Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fitoxol kapsulalar №30
Nomi | Narx | |||||
Фитохол капс. №30 (0070543##1889) |
UZS 59 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Моркови дикой плодов и календулы цветков экстракта густого
Kelib chiqqan mamlakat
Ukraina
Производитель/Ishlab chiqaruvchi
Артериум, Украина
Chiqarish shakli
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Fitoxol
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi.
faol moddalar yovvoyi sabzi mevasi va tirnoqguli quyuq ekstrakti, quyidagilardan olingan Daucus carota L., fructus (yovvoyi sabzi mevasi) va Calendula officinalis L., flos (tirnoqgul guli) (7,75-13,4) 1 dan olingan yovvoyi sabzi mevasi va tirnoqgul guli quruq ekstrakti, ekstrogen etanol 70%, quruq modda xisobida-60 mg, Helichrysum arenarium L., flos (401) o‘lmasgul quruq ekstrakti, ekstrogen etanol 50%-50 mg, Curcuma Yupda L., radix (uzun zarchava ildizi) dan olingan kurkumin S3 kompleksi (64-66)1, ekstrogen etilatsetat- 20 mg, Curcuma longa L., aetheroleum (uzun zarchava ildizi moyi, turmeron moyi) – 5 mg; Mentha x piperita L., aetheroleum (qalampir yalpiz moyi) – 7,5 mg;
yordamchi moydalar og‘ir magniy karbonat; laktoza monagidrati; kanakunjut moyi, magniy alyumometasilikat; talk, kartoshka kraxmali;
jelatinli kapsula tarkibi titan ikki oksidi (E 171); temir (II) oksidi (E172); jelatin.
Ta'rifi qattiq jelatin kapsulalar, korpusi va qopqog‘i sariq rangli.
Kapsula ichidagisi yashil - jigarrang tusli sariqdan to to‘q-sariq ranggacha bo‘lgan granulalangan xolidagi yoki zichlashgan massali kukun, o‘ziga xos xid va dog‘lari bor.
Farmakoterapevtik guruhi
Metabolizm va ovqat xazim qilish tizimiga ta'sir qiluvchi vositalar. Jiga va o‘t yo‘llari kasalliklarida qo‘llaniladigan vositalar.
ATX kodi A05AX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Fitoxol tabiiy kelib chiqishga ega bo‘lgan ko‘p komponentli vosita bo‘lib, preparatning farmakologik xususiyati tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarning ta'siri bilan bog‘liq.
Fitoxol preparatining xoleretik (safro xaydash) – safro xosil bo‘lishini rag‘batlantirish- samarasi preparat tarkibiga kiruvchi quyidagi yovvoyi sabzi mevasi, tirnoqgul guli, o‘lmasgul quruq ekstrakti, uzun zarchava ildizi moyi, qalampir yalpiz moyi komponentlariga bog‘liq.
Fitaxol preparatining xolekinetik ta'siri- safroni o‘t chiqarish yo‘llaridan o‘nikki barmoq ichakga tushishi va safroni turib qolishini oldini olishi uning tarkibiga kiruvchi tirnoqgul guli ekstrakti, o‘lmasgul ekstrakti va uzun zarchava ildizi moyi bilan bog‘liq.
Fitaxol preparatining xolespazmolik samarasi- safro chiqarish yo‘llaridagi og‘riq spazmini yo‘qotish- yovvoyi sabzi mevasi ekstrakti va qalampir yalpiz moyi ta'siri bilan bog‘liq.
Fitaxol preparatining gepatoprotektorlik – jigardagi metabolik jarayonlarni yaxshilash- samarasi yovvoyi sabzi mevasi ekstrakti, tirnoqgul guli ekstrakti, o‘lmasgul ekstrakti, uzun zarchava ildizi moyi, qalampir yalpiz moyi ta'siri bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Urganilmagan.
Qo‘llanilishi
Surunkali kal'kulyoz bo‘lmagan xoletsistit. Safro chiqarish yo‘llar diskineziyasi. Surunkali gepatit (majmuaviy davolash tarkibida) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi. 1-2 kapsuladan sutkasiga 3 marta. Preparatni ovqatdan 30— minut oldin chaynamasdan, oz miqdordagi suv bilan qabul qilinadi. Sutkasida maksimal
dozasi – 6 kapsula. Kasallikni kelib chiqishi va kechishiga qarab davolash davomiyligini va dozasini shifokor tomonidan shaxsiy belgilanadi. Odatda davolash kursi 20 kunni tashkil qiladi. Qayta davolash kursini shifokor bilan maslaxatlashgandan so‘ng o‘tkazish mumkin.
Bolalar
Shifokor ko‘rsatmasiga asosan bolalarda 6 yoshdan qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat xazim qilish tizimi tomonidan qorinni dam bo‘lishi va noxushlik xissi, ichaklarda g‘urillash, diareya, orqa chiqish soxasida qichishish, ko‘ngil aynishi, kekirish
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, boshda og‘irlik xissi.
Boshqa nojo‘ya samaralar issiqlikni xis qilish, yuzni qizarishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, safro yo‘llari obstruktsiyasi, xolangit, o‘t pufagi yiringlashi (epiyema), o‘t toshi kasalligi, jigar va o‘t qopining yallig‘lanish kasalliklari, o‘tkir jigar yetishmovchiligi, o‘tkir buyraklar yetishmovchiligi, o‘t yo‘llarining o‘tkazmasligi, bo‘yrak o‘tkir kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari va boshqa o‘zaro ta'sirlari nomalum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigarning og‘ir kasalliklari va o‘t yo‘llari o‘tkazmasligiga olib keluvchi kasalliklarida extiyotkorlik bilan qo‘llash zarur. Diareya yoki qorinda og‘riq yuzaga kelsa davolashni to‘xtatib shifokor bilan maslaxatlashish kerak.
Fitoxol laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktoza, laktaza tanqisliyligi va glyukoza/galaktoza malabsorbtsiyasi kabi nasliy o‘zgarishlari bo‘lgan bemorlar ushbu preparatni extiyotkorlik bilan qo‘llashlari kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik va emizish davrida ayol uchun kutilayotgan foyda xomila va go‘dakga nisbatan potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan xollarda shifokor ko‘rsatmasiga asosan qo‘llash mumkin.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir etish qobiliyati
Preparat avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish reaktsiya tezligiga ta'sir etmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Xozirgi vaqtga qadar dozani oshirib yuborish xollari qayd etilmagan.
Simptomlari uzoq muddat tavsiya qilinganida yuqori dozada qo‘llanilganida nojo‘ya ta'sirlari kuchayishi mumkin.
Davolash preparatni bekor qilish, simptomatik davolash; maxsus antidodi yo‘q.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan blisterda, 3 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
”Arterium”, Ukraina
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.