Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аrbidol kaps. 100 mg №10
Аrbidol kaps. 100 mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Умифеновир
Страна производитель
Россия
Дозировка
100 мг
Производитель
Фармстандарт-Лексредства,ОАО,Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Arbidol®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) umifenovir
Dori shakli
kapsulalar
faol modda umifenovir (umifenovir gidroxloridi monogidrati (arbidol) umifenovir gidroxloridiga qayta hisoblanganda) -50 mg (100 mg).
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali 15,07 mg (30,14 mg), mikrokristall sellyuloza 27,88 mg (55,76 mg), kolloid kremniy dioksidi (aerosil) 1,0 mg (2,0 mg), povidon (kollidon 25) 5,05 mg (10,1 mg), kaltsiy stearati 1,0 mg (2,0 mg).
Qattiq jelatin kapsulalar titan dioksidi (E 171), xinolin sarig‘i (E 104), quyosh shafag‘i sarig‘i bo‘yovchisi (E 110), metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, sirka kislotasi, jelatin.
Yoki qattiq jelatin kapsulalar titan dioksidi (E 171), xinolin sarig‘i (E 104), quyosh shafag‘i sarig‘i bo‘yovchisi (E 110), jelatin.
Ta'rifi 50 mg li doza - kapsula №3 sariq rangli; 100 mg li doza– kapsula №1 oq rangli, qopqoqchasi sariq rangli. Kapsula ichidagisi – oqdan to ko‘kimtir-sarg‘ish yoki och-sariq tusli oq rangli granulalar va kukun saqlovchi aralashma.
Farmakoterapevtik guruhi
viruslarga qarshi vosita
ATX kodi [J05AX13].
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Viruslarga qarshi vosita. In vitro sharoitda A va V gripp (Influenza virus A, B) viruslari, shu jumladan yuqori patogen (H1N1)pdm09 va A(H5N1) kichik tiplari, shuningdek boshqa viruslar – o‘tkir respirator viruslari infektsiyalar (O‘RVI) (og‘ir darajali o‘tkir respirator sindromi (OO‘RS) bilan assotsiatsiyalangan koronavirus (Soronavirus), rinovirus (Rhinovirus), adenovirus (Adenovirus), respirator-sintsitial virus (Pneumovirus) va paragripp virusi (Paramyxovirus) larni spetsifik bostiradi. Viruslarga qarshi ta'sir mexanizmi bo‘yicha qo‘shilish (fuziya) ingibitorlariga kiradi, virus gemagglyutinini bilan o‘zaro ta'sirga kirishadi va virusning xujayra qobig‘i va xujayra membranalarini qo‘shilib ketishiga to‘sqinlik qiladi. O‘rtacha immunitetni ra-batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Interferon induktsiya ыiluvchi faollikka ega, immunitetning gumoral va xujayraviy reaktsiyalarini, makrofaglarning fagotsitar faoliyatini rag‘batlantiradi, organizmning virusli infektsiyalarga chidamliligini oshiradi. Virusli infektsiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni rivojlanishi, shuningdek surunkali bakterial kasalliklarni zo‘rayish tez-tezligini pasaytiradi. Virusli infektsiyalardagi terapevtik samaradorligi umumiy intoksikatsiyaning va klinik ko‘rinishlarining yaqqolligini pasayishi, kasallik davomiyligini qisqarishi bilan namoyon bo‘ladi. Kam zaharli preparatlarga (LD50>4 g/kg) kiradi. Tavsiya qilingan dozalarda peroral qo‘llanganida odam organizmiga biron-bir salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Tez so‘riladi va a'zolar va to‘qimalarga taqsimlanadi. 50 mg dozada qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 1,2 soat o‘tgach , 100 mg dozada – 1,5 soat o‘tgach erishiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 17-21 soatga teng. Taxminan 40% o‘zgarmagan holda, asosan safro bilan (38,9%) va ahamiyatsiz miqdorda (0,12%) buyraklar orqali chiqariladi. Birinchi sutka davomida yuborilgan dozaning 90% chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va bolalarda profilaktika va davolash A va V grippi, boshqa O‘RVI (shu jumladan bronxit bilan asoratlangan), og‘ir darajali o‘tkir respirator sindromi (OO‘RS).
3 yoshdan oshgan bolalarda rotavirus etiologiyali o‘tkir ichak infektsiyalarini majmuaviy davolash.
Surunkali bronxit, pnevmoniya va qaytalanuvchi gerpetik infektsiyani majmuaviy davolash.
Operatsiyalardan keyingi infektsion asoratlarni oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan oldin buyuriladi.
Bir martalik doza 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg (100 mg dan 2 kapsula yoki 50 mg dan 4 kapsula).
Kattalarda va bolalarda gripp va boshqa O‘RVI ni nospetsifik profilaktikasi va davolash uchun
Gripp va boshqa O‘RVI ni nospetsifik profilaktikasi
Gripp va boshqa O‘RVI epidemiyasi davrida nospetsifik profilaktika uchun
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg kuniga bir marta 3 xafta davomida.
Gripp va boshqa O‘RVI bo‘lgan bemor bilan bevosita kontaktda
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg kuniga bir marta 10-14 kun davomida.
Gripp va boshqa O‘RVI ni davolash
Asoratlanmagan kechishida
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5 sutka davomida.
Asoratlar (bronxit, pnevmoniya va boshqalar) rivojlanganda
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5 sutka davomida, so‘ngra bir martalik doza xaftada 1 marta 4 xafta davomida buyuriladi.
3 yoshdan oshgan bolalarda rotavirus etiologiyali o‘tkir ichak infektsiyalarini majmuaviy davolash
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5 sutka davomida.
Og‘ir o‘tkir respirator sindromni (OO‘RS) nospetsifik profilaktikasi va davolash uchun
OO‘RS ni nospetsifik profilaktikasi uchun (bemor bilan kontaktda)
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 200 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 100 mg kuniga bir marta (ovqatdan oldin) 12-14 kun davomida.
OO‘RS ni davolash uchun
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 200 mg kuniga 2 marta 8-10 sutka davomida.
Bronxit, pnevmoniya, qaytalanuvchi gerpetik infektsiyani majmuaviy davolash
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5-7 sutka davomida, so‘ngra bir martalik doza xaftada 2 marta 4 xafta davomida buyuriladi.
Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish
Operatsiyadan 2 sutka oldin, so‘ngra operatsiyadan keyin 2 va 5 sutkada 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda– allergik reaktsiyalar.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi og‘irlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Umifenovir yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (50 mg doza uchun), 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (100 mg doza uchun) da qo‘llash mumkin emas. Arbidol preparatini og‘ir o‘tkir respirator sindromda qo‘llaganda quyidagi cheklovlar mavjud 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda OO‘RS ni nospetsifik profilaktikasi va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda OO‘RS ni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan birga buyurilganida salbiy samaralar aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan preparatni qabul qilish sxemasi va davomiyligiga amal qilish kerak. Preparatning bitta dozasi o‘tkazib yuborilgan hollarda – o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq qabul qilish va preparatni qabul qilishni boshlangan sxema bo‘yicha davom ettirish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlikni kechishi, embrion va homilani rivojlanishi, tug‘ruq faoliyati va postnatal rivojlanishga preparatning zararli ta'sirlari aniqlanmagan. Arbidol® preparatini homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida Arbidol® faqat ona uchun uni qo‘llanishidan kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurilishi mumkin. Foyda/xavf nisbati shifokor tomonidan aniqlanadi.
Arbidol® preparatining faol moddasi yoki uning metabolitlari laktatsiya davrida ko‘krak sutiga kirishi noma'lum. Arbidol® ni qo‘llash zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Markaziy neyrotrop faollik namoyon qilmaydi va tibbiyot amaliyotida turli, shu jumladan yuqori diqqatni va harakatlar koordinatsiyasini talab qiluvchi (transport vositalarini haydovchilari, operatorlar va boshqa) kasb egalarida qo‘llanishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 50 mg va 100 mg.
5 yoki 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda.
1, 2 yoki 4 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi korxonaning nomi va manzili
«Farmstandart-Leksredstva» OAJ,
305022, Rossiya, Kursk sh., 2-nchi Agregatnaya ko‘ch., 1a/18,
tel./faks (4712) 34-03-13
www.pharmstd.ru
www.arbidol.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.