Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Otirelaks quloq tomchilari 40mg/g+10mg/g 15ml №1
Otirelaks quloq tomchilari 40mg/g+10mg/g 15ml №1
Nomi | Narx | |||||
Отирелакс капли ушные 40мг/г+10мг/г 15мл №1 (2313513##2 059) |
UZS 54 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Феназон, лидокаин
Страна производитель
Румыния
Дозировка
40 мг/г + 10 мг/г 15 мл
Производитель
S.C. Rompharm Company S.r.l.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Ушные капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Otirelaks
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) fenazol, lidokain gidroxloridi
Dori shakli
quloq tomchilari 40 mg/g + 10 mg/g.
Tarkibi
1 g preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 40 mg fenazon, 10 mg lidokain gidroxloridi,
yordamchi moddalar natriy tiosulьfati, etil spirti, tozalangan suv, natriy gidroksidi (1M eritma), glitserin.
Ta'rifi ko‘rinadigan zarrachalarsiz tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Otologiya kasalliklarini davolash uchun boshqa vositalar. Analьgetiklar va anestetiklar majmuada.
ATX kodi S02DA30
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Fenazon (pirazol xosilasi) yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta'sirga ega. Lidokain (amid guruhi anestetigi) mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta'sirga ega.
Farmakokinetikasi
Dori vositasi organizmga nog‘ora pardasi shikastlanmaganda o‘tmaydi.
Qo‘llanilishi
O‘rta quloqning og‘riqli xolatlarini nog‘ora pardaning butunligi saqlangan xolatda quyidagilarni mahalliy simptomatik davolashda
-dimlanish ko‘rinishi bilan o‘tkir o‘rta otitda;
-grippdan keyingi asorat sifatidagi otitda;
-barotravmatik otitda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Otirelaks mahalliy tashqi eshitish yo‘liga 4 tomchidan kuniga 2-3 marta tomizish yo‘li bilan qo‘llanadi. Sovuq eritmani quloq suprasiga tegishidan saqlanish maqsadida flakonni ishlatishdan oldin kaftlarda isitish kerak.
Otirelaksni qo‘llash davomiyligi 10 kundan ko‘p emas, shundan keyin buyurilgan davoni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Bolalarda qo‘llanishi
Otirelaks bolalarda tug‘ilgandan boshlab kuniga 3-4 tomchidan 2-3 marta qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy allergik reaktsiyalar, ta'sirlanish va eshitish yo‘lining giperemiyasi paydo bo‘lishini xavfi bor.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
-nog‘ora parda butunligini buzilishi;
-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtda boshqa dorilar bilan o‘zaro ta'siri xaqida ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni qo‘llashdan oldin nog‘ora pardani butunligiga ishonch hosil qilish kerak. Teshilgan nog‘ora pardada preparatni qo‘llash xolida, preparat tizimli qon oqimiga o‘tishi va asoratlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Tomizgandan keyin qalpoqchani zich burash va preparatni yorug‘likdan himoyalash uchun flakonni o‘ramga berkitib qo‘yish kerak.
Sportchilar uchun ma'lumot dori vositasi doping nazoratda ijobiy reaktsiya berish qobiliyatiga ega faol modda saqlaydi.
Otirelaks bolalarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik va emizish davrida Otirelaks preparatini qo‘llash xavfsizligi xaqida ma'lumotlar yo‘q. Preparat homiladorlarga buyurilmaydi, mutlaqo zarur vaziyatlardan tashqari va faqat ona uchun foyda va homila uchun mumkin bo‘lgan xavf baxolagandan keyin.
Shuningdek, ona sutiga preparatning komponentlarini o‘tishi xaqida hech qanday ma'lumotlar mavjud emas. Emizikli ayollarda ushbu dori vositasini qo‘llashdan saqlanish tavsiya etiladi.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat mashina haydash yoki yuqori diqqatni talab qiluvchi murakkab texnika, uskuna yoki har qanday boshqa murakkab jihozlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sirtga qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishiga oid ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Plastik flakon–tomizgich 15 ml.
Flakon–tomizgich qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15-25°S haroratda, original o‘ramida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Yopiq original o‘ramida saqlanganda 3 yil.
Flakon ochilganidan keyin tomchilarni 4 hafta davomida ishlatish kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«K.O. Romfarm Kompani S.R.L.», Ruminiya, Ilfov, 075100 g. Otopen, ul. Yeroilor,№1A
(«S.C. Rompharm Company S.R.L.», Romania, Ilfov, 075100 Otopeni, Str. Eroilor, Nr. 1A).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.