Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Sikloferon tab. 150mg №10
Sikloferon tab. 150mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Меглюмина акридонацетат в пересчёте на акридонуксусную кислоту
Страна производитель
Россия
Дозировка
0,15 г
Производитель
ООО «Научно-технологическая фармацевтическая фирма «ПОЛИСАН»
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Sikloferon®
Dori shakli
ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda meglyumin akridonatsetati akridonsirka kislotasiga hisoblaganda - 150 mg;
Yordamchi moddalar povidon – 7,93 mg, kaltsiy stearati – 3,07 mg, gipromelloza – 2,73 mg, polisorbat 80 – 0,27 mg, metakril kislotasi va etilakrilatning sopolimeri – 23,21 mg, propilenglikol – 1,79 mg.
Ta'rifi ikki tomoni qavariq, sariq rangli, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
immunrag‘batlantiruvchi vosita.
ATX kodi L03AX
Farmakologik xususiyatlari
Sikloferon interferonning quyimolekulyar induktoridir, bu uning biologik keng faollik doirasini (viruslarga qarshi, immunomodullovchi, yallig‘lanishga qarshi va boshqalarni) belgilaydi.
Sikloferon gripp, gerpes viruslari va o‘tkir respirator kasalliklarning boshqa qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan samaralidir. Infektsion jarayonning ilk muddatlarida (1-5-chi sutkalarida) viruslarning reproduktsiyasini susaytirib, virus avlodlarining infektsionligini pasaytirib, nuqsonli virus zarrachalarini hosil bo‘lishiga olib kelib, bevosita viruslarga qarshi ta'sirga ega. Virus va bakterial infektsiyalarga nisbatan organizmning nospetsifik rezistentligini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Sutkalik doza qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 2-3 soatdan keyin erishiladi, 8 soatda kontsentratsiyasi asta-sekin kamayadi, 24 soatdan keyin esa Sikloferon juda oz miqdorda aniqlanadi. Preparatning yarim chiqarilish davri 4-5 soatni tashkil qiladi, shuning uchun uni tavsiya qilingan dozalarda ishlatish, organizmda uning kumulyatsiyasi uchun sharoit yaratmaydi.
Qo‘llanilishi
Kattalarda quyidagilarni majmuaviy davolashda
• gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni;
• gerpetik infektsiyalarni.
Bolalarda 4 yoshdan boshlab quyidagilarni majmuaviy davolashda
• gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni;
• gerpetik infektsiyalarni.
Bolalarda 4 yoshdan boshlab, gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni oldini olish uchunqo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga sutkada bir marta ovqatdan 30 minut oldin, chaynamasdan, ½ stakan suv bilan, yoshi jihatidan quyidagi dozalarda qabul qilinadi
4-6 yoshdagi bolalarga 150 mg (bir tabletka) dan bir marta;
7-11 yoshdagi bolalarga 300-450 mg (2-3 tabletka) dan bir marta,
kattalar va12 yoshdan oshgan bolalarga 450-600 mg (3-4 tabletka) bir marta.
Takroriy kursni birinchi kurs tamom bo‘lganidan keyin 2-3 hafta o‘tganidan so‘ng o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Kattalarda
1. Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni davolashda preparat 1, 2, 4, 6, 8-chi sutkalarda qabul qilinadi (davolash kursi - 20 tabletka). Davolashni kasallikning birinchi simptomlarida boshlash kerak. Grippni og‘ir kechishida birinchi kuni olti tabletka qabul qilinadi. Zarurat bo‘lganida qo‘shimcha simptomatik davolash o‘tkaziladi (haroratni tushiruvchi, og‘riqni qoldiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi vositalar buyuriladi).
2.Gerpetik infektsiyada preparat 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14, 17, 20 va 23-chi sutkalarda qabul qilinadi (davolash kursi - 40 tabletka). Davolash kasallikning birinchi simptomlari paydo bo‘lganida juda samaralidir.
Bolalarda 4 yoshdan boshlab
1.Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarda preparat yoshga bog‘liq dozalarda 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14, 17, 20, 23-chi sutkalarda buyuriladi. Davolash kursi holatning og‘irlik darajasi va klinik simptomlarining yaqqolligiga qarab, 5 dan to 15 qabul qilishgacha bo‘lishi mumkin.
2.Gerpetik infektsiyada preparat 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14-chi sutkalarda qabul qilinadi. Davolash kursi holatning og‘irligi va klinik belgilarining yaqqolligiga qarab o‘zgarishi mumkin.
3.Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni shoshilinch nospetsifik profilaktikasi uchun (gripp yoki boshqa etiologiyali O‘RK bilan xastalangan bemor bilan bevosita kontaktda, gripp epidemiyasi davrida) 1, 2, 4, 6, 8-chi sutkalarda buyuriladi. So‘ngra 72 soat (uch sutka) tanaffus qilinadi va kursni 11, 14, 17, 20, 23-chi sutkalarda davom ettiriladi. Umumiy kurs 5 dan 10 martagacha qabulni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Homiladorlik, emizish davri, 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yutish faoliyati yetarlicha shakllanmaganligi tufayli), preparatning komponentlarini yaxshi o‘zlashtirolmaslik, dekompensatsiyalangan jigar sirrozi.
Ehtiyotkorlik bilan
Ovqat hazm qilish a'zolarining zo‘rayish bosqichidagi kasalliklarida (me'da va/yoki o‘n ikki barmoq ichakning eroziyalari, yaralari, gastritlar va duodenitlar) va anamnezda allergik reaktsiyalarda preparatni qabul qilishdan oldin o‘zingizning davolovchi shifokoringiz bilan albatta maslahatlashing.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sikloferon ko‘rsatilgan kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan barcha dori vositalari (interferonlar, ximioterapevtik dori vositalari va boshqalar) bilan mutanosibdir.
Interferonlar va nukleozidlarning analoglarining ta'sirini kuchaytiradi. Kimyoterapiya, interferonoterapiyaning nojo‘ya samaralarini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Sikloferon transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Qalqonsimon bezining kasalliklarida shifokor-endokrinologning maslahati kerak.
Agar preparatning navbatdagi dozasini qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, unda birinchi imkoniyat tug‘ilgandayoq vaqt intervalini hisobga olmay va dozani ikki barobar oshirmasdan, davolash kursini boshlangan sxema bo‘yicha davom ettirish kerak.
Davolash samarasi bo‘lmagan hollarda shifokorga murojaat qilish lozim.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi. Preparatni homiladorlikda va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 150 mg dan. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“POLISAN” Ilmiy-texnologik farmatsevtik firma» MChJ
(OOO «NTFF «POLISAN»).
Rossiya, 192102, Sankt-Peterburg sh., Salov ko‘ch., 72 uy, 2 kor., lit. A,
tel./faks (812) 710-82-25
Iste'molchilarning e'tirozlari ishlab chiqaruvchining manziliga yuborilsin.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.