Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kagotsel tab. 12 mg №20
Kagotsel tab. 12 mg №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кагоцел 12 мг
Страна производитель
Россия
Дозировка
12 мг
Производитель
ООО "Хемофарм"
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kagotsel®
Kimyoviy nomi (1→4)-6-0-karboksimetil-β-D-glyukoza, (1→4)-β-D-glyukoza va (21→24)-2,3,14,15,21,24,29,32-oktagidroksi-23-(karboksimetoksimetil)-7, 10-dimetil-4, 13-di(2-propil)-19,22,26,30,31-pentaoksageptatsiklo [23.3.2.216.20.05.28.08.27.09.18.012.17] dotriakonta-1,3,5(28),6,8(27),9(18),10, 12(17), 13,15-dekayen sopolimerining natriyli tuzi.
Dori shakli
tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda Kagotsel® - 12 mg;
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali – 10 mg, kaltsiy stearati – 0,65 mg, Ludipress (bevosita presslangan laktoza, Ludipressa tarkibi laktoza monogidrati, povidon (Kollidon 30), krospovidon (Kollidon CL)) - 100 mg massali tabletka olinguncha.
Ta'rifi kremsimondan jigarrang rangligacha bo‘lgan, dumaloq, ikkiyoqlama qavariq dog‘lari bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
viruslarga qarshi vosita.
ATX kodi J05AX
Farmakologik xususiyatlari
Kagotsel® ning asosiy ta'sir mexanizmi interferonning ishlab chiqarilishini induktsiyalash qobiliyati hisoblanadi. Kagotsel® odam organizmida viruslarga qarshi yuqori faollikka ega bo‘lgan α- va β-interferonlarning aralashmasi hisoblangan kechki interferonning hosil bo‘lishini chaqiradi. Kagotsel® organizmning viruslarga qarshi javobida ishtirok etuvchi deyarli barcha populyatsiyadagi hujayralarda T- va V-limfotsitlarda, makrofaglarda, granulotsitlarda, fibroblastlarda, endotelial hujayralarda interferonning ishlab chiqarilishini chaqiradi. Kagotsel® ning bir dozasi ichga qabul qilinganida qon zardobida interferonning titri 48 soatdan keyin maksimal ko‘rsatkichlarga yetadi. Kagotsel® ni yuborilishiga organizmning interferonli javobi interferonni qon oqimida davomli (4-5 sutkagacha) aylanib yurishi bilan ifodalanadi. Kagotsel® ichga qabul qilinganida interferonni ichakda to‘planish dinamikasi, qonda aylanib yurgan interferonning titrlari dinamikasi bilan to‘g‘ri kelmaydi. Qon zardobida interferonning ishlab chiqarilishini yuqori ko‘rsatkichlarga, Kagotsel® qabul qilinganidan keyin 48 soat o‘tgachgina yetadi, ayni paytda ichakda interferonning ishlab chiqarilishini maksimumiga 4 soatdan keyinoq aniqlanadi.
Kagotsel® terapevtik dozalarda buyurilganida toksik emas, organizmda to‘planmaydi. Preparat mutagen va teratogen xususiyatlarga ega emas, kantserogen emas, embritoksik ta'sirga ega emas. Kagotsel® bilan davolashda eng yuqori samaradorlikka o‘tkir infektsiya boshlanganidan keyin kechi bilan 4 kuni buyurilganida erishiladi. Profilaktik maqsadda preparatni har qanday muddatlarda, shu jumladan bevosita infektsiya qo‘zg‘atuvchisi bilan bo‘lgan kontaktdan keyin ham buyurish mumkin.
Farmakokinetikasi
Organizmga yuborilganidan keyin 24 soat o‘tgach Kagotsel® asosan jigarda, kamroq darajada o‘pkalarda, timusda, taloqda, buyraklarda, limfa tugunlarda to‘planadi. Past kontsentratsiyasi yog‘ to‘qimasida, yurakda, mushaklarda, urug‘donda, miyada, qon plazmasida aniqlanadi. Kagotsel® ning bosh miyadagi kam miqdori, gematoentsefalik to‘siq orqali uning o‘tishini qiyinlashtiruvchi preparatning yuqori molekulyar massasi bilan tushuntiriladi. Qon plazmasida preparat asosan bog‘langan holda bo‘ladi.
Kagotsel® har kuni ko‘p marta yuborilganida taqsimlanish hajmi barcha o‘rganilgan a'zolarda keng chegaralarda tebranadi. Preparatni taloqda va limfatik tugunlarda to‘planishi ayniqsa yaqqolroqdir. Ichga qabul qilinganida umumiy qon oqimiga preparatning yuborilgan dozasining taxminan 20% tushadi. So‘rilgan preparat qonda, asosan makromolekulalar bilan lipidlar bilan – 47%, oqsillar bilan – 37% bog‘langan holda aylanib yuradi. Preparatning bog‘lanmagan qismi taxminan 16% ni tashkil qiladi.
Chiqarilishi organizmdan preparat asosan ichak orqali chiqariladi yuborilganidan keyin 7 sutka o‘tgach, organizmdan yuborilgan dozaning 88% chiqariladi, shu jumladan 90% - ichak orqali va 10% buyraklar orqali chiqariladi. Chiqarilayotgan havoda preparat aniqlanmaydi.
Qo‘llanilishi
Kagotsel® kattalar va 3 yoshdan boshlab bolalarda grippda va boshqa o‘tkir respirator virusli infektsiyalarda (O‘RVI) profilaktik va davolash vositasi sifatida, shuningdek kattalarda gerpesda davolash vositasi sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun.
Gripp va O‘RVI ni davolash uchun kattalarga birinchi ikki kun – 2 tabletkadan kuniga 3 marta, keyingi ikki kun – bir tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi. Hammasi bo‘lib kursga – 18 tabletka, kursning davomiyligi – 4 kunni tashkil qiladi.
Kattalarda gripp va O‘RVI ni oldini olish 7 kunlik sikllar bilan olib boriladi ikki kun – 2 tabletkadan kuniga 1 marta, 5 kun tanaffus, so‘ngra sikl takrorlanadi. Profilaktik kursning davomiyligi – bir haftadan bir necha oygacha davom etadi.
Kattalarda gerpesni davolash uchun 2 tabletkadan kuniga 3 marta 5 kun davomida buyuriladi. Hammasi bo‘lib kursga – 30 tabletka, kurs davomiyligi – 5 kunni tashkil qiladi.
3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga gripp va O‘RVI ni davolash uchun birinchi ikki kun – 1 tabletkadan kuniga 2 marta, keyingi ikki kun – bir tabletkadan kuniga 1 marta buyuriladi. Kursga hammasi bo‘lib – 6 tabletka, kurs davomiyligi – 4 kunni tashkil qiladi.
6 yoshdan oshgan bolalarda gripp va O‘RVI ni davolash uchun birinchi ikki kuni – 1 tabletkadan kuniga 3 marta, keyingiikki kun - 1 tabletkadan kuniga 2 marta buyuriladi. Kursga hammasi bo‘lib – 10 tabletka, kurs davomiyligi – 4 kunni tashkil qiladi.
3 yoshdan boshlab bolalarda gripp va O‘RVI ni oldini olish 7 kunlik sikllar bilan olib boriladi ikki kun 1 tabletkadan kuniga 1 marta, 5 kun tanaffus, so‘ngra sikl takrorlanadi, profilaktik kursning davomiyligi – bir haftadan bir necha oygacha davom etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan har qanday nojo‘ya samaralar chuqurlashsa yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Homiladorlik va laktatsiya davri;
-3 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
-Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoza malabsorbtsiya sindromida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kagotsel® viruslarga qarshi boshqa preparatlar, immunomodulyatorlar va antibiotiklar bilan yaxshi qo‘shiladi (additiv samara).
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolash samarasiga erishish uchun Kagotsel® qabul qilishni kasallik boshlanishini to‘rtinchi kunidan kech qolmasdan boshlash kerak.
Homilador ayollarda, emizikli ayollarda qo‘llash ehtimoli va uning o‘ziga xosligi
Zarur klinik ma'lumotlarni yo‘qligi sababli Kagotsel® ni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri o‘rganilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza tasodifan oshirib yuborilganida ko‘p miqdorda suyuqlik ichishni buyurish, qusishni chaqirish tavsiya qilinadi.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 12 mg.
10 tabletkadan polivinilxlorid/polivinilidenxlorid plyonka va issiqlik bilan yopishtiriladigan qoplama alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda.
1 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
Qayd etish guvohnomasi berilgan yuridik shaxs
“NIARMEDIK PLYuS” MChJ, Rossiya, 125252, Moskva sh., Aviakonstruktor Mikoyan ko‘ch., 12 uy, telefon/faks +7 (495) 741-49-89
Iste'molchilarni e'tirozlarini quyidagi manzilga yuborilishi.
“NIARMEDIK PLYuS” MChJ, Rossiya, 125252, Moskva sh., Aviakonstruktor Mikoyan ko‘ch., 12 uy, telefon/faks +7 (495) 741-49-89, elektron pochta safety@nearmedic.ru.
Ishlab chiqaruvchi
korxona
«Xemofarm» MChJ, Rossiya,
249030, Kaluga viloyati, Obninsk sh., Kiyevskoye shossesi, 62 uy,
telefon +7 (48439) 90-500; faks +7 (48439) 90-525.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.