Bepanten krem 5% 30g
86 100 UZS
Yetkazib berishToshkent boʻylab
Kuryer orqali eshikkacha8 000 soʻmdan — yetkazib berish manzili asosida avtomatik hisoblanadi
Topshirish punktidan olishbepul
Xususiyatlar
Dozasi
:
5%
Ishlab chiqaruvchi mamlakat
:
Германия
Yoʻriqnoma: Bepanten krem 5% 30g
Batafsil
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi fotosuratda tasvirlanganidan farq qilishi mumkin.
Tavsif
Savdo nomi
Bepanthen.Xalqaro patentlanmagan nomi
Dekspantenol.Dori shakli
Krem.Ta'rifi
Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, kuchsiz hidli gomogen tiniq bo‘lmagan krem.Tarkibi
1 g krem quyidagilarni saqlaydiFaol ingrediyentlar: dekspantenol 50 mg.
Nofaol ingrediyentlar: DL-pantolakton, fenoksietanol, amfizol K, setil spirti, stearil spirti, lanolin (E913), izopropilmiristat, propilenglikolь (E1520), tozalangan suv.
Farmakologik xususiyatlari
Dekspantenol – faol komponent, teri xujayralarida tez pantotenat kislotasiga aylanadi va vitamin kabi ta'sir qiladi. Dekspantenol mahalliy qo‘llanganida pantotenat kislotasiga nisbatan tez so‘riladi.Pantotenat kislotasi koenzim A ning hayotiy muhim komponenti hisoblanadi, atsetilkoenzim A ko‘rinishida har bir xujayra metabolizmida markaziy o‘rin egallaydi. U epiteliyning shakllanishi va shikastlangan teri va shilliq qavatlarning tiklanishi uchun zarur.
Pantotenat kislotasi qon plazmasida oqsillar bilan (β-globulin va alьbumin bilan) bog‘lanadi. Organizmdan o‘zgarmagan holda siydik va ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Terining mayda shikastlanishlarida bitish jarayonlarini faollashtirish: yengil kuyishlar va tirnalishlar; radio-, fototerapiya yoki UB-nurlanish natijasidagi terining ta'sirlanishlarida; surunkali yaralarda, yotoq yaralarda, anal yoriqlarida, terini ko‘chirib o‘tkazish va bachadon bo‘yni eroziyalari; kortikosteroidlar bilan davolashda.Quruq va yoriladigan terini parvarish qilish.
Emizikli bolalarda bichilishni oldini olish va davolash.
Emizish davrida sut bezlarini muntazam parvarish qilish, so‘rg‘ichlarning og‘riqliligi yoki yoriqlarini davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llaniladi. Zaruratga qarab krem kuniga bir yoki ko‘p marta qo‘yiladi.Emizikli ayollarning sut bezlarini parvarish qilish: har bir emizishdan keyin so‘rg‘ichga qo‘yiladi.
Emizikli bolani parvarish qilish: taglikni (pelyonka) har gal almashtirganda qo‘yiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar: kontakt va allergik dermatit, qichishish, ekzema, eritema, toshma, eshakemi, terining ta'sirlanishi, pufakli toshmalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar.
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanliklarda qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Dekspentenol xatto yuqori dozalarda ham yaxshi o‘zlashtiriladi va toksik hisoblanmaydi.Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari
Kremni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri.
Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'sirining hollari aniq emas.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik vaqtida preparatni shifokor maslahati bo‘yicha ishlatish mumkin. Laktatsiya davrida so‘rg‘ichlarning yoriqlarini davolashda emizishdan oldin krem qoldiqlarini tozalash kerak.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.Yaroqlilik muddati
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.O‘rami
30 g tuba ilova-varaqasi bilan birga karton qutida joylangan.Berish tartibi
Retseptsiz.