Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Abineks tab. 1 mg №8
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Каберголин
Страна производитель
Иран
Дозировка
1 мг
Производитель
Aburaihan Pharmaceutical Co.
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Abineks® 0,5 / Abineks®1
Ta'sir etuvchi modda (XPN) kabergolin
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda kabergolin 0,5 mg, 1 mg;
yordamchi moddalar L-leytsin, laktoza monogidrati.
Ta'rifi
0,5 mg li tabletkalar oq, kapsulasimon, bir tomoni riskali, riskaning har ikki tomonidan “S” va “5” yozuvi bo‘lgan tabletkalar.
1 mg li tabletkalar oq, ellipssimon, bir tomoni “S” yozuvi bo‘lgan riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
laktatsiyani susaytirish vosita.
ATX kodi G02CB03
Farmakologik hususiyatlari
Prolaktin sekretsiyasi ingibitori, shoxkuya alkaloidlarining hosilasi, dofamin D2 retseptorlarining agonisti hisoblanadi. Dofamin D2 retseptorlarini rag‘batlantiradi va buning natijasida gipofizning old qismi gormoni prolaktinning sekretsiyasini yaqqol va davomli susayishini chaqiradi. Abineks® Dofamin D1 retseptorlari, α1, α2 adrenoretseptorlari, serotonin 5NT1 va 5NT2 retseptorlari bilan kam yaqinlikka ega. Abineks® giperprolaktinemiyada, uning hayz siklini buzilishi, bepushtlik, galaktoreya, imponettsiya, libidoni pasayishi kabi ko‘rinishlarini yaqqol namoyon bo‘lishini kamaytirib, terapevtik ta'sir ko‘rsatadi. Fiziologik laktatsiyani oldini oladi va susaytiradi.
Preparatning prolaktin sekretsiyasini pasaytiruvchi ta'siri, kabergolinning ta'sirini xam jadalligi va xam ta'sirining davomiyligi yuzasidan dozaga bog‘liqdir.
Kabergolin tanlab ta'sir ko‘rsatadi va gipofizning boshqa gormonlarining, shuningdek kortizolning bazal sekretsiyasiga ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ichga qabul qilingandan keyin kabergolin me'da-ichak yo‘llari (MIY) dan tez so‘riladi. Plazmada maksimal kontsentratsiyasiga - Smax 0,54 soatdan so‘ng erishiladi. Ovqat qabul qilish faol moddani so‘rilishi va taqsimlanishiga ta'sir qilmaydi.
Taqsimlanishi
Sss ga 4 hafta davolashdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 4142% ni tashkil qiladi.
Chiqarilishi
Siydik bilan chiqariladi. T1/2 sog‘lom ko‘ngillilarda 6368 soatni va giperprolaktinemiya bilan kasallanganlarda 79115 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
-tug‘ruqdan keyingi fiziologik laktatsiyani bartaraf qilish (faqat tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq);
-aniqlangan bor laktatsiyani susaytirish (faqat tibbiy ko‘rsatmalarga muvofiq);
-giperprolaktinemiya bilan bog‘liq buzilishlarni, shu jumladan amenoreya, oligomenoreya, anovulyatsiya va galaktoreya kabi funktsional buzilishlarni davolash;
-gipofizning prolaktin sekretsiyasini kuchaytiruvchi adenomasida (mikro va makroprolaktinomalar), idiopatik giperprolaktinemiyada yoki giperprolaktinemiya bilan birgalikdagi turk egarining “bo‘sh” sindromida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Abineks® ni ichga ovqat vaqtida qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Laktatsiyani bartaraf qilish uchun preparat tug‘ruqdan keyin birinchi kuni 1 mg (2 tabl.) dozada bir marta buyuriladi.
Aniqlangan laktatsiyani susaytirish uchun 2 kun davomida 0,25 mg (1/2 tabl.) dan sutkada 2 marta buyuriladi (umumiy doza 1 mg ga teng).
Giperprolaktinemiya bilan bog‘liq buzilishlarni davolash uchun preparat 0,5 mg dozada haftada 1 yoki 2 qabul qilish uchun (1/2 tabletkadan, masalan, dushanbada va payshanbada) buyuriladi. Haftalik dozani asta-sekin optimal terapevtik samaraga erishilgunigacha 1 oylik interval bilan 0,5 mg ga oshirish kerak. Giperprolaktinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda haftada 4,5 mg gacha bo‘lgan dozalar qo‘llaniladi.
Preparat haftada 1 mg va undan yuqori dozada buyurilganda preparatni qabul qilishni o‘zlashtirilishiga qarab, haftada 2 yoki undan ortiq qabulga taqsimlash kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Arterial bosim (AB) ni pasayishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yurak urishini tezlashishi, epigastral sohada og‘riqlar, qabziyat, gastrit, uyquni buzilishi, burundan qon ketishi, tranzitor gemianopsiya (har bir ko‘zning yarim qismida ko‘rish maydonining nuqsoni), asteniya, yuzni qizish hissi, sut bezlarida og‘riq, depressiya, paresteziya, barmoq tomirlarini spazmi, oyoq mushaklarini tirishishlari, hushdan ketish kuzatilishi mumkin.
Ko‘rsatilgan simptomlar o‘rtacha namoyon bo‘ladi va o‘tkinchi xarakterga ega.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-tug‘ruqdan keyingi arterial gipertenziyada;
-preeklampsiyada;
-homiladorlikda;
-kabergolin yoki preparatning boshqa komponentlariga, shuningdek shoxkuyaning har qanday alkaloidiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kabergolin va shoxkuya alkaloidlarining o‘zaro ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q; shunga qaramay, Abineks bilan uzoq muddatli davolash vaqtida ushbu dori vositalarini bir vaqtda qo‘llashtavsiya qilinmaydi.
Fenotiazin, butirofenon, tioksanten hosilalari, metoklopramid bilan vaqtda qo‘llaganda Abineksning samarasini pasayishi kuzatiladi.
Abineksni makrolidlar guruhi antibiotiklari bilan bir vaqtda qo‘llaganda nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfi oshadi, chunki bu kabergolinning tizimli biokiraolishligini oshishiga olib keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozalashning samarali tartibi tanlanganidan keyin qon zardobida prolaktin darajasini aniqlashni muntazam (1 oyda bir marta) o‘tkazish tavsiya qilinadi. Prolaktin darajasini normallashuvi odatda 24 haftada kuzatiladi.
Abineks yuraktomir kasalliklari, Reyno sindromi, peptik yarasi yoki me'daichakdan qon ketishlari bo‘lgan patsiyentlarga, shuningdek anamnezida og‘ir ruhiy kasalliklari, ayniqsa psixozi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Abineks gipotenziv ta'sir ko‘rsatuvchi preparatlar bilan davolash fonida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Abineks bilan uzoq vaqt davolashda og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ancha past dozalarda buyurish kerak.
Abineks bekor qilinganidan keyin odatda giperprolaktinemiyani qaytalanishi kuzatiladi. Biroq qator patsiyentlarda bir necha oy davomida prolaktin darajasining o‘zgarmas (persistentsiya) supressiyasi kuzatiladi. Ko‘pchilik ayollarda Abineks bekor qilinganidan keyin 6 oydan kam bo‘lmagan vaqt davomida ovulyator sikllar qayd etiladi.
Aniqlangan bor laktatsiyani to‘xtatish uchun yo‘naltirilgan davolash o‘tkazilayotgan emizikli ayollarda ortostatik gipotenziyani yuz berishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, Abineksning 0,25 mg ga teng bir martalik dozasini oshirish mumkin emas.
Abineks bilan davolashni boshlashdan oldin gipofiz faoliyatini to‘liq tekshruvini o‘tkazish buyuriladi.
Abineks giperprolaktinemik gipogonadizmi bo‘lgan ayollarda ovulyatsiyani va fertillikni tiklaydi. Homiladorlik hayz ko‘rish vaqtigacha yuz berishi mumkinligi sababli, amenoreya davrida 4 hafta davomida kamida 1 marta, hayz ko‘rish tiklanganidan keyin esa hayz ko‘rish vaqtining 3 kundan kechikishi kuzatilsa, homiladorlikka test o‘tkazish tavsiya qilinadi. Abineks bilan davolash davrida, shuningdek Abineks bekor qilingandan keyin va anovulyatsiya qaytgunigacha homiladorlikdan saqlanishni xohlagan ayollar kontratseptsiyaning gormonal bo‘lmagan usullarini qo‘llashlari kerak.
Homilador ayollar gipofizning kattalashish simptomlarini o‘z vaqtida aniqlash yuzasidan shifokor kuzatuvida ostida bo‘lishlari kerak, chunki homiladorlik davrida gipofizning yuzaga kelib bo‘lgan o‘smasining o‘lchamlari kattalashishi mumkin.
Preparatni qabul qilish bilan nojo‘ya samaralar dozaga bog‘liqlik xarakteriga ega. Agar Abineks bilan davolashni ancha kam dozalardan (masalan, 0,25 mg dan haftada 1 marta) boshlab keyinchalik terapevtik doza darajasiga erishilgunigacha asta sekin oshirilsa, nojo‘ya samaralar rivojlanish ehtimolinikamaytirish mumkin. Agar o‘zgarmas (persistentsiyaga ega) yoki og‘ir nojo‘ya samaralar yuz bersa, dozani vaqtinchalik kamaytirish va keyin esa asta sekin oshirish (masalan, har 2 haftada haftasiga 0,25 mg ga) preparatni yanada yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Abineks bilan uzoq vaqt davolashda standart laborator testlar ko‘rsatkichlariningnormasidan farq qilishi xarakterli emas; amenoreyasi bo‘lgan ayollarda hayz ko‘rish tiklanganidan keyin dastlabki bir necha oy davomida gemoglobin darajasini pasayishi kuzatilgan.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Abineks bilan davolash to‘xtatilgandan so‘ng 1 oydan kam bo‘lmagan vaqt davomida homiladorlikdan saqlanish kerak, chunki u uzoq muddatli yarim chiqarilish davri bilan xarakterlanadi. Garchi giperprolaktinemiya bilan bog‘lik kasalliklarda Abineks 0,52 mg dan qo‘llanilishi bola tashlash, muddatidan oldin tug‘ish, homiladorlikning turli anomaliyalari va homila rivojlanishida tug‘ma nuqsonlarning yuqori havfi bilan kechmasada, preparatni homilaga ta'siri haqidagi ma'lumotlar juda cheklangan.
Pediatriyada qo‘llanilishi
16 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda Abineksning havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Abineks bilan davolanish vaqtida, ayniqsa Parkinson kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda, uyquchanlik va to‘satdan uyquga ketish epizodlari yuz beradi. Patsiyentlar bunday samaralar haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak va davolanish davrida ularga transport vositalarini yoki mexanizmlarni boshqarishda alohida e'tibor qaratishlari tavsiya qilinadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, dispeptik buzilishlar, ortostatik gipotenziya, ongni chalkashishi/psixoz yoki gallyutsinatsiya bo‘lishi mumkin.
Davolash so‘rilmagan preparatni chiqarilishiga (me'dani yuvish) va AB ni tutib turishga yo‘naltirilgan muolajalarni o‘tkazish kerak. Dopamin antagonistlarini buyurish tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
4, 8 yoki 20 tabletkadan shisha flakonda.
1 shisha flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Ishlab chiqaruvchi
Aburaihan Pharmaceutical Company, Eron
“Farm Abidi Int”, O‘zbekiston buyurtmasi bo‘yicha
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.