Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kardimagnis 75 mg+15,2 mg №50 MR
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
75 мг
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
MR Kardimagnis
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) atsetilsalitsil kislotasi + magniy gidroksidi.
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
Atsetilsalitsil kislotasi......................................................75 mg/150 mg
Magniy gidroksidi.................................................................15,2 mg/30,39 mg
yordamchi moddalar
Makkajo‘xori kraxmali ..........................................................9,5 mg/19,0 mg
Mikrokristall sellyuloza ....................................................12,5 mg/25,0 mg
Stearin kislotasi ..................................................................0,15 mg/0,305 mg
Kartoshka kraxmali .................................................................2 mg/4 mg
Qobig‘i
Gidroksipropilmetiltsellbloza...........................................0,46 mg/1,2 mg
Polietilenglikol 4000..........................................................0,09 mg/0,24 mg
Talk ........................................................................................0,28 mg/0,72 mg
Ta'rifi
75 mg+15,2 mg dozasi uchun oq rangli ikkiyoqlama qavariq stilizatsiyalangan «yurak» yoki dumaloq shaklli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
150 mg+30,39 mg dozasi uchun oq rangli ikkiyoqlama qavariq yoki oval shaklli bir tomonida riskali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Antiagregant.
ATX kodi V01AS30
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Atsetilsalitsil kislotasi (ASK) ning ta'sir mexanizmining asosida siklooksigenazani (TSOG-1) qaytmas ingibitsiyasi yotadi, buning natijasida tromboksan A2 ning sintezi bloklanadi va trombotsitlar agregatsiyasini susaytiradi. ASK ni trombotsitlar agregatsiyasini susaytirishini boshqa mexanizmlari ham bor deb hisoblanadi, bu uning turli tomirli kasalliklarda qo‘llash sohasini kengaytiradi. ASK shuningdek yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi samaralarga ham ega.
Kardimagnisning tarkibiga kiruvchi magniy gidroksidi me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini atsetilsalitsil kislotasining ta'siridan himoya qiladi.
Farmakokinetikasi
ASK me'da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi. ASK ning yarimchiqarilish davri taxminan 15 minutni tashkil qiladi, chunki fermentlar ishtirokida ASK ichakda, jigarda va qon plazmasida tez salitsil kislotasi (SK) ga gidrolizlanadi. SK ning yarim chiqarilish davri taxminan 3 soatni tashkil qiladi, ammo u ASK ning katta dozalari
(3,0 g dan ko‘proq) bir vaqtda yuborilganida ferment tizimlarini to‘yinishi natijasida ahamiyatli oshishi mumkin.
ASK ning biokiraolishligi taxminan 70% ni tashkil qiladi, lekin bu kattalik ahamiyatli darajada o‘zgarib turadi, chunki ASK fermentlar ta'siri ostida SK ga tizim oldi gidroliziga (me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatida, jigarda) uchraydi. SK ning biokiraolishligi 80-100% ni tashkil qiladi.
Magniy gidroksidining ishlatilayotgan dozalari atsetilsalitsil kislotasining biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi.
Qo‘llanilishi
Xavf omillari (masalan, qandli diabet, giperlipidemiya, arterial gipertenziya, semirish, chekish, keksalik yoshi) mavjudligidagi tromboz va o‘tkir yurak yetishmovchiligi kabi yurak-qon tomir kasalliklarini birlamchi oldini olishda qo‘llanadi.
Takroriy miokard infarkti va qon tomirlarining trombozini oldini olish qo‘llanadi.
Tomirlardagi xirurgik aralashuvlardan (aortokoronar shuntlash, teri orqali translyuminal koronar angioplastika) keyingi tromboemboliyani oldini olish tavsiya qilinadi.
Nostabil stenokardiya buyuriladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabletkalar butunligicha suv bilan birga yutiladi. Xohishga qarab tabletkani ikkiga bo‘lish, chaynash yoki oldindan maydalash mumkin.
Xavf omillari (masalan, qandli diabet, giperlipidemiya, arterial gipertenziya, semirish, chekish, keksalik yoshi) mavjudligida tromboz va o‘tkir yurak yetishmovchiligi kabi yurak-qon tomir kasalliklarini birlamchi oldini olish
150 mg dozada ASK saqlovchi 1 tabletka MR Kardiomagnel birinchi sutkada, so‘ngra 75 mg dozada ASK saqlovchi 1 tabletka MR Kardiomagnel sutkada 1 marta buyuriladi.
Takroriy miokard infarkti va qon tomirlarining trombozini oldini olish
75-150 mg dozada ASK saqlovchi 1 tabletka MR Kardiomagnel sutkada 1 marta tavsiya qilinadi.
Qon tomirlardagi xirurgik aralashuvlardan keyingi (aortokoronar shuntlash, teri orqali translyuminal koronar angioplastika) tromboemboliyalarni oldini olish
75-150 mg dozada ASK saqlovchi 1 tabletka MR Kardiomagnel sutkada 1 marta buyuriladi.
Nostabil stenokardiya
75-150 mg doza ASK saqlovchi 1 tabletka MR Kardiomagnel sutkada 1 marta buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyida keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi quyidagilarga muvofiq aniqlangan
- juda tez-tez 1/10;
- tez-tez >1/100, <1/10;
- ba'zida >1/1000, <1/100;
- kam hollarda >1/10000, <1/1000;
- juda kam hollarda <1/10000, shu jumladan alohida xabarlar.
Allergik reaktsiyalar eshakemi (tez-tez), Kvinke shishi (tez-tez).
Immun tizimi tomonidan anafilaktik reaktsiyalar (ba'zida).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi (tez-tez), jig‘ildon qaynashi (juda tez-tez), qusish (tez-tez), qorin sohasida og‘riq his qilish, me'da va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatining yaralari (ba'zida), shu jumladan perforativ (kam hollarda), me'da-ichak qon ketishlari (ba'zida), «jigar» fermentlari faolligini oshishi (kam hollarda), stomatit (juda kam hollarda), ezofagit (juda kam hollarda), me'da-ichak yo‘llarining yuqori bo‘limlarini eroziv shikastlanishi (juda kam hollarda), strikturalar (juda kam hollarda), kolit (juda kam hollarda), ichakning ta'sirlanish sindromi (juda kam hollarda).
Nafas tizimi tomonidan bronxospazm (tez-tez)
Qon yaratish tizimi tomonidan yuqori qonovchanlik (juda kam hollarda), anemiya (kam hollarda), gipoprotrombinemiya (juda kam hollarda), trombotsitopeniya (juda kam hollarda), neytropeniya, aplastik anemiya (juda kam hollarda), eozinofiliya (juda kam hollarda), agranulotsitoz (juda kam hollarda).
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi (ba'zida), bosh og‘rig‘i (tez-tez), uyqusizlik (tez-tez), uyquchanlik (ba'zida), quloqlarda shovqin, bosh miya ichiga qon quyilishi (kam hollarda).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
ASK, preparatning yordamchi moddalariga va boshqa NYaQP yuqori sezuvchanlik, bosh miyaga qon qo‘yilishi; qon ketishiga moyillik (K vitaminining yetishmovchiligi, trombotsitopeniya, gemorragik diatez); salitsilatlar va NYaQP ni qabul qilish bilan induktsiyalangan bronxial astma; me'da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishi (zo‘rayish bosqichidagi); me'da-ichak qon ketishlari; og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam); homiladorlik (I va III uch oyliklari); laktatsiya davri; glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; metotreksat bilan bir vaqtda qabul qilish (haftasiga 15 mg dan ko‘proq); 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Podagrada, giperurikemiyada, anamnezda me'da-ichak yo‘llarining yarali shikastlanishlari yoki me'da-ichak qon ketishlar mavjudligida, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida, bronxial astmada, toshmali isitmada, burun polipozida, allergik holatlarda, homiladorlikning II uch oyligida.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda qo‘llanganida ASK quyidagi dori vositalarining ta'sirini kuchaytiradi
• metotreksatning buyrak klirensini pasayishi va oqsillar bog‘idan uni siqib chiqarilishi hisobiga
• geparin va bilvosita antikoagulyantlarni trombotsitlar faoliyatini buzilishi va bilvosita antikoagulyantlarni oqsillar bog‘idan siqib chiqarilishi hisobiga
• trombolitik va antitrombotsitar preparatlarni (tiklopiridinni)
• digoksinni uning buyrak ekskretsiyasini pasayishi oqibatida
• gipoglikemik vositalarni (insulin va sulfonilmochevina hosilalarini) ASK ning o‘zini yuqori dozalarda gipoglikemik xususiyatlari va sulfonilmochevina hosilalarini oqsillar bog‘idan siqib chiqarilishi hisobiga
• valproat kislotasini uni oqsillar bog‘idan siqib chiqarilishi hisobiga
ASK ni ibuprofen bilan bir vaqtda qo‘llash ASK ning kardioprotektiv samarasini pasaytiradi.
ASK etanol (alkogol) bilan bir vaqtda qo‘llanganida additiv samara kuzatiladi.
Siydik kislotasining raqobatli tubulyar eliminatsiyasi hisobiga ASK urikozurik vositalarning (benzbromon) ta'sirini susaytiradi.
Salitsilatlarning eliminatsiyasini kuchaytirib, tizimli glyukokortikosteroidlar (GKS) ularning ta'sirini susaytiradi.
Antatsidlar va kolestiramin preparatning so‘rilishini pasaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni shifokor buyurganidan keyin qo‘llash kerak.
ASK bronxospazmni qo‘zg‘atishi, shuningdek bronxial astma xurujlarini va yuqori sezuvchanlikning boshqa reaktsiyalarini chaqirishi mumkin. Xavf omillari anamnezda bronxial astma, toshmali isitma, burun polipozi, nafas tizimining surunkali kasalliklari, shuningdek boshqa preparatlarga (masalan, teri reaktsiyasi, qichishish, eshakemi) allergik reaktsiyalarning bo‘lishidir.
ASK xirurgik aralashuvlar vaqtida va keyin yaqqolligi turli darajadagi qon ketishlarini chaqirishi mumkin. ASK ning past dozalarini qabul qilayotgan bemorlarda rejali jarrohlik aralashuvidan bir necha kun oldin qon ketishi xavfini ishemik asoratlarni rivojlanish xavfiga nisbatan baholash kerak. Agarda qon ketishini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lsa, preparatni vaqtincha bekor qilish kerak.
ASK ni antikoagulyantlar, trombolitiklar va antitrombotsitar preparatlar bilan qo‘shilishi, qon ketishini rivojlanishini yuqori xavfi bilan birga kechadi.
ASK past dozalarda moyil shaxslarda (siydik kislotasining pasaygan ekskretsiyasiga ega bo‘lganlarda) podagrani rivojlanishiniqo‘zg‘atishi mumkin.
ASK ni metotraksat bilan qo‘shilishi qon yaratish a'zolari tomonidan nojo‘ya samaralarni rivojlanishini yuqori tez-tezligi bilan birga kechadi.
ASK ning yuqori dozalari gipoglikemik samara ko‘rsatadi, buni gipoglikemik vositalarni olayotgan qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga uni buyurishda nazarda tutish kerak.
Tizimli glyukokortikosteroidlar (GKS) va salitsilatlar birga qo‘llanganida, davolash vaqtida qonda salitsilatlarning darajasi pastligini, glyukokortikosteroidlar (GKS) bekor qilinganidan keyin esa salitsilatlarning dozasini oshib ketishi mumkinligini yodda tutish kerak.
Yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanishini yuqori bo‘lgan patsiyentlarda ASK ni ibuprofen bilan qo‘shish tavsiya qilinmaydi, ibuprofen bilan bir vaqtda qo‘llanganida 300 mg gacha dozalarda ASK ning antiagregant ta'sirini kamayishi kuzatiladi, bu ASK ning kardioprotektiv samaralarini pasayishiga olib keladi.
ASK dozasini tavsiya qilingan terapevtik dozalardan oshirish me'da-ichak qon ketishlari xavfini oshirishi bilan bog‘liq.
ASK ni past dozalarda antiagregant davolash sifatida uzoq muddat qabul qilishda keksa patsiyentlarda, me'da-ichak qon ketishini rivojlanish xavfi tufayli ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
ASK alkogol bilan qo‘shilganida me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini shikastlanishi va qon ketishi vaqtini uzayishi xavfi yuqori bo‘ladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlikning birinchi 3 oyligida salitsilatlarning katta dozalarini qo‘llash homilaning rivojlanishi nuqsonlarining yuqori tez-tezligi bilan assotsiatsiyalanadi. Homiladorlikning II uch oyligida salitsilatlarni faqat xavf va foydani qat'iy hisobi bilan buyurish mumkin.
Homiladorlikning oxirgi uch oyligida salitsilatlar yuqori dozada (sutkada 300 mg dan ko‘p) tug‘ruq faoliyatini tormozlanishini, homilada arterial yo‘lini muddatidan oldin bekilishini, ona va homilada yuqori qonovchanlikni chaqiradi, bevosita tug‘ruq oldidan buyurish esa bosh suyagi ichki qon quyilishini, ayniqcha chala tug‘ilgan bolalarda chaqirishi mumkin. Homiladorlikning oxirgi uch oyligida salitsilitlarni buyurish mumkin emas.
Emizish davrida preparatni qo‘llash mumkinligi yoki mumkin emasligini aniqlash uchun klinik ma'lumotlar yetarli emas. Emizish davrida atsetilsalitsil kislotasini buyurishdan oldin emizikli bolalar uchun potentsial xavf va foydani baholash kerak.
Transport vositalarini va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
ASK preparatlari bilan davolash davrida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Og‘irlik darajasi o‘rtacha dozani oshirib yuborilishining belgilari ko‘ngil aynishi, qusish, quloqlarda shovqin, eshitishni yomonlashishi, bosh aylanishi, ongni chalkashishi.
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish. Davolash simptomatik.
Og‘ir darajadagi dozani oshirib yuborilishining belgilari isitma, giperventilyatsiya, ketoatsidoz, respiratoralkoloz, koma, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, yaqqol gipoglikemiya.
Davolash shoshilinch davolash – me'da lavaji, kislota-ishqor balansini aniqlash, ishqoriy va jadal ishqoriy diurez, gemodializ, eritmalar yuborish, faollashtirilgan ko‘mir, simptomatik davolash o‘tkazish uchun darhol maxsus bo‘limga gospitalizatsiya qilish. Ishqoriy diurezni o‘tkazishda rN qiymatini 7,5 va 8 orasida bo‘lishiga erishish kerak. Salitsilatlarning plazmadagi kontsentratsiyasi kattalarda 500 mg/l (3,6 mmol/l) dan va bolalarda 300 mg/l (2,2 mmol/l) dan ko‘proqni tashkil qilganida jadallashtirilgan ishqoriy diurezni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 75 mg+15,2 mg va 150 mg+30,39 mg 30 yoki 100 tabletkadan, oq rangli buraluvchi qopqoq (polietilendan) bilan berkitilgan, unga birinchi ochish nazoratini ta'minlovchi ichiga silikegel va halqali yechiladigan kapsula biriktirib mahkamlanganjigarrang rangli shisha flakonlarda. Har bir flakonga etiketka yopishtiriladi. Bir flakonni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.zichlovchili olinuvchi qalpoqcha,
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlaydi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«MERRYMED FARM» MChJ
Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol QFY, Sherbuloq ko‘chasi 1 uy,
Tel (0369) 224-67-22.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.