Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fosfogliv vena ichiga yuborish eritma tayyorlash uchun liofilizat fl. 2.5 №5, to'plamda in'ektsiya uchun eritma suv 10ml №5
Fosfogliv vena ichiga yuborish eritma tayyorlash uchun liofilizat fl. 2.5 №5, to'plamda in'ektsiya uchun eritma suv 10ml №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фосфолипиды, глицирризиновая кислота
Страна производитель
Россия
Дозировка
2,5г
Производитель
Фармстандарт-Лексредства,ОАО,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Лиофилизат для приготовления раствора для инъекций
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Fosfogliv®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) glitsirrizin kislotasi + fosfolipidlar
Dori shakli
vena ichiga yuborish eritma tayyorlash uchun liofilizat
Tarkibi
Bir flakon quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar
fosfolipidlar (Lipoid S 100) - 0,50 g
glitsirrizin kislotasining uchnatriyli tuzi - 0,20 g
yordamchi moddalar
mal'toza - 1,80 g
Ta'rifi oqdan to och-sariq rangligacha bo‘lgan liofilizatsiya qilingan massa.
Farmakoterapevtik guruhi
gepatoprotektor vosita
ATX kodi A05VA
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy vositadir. Membranalarni barqarorlashtiruvchi, gepatoprotektor va viruslarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Fosfatidilxolin (fosfolipidlarning asosiy komponenti) xujayra va xujayra ichki membranalarining asosiy struktur elementi bo‘lib, sitoprotektorlik ta'sir ko‘rsatib, shikastlanishda ularning strukturasi va funktsiyasini tiklash qobiliyatiga ega. Oqsil va lipid almashinuvini normallashtiradi, gepatotsitlar tomonidan fermentlar va boshqa faol moddalarning yo‘qotilishini oldini oladi, jigarning funktsiyasini tiklaydi, jigarning fibrozi va sirrozi paydo bo‘lish xavfini pasaytirib, biriktiruvchi to‘qimani shakllanishini ingibitsiya qiladi.
Glitsirrizin kislotasi yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega, jigar va boshqa a'zolarda interferonlarni ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish, fagotsitozni oshirishi, tabiiy killer-xujayralarning faolligini oshirish hisobiga viruslarning reproduktsiyasini bostiradi. Antioksidant va membranalarni barqarorlashtiruvchi faolligi tufayli gepatoprotektor ta'sir ko‘rsatadi. Glitsirrizin kislotasi endogen kortikosteroidlarning ta'sirini kuchaytiradi, jigarning noinfektsion shikastlanishlarida yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Terini shikastlanishlarida komponentlarining membranani barqarorlashtiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'siri hisobiga, jarayonni tarqalishini cheklaydi va kasallikni regressiyasiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Virusli gepatit (o‘tkir va surunkali), jigarning yog‘li degeneratsiyasi (gepatoz), jigarning boshqa shikastlanishlari (dorili, alkogoli, zaharli), jigar sirrozi, intoksikatsiyalar, psoriaz, neyrodermatit, ekzemada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga buyuriladi. Vena ichiga, kukunni oldindan 10 ml in'ektsiya uchun suvda eritib yuboriladi. Vena ichiga yuborishni asta-sekin amalga oshirish kerak. 10 ml dan har kuni 2 marta ertalab va kechqurun 10 kun davomida yuboriladi, keyinchalik kapsulalar ko‘rinishidagi preparatni peroral qabul qilishga o‘tiladi. Kursning davomiyligi shifokorning tavsiyasiga ko‘ra oshirilishi mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Teri toshmasi paydo bo‘lishi mumkin (shaxsiy yuqori sezuvchanlikda), u preparat bekor qilinganidan keyin yo‘qoladi.
Sutkalik dozalar oshirilganida natriy va suyuqlikning tutilishi, shishlar, arterial bosimni oshishi, gipokaliyemiya kuzatilishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lganida, ularning yaqqolligiga qarab, preparatning dozasini kamaytirish va/yoki sutkada 50-100 mg dan spirinolakton buyurish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Flakonning ichidagisini boshqa eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Eritish uchun faqat in'ektsiya uchun suvni ishlatish kerak. Preparatni suyultirish uchun natriy xloridining fiziologik eritmasi yoki glyukoza eritmasini ishlatish man qilinadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
2,5 g dan preparat rezina tiqin bilan germetik berkitilgan, alyumin qopqoqchalar va ustidan himoyalovchi plastmassa qopqoqchalar bilan qoplangan yoki majmuaviy qopqoqchalar bilan berkitilgan shisha flakonlarda.
Preparat saqlovchi 5 flakonlar 10 ml dan in'ektsiya uchun suv saqlovchi 5 ampulalar (flakonlar) bilan kontur uyali o‘ramga joylanadi.
Bir kontur uyali o‘ram karton qutiga joylanadi.
Yoki 5 yoki 10 flakonlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmstandart-UfaVITA» OAJ, 450077, Rossiya,
Ufa sh., Xudayberdina ko‘ch., 28,
telefon/faks (347) 272 92 85,
www.pharmstd.ru.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100179, Olmazor tumani, Chimboy mavzesi, 5 A,
tel +998712292709.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.