Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nomi | Narx | |||||
Эксан капсулы кишечно растворимые № 24 (240915110##2 483) |
UZS 108 500
UZS 113 100
-4%
Экономия UZS 4 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Диаммония глицирризинат
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Xitoy
Производитель
Chia Tai Tianqing Pharmaceutical Group Co.
Chiqarilish shakli
Капсулы
Eksan ichakda eruvchan kapsulalar №24 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- ATS kodi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Eksan®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) diammoniy glitsirrizinati
Dori shakli
ichakda eruvchan kapsulalar.
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda diammoniy glitsirrizinati – 50 mg;
yordamchi moddalar kraxmal, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy laurilsulfati, letsitin.
Ta'rifi korpusi limon-sariq rangli va qopqoqchasi yashil meva rangli qattiq jelatin kapsulalar.
Kapsulaning tarkibi – sariq rangli granulalar yoki kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
gepatoprotektor
ATS kodi
A05VA
Farmakologik hususiyatlari
Diammoniy glitsirrizinati yallig‘lanishga qarshi samarali ta'sir ko‘rsatadi, jigar hujayralarining membranalarini himoya qiladi va jigarning faoliyatini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan so‘ng Eksan ichakda so‘riladi. Ichakda ovqat bo‘lishi preparatning biokiraolishligiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Qon zardobida preparat maksimal kontsentratsiyasiga, enterogepatik sirkulyatsiya hisobiga, qabul qilingandan so‘ng 8-12 soatdan keyin erishiladi. Preparat va uning metabolitlari plazma oqsillari bilan yaxshi bog‘lanadi. Preparatning taxminan 70% organizmdan safro orqali, 20% nafas yo‘llari orqali karbonad angidrid gazi ko‘rinishida, 2% esa siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• alaninaminotransferazaning miqdori yuqori bo‘lgan o‘tkir va surunkali gepatitlar;
• jigar kasalliklari (alkogolli bo‘lmagan steatogepatit, jigarning yog‘li kasalligi, jigarni tuberkulyozga qarshi preparatlar ta'sirida shikastlanishi) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, 3 kapsuladan kuniga 3 marta, ovqatdan so‘ng 30 minutdan keyin qabul qilinadi. Davolash kursi 3 dan 6 oygacha yoki shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Me'da yoki o‘nikki barmoqli ichak yarasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak., shuningdek dozani kuniga 3 marta 2 kapsulagacha kamaytirish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinni dam bo‘lishi, og‘izni qurishi;
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan taxikardiya, arterial bosimni tez-tez ko‘tarilib turishi;
Boshqalar bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘krak qafasida ezilish xissi bo‘lishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha nojo‘ya reaktsiyalar yengil holda namoyon bo‘ladi. Nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• diammoniy glitsirrizinatga yoki letsitinga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• yaqqol gipokaliyemiya, gipernatriyemiya;
• arterial gipertenziya;
• yurak yetishmovchiligi;
• buyrak yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Eksan preparatini boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
1.Davolashni boshlashdan oldin arterial bosimning darajasini, qon zardobidagi kaliy va natriyning miqdorini tekshirish kerak.
2.Eksan preparatini qo‘llash vaqtida arterial bosim oshib ketganida, gipokaliyemiya rivojlanganida, qon zardobida natriy ushlanib qolganida, davolashni to‘xtatish yoki preparatning dozasini pasaytirish kerak.
3.Me'da yoki 12-barmoq ichak yarasi bo‘lgan patsiyentlar preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Homiladorlik va laktatsiya davri. Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida Eksan preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Bolalar. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va go‘daklarda Eksan preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar. Yetarli ma'lumotlar yo‘q.
Dori vositasini avtotransport va potentsial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilish xususiyati. Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Yetarli ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
12 kapsuladan kontur uyali o‘ramda.
2 kontur uyali o‘ram, davlat va rus tilidagi qo‘llash uchun yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
Chia Tai-Tianqing Pharmaceutical Co., Ltd.”,
Manzili XHR Jiangsu provintsiyasi, Lianyungang shahar, Industrialniy park Haizhou, Yuzhou South, 369
Markaziy Osiyodagi rasmiy distribyutor
“Mu Lin Sen” MChJ, www.mulinsen.ru
O‘zbekiston, Toshkent sh
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.