Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Remantadin kaps. 100mg №10
Remantadin kaps. 100mg №10
Nomi | Narx | |||||
Ремантадин капс. 100мг №10 (60923##2 041) |
UZS 37 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Ремантадин капс. 100мг №10 (60923##2 065) |
UZS 37 600
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Римантадин
Страна производитель
Латвия
Дозировка
100 мг
Производитель
Олайнфарм, АО
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Remantadin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) rimantadin
Chiqarilish shakli
kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda rimantadin gidroxloridi 100 mg.
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, stearin kislotasi, quyosh sarig‘i pigmenti (E110).
kapsulaning korpusi va qopqoqchasining tarkibi jelatin, titan dioksidi (E117).
Ta'rifi oq kiritmalari bo‘lgan och pushti ranglidan jigarranggacha tusli zarg‘aldoq rangli, kukun saqlovchi qattiq oq/oq jelatin kapsulalar №0.
Farmakoterapevtik guruhi
tizimli qo‘llash uchun viruslarga qarshi vosita, bevosita ta'sirga ega viruslarga qarshi vosita, siklik aminlar.
ATX kodi J05AC02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Remantadin amantadin hosilasi bo‘lib, viruslarga qarshi yaqqol faollikka ega vositadir. U A grippi virusiga qarshi samaralidir. Remantadin V grippi virusiga ta'sir qilmaydi yoki kuchsiz ta'sir ko‘rsatadi. Remantadin ehtimol, virus qobig‘ini shakllanishini buzib viruslarning replikatsiya siklining ilk bosqichlarida ingibitsiya qiladi. Genetik tadqiqotlar, Remantadinning A grippi virusiga nisbatan viruslarga qarshi ta'sirida M2 virioni genining spetsifik oqsili muhim ahamiyatga egaligini ko‘rsatdi. Remantadin in vitro sharoitida odamda ajratib olingan A grippi virusining barcha uchta antigen podtiplarini – H1N1, H2N2 va H3N2 ni replikatsiyasini ingibitsiya qiladi. Remantadin M2 oqsili membranasining ion kanallari faolligini sekinlashtiradi. Natijada virus qobig‘ini endosoma bilan fuziyasi (bog‘lanishi) uchun va ribonukleoprotein kompleksidan matritsaning M1 proteinining dissotsiatsiyasi uchun zarur bo‘lgan virusning ichki muhitini atsidifikatsiyasini susayishi yuz beradi. Shunday qilib, virusning replikatsiyasi infektsiyaning ilk bosqichlarida bloklanadi.
In vitro sharoitlarda Remantadinga nisbatan A grippi virusining sezgirligi va dori vositasining klinik samaradorligi o‘rtasida korrelyatsiya aniqlanmagan. Sezuvchanlikni o‘rganish yuzasidan (hujayra kulturasida Remantadinning virus replikatsiyasini 50% va undan ortiqqa ingibitsiya qila oluvchi kontsentratsiyasi bilan ifodalangan) tekshirish natijalari eksperimentda ishlatilgan hujayra kulturasi, hujayralar yetishtiriladigan ozuqa muhiti va yuborilgan A grippi virusi shtammning miqdoriga qarab, 4 ng/ml dan 20 mkg/ mlgacha o‘zgarib turadi.
A grippi virusining ajratib olingan epidemik shtammlari orasida Remantadinni yopiq muhitida qo‘llanganda ajratib olingan remantadinga chidamli shtammlari mavjud. Rezistent viruslar transmissiv bo‘lib, tipik grippga o‘xshash kasallikni chaqiradi. Remantadin A grippining faolsizlantirilgan vaktsinaning immunogenetik xususiyatlariga ta'sir qilmaydi. Vaktsinatsiyadan keyin, gripp epidemiyasi yuz berganda Remantadin, antitelalarni hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan 2-4 xafta davomiylikdagi, vaqt davomida kasallikdan himoya qilishi mumkin.
Remantadin shuningdek kana entsefalitining qo‘zg‘atuvchilari hisoblangan flaviviruslarga nisbatan ham samaralidir.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan keyin ta'sir etuvchi modda – rimantadin gidroxloridi me'da-ichak yo‘lidan yaxshi so‘riladi va yuqori biokiraolishlik xususiyatiga ega. Ta'sir etuvchi moddaning ta'minan 40% qonning plazma oqsillari bilan, asosan albuminlar bilan bog‘lanadi. Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga 5-7 soatdan so‘ng erishiladi. Remantadin jigarda jadal metabolizmga uchraydi, gidroksillanish, kon'yugatsiya va glyukuronidatsiyaga uchraydi. Kattalarda yarim chiqarilish davri o‘rtacha 25 soatni, keksa yoshdagi shaxslarda – 32 soatni, bolalarda – 13-38 soatni tashkil qiladi. Asosan siydik bilan 15% - buyrak orqali o‘zgarmagan holatda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarda grippni, kasallikning erta bosqichida davolash.
Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarda grippni oldini olish.
Kattalarda virus etiologiyali kana entsefalitini oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Remantadin ovqatdan keyin, suv bilan birga qabul qilinadi. Kapsulani chaynash mumkin emas.
Grippda davolash
Remantadinni qabul qilishni kasallikning birinchi simptomlari boshlanishidan keyinoq darhol 48 soat ichida boshlash kerak.
Kattalarga
Birinchi kuni 100 mg (1 kapsula) dan kuniga 3 marta, ikkinchi va uchunchi kunlari - 100 mg dan kuniga 2 marta, to‘rtinchi va beshinchi kunlari - 100 mg dan kuniga bir marta buyuriladi. Kasallikning birinchi kunida preparatni bir qabul qilishda 300 mg dan(3 kapsula) qo‘llash mumkin.
Bolalarga
Preparatni bolalar uchun qo‘llashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
10 dan 14 yoshgacha – 100 mg (1 kapsula) dan kuniga 1 marta, 14 yoshdan oshganlarga – kattalar uchun tayinlangan dozalari buyuriladi.
Davolash kursining davomiyligi 5 kunni tashkil qiladi.
Grippni oldini olish (profilaktikasi) uchun
Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarga 100 mg dan kuniga bir marta 10-15 kun davomida buyuriladi.
Kattalarda kana so‘rganidan keyin virus chaqiradigan kana entsefalitini oldini olish
100 mg (1 kapsula) dan kuniga 2 marta, 3 kun davomida. Alohida hollarda (shifokor ko‘rsatmasiga binoan) - 5 kun buyuriladi.
Remantadin bilan profilaktikani kana chaqqandan so‘ng darhol, lekin ko‘pi bilan 48 soatdan keyin boshlash kerak.
Kattalarda kana so‘rmasdan virus etiologiyali kana entsefalitini oldini olish
Alohida hollarda (xavf guruhlari, o‘rmon joylarida sayohat ishtirokchilari, palatkalarda yashaganda va b.) kattalarga 100 mg dan kuniga 1 marta 15 kun davomida buyuriladi.
Agar dori vositasini qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, bu haqda eslashingiz bilanoq uni darhol qabul qiling, biroq agar navbatdagi qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, uni o‘tkazib yuboring. Hech qachon dozani ikki marta oshirib qabul qilmang.
Nojo‘ya ta'sirlari
Remantadin boshqa dori vositalari kabi, barcha patsiyentlarda xam namoyon bo‘lavermaydigan nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin.MedDRA (Reglamentar faoliyatterminologiyasining tibbiy lug‘ati) tasnifi tizimi bo‘yicha nojo‘ya ta'sirlarning tez-tezligi
juda tez-tez (≥ 1/10);
tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha);
tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha);
kam hollarda (≥ 1/10 000 dan < 1/1000 gacha);
juda kam hollarda (< 1/10 000);
kelib chiqishi noma'lum (ma'lumotlarga asoslanib aniqlashni iloji yo‘q).
Ruhiyatni buzilishi
Tez-tez emas depressiya, eyforiya, gallyutsinatsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez uyqusizlik.
Tez-tez emas bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, kuchli qo‘zg‘aluvchanlik, e'tiborni buzilishi,ataksiya, uyquchanlik, giperkinez, tremor, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, tirishishlar, hid bilishni o‘zgarishi yoki yo‘qolishi.
Eshitish a'zolari tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlar
Tez-tez emas quloqlarni shang‘illashi.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas yurakni urishi, yurak yetishmovchiligi, yurak blokadasi, taxikardiya.
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas gipertenziya, bosh miyada qon aylanishini buzilishi, xushdan ketish.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas xansirash, bronxospazm, yo‘tal.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez ko‘ngil aynishi, qusish.
Tez-tez emas anoreksiya, og‘izni qurishi, qorinda og‘riq, ich ketishi,dispepsiya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Noma'lum qichishish,papulyoz toshma, yoyilgan toshma, eshakemi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Tez-tez emas asteniya, charchoq.
Nojo‘ya ta'sirlar tez-tezligi ayniqsa me'da-ichak yo‘llari va nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta'sirlar tavsiya etilgan dozalar oshirilganida oshadi.
Alohida hollarda, tavsiya etilgan dozalar oshirilganidan keyin ko‘z yoshini oqishi, tez-tez siyish, qaltirash, qabziyat, ko‘p terlash, stomatit, gipesteziya, ko‘zlarda og‘riq kuzatiladi.
Ko‘pchilik hollarda dori vositasini qabul qilishni to‘xtatgandan so‘ng nojo‘ya ta'sirlar yo‘qoladi.
Agar davolanish vaqtida yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan qandaydir nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lsa yoki eslatib o‘tilgan nojo‘ya ta'sirlarning birontasi ayniqsa kuchli namoyon bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Ta'sir etuvchi moddaga, adamantan guruhi hosilalariga va/yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
-jigar va/yoki buyrak funktsiyasini og‘ir buzilishlari;
-tireotoksikoz;
-homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Paratsetamol va atsetilsalitsil kislotasi remantadinning samaradorligini pasaytiradi. Simetidin remantadinning metabolizmini sekinlashtiradi va qon plazmasida uning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Alkogolni iste'mol qilishdan saqlanish kerak, chunki markaziy nerv tizimi tomonidan kutilmagan reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dori vositasini me'da-ichak yo‘llarining kasalliklari, jigar va/yoki buyrak funktsiyasini yengil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi buzilishlari, yurakning og‘ir kasalliklari, shu jumladan yurak ritmining buzilishlaribo‘lgan patsiyentlarga, hamda keksa yoshdagi shaxslarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Bunday hollarda dori vositasining dozasini kamaytirish tavsiya etiladi.
Anamnezda tutqanoq borligiga va o‘tkazilayotgan tutqanoqqa qarshi davolashga ko‘rsatmalar bo‘lsa, remantadinni qo‘llash fonida tutqanoq hurujlarini rivojlanish xavfi oshadi. Bunday hollarda Remantadinni dozasini kuniga 100 mg gacha kamaytiriladi. Agar hurujlar rivojlansa, dori vositasiniqabul qilish to‘xtatiladi.
Remantadinning 100 mg kapsulasi laktoza monogidratini saqlaydi. Ushbu dori vositasini galaktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza –galaktozani kam so‘rilishi sindromi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dori vositasining tarkibiga sariq quyosh pigmenti bo‘yovchisi (E110) kiradi, allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davri
Remantadinni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash xaqidagi ma'lumotlar yo‘q.Xayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda remantadin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tishi, ko‘krak suti bilan chiqarilishi aniqlangan.
Remantadinni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Fertillikni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarda hayvonlarda serpushtlikni susaytirishi aniqlangan.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlart bilan xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Dori vositasini qabul qilish vaqtida bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i yoki markaziy nerv tizimi tomonidan boshqa nojo‘ya ta'sirlar kuzatilgan patsiyentlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishiga gumon qilinganda, darhol shifokorni chaqirish kerak. Dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan. Zaharlanish holatlarida organizmning hayot uchun muhim bo‘lgan funktsiyalarini bir maromda ushlab turishni ta'minlash lozim.
Remantadinning kimyoviy analogi – amantadin bilan zaharlanish holatlari ma'lum.
Simptomlari qo‘zg‘aluvchanlik, gallyutsinatsiyalar, aritmiya, letal holat.
Davolash fizostigmin kattalarga 1-2 mg dan va bolalarga 0,5 mg dan zarurat bo‘lganida takrorlash bilan vena ichiga yuboriladi, biroq kuniga 2 mg dan ko‘p emas. Remantadin gemodializ yo‘li bilan chiqarilmaydi.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan polivinilxloridli va alyumin folgali qobiqli kontur-uyali o‘ramda.
1 yoki 3 konturuyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Olaynfarm» AJ
Manzili Rupnitsu ko‘ch., 5, Olayne, LV – 2114, Latviya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.