyentlar va yoshroq patsiyentlarda preparat bilan davolashga bo‘lgan javobda farqlar aniqlanmagan. Preparat tizimli qon oqimiga o‘tgan hollarda, keksa yoshdagi patsiyentlar organizmidan uning chiqarilishi pasayishi mumkin (bunday patsiyentlarda ko‘pincha jigar va buyraklar funktsiyasining pasayishi kuzatiladi). Shuning uchun keksa yoshdagi patsiyentlarda preparatni minimal miqdorlarda, kerakli tarzdagi klinik samaraga erishish uchun zarur bo‘lgan eng qisqa vaqt davomida qo‘llash lozim.
Buyraklar/jigar funktsiyasining buzilishi bo‘lgan patsiyentlar
Preparat tizimli qon oqimiga o‘tgan hollarda (teri yuzasining katta maydonlariga uzoq muddatli vaqt davomida surtilganida) buyraklar/jigar funktsiyasining buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda uning metabolizmga uchrash tezligi va organizmdan chiqarilishi pasayishi mumkin, buning natijasida tizimli toksik samaralarni rivojlanish xavfi oshishi mumkin. Shuning uchun yuqorida ko‘rsatilgan patsiyentlarda preparatni minimal miqdorlarda, kerakli tarzdagi klinik samaraga erishish uchun zarur bo‘lgan eng qisqa vaqt davomida qo‘llash lozim.
Qo‘llash usuli
Preparat faqat teriga surtish uchun mo‘ljallangan.
Krem ayniqsa terining nam yoki ho‘llanib turuvchi yuzalariga surtish uchun mos keladi.
Preparat qo‘llanilganidan keyin patsiyentlarga qo‘llarini yuvish tavsiya etiladi (krem qo‘l terisining shikastlangan yuzasiga surtilgandan tashqari bo‘lgan hollarda).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning faol moddasiga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- teri infektsiyalari (kerakli tarzda davolanmagan);
- rozatsea;
- o‘smirlar husnbuzari (acne vulgaris);
- qichishish (yallig‘lanish belgilari bo‘lmaganida);
- perianal sohada va genital sohadagi qichishish;
- perioral dermatitda qo‘llash mumkin emas.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni dermatozlarni, shu jumladan dermatit va “taglik” dermatitini davolash sifatida qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Postmarketing davrda noxush reaktsiyalar haqida olingan ma'lumotlar quyida MedDRA bo‘yicha tizimli-a'zoli sinflarga muvofiq keltirilgan. Noxush reaktsiyalar uchrash tezligining ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 lekin <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 lekin <1/100); kam hollarda (≥1/10000 lekin <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).
Infektsion va parazitar kasalliklar juda kam hollarda – opportunistik infektsiyalar.
Immun tizimi tomonidan juda kam hollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, tarqalgan toshmalar.
Endokrin tizimi tomonidan juda kam hollarda – gipotalamus-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi funktsiyasining susayishi kushingoid belgilar (masalan, oysimon yuz, markaziy tur bo‘yicha semirish), bolalarda tana vaznini oshishini/bo‘y o‘sishini kechikishi, osteoporoz, giperglikemiya/glyukozuriya, arterial gipertenziya, tana vaznini oshishi/semirish, qonda endogen kortizolning darajasini pasayishi, alopetsiya, sochlarni sinuvchan bo‘lishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan tez-tez – qichishish, mahalliy achishish/og‘riq hissi; tez-tez emas – teri atrofiyasi*, striyalar*, teleangiektaziyalar*; juda kam hollarda – terini yupqalashishi*, teriga ajinlarni tushishi*, terini qurishi*, teri pigmentatsiyasini o‘zgarishi*, gipertrixoz, kasallikni asosiy simptomlarini yomonlashishi, allergik kontakt dermatit/dermatit, pustulyoz psoriaz, eritema, toshmalar, eshakemi, akne; uchrash tezligi noma'lum – bekor qilish reaktsiyalari (terining dastlabki shikastlangan soha chegarasidan tarqalishi mumkin bo‘lgan terining qizarishi, achishish yoki sanchish hissi, qichishish, terining kepaklanishi, ho‘llangan pustulalar).
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar juda kam hollarda – surtilgan joyda og‘riq/ta'sirlanish.
Ko‘rish a'zosi tomonidan juda kam hollarda - katarakta, markaziy seroz xorioretinopatiya (CSCR), glaukoma; uchrash tezligi noma'lum – ko‘rish aniqligining buzilishi.
*teri tomonidan kuzatiladigan noxush reaktsiyalar gipotalamus-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi funktsiyasini susayishini mahalliy va/yoki tizimli ta'siriga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi.
Gumon qilinayotgan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin gumon qilinayotgan nojo‘ya reaktsiyalari haqidagi xabarni berish muhim hisoblanadi. Patsiyentda dori vositasiga jiddiy noxush reaktsiyalar aniqlanganida yoki mazkur bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakonazorat tizimiga muvofiq ravishda xabar berishingizni so‘raymiz.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
CYP3A4 ingibitsiya qilishi mumkin bo‘lgan preparatlar (masalan, ritonavir yoki itrakonazol) bilan birga qo‘llash, GKSning metabolizmga uchrash tezligini pasaytirishi, bu holat ularning tizimli ta'sirini kuchayishi bilan kechishi aniqlangan. Bunday o‘zaro ta'sirning qanchalik klinik ahamiyatga ega ekanligi preparatning dozasiga, kortikosteroidlarni yuborilish yo‘liga va CYP3A4 ingibitorining faolligiga bog‘liq.
Maxsus ko‘rsatmalar
Klobetazol propionati tavsiya etilganidan yuqori bo‘lgan dozalarda uzoq muddat davomida qo‘lanilganida osteonekrotik shikastlanish (shu jumladan nekrotik fastsiit) va tizimli immunosupressiya (ba'zida Kaposhi sarkomasi rivojlanishi bilan kechgan; shikastlanishlar qaytuvchan xarakterga ega bo‘lgan) bilan kechadigan og‘ir infektsiyalar rivojlanish hollari haqida xabar berilgan. Ba'zi hollarda patsiyentlar bir vaqtda boshqa peroral/mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan yuqori faol kortikosteroidlar yoki immunosupressantlar (masalan, metotreksat, mikofenolat mofetili) bilan davolashni qabul qilishgan. 4 haftadan ko‘proq vaqt davomida mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kortikosteroidlar bilan davolash klinik jihatdan o‘zini oqlagan hollarda, faolligi kamroq kortikosteroidlar bilan davolashga o‘tish savolini ko‘rib chiqish lozim.
Derilayfni anmnezida GKSga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birortasiga mahalliy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari qayd etilgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. O‘ta yuqori sezuvchanlikning mahalliy reaktsiyalari asosiy kasallikning simptomlariga o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Ayrim patsiyentlarda mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKSning tizimli so‘rilishini oshishi natijasida buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi bilan kechadigan giperkortitsizm (Kushing sindromi) belgilari va gipotalamus-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimi funktsiyasini susayishi (qaytuvchan xarakterli) qayd etilishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan buzilishlarning birortasi sodir bo‘lgan hollarda, klobetazol qo‘llanilishini to‘xtatish lozim, bunda dori preparati qo‘llanilish tez-tezligini asta-sekin pasaytirish yoki patsiyentni faolligi pastroq GKS bilan davolashga o‘tkazish lozim. Preparat qo‘llanilishi to‘satdan to‘xtatilganida buyraklar usti bezlarining yetishmovchiligi sodir bo‘lishi mumkin.
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKS qo‘llanilganda tizimli samaralarni rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan havf omillari
- preparatning faolligi va tarkibi;
- qo‘llash davomiyligi;
- teri yuzasining katta maydoniga surtish;
- terining yopiq joylarida qo‘llanilishi (masalan, intertriginoz sohalarida yoki okklyuzion bog‘lovlar ostida (yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tagliklar okklyuzion bog‘lovni rolini o‘ynashi mumkin));
- shox qavatini gidratatsiyasi darajasini oshishi;
- teri qoplamlari yupqa bo‘lgan sohalarda qo‘llanilishi, masalan, yuz sohasida;
- terining shikastlangan sohalarida yoki teri to‘sig‘ining yaxlitligi buzilgan boshqa holatlarda qo‘llanilishi.
Kattalar bilan taqqoslanganda bolalarda, shu jumladan kichik yoshdagi bolalarda, GKS mahalliy qo‘llanilganida dori vositasining ko‘proq miqdori proportsional tarzda tizimli qon oqimiga o‘tishi tufayli tizimli noxush reaktsiyalar rivojlanishining yuqoriroq xavfi mavjud bo‘lishi mumkin (bu holat, bolalarda teri to‘sig‘ining to‘liq yetilmaganligi va ularda teri yuzasi maydonini tana vazniga nisbati kattalardagiga nisbatan kattaroq qiymatga ega ekanligi bilan bog‘liq).
Bolalar
Buyrak usti bezlarini yetishmovchiligining xavfi sodir bo‘lishi tufayli, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, imkoni boricha, mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKS bilan uzoq muddatli uzluksiz davolashni o‘tkazmaslik kerak.
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKS qo‘llanilganida bolalar atrofik o‘zgarishlar rivojlanishiga ko‘proq moyilikka ega.
Bolalarda, shu jumladan kichik yoshdagi bolalarda davolashning davomiyligi
Bolalarda preparat bilan davolash kursining davomiyligi iloji boricha 5 kundan oshmasligi zarur, har hafta davolashni qaytadan baholanishini o‘tkazish zarur; okklyuzion bog‘lovlar qo‘llanmasligi lozim.
Okklyuzion bog‘lovlar qo‘llanganida infektsiyalar sodir bo‘lishining xavfi
Iliq va namli sharoitlarda bakterial infektsiyalar rivojlanishining xavfi ortadi, bu holat teri burmalarida yoki okklyuzion bog‘lovlar ostida sodir bo‘ladi; okklyuzion bog‘lovlarni qo‘yishdan oldin teri yuzasini kerakli tarzda tozalash lozim.
Psoriaz bilan hastalangan patsiyentlarda qo‘llanilishi
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKS psoriazi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilganida ehtiyotkorlikka rioya etish lozim, chunki ayrim hollarda kasallikning qaytallanishi, tolirantlikni rivojlanishi, tarqalgan pustulez psoriazni sodir bo‘lish xavfi va terining to‘siq funktsiyasining buzilishi tufayli mahalliy yoki tizimli toksik ta'siri bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlar haqida xabar berilgn. Bu kabi holatlarda patsiyentlar sinchkov tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishlari zarur.
Yondosh infektsiyalar
Terini yallig‘lanish shikastlanishlari infektsiyalangan hollarda muvofiq antibakterial davolashni o‘tkazish lozim. Infektsiya tarqalganida mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKS qo‘llanilishini to‘xtatish va antibakterial vositalar bilan kerakli tarzdagi davolashni o‘tkazish zarur.
Oyoqlarni surunkali yaralari
Ba'zi hollarda mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKS oyoqlarning surunkali yaralari atrofida paydo bo‘ladigan dermatitlarni davolash sifatida qo‘llanadi; biroq bunday davolash mahalliy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini rivojlanish tezligini oshishi va mahalliy infektsiyalar rivojlanish havfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yuz sohasida qo‘llanilishi
Kremni yuz sohasiga surtmagan ma'qul, chunki yuz sohasining terisi atrofik o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga ko‘proq darajada moyil. Preparat yuz sohasida qo‘llanilganda davolash kursining davomiyligi 5 kundan oshmasligi zarur.
Qovoqlar sohasida qo‘llanilishi
Krem qovoqlar sohasiga surtilganida ehtiyotkorlikka rioya etish va preparatni ko‘zlarga tushishidan saqlanish lozim, chunki ko‘p marta qo‘llanilganida katarakta va glaukomani rivojlanish havfi mavjud. Krem ko‘zlarga tushganida ularni ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish zarur.
Ko‘rishni buzilishi
GKS mahalliy va tizimli qo‘llanganida ko‘rish buzilishining rivojlanishi xaqida xabarlar mavjud. Patsiyentda ko‘rish aniqligini buzilishi yoki ko‘rishni boshqa buzilishlari paydo bo‘lgan hollarda, ularning paydo bo‘lishiga mumkin bo‘lgan sabablarni, shu jumladan GKS mahalliy va tizimli qo‘llanganidan so‘ng xabar berilgan katarakta, glaukoma yoki kam uchraydigan markaziy seroz xorioretinopatiya (CSCR) kabi kasalliklarni aniqlash maqsadida, patsiyent oftalmolog maslahatini olishi zarur.
Topik steroidlarni bekor qilish sindromi
Topik steroidlarni uzluksiz yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi davolash to‘xtatilganidan keyin rikoshetli yallig‘lanish giperemiyasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin (topik steroidlarni bekor qilish sindromi). Birlamchi davolash sohasi chegaralaridan tashqariga tarqalgan, dermatit ko‘rinishidagi, yaqqol ifodalangan qizarish, sanchish va achishish bilan kechadigan rikoshetli yallig‘lanish giperemiyasini og‘ir shakli paydo bo‘lishi mumkin. Yuz va bukuvchi yuzalar kabi terining nozik qismlarida uning paydo bo‘lish ehtimoli ko‘proq. Muvaffaqiyatli davolashdan keyin kasallik bir necha kun yoki hafta davomida qaytadan sodir bo‘lgan hollarda, bekor qilish reaktsiyasi mavjudligini gumon qilish lozim.
Takroriy qo‘llanilishi ehtiyotkorlik bilan bo‘lishi lozim, va bunday holatlarda mutaxassis bilan maslahatlashish yoki davolashning boshqa variantlarini ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.
Yordamchi moddalar
Preparat teri ta'sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan propilenglikolni (463,5 mg/g) saqlaydi. Shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashmasdan preparatni ochiq yaralarda qo‘llash yoki shikastlangan terining katta qismlariga (masalan, kuyishda) surtish kerak emas.
Preparat mahalliy teri reaktsiyalarini (masalan, kontakt dermatit) chaqirishi mumkin bo‘lgan setostearil spirtini saqlaydi.
Preparat teri reaktsiyalarini chaqirishi mumkin bo‘lgan makrogolglitserin gidroksistearatini saqlaydi.
Preparat allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin bo‘lgan xlorokrezolni saqlaydi.
Preparat mumni saqlaydi. Patsiyentlarga chekmasliklari va kuchli kuyishni oldini olish uchun ochiq alanga manbalari oldiga bormasliklari haqida ko‘rsatma berish zarur. Mazkur preparat tekkan mato (kiyim, yotoq buyumlari, bog‘lovlar va ho kazolar) oson yonuvchan bo‘ladi va yong‘in xavfini tug‘diradi. Kiyim va yotoq buyumlarini yuvilishi maxsulot to‘planishini kamaytirishi mumkin, biroq butunlay ketkaza olmaydi.
Nomutanosiblik
Preparatning boshqa dori vositalari bilan nomutanosibligi haqida xabar berilmagan.
Fertillik, homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Klobetazolni homiladorlik davridagi ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar cheklangan.
Gestatsiya davridagi hayvonlarda GKS mahalliy qo‘llanilganda homila rivojlanishining buzilishlari sodir bo‘lishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan ma'lumotlarning odam uchun klinik ahamiyati aniqlanmagan. Derilayfni homiladorlik davridagi ayollarda, faqat ayol uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash lozim, bunday holatlarda preparatning minimal miqdorlarini eng qisqa vaqt davomida qo‘llash lozim.
Emizish davri
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKS qo‘llanilishining xavfsizligi emizish davridagi ayollarda aniqlanmagan
GKS mahalliy qo‘llanilganida, dori vositasi ko‘krak sutida miqdoran aniqlanadigan kontsenratsiyada bo‘lganda, tizimli ta'sirga erishilishi noma'lum. Derilayfni emizishdavridagi ayollarda, faqat ayol uchun davolashdan kutiladigan foyda bola uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash lozim.
Emizish davrida qo‘llanilgan hollarda, bola preparatni bexosdan yutib yuborishini oldini olish maqsadida kremni sut bezlari sohasiga surtish mumkin emas.
Fertillik
Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan GKSni odam fertilligiga bo‘lgan ta'siri haqida ma'lumotlar mavjud emas.
Kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda teri ostiga yuborilgan klobetazol, qo‘shilish qobiliyatini ko‘rsatkichlariga ta'sir qilmagan; biroq, sinalgan dozalardan yuqori dozalarda yuborilganida fertillikning pasayishi qayd etilgan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Klobetazolni avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Noxush reaktsiyalar profilini e'tiborga olganda, klobetazol mahalliy qo‘llanganida uning yuqorida ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirish qobiliyatiga ahamiyatli darajada salbiy ta'sir ko‘rsatishi kutilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Mahalliy qo‘llanilganda klobetazol, tizimli samaralar sodir bo‘lishiga yetarli bo‘lgan miqdorlada, tizimli qon oqimiga o‘tishi mumkin. Dori vositasi mahalliy qo‘llanilganda dozani o‘tkir oshirib yuborilish ehtimoli kam, shunday bo‘lsa-da, dozasi surunkali oshirib yuborilgan hollarda yoki kerakli tarzda qo‘llanilganda giperkortitsizm belgilari rivojlanishi mumkin.
Davolash
Klobetazol dozasi oshirib yuborilgan hollarda buyrak usti bezlari yetishmovchiligining sodir bo‘lish xavfi tufayli, dori vositasi qo‘llash tezligini asta-sekinlik bilan kamaytirish yoki patsiyentni faolligi kamroq GKS bilan davolashga o‘tkazish zarur.
Keyinchalik davolash klinik ko‘rsatmalarga yoki xududiy toksikologik markazni (agar mavjud bo‘lsa) tavsiyalariga muvofiq o‘tkazilishi lozim.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun krem 30 g va 50 g dan alyuminiyli tubada.
1 tuba tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqarilgan
«UORLD MEDITSIN ILACh SAN. VE TIDJ. A.Sh.», TURKIYa
(15 Temmuz Max. Djami Yolu Djad. № 50 Gyuneshli Bagdjilar/Stambul)
“WORLD MEDICINE İLAÇ SAN. VE TİC. A.Ş.”, TURKEY
(15 Temmuz Mah. Cami Yolu Cad. No 50 Güneşli Bağcılar/İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositasining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
“Evro Farm Biznes” MChJ HK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Sh. Rustaveli ko‘ch., 120 uy.
Telefon (+99871) 212-18-41, (+99871) 212-20-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.