Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gidrokortizon sirtga qo‘llash uchun surtma 1% 10g Nijfarm
Gidrokortizon sirtga qo‘llash uchun surtma 1% 10g Nijfarm
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гидрокортизон
Страна производитель
Россия
Дозировка
1% 10г
Производитель
Нижфарм, АО, Россия произведено: Lyka Labs Limited, Индия, упаковщик: Хемофарм, Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- sayt
Preparatning savdo nomi
Gidrokortizon
Xalqaro patentlanmagan nomi
Gidrokortizon
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun surtma
1 g surtma tarkibi
Ta'sir etuvchi modda gidrokortizon atsetati – 10,0 mg;
yordamchi moddalar vazelin, lanolin, pentaeritritil dioleati (pentol), stearin kislotasi 95, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, tozalangan suv.
Ta'rifi
Sarg‘ish tusli oqdan och-sariq rangacha bo‘lgan surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid.
ATX kodi D07AA02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakologik ta'siri
Gidrokortizon maxalliy qo‘llash uchun sintetik glyukokortikosteroid preparat bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi, qichishishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Limfotsitlardan va makrofaglardan sitokinlar (interleykinlar va interferon) ajralib chiqishini tormozlaydi, eozinofillar tomonidan yallig‘lanish mediatorlarni ajralib chiqishini su
sayt
iradi, araxidon kislotasi metabolizmini va prostaglandinlar sintezini su
sayt
iradi. Steroid retseptorlarni rag‘batlantirib, lipokortin hosil bo‘lishini induktsiya qiladi. Yallig‘langan xujayrali infiltratlarni kamaytiradi, yallig‘lanish sohasiga leykotsitlar va limfotsitlar migratsiyasini pa
sayt
iradi. Tavsiya qilingan dozalarda preparatni mahalliy qo‘llanishi tizimli nojo‘ya samaralar chaqirmaydi.
Farmakokinetikasi
Applikatsiyadan so‘ng epidermisda (asosan donador qavatida) to‘planadi. Bevosita epidermisda, keyinchalik esa jigarda metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali va safro bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Mikrob etiologiyali bo‘lmagan terining yallig‘lanish va allergik kasalliklari ekzema, allergik va kontakt dermatit, neyrodermit, psoriazda qo‘llaniladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Gidrokortizon yoki preparatning boshqa yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik, terining jarohat, yarali shikastlanishlari, terining bakterial, virusli va zamburug‘li infektsiyalari, terining tuberkulyoz va sifilitik shikastlanishi; rozatseya, dag‘al xusnbuzar, perioral dermatiti, teri o‘smasi, homiladorlik, emizish davri (qo‘llash xavfzisligi haqida klinik ma'lumotlar mavjud bo‘lmagan tufayli), 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Qandli diabet, tuberkulyozda (tizimli shikastlanish) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga buyuriladi. Surtma terining shikastlangan joylariga yupqa qavat qilib kuniga 2-3 marta qo‘yiladi. Davolash kursining davomiyligi kasallikning xarakteri va davolashning samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, odatda o‘rtacha 6-14 kunni tashkil etadi; kasallikni og‘ir kechishida 20 kungacha uzaytirilishi mumkin. Chegaralangan o‘choqlarda samarani kuchaytirish uchun okklyuzion bog‘lovlarni qo‘llash mumkin. Surtma 2 yoshdan va undan katta yoshdagi bolalarda qo‘llanganida, davolashning umumiy davomiyligi cheklash va steroidning rezorbtsiyasini (so‘rilishini) kuchayishiga olib keluvchi choralarni (qizdiruvchi, fiksatsiya qiluvchi va okklyuzion bog‘lovlar) istisno qilish kerak.
Nojo‘ya ta'siri
Surtma qo‘yilgan joylarda giperemiya, shish va qichishish kuzatilishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llanganida shuningdek terining ikkilamchi infektsion shikastlanishlari, atrofik o‘zgarishlar, gipertrixoz rivojlanishi mumkin. Surtma uzoq muddat qo‘llanganida yoki okklyuzion bog‘lovlar qo‘llanganda, ayniqsa shikastlanishni katta yuzasida, gidrokortizon atsetatini rezorbtiv ta'siri ko‘rinishi sifatida giperkortitsizm rivojlanishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari. O‘tkir dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam. Preparat uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganida giperkortitsizm simptomlari (giperglikemiya, glyukozuriya, bo‘yrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatini qaytuvchan faoliyatini susayishi, Itsenko-Kushinga sindromi) paydo bo‘lishi mumkin.
Davolash simptomatik; preparatni asta-sekin bekor qilish lozim.
Boshqa dori vositalar bilan o‘zaro ta'siri
Uzoq muddat qo‘llanganda gidrokortizon tizimli qon oqimiga so‘rilishi mumkunligi tufayli insulinni, peroral gipoglikemik, gipotenziv dori vositalar, antikoagulyantlar samaradorligini, qon plazmasida salitsilatlar va prazikvantelni kotsentratsiyasini kamaytirishi mumkin.
Gidrokortizonning nojo‘ya samaralar rivojlanish xavfini quyidagilar oshiradi
androgenlar, estrogenlar, peroral kontratseptivlar, anabolik steroidlar (girsutizm, husnbuzar toshmasi);
antipsixotik dori vositalar, karbutamid, azatioprin (katarakta);
xolinoblokatorlar, antigistamin dori vositalar, tritsiklik antidepressantlar, nitratlar (glaukoma);
diuretiklar (gipokaliyemiya);
nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (me'da-ichak yo‘llida yara hosil bo‘lish xavfini oshishi);
paratsetamol (gepatotoksiklik).
Yurak glikozidlar bilan qo‘llanganda digitalis zaharlanish rivojlanishi mumkin.
Bir vaqtda qo‘rg‘oshin va kumush preparatlari bilan qo‘llanilishi o‘zaro faolsirilishiga olib keladi.
Amfoteritsin V bilan birga qo‘llanganda miokardni dilyatatsion shikastlanishi va yurak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
Barbituratlar, tutqanoqka qarshi va antigistamin preparatlar gidrokortizon samaradorliginikamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalarda yuz sohasiga yoki okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llanganda davolash kursining davomiyligini qisqartirish kerak.
Bolalarda buyrak usti bezlarining po‘stlog‘i faoliyatini susayishi tezroq rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, o‘sish gormonining ekskretsiyasi kamayishini kuzatilishi mumkin. Preparat uzoq vaqt davomida qo‘llanganida tana vazni, bo‘y, kortizolning plazmadagi darajasini kuzatish kerak. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat faqat shifokor nazorati ostida buyuriladi.
Surtmani ko‘zga tushishdan saqlanish kerak.
Agar 7 kun qo‘llashdan keyin yaxshilanish yoki holatni yomonlashishi kuzatilsa, shuningdek preparat bekor qilinganidan so‘ng bir necha kun o‘tgach simptomlar qaytalangan bo‘lsa, preparat qo‘llashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Uzoq vaqt davolanish va/yoki katta yuzalarga qo‘yilganida natriy cheklangan va K+ saqlovchi parhez buyurish tavsiya etiladi; organizmga yetarli miqdorda oqsil qabul qilish tavsiya qilinadi.
Arterial bosimni, qondagi glyukoza miqdorini, qonning ivishini, diurezni, bemorning tana vaznini, plazmadagi kortizol darajasini nazorat qilish kerak.
Terining infektsion shikastlanishni oldini olish uchun preparatni antibakterial va zamburug‘larga qarshi vositalar bilan birga buyurish tavsiya qilinadi.
Avtotransport vositalar va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Gidrokortizon sirtga qo‘llash uchun 1% li surtma preparatni avtotransport vositalarni boshqarish va potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga salbiy ta'siri haqida ma'lumotlar mavjud emas.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma 1%. 10 g dan alyumin yoki polietilen laminat tubaga joylashgan. Har bir tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat qo‘llanilmasin.
Saqlash sharoiti
200S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/E'tirozlarni qabul qiluvchi tashqilot
«Nijfarm» AJ, Rossiya
603105, Nijniy Novgorod sh., Salganskaya ko‘ch., 7
Tel. (831) 278-80-88; faks (831) 430-72-28
HYPERLINK "mailtomed@stada.ru" med@stada.ru
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasidagi IP OOO "STADA SUBSIDIARY"
100060, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Taras Shevchenko ko‘ch. 21A
Tel. (99878) 140-35-81
HYPERLINK "mailtoinfo@stada.uz" info@stada.uz
O‘zbekiston Respublikasi xududida raqamli markirovkalash tizimiga tegishli bo‘lgan savollar bo‘yicha mas'ul tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasidagi IP OOO "STADA SUBSIDIARY"
100060, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Taras Shevchenko ko‘ch. 21A
Tel. (99878) 140-35-81
sayt
HYPERLINK "http//www.stada.uz" www.stada.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.