Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Метронидазол
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Hindiston
Производитель
Unique Pharmaceutical Laboratories
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Metrogil sirtga qo‘llash uchun gel 1% 30gr haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Metrogil®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) metronidazol
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gel
Tarkibi
1 gramm gel quyidagilarni saqlaydi
faol modda metronidazol - 10,0 mg
yordamchi moddalar dinatriy edetati, karbomer 940, metilparagidroksibenzoat, natriy gidroksidi, propilparagidroksibenzoat, propilenglikol, tozalangan suv.
Ta'rifi rangsizdan sariq rangligacha bo‘lgan bir xil gel.
Farmakoterapevtik guruhi
mikroblarga qarshi va protozoylarga qarshi vosita
ATX kodi D06BX01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Protozoylarga qarshi va mikroblarga qarshi preparat, 5-nitroimidazol hosilasidir. Ta'sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning xujayra ichidagi transport proteinlari tomonidan metronidazolning 5-nitroguruhini biokimyoviy qaytarilishidan iborat. Metronidazolning qaytarilgan 5-nitroguruhi mikroorganizmlarning nuklein kislotalarining sintezini ingibitsiya qilib, mikroorganizm xujayralaridagi DNK bilan o‘zaro ta'sirlashadi, bu bakteriyani nobud bo‘lishiga olib keladi.
Trichomonas vaginalis, shuningdek grammanfiy anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp. va ayrim grammusbat mikroorganizmlar (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. sezgir shtammlari). Bu shtammlar uchun MBK 0,125-6,25 mkg/ml ni tashkil qiladi.
Sirtga qo‘llanilganida husnbuzarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, uning ta'sir mexanizmi aniq emas (soch follikulalari va yog‘ bezlari sekretida aniqlanadigan Demodex folliculorum kanasiga ta'siri va bu sekretni ishlab chiqarilishiga biron-bir ta'siri bilan bog‘liq emas).
Sirtga qo‘llash uchun metronidazol ehtimol antioksidant faollikka ega. U neytrofillar tomonidan yallig‘lanish joyida to‘qimalarning shikastlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan potentsial oksident hisoblangan faol kislorod, gidroksil radikallar va vodorod peroksidini ishlab chiqarilishini ahamiyatli darajada kamaytiradi. Sirtga qo‘llash uchun metronidazol pushti husnbuzarlarda kuzatiladigan teleangiektaziyalarga nisbatan samarali emas.
Aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar metronidazolga sezgir emas, lekin aralash flora (aeroblar va anaeroblar) bo‘lganida metronidazol oddiy aeroblarga qarshi samarali antibiotiklar bilan sinergik ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi minimal darajada, sirtga qo‘llanilgandan keyin qon zardobida juda kam miqdorda aniqlanadi. So‘rilgan metronidazol yo‘ldosh va gematoentsefalik to‘siq (GET) orqali o‘tadi. Smax – 66 ng/ml gacha (7,5 mg metronidazolga ekvivalent 1 g gel surtilganda).
Qo‘llanilishi
Pushti husnbuzar (shu jumladan poststeroid), vulgar husnbuzar, terining infektsion kasalliklari, oyoqlarning trofik yaralari (venalarning varikoz kengayishi, qandli diabet fonida), sekin bituvchi yaralar, yotoq yaralar, kuyish, ekzema, seboreyali ekzema, yog‘li seboreya, seboreyali dermatit, gemorroy, orqa chiqaruv kanali yoriqlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llash uchun buyuriladi.
Dastlab tozalangan teriga yupqa qavat qilib sutkada 2 marta, ertalab va kechqurun 3-9 xafta davomida surtiladi. Zarurati bo‘lganida okklyuzion bog‘lam qo‘yiladi. Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi 3-4 oyni tashkil etadi, terapevtik samara odatda davolashning 3 xaftasida namoyon bo‘ladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy qo‘llanilganida qondagi metronidazolning kontsentratsiyasi juda past, shuning uchun tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishining ehtimoli kam.
Kam hollarda quyidagilar kuzatilishi mumkin allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi); giperemiya, terini kepaklanishi va achishishi, ko‘z yoshi oqishi (agar gel ko‘zlarga yaqin surtilgan bo‘lsa).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning tarkibiga kiruvchi komponetlarga, shuningdek nitroimidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanilganida varfarin va boshqa bilvosita antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi (protrombin vaqtini uzaytiradi).
Maxsus ko‘rsatmalar
Ko‘z shilliq qavati va ko‘z atrofiga surtilmasin (ko‘z yoshi oqishini chaqirishi mumkin). Gelni ko‘zlarga tushishi holatlarida darhol ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparatni homiladorlikning I uch oyligida homilador ayollarga buyurish tavsiya etilmaydi. Laktatsiya davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Avtomobilni boshqarish va harakatlanuvchi mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtomobilni boshqarish va harakatlanuvchi mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni tavsiya etilgan dozalarda ushbu yuborish usulida qo‘llanilganda dozani oshirib yuborilishi holatlari kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun gel 1%.
-30 g dan uchi alyumin membrana va membranani teshish uchun uchligi bo‘lgan polietilen buraladigan qopqoq bilan berkitilgan alyumin tubada.
-30 g dan uchi alyumin folga, laminatsiya qilingan polietilen va folgani teshish uchun uchligi bo‘lgan (yoki uchligi bo‘lmagan) polipropilen qopqoq bilan berkitilgan laminatsiya qilingan plastik tubada. Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/qayd etish guvohnomasining egasi
«Yunik Farmasyutikal Laboratoriz» firmasi
(«Dj.B.Kemikals end Farmasyutikals Ltd.» firmasining bo‘linmasi)
Vorli, Mumbay - 400 030, Hindiston
Ite'molchilarni e'tirozini qabul qiluvchi tashkilot
Rossiyadagi vakolatxonasi
Moskva sh. 121059, Bryanskaya ko‘ch., 5 uy
Tel. (495) 662 1811, Faks (495) 662 1812