Antikoagulyant dorilar
Antitrombotik dorilar
Gipertoniya kasalligiga qarshi dorilar
Yurak ishemik kasalligiga qarshi dorilar
Metabolizm uchun preparatlar
Qonni suyultiruvchi dorilar
Xolesterinni pasaytiruvchi dorilar
Tomirlarni mustahkamlovchi dorilar
Aritmiyaga qarshi dorilar
Arterial gipotenziyaga qarshi dorilar
Aterosklerozga qarshi dorila
Varikozga qarshi dorilar
Taxikardiyaga qarshi dorilar
Yurak yetishmovchiligi uchun dorilar
Yurak va qon tomir kasalliklarini nima bilan davolash mumkin?
Yurak va qon tomirlar uchun preparatlar yurak-qon tomir tizimi patologiyalarini oldini olish va medikamentoz davolash uchun mo‘ljallangan.
Ushbu kasalliklar uzoq yillar davomida nafaqat keksalarda, balki yoshlarda ham eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lib qolmoqda. Yurak faoliyatidagi buzilishlarning kelib chiqish sabablari juda ko‘p. Bu doimiy stresslar, noto‘g‘ri ovqatlanish, harakatsiz turmush tarzi yoki zararli odatlar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bunday kasalliklar irsiy moyillik yoki yomon ekologik sharoitda paydo bo‘lishi mumkin. Patologiyalarning paydo bo‘lish omillaridan qat’i nazar, bu muammoni o‘z vaqtida bartaraf etish kerak. Shuning uchun erkaklar ham, ayollar ham buzilishni o‘z vaqtida aniqlash va uni bartaraf etishga mas’uliyat bilan yondashish uchun tez-tez profilaktik tekshiruvdan o‘tishlari kerak.
Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oluvchi dorilar patologiyalar rivojlanish ehtimolini kamaytirishga qaratilgan. Yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, ateroskleroz va boshqa kasalliklar aniqlanganda yurak va tomirlar ishini yaxshilay oladigan maxsus dorilar buyuriladi.
Yurak va qon tomirlari uchun qanday dorilar mavjud?
Yurak-qon tomir preparatlari ko‘rsatadigan ta’siri, chiqarilish shakli, farmakologik xususiyatiga qarab tasniflanadi. Ushbu sinfga mansub dorilarni tayinlashni mutaxassis qo‘yilgan tashxis, bemorning yoshi va individual jihatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.
Ishlab chiqaruvchilar yurak va qon tomir kasalliklarini davolash uchun vositalarni quyidagi dori shakllarida ishlab chiqaradilar:
-
kapsula formulalari;
-
inyeksiyalar uchun ampulalar;
-
eritmalar;
-
tabletkalar;
-
va boshqalar.
Yurak-qon tomir tizimi uchun preparatlar turli yosh guruhlari uchun ishlab chiqariladi. Masalan, 30 yoshgacha bo‘lgan insonlar uchun yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun vositalar tavsiya etilgan bo‘lsa, katta yoshdagi bemorlar uchun ta’siri yurakni sog‘lom holatda saqlashga qaratilgan dori vositalari ishlab chiqilgan.
To‘g‘ri preparatni shifokor belgilaydi, mutaxassis ruxsatisiz dori vositalarini qabul qilish mumkin emas. Avval to‘liq tekshiruvdan o‘tish, aniq tashxis qo‘yish kerak, shundan keyingina samarali davolash kursini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Preparatlarni tanlash va dozasini tanlashda nojo‘ya ta’sirlar va qarshi ko‘rsatmalar xavfini hisobga olish kerak.
Toshkentda yurak va qon tomirlari uchun preparatlar
Yurak-qon tomir tizimi uchun dori-darmonlarni bizning PharmaClick.uz saytimizda maqbul narxda va uyingizga yetkazib berish imkoniyati bilan xarid qilishingiz mumkin. Bizning xizmatimiz har qanday dori vositasini qulay navigatsiya orqali qidirish va tezkor buyurtma berish, shuningdek, siz uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda xarid qilish uchun mahsulotlarni band qilishni taklif etadi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.