Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Alloxol tabletkalar №50 Biosintez
Nomi | Narx | |||||
Аллохол таб №50 Биосинтез (841123##2 137) |
UZS 18 500
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Аллохол таб №50 Биосинтез (841123##2 146) |
UZS 18 500
Stokda yetarli (32)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Аллохол таб №50 Биосинтез (841123##2 157) |
UZS 18 500
Stokda yetarli (35)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Дозировка
145 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Биосинтез,ОАО,Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Alloxol
Chiqarilish shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar qoramolning quruq safrosi – 80 mg, quritilgan sarimsoqpiyoz – 40 mg; faollashtirilgan ko‘mir – 25 mg; gazanda barglari – 5 mg;
yordamchi moddalar (yadro) magniy oksidi – 11 mg, kartoshka kraxmali – 43 mg, talьk –3 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 1 mg, kalьtsiy stearati – 2 mg.
yordamchi moddalar (qobig‘i) saxaroza (qand) – 164 mg, magniy gidrokarbonati (magniy karbonat asosi) – 35 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 2 mg, titan dioksidi – 3 mg, povidon (polivinilpirolidon) – 2 mg, talьk – 3 mg, tropeolin O bo‘yovchisi – 0,04 mg, asalari mumi – 0,2 mg.
Ta'rifi dumaloq, ikki tomoni qavariq, och-sariq rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida uch qavat yadrosi – kulrang-qora rangli dog‘li, o‘rta qavati – oq rangli, va tashqi – och sariq rangli ko‘rinadi.
Farmakoterapevtik guruhi
safro haydovchi vosita.
ATX kodi A05AX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Safro haydovchi (xolekinetik va xoleretik) vosita bo‘lib, ichakda chirish va achish jarayonlarini pasaytiradi. Jigar hujayralarining sekretor funktsiyasini kuchaytiradi, me'da-ichak yo‘llarining (MIY) a'zolarining sekretor va harakat faolligini reflektor oshiradi. Safro va o‘t kislotalarini hosil bo‘lishini kuchaytiradi.
Safroning ta'siri jigar parenximasini sekretor funktsiyasiga reflektor ta'siri bilan ifodalanadi. Safro shuningdek MIY sekretor va harakat funktsiyasini kuchaytiradi.
Sarimsoqpiyozning tarkibidagi moddalar MIY sekretor va motor funktsiyasini kuchaytiradi, safroning sekretsiyasini rag‘batlantiradi.
Gazandaning barglari safro haydovchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.
Faollashtirilgan ko‘mir MIY da toksik moddalarni bog‘lab oluvchi adsorbent hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
Alloxol MIY da yaxshi so‘riladi. Alloxolning tarkibidagi holat va xenodezoksixolat kislotalari jigarda metabolizmga uchraydi aminokislotalar bilan kon'yugatsiyaga uchraydi, safroga sekretsiyalanadi, u yerdan yana ichakka chiqariladi, so‘ngra qisman qayta so‘riladi; qolgan qismi ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Surunkali reaktiv gepatit, xolangit, toshsiz (kalьkulyoz bo‘lmagan) xoletsistitda, o‘t chiqarish yo‘llarining gipokinetik tur bo‘yicha diskeneziyasi, atonik qabziyat, postxoletsistektomik sindromida majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin, 1-2 tabletkadan sutkada 3-4 marta 3-4 hafta davomida buyuriladi.
12 yoshdan oshgan bolalarga – 1 tabletkadan kuniga 3 marta (ovqatdan keyin) 3-4 hafta davomida buyuriladi.
Takroriy davolash kurslari 3 oylik interval bilan o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Diareya, allergik reaktsiyalar, qon zardobida “jigar” transaminazalarining faolligini oshishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar.
O‘ta yuqori sezuvchanlik, kalьkulyoz xoletsistit, obturatsion sariqlik, o‘tkir gepatit, jigarning o‘tkir va nimo‘tkir distrofiyasi, me'da va 12 barmoqli ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida), o‘tkir pankreatit, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, saxaroza/izomalьtoza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani malьabsorbtsiya sindromida (chunki tarkibida saxaroza bor) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Qandli diabet (preparatning tarkibida saxaroza bor).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Alyumin gidroksid saqlovchi preparatlar, kolestiramin, kolestipol preparatning so‘rilishi va samarasini kamaytiradi. Bir vaqtda qabul qilish maqsadga muvofiq emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni ona uchun foyda, homila yoki bola uchun xavfdan yuqori bo‘lganida, shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Alohida diqqat va reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishga preparatning ta'siri
Preparat avtomobilni boshqarish qobiliyatiga va alohida diqqatni va reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarishga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Diareya, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, terini qichishishi kuzatilishi mumkin. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
50 tabletkadan polimer bankalarda.
10, 20, 24, 50 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va bosma laklangan alyumin folьgali kontur uyali o‘ramda.
10 tabletkadan 2, 3, 4 yoki 5 kontur uyali o‘ram yoki 1 polimer banka tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
10, 20, 24 va 50 tabletkadan kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga yoki karton qutilar guruh o‘ramiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Biosintez» OAJ, Rossiya, 440033, Penza sh. Drujba ko‘ch., 4, tel/faks (8412) 57-72-49.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.