Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bronxomunal kaps 7,0 mg №10
Bronxomunal kaps 7,0 mg №10
Nomi | Narx | |||||
Бронхомунал капс. 7,0 мг №10 (MK9061##1903) |
UZS 130 900
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Бронхомунал капс. 7,0 мг №10 (MK9061##2010) |
UZS 130 800
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Смесь лизатов бактерий
Страна производитель
Словения
Дозировка
7 мг
Производитель
Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
BRONXO-MUNAL® kapsulalar 7,0 mg (kattalar uchun)
BRONXO-MUNAL® P kapsulalar 3,5 mg (bolalar uchun)
Dori shakli
kapsulalar
Tarkibi
BRONXO-MUNAL® va BRONXO-MUNAL® P ko‘pincha nafas yo‘llarining infektsiyalarini chaqiruvchi bakteriyalar Diplococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella ozaenae, Staphylococcus aureus, Streptococcus viridans, Streptococcus pyogenes, Neisseria catarrhalis liofilizatlangan lizatini saqlaydi.
BRONXO-MUNAL® ning har bir kapsulasi 7,0 mg bakteriyalarning liofilizatlangan lizatini saqlaydi.
BRONXO-MUNAL® P shaklidagi har bir kapsulasi 3,5 mg bakteriyalarning liofilizatlangan lizatini saqlaydi.
Yordamchi komponentlari suvsiz propilgallati, mononatriy glutamati (suvsiz glutamat natriyga mos keladi), mannitol, magniy stearati, qaytajelatinlangan kraxmal.
Jelatin kapsulalar tarkibi indigotin (E 132), titan dioksidi (E 171), jelatin.
Ta'rifi
BRONXO-MUNAL® 7,0 mg li kapsulalar
Tashqi ko‘rinishi va rangi
kapsulalar oq-havorang-havorang, tiniq bo‘lmagan kapsulalar;
kapsulalarning ichidagisi och-sarg‘ish rangli kukun.
BRONXO-MUNAL® P 3,5 mg li kapsulalar
Tashqi ko‘rinishi va rangi
kapsulalaroq-havorang, tiniq bo‘lmagan kapsulalar;
kapsulalarning ichidagisi och-sarg‘ish rangli kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
immunomodulyator vosita.
Immunobiologik ta'siri
Preparat organizmning immun javobini modullaydi, ham xujayraviy, ham gumoral immunitetni rag‘batlantiradi. Infektsiyaning tez-tezligi va og‘irligini kamaytiradi, shu bilan antibiotiklarniishlatishzaruratini kamaytiradi.
Qo‘llanilishi
BRONXO-MUNAL® va BRONXO-MUNAL® P ikkala shakli nafas yo‘llarining infektsion kasalliklarini majmuaviy davolash tarkibida immunomodullovchi davolash sifatida qo‘llanadi.
BRONXO-MUNAL® va BRONXO-MUNAL® P yuqori va quyi nafas yo‘llarining qaytalanuvchi infektsiyalari (surunkali bronxit, tonzilit, faringit, laringit, rinit, sinusit, otit) da buyuriladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga BRONXO-MUNAL® 7,0 mg kapsulalari buyuriladi.
12 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga BRONXO-MUNAL® Pbuyuriladi.
Preparat ertalab och qoringa qabul qilinadi. Bir martalik (sutkalik) doza 1 kapsulani tashkil qiladi. Agarda bola kapsulani yutaolmasa, kapsulani ochish, kapsulaning ichidagisi ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan (choy, sut yoki sharbat) eritish tavsiya qilinadi.
Nafas yo‘llarining infektsion kasalliklarini oldini olish uchun preparat uch o‘n kunlik kurslar va ular orasida yigirma kunlik interval bilan qo‘llanadi.
Kasallikning o‘tkir davrida BRONXO-MUNAL® bir kapsuladan kuniga kamida 10 kun davomida tavsiya etiladi. Zarurati bo‘lganida antibiotiklar bilan birga majmuada qo‘llash mumkin. Keyingi 2 oyda oldini olish uchun 20 kunlik intervalni saqlagan holda, 1 kapsuladan 10 kun davomida qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 va <1/10), tez-tez emas (>1/1000 va <1/100), kam (1/1000 va <1/10000), juda kam (<1/10000).
Umumiy buzilishlar
Kam ayniqsa davolashni boshida aniqlanmagan sababli yuqori isitma (>39°S).
Teri va teri osti kletchatkasining patologiyasi
Kam o‘ta yuqori sezuvchanlik (eshakemi, angionevrotik shish), teri reaktsiyalari (eritema, ekzema, purpura). Juda kam tugunli eritema.
Me'da-ichak buzilishlari
Kam ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, epigastriyada og‘riq.
Nafas, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i patologiyasi
Davolashni boshida respirator kasalliklarini ahamiyatsiz o‘sishi kuzatilishi mumkin, masalan yo‘tal, rinofaringit, laringit, sinusit yoki bronxit paydo bo‘lishi mumkin. Kam astma xurujlari.
Immun tizimini buzilishlari
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. Boshqa har qanday preparatlar kabi BRONXO-MUNAL® har qanday kutilmagan samaralarni chaqirishi mumkin. Preparatni qo‘llashning hamma davrida kutilmagan samaralar juda kam qayd qilingan. Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarning alohida hollari (epigastriya sohasida og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, diareya, qusish), tana haroratining ko‘tarilishi aniqlanmagan. Agarda sanab o‘tilgan belgilar kuchsiz namoyon bo‘lsa, preparatni bekor qilish talab etilmaydi. Preparatga yuqori sezuvchanlik belgilari bo‘lishi mumkin (teri allergik reaktsiyalari). Yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish tavsiya etiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik;
-autoimmun kasalliklar;
-o‘tkir ichak infektsiyalari;
-1 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Peroral vaktsinalarni va BRONXO-MUNAL® preparatini qabul qilish orasida to‘rt haftalik interval tavsiya etiladi.
Dozani oshirib yuborilishi
dan saqlash uchun bolalarda kattalar uchun kapsulani qo‘llash mumkin emas.
Yuqori haroratni paydo bo‘lishi hollarida (aniqlanmagan sababli 39°S dan yuqori) davolashni to‘xtatish kerak, ayniqsa davolashning boshida. Patsiyentga shukam uchraydigan noxush samarasi haqida ma'lumot berishi kerak, bunda isitmaning ushbu turini asosiy kasallik natijasida paydo bo‘lgan isitmadan farqlash kerak.
Ayrim hollarda moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda bakterial ekstraktlarni saqlovchi preparatlarni qabul qilgandan keyin, astma xurujlarini paydo bo‘lishi kuzatilgan. Bunday hollarda BRONXO-MUNAL® preparatini qo‘llashni darhol to‘xtatish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik, emizish davrida preparatning xavfsizligi o‘rganilmagan, shuning uchun bu davrlarda preparatni ishlatish tavsiya etilmaydi. Preparatni ko‘krak suti bilan chiqarilishi ma'lum emas.
Agarda Siz homilador bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingizni davolovchi shifokoringizga xabar bering.
Diqqatni jamlash qobiliyatiga ta'siri
Maxsus ehtiyotkorlik talab etilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishning qanday-bo‘lmasin klinik belgilari aniqlanmagan.
Preparat dozasini oshirib yuborilishi oqibatidagi intoksikatsiyalar haqida ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
BRONXO-MUNAL® 7,0 mg li kapsulalar №10 yoki №30 blisterlar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
BRONXO-MUNAL® 3,5 mg li kapsulalar №10 yoki №30 blisterlar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
O‘ramida ko‘rsatilgan.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Lek d.d., Verovshkova 57, Lyublyana, Sloveniya
OM PHARMA, Jeneva, Shveytsariya bilan hamkorlikda.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.