Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Alloxol tabletkalar №10 Vifitek
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
ВИФИТЕХ,ЗАО,Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- ATS kodi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Alloxol
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Yirik qoramol safrosi - 80 mg
Ekma sarimsoqpiyoz - 40 mg
Ikki uyali gazanda yaproqlari- 5 mg
Faollashtirilgan ko‘mir - 25 mg
Yordamchi moddalar
yadrosi kartoshka kraxmali – 34,25 mg, magniy oksidi – 10,25 mg, talьk – 5,25 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 8,25 mg, kalьtsiy stearati – 2,00 mg;
qobig‘i
VIVACOAT RM-2R-050- 21,00 mg
[gipromelloza (gidroksipropilmetiltsellyuloza) (E 464) - 10,500 mg, titan dioksidi - 5,540 mg, talьk - 2,100 mg, makrogol-3350 (polietilenglikolь-3350) - 1,050 mg, giproloza (gidroksipropiltsellyuloza) - 1,050 mg, quyosh shafaqi sariq bo‘yovchisi (E 110) - 0,025 mg, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi (E 104) - 0,430 mg, temir (II) oksidi bo‘yovchisi (E 172) - 0,305 mg];
tiniq OPADRAY II 85F19250 (OPADRY II 85F19250 Clear) - 2,0 mg
[polivinil spirti - 1,045 mg, makrogol (polietilenglikolь) - 0,295 mg, talьk - 0,600 mg, polisorbat-80 (tvin-80) - 0,060 mg].
Ta'rifi dumaloq, ikki tomoni qavariq, och-sariqdan to sariq rangligacha bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Ko‘ndalang kesimida kulrangroq-qora rangli, ochroqdog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
o‘simliklardan olinadigan o‘t haydovchi vosita.
ATS kodi
A05AX.
Farmakologik xususiyatlari
O‘t haydovchi (xolekinetik va xoleretik) vosita, ichakdagi chirish va achish jarayonlarini pasaytiradi. Jigar xujayralarining sekretor faoliyatini kuchaytiradi, me'da-ichak yo‘llari a'zolarining sekretor va xarakat faoliyatini reflektor ravishda oshiradi.
Qo‘llanilishi
Surunkali reaktiv gepatit, xolangit, xoletsistit, o‘t chiqarish yo‘llarining diskineziyasi, atonik qabziyatlar, postxoletsistektomik sindrom.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan keyin, 3-4 hafta davomida 1-2 tabletkadan sutkada 3-4 marta.
Zo‘rayishida –1-2 oy davomida 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta.
7 yoshdan oshgan bolalarda –3-4 hafta davomida 1 tabletkadan kuniga 3 marta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Diareya, allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, kalьkulez xoletsistit, obturatsion sariqlik, o‘tkir gepatit, jigarning o‘tkir va nimo‘tkir distrofiyasi, me'da va 12-barmoq ichak yara kasalligi, o‘tkir pankreatit, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu dori shaklida).
Ehtiyotkorlik bilan.
Homiladorlik, laktatsiya davri.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Alyuminiy gidroksidi, kolestiramin, kolestipol saqlovchi preparatlar so‘rilishini pasaytiradi va preparatning samarasini kamaytiradi. Ularni bir vaqtda qo‘llash maqsadga muvofiq emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshrib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborish hollari qayd etilmagan, tavsiya etilgan dozadan yuqori dozada uzoq vaqt qabul qilish quyidagi simptomlarni chaqirishi mumkin diareya, ko‘ngil aynishi, teri qichishishi, qonda transaminaza faolligini oshishi.
Davolash preparatni bekor qilish, sipmtomatik davolash, spetsifik antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
Kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan birga guruh o‘ramiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
15 dan 25ºC gacha haroratda va 60% dan yuqori bo‘lmagan namlikda.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«VIFITEX» YoAJ
Manzili 142279, Moskva viloyati., Serpuxovskiy r-n., Obolensk p., GNTS PM
Tel./faks (495) 716-15-81, 716-15-90.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.