Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Polioksidoniy 3mg №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Полиоксидоний
Страна производитель
Россия
Дозировка
3 мг
Производитель
Петровакс Фарм,НПО,ООО,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Лиофилизат для приготовления раствора для внутривенного и внутримышечного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Polioksidoniy®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) azoksimer bromidi
Dori shakli
in'ektsiya uchun va mahalliy qo‘llashga eritma tayyorlash uchun liofilizat.
Tarkibi
1 ampula yoki flakon quyidagilarni saqlaydi
faol modda polioksidoniy® (azoksimer bromidi) -3 mg yoki 6 mg
yordamchi moddalar mannitol, povidon, betakaroten - 4,5 mg gacha 3 mg dozasi uchun yoki 9 mg gacha 6 mg dozasi uchun.
Ta'rifi Sarg‘ish tusli oq ranglidan to sariq rangligacha bo‘lgan g‘ovak massa. Preparat gigroskopik va yorug‘likka sezuvchan.
Farmakoterapevtik guruhi
immunomodulyatsiya qiluvchi vosita.
ATX kodi L03
Farmakologik xususiyatlari
Polioksidoniy® immunomodulyatsiya qiluvchi ta'sirga ega bo‘lib, lokal va tarqalgan infektsiyalarga nisbatan organizmning rezistentligini oshiradi. Polioksidoniy®ning immunomodulyatsiya qiluvchi ta'sir mexanizmi asosan fagotsitlovchi hujayralarga va tabiiy killerlarga bevosita ta'siri, hamda antitelolar hosil bo‘lishini rag‘batlantirishidir.
Polioksidoniy® turli infektsiyalar, jarohatlar, kuyishlar, xavfli o‘smalar, jarrohlik operatsiyalar, kimyoterapevtik vositalar, shu jumladan sitostatiklar, steroid gormonlar qo‘llanganidan keyingi asoratlar chaqirgan ikkilamchi immuntanqisligi holatlarida immun reaktsiyalarini tiklaydi.
Immunomodulyatsiya qiluvchi ta'siri bilan birga Polioksidoniy®, yaqqol detoksikatsion va antioksidant faollikka ega, organizmdan toksinlar, og‘ir metallarning tuzlarini chiqarish qobiliyatiga ega, lipidlarning perekisli oksidlanishini ingibitsiya qiladi. Ko‘rsatilgan xususiyatlari preparatning tuzilishi va yuqori molekulyar tabiati bilan belgilanadi. Polioksidoniy® ni onkologik bemorlarning majmuaviy davolashga kiritilishi kimyo - va nur bilan davolash fonida intoksikatsiyani kamaytiradi, ko‘pchilik hollarda infektsion asoratlar va nojo‘ya samaralarining (miyelosupressiya, qusish, diareya, sistit, kolit va boshqalar) rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan sxemani o‘zgarishisiz standat davolashni o‘tkazish imkoniyatini beradi.
Polioksidoniy®ni ikkilamchi immun tanqisligi fonida qo‘llash, davolashning samaradorligini oshirish va davolash muddatini qisqartirish, antibiotiklar, bronxolitiklar, glyukokortikoidlarni ishlatishni ancha kamaytirish, remissiya muddatini uzaytirish imkoniyatini beradi.
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, mitogen, poliklonal faollikka, antigen xususiyatlarga ega emas, allergizatsiya qiluvchi, mutagen, embriotoksik, teratogen va kantserogen ta'sirlar ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Polioksidoniy® mushak ichiga yuborilganida yuqori biokiraolishlikka ega (89%); qondagi maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti – 40 minut; barcha a'zolar va to‘qimalarga tez taqsimlanadi. Organizmdagi yarim taqsimlanish davri (tez fazasi) – 0,44 soat, yarim chiqarilish davri (sekin fazasi) – 36,2 soat. Organizmda preparat oligomerlargacha gidrolizga uchraydi, ular asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va 6 oylikdan boshlab bolalarda immunitetini muvofiqlashtirish.
Kattalarda quyidagilarni majmuaviy davolashda
• zo‘rayish va remissiya bosqichidagi standart bilan davolab bo‘lmaydigan surunkali qaytalanuvchan infektsion-yallig‘lanishli kasalliklarda;
• o‘tkir va surunkali virusli va bakterial infektsiyalarda (shu jumladan urogenital infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida);
• tuberkulyozda;
• o‘tkir va surunkali allergik kasalliklarda (shu jumladan pollinoz, bronxial astma, atopik dermatitda), asoratlangan surunkali qaytalanuvchan bakterial va virusli infektsiyalarda;
• onkologiyada kimyo- va nur davolash jarayonida va undan keyin dori preparatlarining immunosupressiv nefro- va gepatotoksikligini kamaytirish uchun;
• regenerator jarayonlarni (sinishlar, kuyishlar, trofik yaralar), faollashtirish uchun;
• uzoq vaqt immunodepressantlar bilan davolangan revmatoid artritda; O‘RK bilan asoratlangan revmatoid artritni kechishida;
• operatsiyalardan keyingi infektsion asoratlarini oldini olish uchun;
• gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni oldini olish uchun.
Bolalarda quyidagilarni majmuaviy davolashda
• bakteriyali, virusli, zamburug‘li infektsiyalarni qo‘zg‘atuvchilari chaqirgan o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklarda (shu jumladan LOR-a'zolarining – sinusitda, rinitda, adenoiditda, bodomsimon bezlarning gipertrofiyasida, ORVI);
• o‘tkir allergik va toksiko-allergik xolatlarda;
• respirator yo‘llarining surunkali infektsiyalari bilan asoratlangan bronxial astmada;
• yiringli infektsiya bilan asoratlangan atopik dermatitda;
• ichak disbakteriozida (spetsifik terapiya bilan birga);
• tez-tez va davomli kasal bo‘luvchi shaxslarni reabilitatsiyasi uchun;
• gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni oldini olishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Polioksidoniy® preparatini qo‘llash usullari parenteral, intranazal. Qo‘llash usullari kasallikning og‘irligi, bemorning yoshiga qarab, shifokor tomonidan tanlanadi.
Mushak ichiga yoki vena ichiga (tomchilab) preparat kattalarga 6-12 mg dozada sutkada 1 marta har kuni, yoki kunora, yoki haftada 1-2 marta qo‘yilgan tashxisga yoki kasallikning og‘irligiga qarab buyuriladi.
Mushak ichiga yuborish uchun ampula yoki flakon ichidagisi 1,5-2 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki in'ektsiya uchun suvda eritiladi. Vena ichiga (tomchilab) yuborish uchun preparat 2 ml 0,9% li natriy xloridi eritmasida, Gemodez-N da, Reopoliglyukinda yoki 5% li dekstroza eritmasida eritiladi, so‘ngra steril sharoitida yuqorida ko‘rsatilgan eritmalarning 200-400 ml hajmidagi flakoniga o‘tkaziladi.
Parenteral yuborish uchun tayyorlangan eritma saqlanmasligi lozim.
Intranazal 6 mg doza 1 ml (20 tomchi) distillangan suv, 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki xona haroratidagi qaynatilgan suvda eritiladi.
Kattalarni davolashga tavsiya etiladigan sxemalar
Parenteral
O‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida har kuni 6 mg dan 3 kun davomida, keyinchalik kunora, umumiy kursi 5-10 in'ektsiya.
Surunkali yallig‘lanish kasalliklarida 6 mg dan kunora 5 in'ektsiya, keyinchalik haftada 2 marta, kursi kamida 10 in'ektsiyani tashkil qiladi.
Tuberkulyozda 6-12 mg dan haftada 2 marta, kursi 10-20 in'ektsiya.
O‘tkir va surunkali urogenital kasalliklarda 6 mg dan kunora, kursi 10 in'ektsiya kimyopreparatlari bilan birga.
Surunkali qaytalanuvchi gerpesda 6 mg dan kunora, kursi 10 in'ektsiya viruslarga qarshi preparatlar, interferonlar va interferon sintezini induktorlari bilan birga buyuriladi.
Allergik kasalliklarning asoratlangan shakllarini davolash uchun 6 mg dan 5 in'ektsiya kursi birinchi 2 in'ektsiya har kuni, keyingilari kunora. O‘tkir allergik va toksiko-allergik holatlarda vena ichiga 6-12 g dan allergiyaga qarshi preparatlar bilan birga yuboriladi.
Revmatoid artritda 6 mg dan kunora 5 in'ektsiya, keyinchalik haftada 2 marta, kursi kamida 10 in'ektsiya.
Onkologik kasallarda
- kimyoterapiyadan avval va kimyoterapiya fonida kimyoterapevtik vositalarni immunodepressiv, gepato– va nefrotoksik ta'sirini kamaytirish uchun 6-12 mg dan kunora, kursi kamida 10 in'ektsiya, keyinchalik yuborishning tez-tezligi kimyo- va nur bilan davolashning o‘zlashtirilishi va davomiyligiga qarab, shifokor tomonidan belgilanadi;
- o‘smaning immunodepressiv ta'sirini oldini olish uchun, kimyo- va nur terapiyasidan keyingi immuntanqisligini muvofiqlashtirish uchun, o‘sma jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanganidan keyin Polioksidoniy®ni 6-12 mg dan haftada 1-2 marta uzoq vaqt qo‘llash ko‘rsatilgan (2-3 oydan bir yilgacha).
O‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda haftada 2 martadan ortiq buyurilmaydi.
Intranazal LOR–a'zolarning o‘tkir va surunkali infektsiyalarini davolash uchun, shilliq pardalarning regenerator jarayonlarini kuchaytirish uchun, kasalliklarning asoratlari va qaytalanishlarini oldini olish uchun, gripp va o‘tkir respirator kasalliklarida 3 tomchidan har bir burun yo‘liga har 2-3 soatda (sutkada 3 marta) 5-10 kun davomida buyuriladi.
Bolalar uchun qo‘llash usuli va dozalari
Polioksidoniy® preparatini qo‘llash usullari parenteral, intranazal, sublingval. Qo‘llash usullari tashxis, kasallikning og‘irligi, bemorning yoshi va tana vazniga qarab, shifokor tomonidan belgilanadi.
Parenteral preparat 6 oylikdan boshlab bolalarga 3 mg dozada (mushak ichiga yoki vena ichiga tomchilab - 0,1-0,15 mg/kg) har kuni, kunora yoki haftada 2 marta, kursi 5-10 in'ektsiya (doza hisobi jadvalda keltirilgan) buyuriladi.
Mushak ichiga yuborish uchun preparat 1 ml in'ektsiya uchun suvda yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasida eritiladi.
Vena ichiga tomchilab yuborish uchun preparat 1,5-2 ml steril 0,9% li natriy xloridi eritmasida, Reopoliglyukinda, Gemodez-N da yoki 5% li dekstroza eritmasida eritiladi, steril holatda yuqorida keltirilgan eritmalarni saqlovchi 150-250 ml hajmli flakonlariga o‘tkaziladi.
Intranazal va sublingval har kuni 0,15 mg/kg sutkalik dozada 5-10 kun davomida. Preparat 1-3 tomchidan bir burun yo‘liga yoki til ostiga har 2-3 soatda tomiziladi.
Intranazal va sublingval qo‘llashga eritma tayyorlash uchun 3 mg doza 1 ml (20 tomchi), 6 mg doza - 2 ml distillangan suv, 0,9% natriy xloridi eritmasi yoki xona haroratidagi qaynatilgan suvda eritiladi. Tayyorlangan eritmani 1 tomchisida (50 mkl) 0,15 mg Polioksidoniy® saqlanadi va bu miqdordagi preparatni bola vaznining har 1 kg ga hisoblab buyuriladi.
Sublingval va intranazal yuborish uchun mo‘ljallangan eritma sovutgichda ko‘pi bilan 7 kun saqlanadi. Ishlatishdan avval pipetka eritmasi bilan xona haroratigacha (20-250S) ilitilishi lozim.
Bolalarni davolash uchun tavsiya etiladigan sxema
• O‘tkir yallig‘lanish kasalliklarda 0,1 mg/kg kunora, kursi 5-7 in'ektsiya.
• Surunkali yallig‘lanish kasalliklarda 0,15 mg/kg haftada 2 marta, kursi 10 in'ektsiyagacha.
• O‘tkir allergik va toksiko-allergik holatlarda vena ichiga tomchilab 0,15 mg/kg dozada allergiyaga qarshi vositalar bilan birga buyuriladi.
• Allergik kasalliklarning asoratlangan shakllarini davolash uchun bazis terapiyasi bilan birga mushak ichiga 0,1 mg/kg dan 1-2 kunlik interval bilan, kursi 5 in'ektsiya.
Intranazal 1-3 tomchidan bir burun yo‘liga har 2-3 soatda (sutkada 2-4 marta) yuboriladi.
Bolalar uchun intranazal va sublingval yuborish uchun sutkalik dozani hisoblash jadvalda berilgan.
Bolaning vazniSutkada buyuriladigan tomchilar miqdoriYuboriladigan eritmaning hajmi ml da
5 kg5 tomchi0,25 ml
10 kg10 tomchi0,5 ml
15 kg15 tomchi0,75 ml
20 kg20 tomchi1,00 ml
Sublingval barcha ko‘rsatilishlari bo‘yicha – har kuni 0,15 mg/kg sutkalik dozada 10 kun davomida, ichak disbakteriozini davolash uchun 10-20 kun davomida. 1-3 tomchidan til ostiga har 2-3 soatda tomiziladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mushak ichiga yuborilganida yuborish joyida og‘riq.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, laktatsiyada qo‘llash mumkin emas (qo‘llashning klinik tajribasi mavjud emas).
Ehtiyotkorlik bilan. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi, 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar (qo‘llash bo‘yicha klinik tajriba cheklangan).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Polioksidoniy® antibiotiklar, viruslarga qarshi, zamburug‘larga qarshi va antigistamin preparatlar, bronxolitiklar, glyukokortikoidlar, sitostatiklar bilan mutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat yuborilgan joyda og‘riqlar paydo bo‘lganida, agar bemorda prokainga nisbatan yuqori sezuvchanlik bo‘lmasa, preparat 1 ml 0,25% li prokain eritmasida eritiladi. Vena ichiga (tomchilab) yuborishda oqsil saqlovchi infuzion eritmalarda eritish mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
1 gidrolitik sinfi shisha ampulalar yoki flakonlarda in'ektsiya uchun va mahalliy qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 4,5 mg dan (3 mg doza uchun), 9 mg dan (6 mg doza uchun). 5 ampula yoki flakondan kontur uyali o‘ramda. Bir kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida yoki 5 ampula yoki flakonlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
50 ampula yoki flakonlar 10 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan karton to‘siqlari bo‘lgan qutida (statsionarlar uchun).
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 4 dan 8oS gacha haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«NPO Petrovaks Farm», MChJ
Yuridik manzil/Iste'molchilarning e'tirozlarini taqdim qilish uchun manzil/Ishlab chiqarish manzili
Rossiya Federatsiyasi, 142143, Moskva viloyati, Podolskiy tumani, Pokrov q., Sosnovaya ko‘ch., 1 uy, tel./faks +7 (495) 926-21-07.
e-mail info@petrovax.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.