Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gepa-NOVO In'ektsiya uchun eritma 10 ml №10
Gepa-NOVO In'ektsiya uchun eritma 10 ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Комбинированный препарат
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
10 мг
Производитель
Novopharma plus,СП,OOO,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Gepa-NOVO
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Glitsirrizin kislotasi (monoammoniy tuzi ko‘rinishida), glitsin, L-tsistein.
Dori shakli
In'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
ta'sir etuvchi moddalar glitsirrizin kislotasining monoammoniy tuzi, glitsirrizin kislotasiga qayta hisoblanganda (glitsiram) – 20,0 mg; glitsin - 200 mg; L-tsistein gidroxloridi suvsiz monogidrati tuzga qayta hisoblanganda-10,0 mg.
yordamchi moddalar natriy xloridi - 103,0 mg; natriy metabisulfiti - 16,0 mg; suvli ammiak - 30,0 mg; in'ektsiy uchun suv - 10,0 ml gacha.
Ta'rifi Tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Gepatoprotektor
Farmakologik xususiyatlari
Preparatning ta'siri glitsirrizin kislotasining hususiyatlari bilan bog‘liq.
Glitsirrizin kislotasi immunomodulyator ta'siri, yallig‘lanishga qarshi, gepatoprotektor, viruslarga qarshi ta'sirlarga ega. Preparat allergiyaga qarshi faollikka ega bo‘lib va uni quyonlarda Artus va Shvartsman reaktsiyalarini susaytirishi, shuningdek stress-reaktsiyaga nisbatan susaytiruvchi faollikni oshishi, antigranulyatsion ta'sirga va timusni atrofiyaga uchrashiga nisbatan antogonistik ta'siri bo‘yicha ko‘rish mumkin.
Yallig‘lanishga qarshi samara araxidon kislotasi zanjiridagi ta'sirni va A2 va lipooksigenaza kabi hujayra ichi omillarini fosforlanishini sekinlashishi bilan bog‘liq.
Glitsirrizinning immunomodulyator ta'siri samarasi T-hujayralarni faollashishi, Y-interferonini induktsiyasiga, hujayralar metabolizmini jadallashuviga va T-limfotsitlarini differentsiyasini potentsiyalovchi samarasiga bog‘liq.
Kalamushlarda to‘rt xlor uglerodi bilan chaqirilgan eksperimental gepatitda, gepatotsitlarni birlamchi kulturasida glitsirrizinni qo‘llanganda uni gepatoprotektor ta'siri shikastlangan gepatotsitlar darajasini pasaytirishi va ularni proliferatsiyasiga yordam berishi aniqlangan.
Viruslarga qarshi samara viruslarni o‘sishini susayishi yoki faolsizlanishi bilan bog‘liq.
Preparat su'niy gepatit virusi yuborilgan laborator sichqonlarni yarim yashash davrini oshirgan.
Sigir chechagi virusini susaytirish bo‘yicha eksperiment vaqtida preparat quyonlarda papulyoz toshmalarni ingibirlagan. Shuningdek, eksperiment vaqtida «in vitro» sharoitida preparat gerpes virusi o‘sishini susaytirishga va faolsizlanishiga olib kelgan. Glitsin va L-tsistein yuqori dozalarda va uzoq vaqt qo‘llangandan keyin psevdoaldosteronizm simptomlari bo‘lishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Preparatni vena ichiga (v/i) yuborilganda biokiraolishligi 100% tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Preparatni surunkali V va S gepatitlarda, yog‘li gepatozda, jigarning boshqa degenerativ shikastlanishlarida, dorili, alkogolli shikastlanishlarida, jigar sirrozida, teri kasalliklarida va allergiyada (ekzemada, dermatitda, eshakemida, toksikodermiyada, psoriazda, alopetsiyada stomatitda) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Jigarning surunkali kasalliklarida v/i in'ektsiyasi va tomchilab yuborish uchun odatdagi doza 40 ml ni tashkil qiladi.
Maksimal doza 100 ml gacha.
Tomchilab yuborish uchun preparat 250 ml natriy xloridining izotonik eritmasiga yoki 5% glyukoza eritmasi qo‘shiladi.
Teri kasalliklarida yoki allergiyada odatdagi kundalik doza v/i 20-40 ml ni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Anafilaktik shok (qon bosimini pasayishi, hushsiz holat, dispnoe, yuzni qizarishi, shish va boshqalar), doza oshirilganida qon zardobida kaliyni kontsentratsiyasini kamayishi, psevdoaldosteronizm, shuningdek qon bosimini oshishi kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, aldosteronizm, gipokaliyemiyasi va miopatiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tarkibi
da qizilmiya ildizi bo‘lgan boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanganida preparatning tarkibiga kiruvchi glitsirrizin ta'siri kuchayishi aniqlanadi. Buning oqibatida psevdoaldosteronizm paydo bo‘lishi mumkin. Boshqa dori vositalari xalqali diuretiklar, etakrin kislotasi, furosemid, tiazid diuretiklar (trixlormetiazid, trixlortameidon) bilan qo‘llanganda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish zarur.
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanganda ehtiyotkorlik choralari
PreparatlarKlinik simptomlarEhtiyotkorlik choralari
Xalqali diuretiklar
Etakrin kislotasi
Tiazid diuretiklar
(trixlormetiazid, trixlortameiddan)Gipokaliyemiyani rivojlanish ehtimoli (atonik sezuvchanlik, mushaklarni bo‘shashishi)Adekvat choralarni qo‘llash va sinchkov kuzatuvni o‘tkazish (xususan qon zardobida kaliy kontsentratsiyasini aniqlash) kerak
Maxsus ko‘rsatmalar
Anafilaksiya hollarida reaktsiyaning har qanday simptomlaridan qat'iy nazar preparatni qo‘llash darhol to‘xtatilishi va muvofiq choralar qo‘llanishi kerak.
Yuqori dozada yuborilgandan yoki uzoq vaqt davomida qo‘llangandan keyin og‘ir gipokaliyemiya, qon bosimini oshishi, organizmda natriy va suyuqlikni tutilishi, shishlar, tana vaznini oshishi ko‘rinishidagi psevdoaldosteronizm simptomlari va ularga xos simptomlarni paydo bo‘lish ehtimoli paydo bo‘ladi va bunday holatlarda patsiyentlarni sinchkov kuzatish (xususan, qon zardobida kaliyni kontsentratsiyasini aniqlash) zarur. Har qanday simptomlarni paydo bo‘lishidan qat'iy nazar reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda preparatni qo‘llashni darhol to‘xtatish va muvofiq choralarni qo‘llash kerak.
Keksa patsiyentlar
Keksa yoshdagi patsiyentlarga preparatni yuborishni nazoratlangan sekin tezlikda patsiyentni holatini kuzatgan holda ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Bu guruh patsiyentlarda preparatni qo‘llash xavsizligi aniqlanmagan. Preparatni faqat agar potentsial foyda mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyuriladi.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari shish, umumiy lohaslik, bosh og‘rig‘i, toshma, qizib ketish hissi.
Davolash preparatni qo‘llashni to‘xtatish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma, 10 ml dan ampulalarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«NOVOPHARMA PLUS» MChJ QK,
O‘zbekiston Respublikasi 100084, Toshkent sh., Bodomzor yo‘li ko‘ch., 37-“A”,
Tel/faks (+99871) 234-77-87
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.