Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аpkosul kapsulalar №100
Nomi | Narx | |||||
Апкосул капсул №100 (CK0211C##2 222) |
UZS 29 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Апкосул капсул №100 (CK0211C##2 234) |
UZS 29 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Растительный экстракт
Страна производитель
Индия
Производитель
Ajanta Pharma Limited
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Apkosul
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda
Mandur Basma33 mg
Suvli ekstraktlar
Capparis spinosa (tikanakli Kavar) 75 mg
Cichorium intybus (oddiy Sachratqi)75 mg
Solanum nigrum (qora Ituzum) 25 mg
Cassia occidentalis (g‘arbiy Kassiya)25 mg
Terminalia arjuna (Ardjun po‘stlog‘i) 32 mg
Achillea millefolium (oddiy Dastorbosh)25 mg
yordamchi moddalar laktoza, metilparaben, mikrokristall sellyuloza, kolloid kremniy dioksidi, povidon, tozalangan talk, magniy stearati.
Ta'rifi qora-to‘q sariq qattiq jelatin kapsulalar o‘zi yopiluvchi “1” o‘lchami, qizg‘ishdan och qizg‘ish rangligacha bo‘lgan, erkin to‘kiluvchi o‘ziga xos hidli kukun saqlagan qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
gepatoprotektor.
ATX kodi A05VA
Farmakologik xususiyatlari
Apkosul preparati o‘tli ingrediyentlar va temir oksidlari aralashmasi hisoblanib, ularning ta'siri jigar faoliyati buzilishlarini normallashtirish, uning regeneratsiyasi va himoyasiga yo‘naltirilgan. Jigarni zararli omillardan himoya qiladi, gepatotsitlar regeneratsiyasini tezlashtirib ularni funktsional holatini yaxshilaydi, yog‘li infiltratsiyadan himoya qiladi. Ishtaxani, ovqat xazm qilishni yaxshilaydi, meteorizmga to‘sqinlik qiladi.
Mandur Basma ikki va uch valentli temir oksididan tarkib topgan vosita bo‘lib, me'da faoliyati va ovqat xazm qilish jarayonini normallashuvini ta'minlaydi. Shuningdek, qonda gemoglobin miqdorini oshishiga yordam beradi. Shuningdek, ko‘pincha jigar kasalliklarida kuzatilgan dispepsiyani davolashda samaralidir.
Tikanakli Kavar rutinga (vitamin R) boy. Jigar va taloq kasalliklarida, gepatitni davolashda, jigar hujayralarini tiklovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Oddiy Sachratqi o‘zining kimyoviy tarkibi tufayli achchiq qo‘zg‘atuvchi va tetiklantiruvchi vosita bo‘lib, ishtaxa yo‘qolishida, safro chiqishini sekinlashishida va moddalar almashinuvi buzilishida, siydik xaydovchi vosita sifatida va shuningdek, qabziyatda, gastritda, ich ketishida, meteorizmda qo‘llaniladi.Jigar kasalliklarida va ayniqsa sariqlik kasalligida, infektsion va toksik gepatitlarda, tireoiditda, o‘t yo‘llari diskineziyasida, o‘t-tosh kasalligida, me'da yara kasalligida, qizilo‘ngachning surunkali kasalliklarida sachratqini qo‘llash ahamiyatli deb topilgan.
Qora Ituzum alkoloid saqlaydi, jigarning mitoxondrial fermentlarini rag‘batlantirib, uning metabolizmini oshiradi, gepatit V ga qarshi antivirus ta'sirga ega. Surunkali jigar sirrozida qo‘llaniladi.
G‘arbiy Kassiya emodin, eksimetilantraxinonlar, toksalbumin saqlaydi, ular jigar kasalliklari bilan bog‘liq shishlarda qo‘llaniladi. Shuningdek, jigar patologiyasi bilan bog‘liq entsefalopatiyada tirishishlarni oldini oladi va susaytiradi, yallig‘lanishni kamaytiradi, tabiiy sorbent hisoblanadi, surgi ta'siriga ega.
Ardjun po‘stlog‘i tanin, shu jumladan birga 15% glyukotanin kislotasi, yaqqol antioksidant ta'sirga ega bioflavonoidlar, glikozidlar, kaltsiy karbonati va ishqoriy xloridlar izlarini saqlaydi. Shuningdek, po‘slog‘ida nihoyatda katta miqdorda kaltsiy tuzlari, bir oz magniy va alyumin tuzlari, taxminan 12% qon tomir devorlarini mustahkamlovchi pirokatexin, organik kislotalar, o‘simlikning diuretik xususiyatiga javob beruvchi saponin triterpid va fitosterollar saqlanadi. Po‘stloq burushtiruvchi vosita hisoblanib yurak ishini rag‘batlantiradi va tetiklantiruvchi samaraga ega. Uni qon ketishlarda va shuningdek, diareya, dizenteriya va malabsorbtsiya sindromida qo‘llaniladi. U jigar sirrozi va o‘t yo‘llari faoliyati buzilishlarida foydali.
Oddiy Dastorbosh burushtiruvchi, siydik haydovchi, antiseptik va tetiklantiruvchi ta'sirga ega, immunitetni rag‘batlantiradi va oshiradi. O‘simlik me'da yara kasalligida va xattoki me'da devori eroziya bilan qoplanganda va qon ketishlarda qo‘llaniladi. Uni shuningdek, kolit, enterokolit, dizenteriyada ham qo‘llaniladi. O‘simlikning sharbatini anemiyani davolashda buyuriladi, u buyraklar, o‘t pufagida toshlar hosil bo‘lishini oldini oladi va yana ko‘plab tibbiy foydali xususiyatlarga ega.
Qo‘llanilishi
Apkosul virusli gepatitni davolashda, jigar kattalashishi va yog‘ distrofiyasida buyuriladi. Shuningdek, Apkosul gepatotoksik ta'sirga ega preparatlar qabul qilishda (masalan, o‘smaga qarshi preparatlar va boshqalar) buyuriladi. Apkosul shuningdek alkogolning jigarga shikastlovchi ta'siridan himoya qiladi. Apkosul jigar faoliyatini butunlay yaxshilabgina qolmay, balki ishtaxa yo‘qolishi va me'da faoliyatini buzilishida ham buyuriladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Apkosulni kuniga 2-3 marta 1-2 kapsuladan yoki shifokor buyurishiga asosan ichga qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mandur Basma.
Dozani oshirib yuborilishi
jiddiy zaharlanishni chaqirishi mumkin.
Capparis spinosa (tikanakli Kavar). Kavar ko‘pchilik odamlar uchun ovqat tarzida qo‘llanganida xavfli emas.
Cichorium intybus (oddiy Sachratqi). Sachratqi ko‘pchilik kattalarga og‘iz orqali qabul qilinganda xavfli emas. Asterceae/murakkabgullilar oilasiga sezuvchanligi bor odamlarda allergik reaktsiya chaqirishi mumkin.
Solanum nigrum. Ko‘p miqdorda alkoloid saqlovchi yashil mevalar va yangi barglarni ko‘p miqdorda iste'mol qilinishi dozani oshirib yuborilishiga olib kelishi mumkin. Simptomlar ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, ayrim hollarda esa qorachiq kengayishi hollarini o‘z ichiga oladi.
Cassia occidentalis (g‘arbiy Kassiya). Kassiya har xil turdagi xayvonlarda og‘ir zaharlanishni chaqirishi ma'lum. Odamlar uchun zaxarliligi haqida, ma'lumotlar juda kam bo‘lib, bu kattalarda nojo‘ya samaralar haqidagi tasodifiy ma'lumotlar bilan chegaralangan.
Terminalia arjuna (Ardjun po‘stlog‘i). Ardjun po‘stlog‘i qisqa vaqt davomida qo‘llanganida xavfsiz bo‘lishi mumkin (uch oy yoki undan kam vaqt davomida).
Achillea millefolium (oddiy Dastorbosh). Yuqori dozalar diareya, haddan tashqari ko‘p siyish va uyquchanlikni chaqirishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Apkosul preparati tarkibidagi moddalarga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlik va laktatsiya davri;
- tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda Achillea millefolium (oddiy Dastorbosh) mavjudligi tufayli qo‘llash mumkin emas;
- 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Cassia occidentalis (g‘arbiy Kassiya). Antigipotenziv preparatlar ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Capparis spinosa ba'zi patsiyentlarda qondagi glyukoza miqdorini pasaytirishi mumkin, shu sababli diabeti bor odamlar qonida qand miqdori nazoratini o‘zgartirishi mumkin. Diabeti bor patsiyentlarda qondagi qand miqdorini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak.
Cichorium intybus (oddiy Sachratqi). O‘t pufagida toshlar sachratqini shifokor nazorati ostida qo‘llash kerak, chunki sachratqi safroga rag‘batlantiruvchi ta'sirga ega.
Maxsus ko‘rsatmalar
Apkosulni me'da va ichakning o‘tkir yallig‘lanishi bor bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Apkosul homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.
Emizish davrida Apkosul xavfsizligi aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi
haqida ma'lumot yo‘q.
Chiqarilish shakli
Har birida 100 kapsuladan plastik konteynerlarda, ilova-yo‘riqnoma bilan.
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin, yorug‘lik va bevosita quyosh nuridan himoyalansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Adjanta Xaus, Charkop, Kandivili (Z),
Mumbay 400067, Xindiston
Tel 91-22-66061000
Faks 91-22-66061200/300
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.