Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fosfogliv kaps. №50
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фосфолипиды, глицирризиновая кислота
Страна производитель
Россия
Производитель
Фармстандарт-Лексредства,ОАО,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Fosfogliv®
Ta'sir qiluvchi moddalar (XPN) fosfatidilxolin + gitsirrizin kislotasi.
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
Bir kapsula saqlaydi
Faol moddalar Fosfolipidlar (Lipoid S80) (fosfatidilxolinning asosiy komponenti 73-79%) – 65 mg, natriy glitsirrizinati (gitsirrizin kislotasining uchnatriyli tuzi) – 35 mg.
Yordamchi moddalar mikrokristallik sellyuloza – 141,2 mg, kaltsiy karbonati – 204,7 mg, kaltsiy stearati – 0,9 mg, talk – 7,7 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 5,5 mg.
Kapsula qobig‘ining tarkibi
Qattiq jelatin kapsulalar №0.
Korpusi titan diokidi (E 171), temir (III) oksidi (E 172), metilparagidroksibenzoat (metilgidroksibenzoat), propilparagidroksibenzoat (propilgidroksibenzoat), sirka kislotasi, jelatin.
Qopqoqchasi titan diokidi (E 171), temir (II, III) oksidi (E 172), metilparagidroksibenzoat (metilgidroksibenzoat), propilparagidroksibenzoat (propilgidroksibenzoat), sirka kislotasi, jelatin.
Yoki qattiq jelatin kapsulalar №0.
Korpusi titan diokidi (E 171), temir (III) oksidi (E 172), jelatin.
Farmakoterapevtik guruhi
gepatoprotektor vosita.
ATX kodi A05BA
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy vosita. Membranalarni barqarorlashtiruvchi, gepatoprotektor va viruslarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Fosfatidilxolin (fosfolipidlarning ta'sir qiluvchi moddasi) xujayra va xujayra ichki membranalarning asosiy struktur elementi bo‘lib, sitoprotektor ta'sir ko‘rsatadi va ular shikastlanganida, ularning tuzilishi va faoliyatini tiklash qobilyatiga ega. Oqsil va lipid almashinuvini normallashtiradi, gepatotsitlarni fermentlar va boshqa faol moddalarni yo‘qotishini oldini oladi, jigarning detokskatsiyalovchi faoliyatini tiklaydi, jigar fibrozi va sirrozini ro‘y berish xavfini pasaytirib, biriktiruvchi to‘qimani shakllanishini ingibirlaydi.
Glitsirat (glitsirrizin kislotasi va tuzlari) yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega, interferonlarni hosil bo‘lishini rag‘batlantirishi, fagotsitozni oshirishi, tabiiy killer-xujayralarning faolligini oshirishi hisobiga, jigarda viruslarning reproduktsiyasini bostiradi. Antioksidant va membranalarni barqarorlashtiruvchi faolligi tufayli gepatoprotektor ta'sir ko‘rsatadi. Jigarning noinfektsion shikastlanishlarida endogen glyukokortikoidlarning ta'sirini potentsiyalab, yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Teri shikastlanishlarida komponentlarining membranalarni barqarorlashtiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'siri hisobiga jarayonni tarqalishini cheklaydi va kasallikning regressiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Preparatning komponentlari butun molekula ko‘rinishida ham, va gidrolizining biofaol mahsulotlari (to‘yinmagan yog‘ kislotalari, xolin, glitsirret kislotasi) ko‘rinishida ham yaxshi so‘riladi, ular ichak devori orqali so‘rilganidan keyin jigar, o‘pka, teri va boshqa a'zolarga oson kiradi.
Qo‘llanilishi
Virusli gepatit (o‘tkir va surunkali), jigarning yog‘li degeneratsiyasi (gepatoz), jigarning boshqa shikastlanishlari (dorili, alkogolli, toksik), jigar sirrozi, intoksikatsiyalar, psoriaz, neyrodermit, ekzema.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatlanish vaqtida, katta bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 kapsuladan sutkada 3-4 marta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Shaxsiy yuqori sezuvchanlikda teri toshmasi paydo bo‘lishi mumkin, u preparat bekor qilinganidan keyin o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan. Portal gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga kontur uyali o‘ramda.
5 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilotning nomi va manzili
«Farmstandart-Leksredstva» OAJ, 305022, Rossiya, Kursk sh., 2-nchi Agregatnaya ko‘ch.,
1a/18 uy, tel./faks (4712) 34-03-13, www.pharmstd.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.