Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Amvastan tab. 20 mg №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аторвастатин
Страна производитель
Турция
Дозировка
20 мг
Производитель
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Amvastan
Ta'sir etuvchi modda (XPN) atorvastatin
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 10 mg yoki 20 mg atorvastatin (atorvastatin kaltsiy trigidrati),
yordamchi moddalar kaltsiy karbonati, laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, saxaroza stearati, magniy stearati,
qobig‘ini tarkibi Opadri® oq Y-1-7000 (gipromelloza, polietilenglikol, titan dioksidi).
Ta'rifi
Amvastan 10 mg dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Amvastan 20 mg dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Farmakoterapevtik guruhi
Gipolipidemik vosita. 3-gidroksi-3-metilglyutaril-koferment A reduktaza (GMG-KoA-reduktaza) ingibitori.
ATX kodi S10AA05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Gipolipidemik vosita. Atorvastatin - 3-gidroksi-3-metilglutarilkoenzim A ni sterollarning, shu jumladan xolesterinning o‘tmishdoshi hisoblangan mevalon kislotasiga aylantiruvchi ferment - GMG-KoA-reduktazaning selektiv raqobatli ingibitoridir. Triglitseridlar (TG) va xolesterin jigarda juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) ning tarkibiga kiradi, plazmaga tushadi va periferik to‘qimlarga tashiladi. Past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP) PZLP ning retseptorlari bilan o‘zaro ta'sir qilishi jarayonida JPZLP dan hosil bo‘ladi. GMG-KoA-reduktazani susayishi, jigarda xolesterin sintezini susayishi va hujayralar yuzasidagi PZLP ning “jigar” retseptorlari sonini oshishi hisobiga plazmada xolesterin va lipoproteinlarning darajasini pasaytiradi, bu PZLP ni qamrab olinishi va katabolizmini kuchayishiga olib keladi. PZLP hosil bo‘lishini pasaytiradi, PZLP-retseptorlarning faolligini yaqqol va turg‘un oshishini chaqiradi. Odatda gipolipidemik dori vositalari bilan davolashga berilmaydigan gomozigotali oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bemorlarda PZLP ning darajasini pasaytiradi. Umumiy xolesterinning darajasini 30-46% ga, PZLP – 41-61% ga, apolipoprotein V – 34-50% ga va TG – 14-33% ga pasaytiradi; YuZLP-xolesterini va apolipoprotein A ning darajasini oshiradi. Boshqa gipolipidemik dori vositalari bilan davolashga rezistent bo‘lgan gomozigotali nasliy giperxolesterinemiyasi bilan xastalangan bemorlarda PZLP ning darajasini dozaga bog‘liq ravishda pasaytiradi. Ishemik asoratlarni (shu jumladan miokard infarkti oqibatidagi o‘lim) rivojlanish havfini 16% ga ishonarli pasaytiradi, miokard ishemiyasi belgilari bilan kechuvchi stenokardiya yuzasidan takroran gospitalizatsiya xavfini – 26% ga pasaytiradi. Kantserogen va mutagen ta'sir ko‘rsatmaydi. Terapevtik samarasiga davolash boshlanganidan so‘ng 2 haftadan keyin erishadi, 4 haftadan keyin maksimal darajaga yetadi va butun davolash davomida saqlanib turadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi, maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) ga erishish vaqti 1-2 soatni tashkil etadi. So‘rilish darajasi va preparatning dozasi o‘rtasida bir chiziqli bog‘liqlik aniqlangan. Biokiraolishligi 14% ni tashkil etadi, GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faolligining tizimli biokiraolishligi – 30% ni tashkil etadi. Tizimli biokiraolishligini pastligi me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatida tizim oldi metabolizmi hamda jigar orqali “birinchi marta o‘tish” samarasi bilan ifodalanadi. Ovqatlanish preparatning so‘rilish tezligi va davomiyligini (muvofiq ravishda 25% va 9%) biroz pasaytiradi, biroq PZLP-xolesterinini pasayishi atorvastatinni ovqatlanmasdan qabul qilgandagi pasayishi bilan bir xil. Atorvastatin kechki payt qabul qilinganida plazmadagi kontsentratsiyasi ertalab qabul qilingandagiga nisbatan pastroq (taxminan 30% ga) bo‘ladi. Shunga qaramasdan, PZLP ni pasayishi preparatni qabul qilish vaqtiga bog‘liq bo‘lmagan holda yuz beradi.
Taqsimlanishi taqsimlanish hajmi taxminan 381 litrni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi ≥ 98% ni tashkil etadi.
Metabolizmi asosan jigarda sitoxrom CYP3A4 ta'sirida metabolizmga uchrab, farmakologik jihatdan faol metabolitlar – orto- va paragidroksil hosilalarni hamda beta-oksidlanishning turli mahsulotlarini hosil qiladi. Preparatning GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi samarasi taxminan 70% ga aylanib yuruvchi metabolitlarning faolligi bilan aniqlanadi.
Chiqarilishi jigarda va/yoki jigardan tashqarida metabolizmga uchraganidan so‘ng safro bilan chiqariladi (yaqqol ifodalangan ichak-jigar retsirkulyatsiyasiga uchramaydi). Preparatning yarim chiqarilish davri – taxminan 14 soatni tashkil etadi, ammo GMG-KoA-reduktazga nisbatan ingibitsiya qilish faolligini yarim davri 20-30 soatni tashkil etadi, bu faol metabolitlarni borligi bilan bog‘liq. Preparatning qabul qilingan dozasining 2% dan kamroq qismi siydikda aniqlanadi.
Preparatning Smax va “kontsentratsiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) keksa yoshdagilarda (65 yosh va undan katta) o‘rta yoshdagi patsiyentlardagiga (klinik ahamiyatga ega emas) nisbatan muvofiq ravishda 40% va 30% ga yuqori.
Buyrak kasalliklari PZLP ning plazmadagi kontsentratsiyasiga yoki darajasini pasayishiga ta'sir qilmaydi; bunday patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish zaruriyati yo‘q.
Plazma oqsillari bilan kuchli bog‘langanligi sababli, gemodializ jarayonida chiqarilmaydi. Jigarni alkogolli shikastlanishlari bo‘lgan patsiyentlarda atorvastatinning plazmadagi kontsentratsiyasi ahamiyatli darajada oshadi (Smax va AUC og‘ir holatlarda muvofiq ravishda 16 va 11 marta oshadi).
Qo‘llanilishi
• birlamchi giperxolesterinemiyasi (geterozigotali oilaviy va oilaviy bo‘lmagan) va aralash dislipidemiyasi (Fredrikson bo‘yicha II a va II b turlari) bo‘lgan bemorlarda umumiy xolesterin, PZLP-xolesterini, apolipoprotein V va triglitseridlarning oshgan darajasini pasaytirish uchun va YuZLP-xolesterinining darajasini oshirish uchun parhez bilan birga;
• triglitseridlarning zardobdagi darajasi yuqori bo‘lgan (Fredrikson bo‘yicha IV turi) bo‘lgan bemorlarni davolash uchun parhez bilan birga;
• diyetoterapiya adekvat samara bermaydigan, disbetalipoproteinemiyasi (Fredrikson bo‘yicha III turi) bo‘lgan bemorlarni davolash uchun;
• gomozigotali oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bemorlarda umumiy xolesterin va PZLP-xolesterinining darajasini pasaytirish uchun boshqa davolash usullari bilan birga;
• geterozigotali oilaviy giperxolesterinemiya bilan xastalangan 10-17 yoshdagi o‘g‘il va qiz (postmenopauza davrida) bolalarda, hatto adekvat parhezga rioya qilinganida ham, agar
a) PZLP-xolesterinining darajasi ≥ 190 mg/dl qolsa yoki
b) PZLP-xolesterinining darajasi ≥ 160 mg/dl bo‘lsa va
oilaviy anamnezida yoshlik davrida yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanishi ahamiyatga ega bo‘lganida;
bemor bolalarda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishini 2 va undan ortiq xavf omillari bo‘lganida, umumiy xolesterin, PZLP-xolesterini va apolipoprotein V ning oshgan darajasini pasaytirish uchun parhez bilan birga qo‘llanadi;
• yurak-qon tomir kasalliklari (shu jumladan yurak ishemik kasalligini klinik belgilarisiz kechuvchi, ammo uni rivojlanishini yuqori havf omillari 55 yoshdan oshgan, nikotinga qaramlik, arterial gipertenziya, genetik moyilligiga ega bo‘lgan patsiyentlarda), shuningdek dislipidemiya fonida – o‘lim, miokard infarkti, insultning umumiy havfini pasaytirish, stenokardiya va revaskulyarizatsiya zaruriyati yuzasidan shifoxonaga qayta yotishni pasaytirish maqsadida ikkilamchi oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Atorvastatin bilan umumiy davolashni boshlashdan oldin giperxolesterinemiyani nazorat qilish maqsadida patsiyentlarni, xususan semizlik bilan xastalangan patsiyentlarni xolesterinning darajasini pasaytiruvchi standart parhezga va tana vaznini kamaytiruvchi dasturga o‘tkazish kerak. Patsiyentlar davolanish davomida shunday parhezga rioya qilishlari kerak.
Giperxolesterinemiya (geterozigotali oilaviy va oilaviy bo‘lmagan) va aralash dislipidemiya (Fredrikson bo‘yicha II a va II b turlari)
10-20 mg dozani sutkada 1 marta qabul qilish bilan boshlash tavsiya etiladi. PZLP-xolesterinining miqdorini ahamiyatli darajada pasaytirish talab etilgan patsiyentlarga boshlang‘ich dozasi 40 mg ni tashkil etadi. Dozalar diapazoni sutkada 10-80 mg. Preparat ichga kunning istalgan vaqtida ovqat bilan yoki ovqatlanish vaqtidan qat'iy nazar qabul qilinadi. Dozani asosiy davolash maqsadiga va davolashga nisbatan patsiyentning reaktsiyasiga muvofiq tanlash kerak. Davolashni boshlanishida va/yoki dozani oshirish vaqtida 2-4 hafta davomida lipidlarning darajasini baholash va zarurat bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish kerak.
Gomozigotali oilaviy giperxolesterinemiya
Sutkada 10 mg dan 80 mg gacha bo‘lgan dozalar ishlatiladi. Atorvastatin boshqa davolash turlariga qo‘shimcha ravishda yoki lipidlarning miqdorini kamaytruvchi boshqa davolash turlari mumkin bo‘lmagan hollarda ishlatiladi.
Kattalar uchun yurak ishemik kasalligini oldini olish uchun qo‘llanadigan boshlang‘ich doza – 10 mg ni tashkil etadi, sutkada 1 qabul qilinadi.
Pediatriyada geterozigotali oilaviy giperxolesterinemiya (10-17 yoshdagi patsiyentlar)
Tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi 10 mg dan sutkada 1 marta; tavsiya etilgan maksimal dozasi – 20 mg sutkada 1 marta qabul qilinadi (yanada yuqoriroq dozalarni buyurish ushbu yoshdagi patsiyentlarda o‘rganilmagan). Dozani kamida 4 haftalik interval bilan plazmadagi lipidlar miqdorini nazorati ostida o‘zgartirish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Noxush ko‘rinishlari yengil darajada va o‘tkinchi bo‘ladi.
Nazoratli klinik tadqiqotlarda < 2% patsiyentlar atorvastatinga tegishli nojo‘ya samaralar oqibatida davolashni to‘xtatishgan.
Eng ko‘p (1% va undan ortiq) kuzatiladigan nojo‘ya samaralar uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, astenik sindrom, ko‘ngil aynishi, diareya, abdominal og‘riq, dispepsiya, meteorizm, qabziyat, mialgiya.
Kamroq kuzatiladigan (1% dan kam) nojo‘ya samaralari
Nerv tizimi tomonidan lohaslik, bosh aylanishi, amneziya, paresteziya, periferik
neyropatiya, gipesteziya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan qusish, anoreksiya, gepatit, pankreatit, xolestatik sariqlik.
Tayanch-harakat apparati tomonidan belda og‘riq, mushaklarni tirishishi, miozit, miopatiya, artralgiya, rabdomioliz.
Allergik reaktsiyalar eshakemi, qichishish, teri toshmasi, anafilaksiya, bellyoz toshma, polimorf ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), Layell sindromi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan trombotsitopeniya.
Moddalar almashinuvi tomonidan gipo- yoki giperglikemiya, zardobdagi kreatinfosfokinaza (KFK) ning faolligini oshishi.
Boshqalar impotentsiya, periferik shishlar, tana vaznini oshishi, ko‘krakda og‘riq, ikkilamchi buyrak yetishmovchiligi, alopetsiya, quloqlarni shang‘illashi, toliqish bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• jigar kasalligining faol bosqichi yoki jigar transaminazalarini noma'lum genezli oshishi (normaning yuqori chegarasidan uch marta ortiq);
• 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
• homiladorlik va laktatsiya davri;
• preparatni muvofiq kontratseptsiya vositalaridan foydalanmaydigan, homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ushbu sinf preparatlari siklosporin, fibrat kislotasi hosilalari, niatsin, eritromiitsin, aerozol qatori zamburug‘larga qarshi preparatlari bilan birga davolanganda miopatiyani rivojlanish xavfi oshadi.
Amvastan va tarkibida magniy hamda alyuminiy gidroksidini saqlovchi suspenziya bir vaqtda qabul qilinganida qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasi taxminan 35% ga pasaygan, biroq bunda PZLP-xolesterinining kontsentratsiyasini pasayish darajasi o‘zgarmagan.
Atorvastatin qon plazmasida etinilestradiol, noretisteron (noretindron) ning kontsentratsiyasini ahamiyatsiz darajada oshiradi. Bu samarasini Amvastan preparatini qabul qilayotgan ayollar uchun peroral kontratseptivni tanlashda inobatga olish kerak.
Digoksin va 10 mg atorvastatin birga ko‘p marta qo‘llanganida plazmada digoksinning muvozanatli kontsentratsiyasi o‘zgarmaydi. Shunday bo‘lsa ham, 80 mg atorvastatinni keyinchalik kundalik qo‘llanishi digoksinning kontsentratsiyasini taxminan 20% ga oshiradi. Digoksin qabul qilayotgan patsiyentlarni kerakli tarzda nazorat qilish kerak.
Kolestipol bilan birga qabul qilinganida qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasi kamayishi mumkin, bunda gipolipidemik samarasi kuchayadi.
Eritromitsin (500 mg sutkada 4 marta) va klaritromitsin (500 mg sutkada 2 marta) bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasi biroz oshadi, miopatiyani rivojlanish havfi oshadi.
Amvastan (10 mg sutkada 1 marta) va azitromitsin (500 mg sutkada 1 marta) bir vaqtda qo‘llanganida plazmada atorvastatinning kontsentratsiyasi o‘zgarmagan.
Diltiazem, verapamil, izradipin bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasi oshishi va miopatiyani rivojlanish havfi oshishi mumkin. Itrakonazol atorvastatin bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini ahamiyatli darajada oshishi tufayli, miopatiyani rivojlanish havfini oshishi kuzatiladi. Atorvastatin bir vaqtda qo‘llanganida antipirin (fenazon), terfenadinning farmakokinetikasiga ta'sir qilmaydi.
Atorvastatin simetidin, ketokonazol, spironolakton bilan birga qabul qilinganida endogen steroid gormonlarning darajasini pasayish havfini oshishi tufayli ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Atorvastatin varfarin qabul qilayotgan patsiyentlarga ishlatilganida protrombin vaqtiga klinik ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi.
10 mg amlodipin va 80 mg atorvastatin bir vaqtda bir vaqtda qo‘llanganida atorvastatinning farmakokinetikasi muvozanatli holatda o‘zgarmagan.
Amvastan va antigipertenziv vositalarni klinik jihatdan ahamiyatli noxush o‘zaro ta'siri kuzatilmagan. Amvastanni sitoxrom R450 3A4 ingibitorlari hisoblangan proteaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishi bilan kechadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qonda lipidlarning darajasini pasaytirish uchun GMG-KoA-reduktaza ingibitorlarini qo‘llanishi jigar faoliyatini aks ettiruvchi biokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Jigar faoliyatini davolashni boshlashdan oldin, atorvastatinni qabul qilish boshlanganidan so‘ng 6 va 12 haftadan keyin, dozasi har safar oshirilganidan so‘ng, shuningdek vaqti-vaqti bilan, masalan har 6 oyda nazorat qilish kerak.
Anamnezida jigar kasalliklari bo‘lganida, elektrolitlar muvozanatini og‘ir darajadagi buzilishlari, endokrin va metabolik buzilishlarda, surunkali alkogolizmda, arterial gipotenziya, og‘ir darajadagi o‘tkir infektsiyalar (sepsis), nazorat qilib bo‘lmaydigan tutqanoq, yirik jarrohlik aralashuvlari, jarohatlar, skelet mushaklarini kasalliklarida preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Atorvastatin qo‘llanganida, boshqa shu sinf vositalar qo‘llanganida bo‘lgani kabi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi rabdomioliz hollari ta'riflangan, bu mioglobinuriyaga sabab bo‘lgan. Miopatiyani kuzatilishi mumkin bo‘lgan belgilari paydo bo‘lganida yoki rabdomiioliz fonida buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavf omillari (masalan, og‘ir darajadagi o‘tkir infektsiya, arterial gipotenziya, jiddiy operatsiyalar, jarohatlar, og‘ir darajadagi almashinuv, endokrin va elektrolit buzilishlar hamda nazorat qilib bo‘lmaydigan tirishishlar) bo‘lganida preparat bilan davolashni vaqtinchalik to‘xtatish yoki butunlay bekor qilish kerak. Atorvastatin bilan davolash miopatiyani chaqirishi mumkin. Miopatiya tashxisi (mushaklarda og‘riq va bo‘shligi, KFK ning faolligini normaning yuqori chegarasiga nisbatan 10 barobardan ko‘proq oshishi bilan birga kechuvchi) tarqalgan mialgiyalar, mushaklarda og‘riq yoki bo‘shligi va/yoki KFKning faolligini yaqqol oshishi bo‘lgan bemorlarda muhokama qilinishi kerak. Mushaklarda tushuntirib bo‘lmaydigan og‘riqlar yoki mushaklar bo‘shligi, agar ular lohaslik yoki isitma bilan kechsa, ular paydo bo‘lganligi haqida zudlik bilan shifokorga xabar berish kerakligi yuzasida patsiyentlarni ogohlantirish kerak. KFKning faolligini yaqqol oshganida yoki tasdiqlangan yoki taxmin qilingan miopatiya bo‘lganida atorvastatin bilan davolashni to‘xtatish kerak. Ushbu sinf preparatlari bilan davolanganda miopatiyani rivojlanish xavfi siklosporin, fibratlar, eritromitsin, nikotin kislotasi yoki azol zamburug‘larga qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida oshgan. Atorvastatin ushbu dori vositalari bilan majmuada gipolipidemik dozalarda buyurilganida, davolashdan kutilgan foyda va havfni sinchiklab baholash, mushaklarda og‘riq yoki bo‘shligini aniqlash maqsadida, davolashning birinchi oylari davomida va har qanday preparatning dozasini oshirish vaqtida patsiyentlarni muntazam ravishda kuzatish kerak. Bunday holatlarda KFKning faolligini vaqti-vaqti bilan aniqlashni tavsiya etish mumkin, garchi bunday nazorat og‘ir miopatiyani rivojlanishini oldini olish imkonini bermaydi. Preparat bilan davolanish vaqtida greypfrut sharbatini iste'mol qilish qon plazmasida atorvastatinning kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Preparatni qabul qilayotgan patsiyentlar bu sharbatni iste'mol qilishdan saqlanishlari kerak.
Dalachoy atorvastatinning kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida Amvastanni qo‘llash mumkin emas.
Ko‘krak yoshidagi bolalarda noxush ko‘rinishlarni rivojlanishi mumkinligi tufayli, laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish haqidagi masalani hal qilish kerak.
Preparatni davolanish vaqtida reproduktiv yoshdagi ayollar muvofiq kontratseptiv vositalardan foydalanishlari kerak. Homilador bo‘lish ehtimoli juda kam bo‘lgan holdagina, reproduktiv yoshdagi ayollarga atorvastatinni qo‘llash mumkin; atorvastatin bilan davolanganda patsiyent ayol homila uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavf haqida ogohlantirilgan bo‘lishi kerak.
Pediatriyada qo‘llanishi
Pediatriya amaliyotida preparat qat'iy shifokor nazorati ostida qo‘llanadi.
10 yosh va undan oshgan patsiyentlar uchun atorvastatinning tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi kuniga 10 mg ni tashkil etadi, dozasi kuniga 20 mg gacha oshirilishi mumkin. Dozani oshirish patsiyentning individual reaktsiyasi va atorvastatinni o‘zlashtirilishiga qarab bajarilishi kerak. Bolalarda atorvastatinni 20 mg dan ortiq dozalarda qo‘llash xavfsizligi cheklangan.
6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash tajribasi cheklangan.
10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga atorvastatinni qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Amvastan diqqatni jamlashni talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Amvastan bilan davolanish uchun dozani oshirib yuborilish xarakterli emas, nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin.
Dozasi oshirib yuborilganida simptomatik davolash o‘tkaziladi, spetsifik antidoti yo‘q.
Gemodializ samarasiz.
Chiqarilish shakli
10 mg yoki 20 mg dan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Rotafarm Ilachlar Limited Shirketi», Turkiya
(“Rotapharm İlaçlari Limited Şirketi”, Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(BagdjIlar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
"World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş.", Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.