Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Atorvakor tab. 10mg. №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Аторвастатин
Страна производитель
Украина
Дозировка
10 мг
Производитель
ПАО «Фармак»
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Atorvakor
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Atorvastatin
Dori shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
faol modda atorvastatin;
1 tabletka 100% moddaga qayta hisoblaganda 10,82 mg yoki 21,64 mg yoki 43,28 mg yoki 86,56 mg atorvastatin kaltsiy trigidrati saqlaydi (bu 10 mg yoki 20 mg yoki 40 mg yoki 80 mg atorvastatinga ekvivalent);
yordamchi moddalar kaltsiy karbonati; laktoza monogidrati; mikrokristall sellyuloza; natriy kroskarmeloza; polisorbat 80; gidroksipropiltsellyuloza; magniy stearati; Opadry II 85F18422 white (polivinil spirti, polietilenglikol, talk, titan dioksidi (E 171)).
Ta'rifi dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
gipolipidemik preparatlar. Gipoxolesterinemik va gipotriglitseridemik preparatlar. GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari.
ATX kodi S10AA05
Farmakologik xussusiyatlari
Farmakodinamika
Atorvakor sintetik gipolipidemik dori vositasi bo‘lib hisoblanadi. Atorvastatin 3-gidroksi-3-metilglutaril-koferment A (GMG-KoA) -reduktaza ingibitori bo‘lib hisoblanadi. Bu ferment GMG-KoA ning mevalonatga aylanishi – xolesterin biosintezining erta bosqichini katalizatsiya qilib, uning hosil bo‘lish tezligini chegaralaydi.
Atorvakor GMG-KoA-reduktaza – fermentining selektiv raqobatli ingibitori hisoblanib, unga 3-gidroksi-3-metilglutaril-koferment A ning sterollar, shu jumladan xolesterinning o‘tmishdosh moddasi - mevalonatga aylanish tezligi bog‘liq. Xolesterin va triglitseridlar qonda lipoproteinlar bilan kompleksda aylanib yuradi. Ushbu komplekslar ultratsentrifugalash yordamida YuZLP (yuqori zichlikdagi lipoproteinlar), OZLP (oraliq zichlikdagi lipoproteinlar), PZLP (past zichlikdagi lipoproteinlar) va JPZLP (juda past zichlikdagi lipoproteinlar) ga ajratiladi. Triglitseridlar (TG) va xolesterin jigarda JPZLP tarkibiga qo‘shiladi va periferik to‘qimalarga tashilish uchun qon plazmasiga ajratiladi. PZLP EPZLPdan shakllanadi va PZLPning yuqori affinlikdagi retseptorlari bilan o‘zaro ta'sirlashish orqali katabolizmga uchraydi. Klinik va patologoanatomik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, umumiy xolesterin (UX), PZLP xolesterini (XS-PZLP) va apolipoprotein V (apo V) ning qon plazmasidagi yuqori miqdorlari odamda ateroskleroz rivojlanishiga olib keladi va yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish xavfi omillari bo‘lib hisoblanadi, shu bilan birga PZLP xolesterinining yuqori miqdorlari yurak-qon tomir kasalliklari xavfining pasayishi bilan bog‘liq.
Hayvonlardagi eksperimental moddalarda atorvastatin plazmadagi xolesterin va lipoproteinlar darajasini jigarda GMG-KoA-reduktazani ingibitsiya qilish va xolesterinni sintez qilish orqali hamda PZLPning yutilishi va katabolizmini kuchaytirish uchun hujayralar yuzasida PZLP jigar retseptorlari sonini oshirish orqali pasaytiradi; shuningdek, atorvastatin PZLP ishlab chiqarilishi va ushbu zarrachalar miqdorini kamaytiradi. Atorvastatin gomozigotali oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarning ayrimlarida, ya'ni boshqa gipolipidemik dori vositalari bilan davolashga kam hollarda javob beradigan patsiyentlarda PZLP xolesterini miqdorini pasaytiradi.
Ko‘p sonli klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, umumiy xolesterin, PZLP xolesterin va apo V (PZLP xolesterini uchun membranali kompleks) miqdorining oshishi ateroskleroz rivojlanishini qo‘zg‘atadi. Shunday qilib, YuZLP xolesterini (va uning transport kompleksi – apo A) miqdorining pasayishi ateroskleroz rivojlanishi bilan bog‘liq.
Epidemiologik tadqiqotlarda shu tasdiqlanganki, yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim holatlari umumiy xolesterin va PZLP xolesterini miqdoriga to‘g‘ri proportsional ravishda va YuZLP xolesterini miqdoriga teskari proportsional ravishda o‘zgaradi.
Atorvastatin gomozigotali va geterozigotali oilaviy giperxolenesterinemiya, giperxolesterinemiyaning oilaviy bo‘lmagan shakllari va aralash dislipidemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda umumiy xolesterin, PZLP xolesterini va apo V miqdorlarini pasaytiradi. Atorvastatin JPZLP va TG miqdorlarini ham pasaytiradi, shuningdek YuZLP xolesterini va apolipoprotein A-1 miqdorlarining noturg‘un oshishini oldindan aniqlab beradi. Atorvastatin izolyatsiyalangan gipertriglitseridemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda umumiy xolesterin, PZLP xolesterini, JPZLP xolesterini, apo V, triglitseridlar va YuZLP bo‘lmagan XS miqdorlarini pasaytiradi, shuningdek YuZLP xolesterini miqdorini oshiradi. Atorvastatin disbetaliproteinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda OZLP-XSni pasaytiradi.
PZLPga o‘xshab, xolesterin va triglitseridlar bilan to‘yingan lipoproteinlar, shu jumladan JPZLP, OZLP va boshqalar ham ateroskleroz rivojlanishiga turtki berishi mumkin.
Plazmadagi triglitseridlar miqdorining oshishi ko‘pincha YuZLP-XS va PZLP kichik zarrachalarining past miqdorlari bilan uchlik (triada)da, shuningdek yurak ishemik kasalligi rivojlanishining lipidli bo‘lmagan metabolik xavf omillari bilan majmuada uchraydi. Triglitseridlarning plazmadagi umumiy miqdori o‘z-o‘zidan yurak ishemik kasalligi rivojlanishining mustaqil xavf omili bo‘lib hisoblanishi aniq isbotlab berilmagan. Undan tashqari, YuZLP miqdori oshishi yoki triglitseridlar miqdori pasayishining koronar va yurak-qon tomir kasalliklari hamda o‘lim xavfiga mustaqil tarzdagi ta'siri tasdiqlanmagan.
Atorvastatin, xuddi uning ayrim metabolitlari kabi odamda farmakologik jihatdan faol hisoblanadi. Atorvastatin ta'sirining asosiy joyi jigar hisoblanib, u xolesterin sintez iva PZLP klirensida bosh o‘rinni egallaydi. Preparat dozasi, preparatning tizimi kontsentratsiyadan farqli ravishda, PZLP xolesterini miqdorining pasayishi bilan yaxshiroq o‘zgaradi. Dozani individual ravishda tanlash terapevtik ta'sir-javobdan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi kerak («
Qo‘llash usuli va dozalari
» bo‘limiga qarang).
Farmakokinetikasi
So‘rilishi.
Atorvastatin peroral qabul qilingandan so‘ng tez so‘riladi. Uning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 1-2 soatda erishiladi. So‘rilish darajasi dozaga proportsional ravishda ortib boradi. Atorvastatinning mutloq biokiraolishligi (chiqadigan dori vositasi) taxminan 14%, GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faollikning tizimli biokiraolishligi esa taxminan 30% ni tashkil etadi. Preparatning past tizimli kiraolishligi me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatidagi tizim-oldi klirensi va/yoki jigardagi tizim osti biotransformatsiya bilan bog‘liq. Ovqat dori vositasining so‘rilish tezligi va darajasini muvofiq ravishda taxminan 25% va 9% ga kamaytiradi, Cmax va AUC ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda, PZLP xolesterini miqdorining pasayishi Atorvakor® ovqat bilan yoki alohida qabul qilinishidan qat'iy nazar o‘xshash bo‘ladi.
Avtorvastatin kechqurun qo‘llanilganda, uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi ertalab qabul qilingandagiga nisbatan pastroq bo‘ladi (Cmax va AUC uchun taxminan 30% ga). Lekin PZLP xolesterini miqdorining pasayishi preparatni qabul qilish vaqtidan qat'iy nazar bir xil bo‘ladi (“
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limiga qarang).
Taqsimlanishi.
Atorvastatinning taqsimlanish hajmi taxminan 381 litrni tashkil qiladi. Preparatning 98% dan ko‘prog‘i plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Taxminan 0,25 ni tashkil qiluvchi qon/plazma kontsentratsion nisbat preparatning eritrotsitlarga yomon kirishini ko‘rsatadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqot ma'lumotlari asosida Atorvakor® odam ko‘krak sutiga kiradi (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
”, “Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi”, “
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limlariga qarang).
Metabolizmi.
Atorvastatin orto- va paragidroksilizatsiyaga uchragan hosilalar va beta-oksidlanishning turli mahsulotlarigacha jadal ravishda metabolizmga uchraydi. In vitro sharoitdagi tadqiqotlarda GMG-KoA-reduktazaning orto- va paragidroksilizatsiyaga uchragan metabolitlar bilan ingibitsiya qilinishi atorvastatin bilan ingibitsiya qilinishiga ekvivalent. GMG-KoA-reduktazaga nisbatan aylanib yuruvchi ingibitsiya qiluvchi faollikning taxminan 70% faol metabolitlar bilan bog‘liq. In vitro sharoitdagi tadqiqotlari atorvastatinning sitoxrom R450 3A4 orqali metabolizmga uchrashi muhimligi haqida dalolat beradi, bu ushbu izofermentning taniqli ingibitori – eritromitsin bilan birgalikda qo‘llangandan so‘ng atorvastatin odam qon plazmasidagi kontsentratsiyalari oshishi bilan mos keladi (“Dorilarning o‘zarota'siri” bo‘limiga qarang).
Chiqarilishi.
Atorvastatin va uning metabolitlari jigar va/yoki jigardan tashqari metabolizmga uchragandan so‘ng, bosh o‘rinda safro bilan chiqariladi, lekin ushbu preparat, ehtimol, ichak-jigar retsirkulyatsiyasiga uchramaydi. Atorvastatinning odam qon plazmasidagi o‘rtacha yarim chiqarilishi davri taxminan 14 soatni tashkil qiladi, lekin GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibitsiya qiluvchi faollikning yarim kamayish davri faol metabolitlar qo‘shilishi tufayli 20 dan 30 soatgacha vaqtni tashkil qiladi. Preparat peroral qabul qilingandan so‘ng, dozaning 2% dan kamrog‘i siydik bilan ajraladi.
Bemorlar populyatsiyalari
Keksa yoshdagi patsiyentlar. Atorvastatinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi keksa yoshdagi sog‘lom shaxslarda (65 yoshdan katta) yosh insonlardagiga nisbatan yuqori bo‘ladi (Cmax uchun taxminan 40% va AUC uchun taxminan 30%). Klinik ma'lumotlar keksa yoshdagi patsiyentlarda preparatning istalgan dozasi qo‘llanilganda, yosh insonlar bilan solishtirilganda, PZLP katta darajada pasayishidan dalolat beradi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
Bolalar. Bolalaryuzasidan farmakokinetik ma'lumotlar mavjud emas.
Jins. Atorvastatinning ayollar qon plazmasidagi kontsentratsiyasi erkaklar plazmasidagi kontsentratsiyadan farq qiladi (Cmax taxminan 20% ga yuqori, AUC esa 10 % ga past). Ammo atorvastatin erkaklar va ayollarda qo‘llanganda, PZLP xolesterini darajasining pasayishida klinik ahamiyatli farq yo‘q.
Buyraklar funktsiyasini buzilishi. Buyrak kasalliklari atorvastatinning plazmadagi kontsentratsiyasi yoki PZLP-XS darajasining pasayishiga ta'sir qilmaydi, o‘z navbatida, buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga preparat dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi (“
Qo‘llash usuli va dozalari
”, “
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limlariga qarang).
Gemodializ. Buyrak kasalligining terminal bosqichida bo‘lgan patsiyentlar ishtirokida tadqiqotlar o‘tkazilmaganligiga qaramay, gemodializ Atorvakor® preparatining klirensini ahamiyatli tarzda oshirmaydi, chunki preparat plazma oqsillari bilan jadal bog‘lanadi.
Jigar yetishmovchiligi. Atorvastatinning plazmadagi kontsentratsiyasi jigarning surunkali alkogolli kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda sezilarli darajada oshadi. Cmax va AUC ko‘rsatkichklari jigarning Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A sinfga mansub kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda 4 marta yuqori bo‘ladi. Jigarning Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha V sinfga mansub kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda Cmax va AUC ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda taxminan 16 va 11 marta oshadi (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang).
Qo‘llanilishi
Yurak qon-tomir kasalliklarining oldini olish
Klinik yaqqol bo‘lmagan yurak ishemik kasalligi bo‘lgan, lekin yosh, chekish, arterial gipertenziya, PZLP ning past miqdori yoki oilaviy anamnezida avval aniqlangan yurak ishemik kasalligining mavjudligi kabi yurak ishemik kasalligi rivojlanishining bir nechta xavf omillari bo‘lgan katta patsiyentlar uchun Atorvakor quyidagilar uchun qo‘llaniladi
- miokard infarkti paydo bo‘lish xavfini kamaytirish;
- insult paydo bo‘lish xavfini kamaytirish;
- revaskulyarizatsiya muolajasini o‘tkazish va stenokardiya xavfini kamaytirish.
Qandli diabetning II tipi va klinik yaqqol bo‘lmagan, retinopatiya, albuminuriya, chekish yoki arterial gipertenziya kabi lekin yurak ishemik kasalligi rivojlanishining bir nechta xavf omillariga ega bo‘lgan patsiyentlar uchun Atorvakor quyidagi holatlarda qo‘llaniladi
- miokard infarktining paydo bo‘lish xavfini kamaytirish;
- insult paydo bo‘lish xavfini kamaytirish.
Klinik yaqqol yurak ishemik kasalligi bo‘lgan patsiyentlar uchun Atorvakor quyidagi holatlarda qo‘llaniladi
- noletal miokard infarkti paydo bo‘lish xavfini kamaytirish;
- letal va noletal insult paydo bo‘lish xavfini kamaytirish;
- revaskulyarizatsiya muolajasini o‘tkazish xavfini kamaytirish;
- dimlangan yurak yetishmovchiligi bilan bog‘liq gospitalizatsiya xavfini kamaytirish;
- stenokardiya paydo bo‘lish xavfini kamaytirish.
Giperlipidemiya - umumiy xolesterin, PZLP xolesterini, apolipoprotein V va triglitseridlarning oshgan miqdorini kamaytirish, shuningdek birlamchi giperxolesterinemiyasi (geterozigotali oilaviy va oilaviy bo‘lmagan) va aralash dislipedimiyasi (Fredrikson tasnifi bo‘yicha IIa va IIb tiplar) bo‘lgan patsiyentlarda YuZLP xolesterini miqdorini oshirish uchun parhezga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi.
- qon zardobida triglitseridlar miqdori oshgan patsiyentlarni davolash uchun parhezga qo‘shimcha tarzda (Fredrikson tasnifi bo‘yicha IV tip).
- parhezga rioya qilish yetarli darajada samarador bo‘lmagan holatlarda, birlamchi disbetalipoproteinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun (Fredrikson tasnifi bo‘yicha III tip).
- gomozigotali oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda umumiy xolesterin va PZLP xolesterinini pasaytirish uchun davolashning boshqa gipolipidemik usullariga (PZLP aferezi kabi) qo‘shimcha tarzda yoki agar bunday usullar bo‘lmagan holatda.
- geterozigotali oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan 10 dan 17 yoshgacha o‘g‘il bolalar va hayz boshlangandan so‘ng qiz bolalarda umumiy xolesterin, PZLP xolesterini va apolipoprotein V darajalarini pasaytirish uchun qo‘shimcha tarzda, agar tegishli parhezli muolajadan so‘ng tahlil natijalari quyidagicha bo‘lsa
a) PZLP xolesterini ≥190 mg/dl holatda saqlanib qolsa yoki
b) PZLP xolesterini ≥160 mg/dl bo‘lsa, hamda
• oilaviy anamnezida erta bosqichdagi yurak-qon tomir kasalliklari yoki
• bolalarda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfining ikki yoki undan ortiq omillari bo‘lganida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Giperlipidemiya (geterozigotali oilaviy va oilaviy bo‘lmagan) va aralash dislipidemiya (Fredrikson tasnifi bo‘yicha IIa va IIb tiplari)
Atorvakor preparatining tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi sutkada 1 marta 10 yoki 20 mg ni tashkil qiladi. PZLP (45% dan ortiqroq) xolesterini darajasini ahamiyatli pasaytirish talab etiluvchi patsiyentlar uchun davolash 40 mg sutkada 1 martadan boshlanishi mumkin. Atorvakor® prepartining doza diapazoni sutkada 1 marta 10 dan 80 mg gacha oraliqda joylashgan. Preparat bir martalik dozada har qanday vaqtda va ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilinishi mumkin. Atorvakor® preparatning boshlang‘ich va samarani bir maromda tutib turuvchi dozalari davolash maqsadi va ta'sir javobdan kelib chiqqan holda individual ravishda tanlanishi kerak. Davolash boshlangandan so‘ng va/yoki Atorvakor® preparatining dozasi titrlangandan so‘ng 2 dan 4 haftalik davr mobaynida lipidlar darajasi tahlil qilib turilishi va muvofiq ravishda dozaga tuzatish kiritilishi kerak.
Bolalarda geterozigotali oilaviy giperxolesterinemiya (10 – 17 yoshdagi)
Atorvakor preparatining tavsiya qilingan boshlang‘ich dozasi sutkada 10 mg; tavsiya qilingan maksimal dozasi – sutkada 20 mg (preparatning 20 mg dan yuqori dozalari ushbu guruh patsiyentlarida o‘rganilmagan). Preparat dozasi individual ravishda, davolash maqsadiga muvofiq tanlanishi kerak. Dozaga tuzatish kiritish 4 haftalik va undan ko‘p oraliq bilan amalga oshirilishi kerak.
Gomozigotali oilaviy giperxolesterinemiya
Gomozigotali oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan patsiyentlar uchun Atorvakor preparatining dozasi sutkada 10 dan 80 mg gachani tashkil qiladi. Atorvakor® davolashning boshqa gipolipidemik usullariga (masalan, PZLP aferezi) qo‘shimcha sifatida yoki agar davolashning gipolipidemik usullari mavjud bo‘lmaganda qo‘llanilishi kerak.
Bir vaqtda o‘tkaziladigan gipolipidemik muolaja
Atorvakor o‘t kislotalarining sekvestrantlari bilan qo‘llanishi mumkin. GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar) va fibratlar majmuasi, umuman olganda, ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak (“
Maxsus ko‘rsatmalar
”, “Dorilarning o‘zarota'siri” bo‘limlariga qarang).
Buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar uchun dozalar
Buyrak kasalliklari Atorvakor preparati qo‘llanganda plazmadagi kontsentratsiyasiga ham, PZLP xolesterini darajasining pasayishiga ham ta'sir ko‘rsatmaydi; o‘z navbatida, buyrak funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar uchun preparat dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi («
Maxsus ko‘rsatmalar
», «
Farmakokinetikasi
» bo‘limlariga qarang).
Siklosporin, klaritromitsin, itrakonazol yoki muayyan proteaza ingibitorlarini qabul qilayotgan patsiyentlar uchun dozalash
Siklosporin yoki OITV proteazasi ingibitorlari (tipranavir + ritonavir) yoki gepatit S virusi proteazasi ingibitori (telaprevir) ni qabul qilayotgan patsiyentlarni Atorvakor preparati bilan davolashdan saqlanish kerak. Atorvakor OITV bo‘lgan, lopinavir + ritonavir qabul qilayotgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan va eng past kerakli dozada qo‘llanishi lozim. Klaritromitsin, itrakonazol qabul qilayotgan patsiyentlar, sakvinavir + ritonavir, darunavir + ritonavir, fosamprenavir yoki fosamprenavir + ritonavir majmuasini qabul qilayotgan OITV bo‘lgan patsiyentlarga Atorvakor preparatining terapevtik dozasini 20 mg doza bilan chegaralash kerak, shuningdek Atorvakor preparatining eng past kerakli dozasini qo‘llashni ta'minlash uchun zaruriy klinik tekshiruvlarni amalga oshirish tavsiya etiladi. OITV proteazasi ingibitori nelfinavir yoki gepatit S proteazasi ingibitori botseprevirni qabul qilayotgan patsiyentlar uchun Atorvakor® preparati bilan davolanishni 40 mg gacha bo‘lgan doza bilan chegaralash kerak, shuningdek shuningdek Atorvakor® preparatining eng past kerakli dozasini qo‘llashni ta'minlash uchun zaruriy klinik tekshiruvlarni amalga oshirish tavsiya etiladi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” va “Dorilarning o‘zarota'siri” bo‘limlariga qarang).
Bolalar
Atorvastatinni geterozigotali oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan 10-17 yoshdagi patsiyentlarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi 6 oy davom etgan nazoratga olingan klinik tadqiqotda o‘smir bolalar va qizlar ishtirokida hayz boshlangandan keyin o‘rganilgan. Atorvastatin bilan davolangan patsiyentlar, umuman olganda, nojo‘ya reaktsiyalarning platsebo qabul qilgan patsiyentlardagiga o‘xshash profiliga ega bo‘lgan. Infektsion kasalliklar, sabab-oqibat bog‘liqlik baholanishidan qat'iy nazar, ikkala guruhda kuzatilgan nojo‘ya holatlarni o‘z ichiga olgan. Patsiyentlarning ushbu guruhida 20 mg dan ortiq preparat dozasi o‘rganilmagan. Ushbu nazoratga olingan tor tadqiqotda preparatning bolalarning o‘sishi yoki jinsiy yetilishi yoki qizlardagi hayz siklining davomiyligiga ta'siri aniqlanmagan («Nojo‘ya reaktsiyalar», «
Qo‘llash usuli va dozalari
» bo‘limlariga qarang). O‘smir qizlarga atorvastatin bilan davolanish davri mobaynida kontratseptsiyaning maqbul usullari bo‘yicha maslahat berish lozim («Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi» bo‘limiga qarang).
Atorvastatin prepubertrat yoshdagi patsiyentlar yoki 10 yoshdan kichik patsiyentlarni o‘z ichiga olgan nazoratga olingan klinik tadqiqotlarda o‘rganilmagan.
Preparatning 1 yil davomida sutkada 80 mg dozalaridagi klinik samaradorligi gomozigotali oilaviy giperxolinesterinemiya bo‘lgan patsiyentlarda nazoratga olinmagan tadqiqotda baholangan bo‘lib, unga 8 nafar bolalar kiritilgan («
Qo‘llash usuli va dozalari
» bo‘limiga qarang).
Nojo‘ya reaktsiyalar
Atorvastatin bilan davolangan patsiyentlarda, preparat qo‘llanishi to‘xtatilishiga olib kelgan eng ko‘p tarqalgan beshta nojo‘ya reaktsiya quyidagilar mialgiya, diareya, ko‘ngil aynishi, alaninaminotransferaza (ALT) va jigar fermentlari darajasining oshishi.
Shuningdek, quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilgan nazofaringit, artralgiya, diareya, qo‘l-oyoqlarda og‘riq, siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, dispepsiya, mushak spazmlari, uyqusizlik, faringolaringeal og‘riq.
Boshqa nojo‘ya reaktsiyalarga quyidagilar kiradi
Ruhiyat tomonidan qo‘rqinli tush ko‘rish;
Eshitish va muvozanat a'zolari tomonidan quloqlarda shovqin;
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan leykotsitouriya;
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan ginekomastiya;
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar, gipesteziya, disgevziya, amneziya, periferik neyropatiya.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan qabziyat, meteorizm, me'da – ichak diskomfort, qusish, kekirish, pankreatit, gepatit, xolestaz;
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan mushak-skelet og‘rig‘i, bo‘g‘imlar shishi, belda og‘riq, bo‘yinda og‘riq, mushaklarning yuqori darajada toliqishi, miopatiya, miozit, rabdomioliz, tendinopatiya (ba'zan paylarning uzilishi bilan asoratlanadi);
Metabolizm va ovqatlanish tomonidan transaminazalar darajasining oshishi, jigar funktsional sinamalarining normadan og‘ishi, qonda ishqoriy fosfataza darajasining oshishi, kreatinfosfokinaza faolligining oshishi, giperglikemiya, gipoglikemiya, tana vaznining oshishi, anoreksiya;
Jigar va o‘t qopi tomonidan jigar yetishmovchiligi;
Teri va biriktiruvchi to‘qima tomonidan eshakemi, teri toshmalari, qichishish, alopetsiya, angionevrotik shish, bullyoz dermatit (shu jumladan, ko‘p shaklli eritema), Stivens – Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz;
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan tomoq va hiqildoq og‘rig‘i, burundan qon ketishi;
Qon va limfatik tizim tomonidan trombotsitopeniya;
Immun tizimi tomonidan allergik reaktsiyalar, anafilaksiya;
Ko‘rish a'zolari tomonidan ko‘rishning xiralashishi, ko‘rish noaniqligi, ko‘rishning buzilishi;
Umumiy buzilishlar lohaslik hissi, asteniya, ko‘krakda og‘riq, periferik shishlar, toliqish, pireksiya;
Laboratoriya tahlil natijalarining o‘zgarishi jigar funktsional sinamalari natijalaridagi og‘ishlar, qondagi kreatinfosfokinaza faolligining oshishi, siydikda leykotsitlar miqdoriga o‘tkazilgan tahlilning ijobiy natijasi.
GMG –KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari qo‘llangandagi kabi, atorvastatin qabul qilgan patsiyentlarda qon zardobidagi transaminazalar faolligining oshishi kuzatilgan. Ushbu o‘zgarishlar odatda kuchsiz yaqqollik, vaqtinchalik tabiatga ega bo‘lgan va aralashuv yoki davolanishni talab qilmagan. Bunday oshish dozaga bog‘liq tabiatga ega bo‘lgan va barcha patsiyentlarda qaytuvchan bo‘lgan.
Zardobda kreatinkinaza faolligining oshishi kuzatilib, u normaning yuqori chegarasini 3 barobardan ko‘p bo‘lgan.
Klinik tadqiqotlar vaqtida paydo bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalar siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari, qandli diabet, insult.
Atorvastatinning ro‘yhatdan o‘tkazilgandan keyingi qo‘llanish tajribasi
Atorvastatinning ro‘yhatdan o‘tkazilgandan keyingi qo‘llanishi davomida quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar aniqlangan. Ushbu reaktsiyalar haqida noma'lum sondagi populyatsiyadan ko‘ngilli ravishda xabarlar berilishi tufayli, doim ham ishonarli ravishda ularning uchrash tez-tezligi yoki preparatni qabul qilish bilan sabab-oqibat bog‘liqligini baholashning imkoni yo‘q.
Atorvastatin bilan davolanish bilan bog‘liq nojo‘ya reaktsiyalarga, sabab-oqibat bog‘liqligi baholanishdan qat'iy nazar, quyidagi reaktsiyalar taalluqli anafilaksiya, angionevrotik shish, bullyoz toshma (shu jumladan,ekssudativ ko‘p shaklli eritema, Stivens – Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz), rabdomioliz, miozit, yuqori darajada toliqish, paylarning uzilishi, letal va noletal jigar yetishmovchiligi, bosh aylanishi, depressiya, periferik neyropatiya va pankreatit.
Statinlarni qo‘llash bilan bog‘liq immunologik bog‘liq nekrozlanuvchi miopatiya holatlari haqida kam hollarda xabarlar kelib tushgan (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang).
Kam hollarda statinlarni qo‘llash bilan bog‘liq kognitiv buzilishlar (xotira yo‘qolishi, unutuvchanlik, amneziya, xotira buzilishi, ong chalkashishi kabi) haqida ro‘yhatdan o‘tkazilgandan keyingi xabarlar kelib tushgan. Ushbu kognitiv buzilishlar barcha statinlar qo‘llanganda qayd etilgan va jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar toifasiga mansub bo‘lmagan.
Bunday ko‘rinishlar statinlarni qabul qilish to‘xtatilgandan so‘ng simptomning paydo bo‘lishi boshlanguncha (1 kundan bir necha yilgacha) va simptomning yo‘qolishigacha (davomiylik medianasi 3 haftani tashkil qilgan) turli vaqtda qaytuvchan tabiatga ega bo‘lgan.
Ayrim statinlar qo‘llanganda quyidagi nojo‘ya holatlar aniqlangan jinsiy faoliyatning buzilishi; yakka holatlarda o‘pkaning interstitsial kasalligi, ayniqsa uzoq muddat davolanish vaqtida.
Ro‘yhatdan o‘tkazilgandan keyingi kuzatuvlar vaqtida quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar haqida xabar berilgan.
Qon tomir va limfatik tizim funktsiyasini buzilishi trombotsitopeniya.
Immun tizimi funktsiyasini buzilishi allergik reaktsiyalar, anafilaksiya (shu jumladan anafilaktik shok).
Metabolizm va ovqatlanishning buzilishi tana vaznining oshishi.
Nerv tizimi funktsiyasini buzilishi bosh og‘rig‘i, gipesteziya, disgevziya.
Me'da-ichak yo‘llarining buzilishlari qorindagi og‘riq.
Eshitish va labirint a'zolar funktsiyasini buzilishlari quloqlarda shovqin.
Teri va teri osti to‘qimasi eshakemi.
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimalar faoliyatining buzilishi artralgiya, belda og‘riq.
Umumiy buzilishlar ko‘krakda og‘riq, periferik shishlar, lohaslik, charchoq.
Laboratoriya tahlil natijalarining o‘zgarishlari alaninaminotransferaza faollining oshishi, qondagi kreatinfosfokinaza faolligining oshishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
jigar tranaminazalari miqdorining noma'lum etiologiyali turg‘un oshishini o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan faol jigar kasalligi;
dori vositasining biron-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
homiladorlik va emizish davri;
kontratseptsivlardan foydalanmaydigan tug‘ruq yoshidagi ayollarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Statinlar bilan davolanishda miopatiyaning rivojlanish xavfi fibroat kislotasining hosilalari, niatsinning lipidomodifikatsiya qiluvchi dozalari, siklosporin yoki CYP 3A4 ning kuchli ingibitorlarini (masalan, klaritromitsin, OITV proteazasi ingibitorlari va itrakonazol) bir vaqtda qo‘llaganda oshadi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” va “
Farmakologik xususiyatlari
” bo‘limlariga qarang).
CYP 3A4 ning kuchli ingibitorlari. Atorvakor sitoxrom P450 3A4 orqali metabolizmga uchraydi. Atorvakor preparatini CYP 3A4 ning kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash plazmada atorvastatin kontsentratsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin (1 jadval va quyidagi batafsil ta'riflangan ma'lumotga qarang). O‘zaro ta'sirlashishi va ta'sirni kuchaytirish darajasi CYP 3A4 ga ta'sir qilishga bog‘liq. Imkon qadar CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari (masalan, siklosporin, telitromitsin, klaritromitsin, delavirdin, stiripentol, ketokonazol, vorikonazol, itrakonazol, posakonazol va OITV proteazasi ingibitorlari, jumladan ritonavir, lopinavir, atazanavir, indinavir, darunavir bilan) bilan bir vaqtda qo‘llanishning oldini olish kerak. Agar ushbu preparatlarni atorvastatin bilan bir vaqtda qo‘llashning oldini olish mumkin bo‘lmasa, atorvastatinning eng kichik boshlang‘ich va eng yuqori dozalarini qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. Shuningdek patsiyent holatini yaxshilab klinik monitoring qilish tavsiya etiladi (1 jadvalga qarang).
CYP3A4 ning o‘rtacha ingibitorlari (masalan, eritromitsin, diltiazem, verapamil va flukonazol) qon plazmasida atorvastatin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin (3-jadvalga qarang).
Eritromitsin va statinlarni bir vaqtda qo‘llash miopatiya rivojlanish xavfi bilan kechadi. Amiodaron yoki verapamilning atorvastatinga ta'sirini baholash uchun dori vositalarining o‘zaro ta'sirlashish tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Ma'lumki, amiodaron va verapamil CYP3A4 faolligini so‘ndiradi, o‘z navbatida, ushbu preparatlarni atorvastatin bilan bir vaqtda buyurish atorvastatin ekspozitsiyasining oshishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, atorvastatin va ushbu CYP3A4 o‘rtacha ingibitorlari bir vaqtda qo‘llanganda, atorvastatinning kichikroq maksimal dozalarini buyurish imkoniyatini ko‘rib chiqish zarur. Shuningdek patsiyent holatini klinik monitoring qilish tavsiya etiladi. Ingibitor bilan davolash boshlangandan so‘ng yoki uning dozasiga tuzatish kiritilgandan so‘ng patsiyent holatini klinik monitoring qilish tavsiya etiladi.
Greypfrut sharbati. CYP 3A4 ni ingibitsiya qiluvchi bir yoki undan ko‘p komponent saqlaydi va ayniqsa, greypfrut sharbati haddan ziyod ko‘p iste'mol qilinganda (sutkada 1,2 litrdan ko‘p) plazmada atorvastatin kontsentratsiyasi oshishi mumkin.
Klaritromitsin. Atorvastatinning AUC qiymati uni 80 mg dozada va klaritromitsinni (sutkada ikki marta 500 mg dan) bir vaqtda qo‘llanganda faqat atorvastatin qo‘llanilganga nisbatan ahamiyatli oshgan (“
Farmakologik xususiyatlari
” bo‘limiga qarang). Shuning uchun klaritromitsin qabul qilayotgan patsiyentlarga Atorvakor® preparatini 20 mg dan yuqori dozada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” va “
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limlariga qarang).
Proteaza ingibitorlari majmuasi. Atorvastatinning AUC qiymati Atorvakor® preparati OITV proteazasi ingibitorlarining bir nechta majmualari, shuningdek gepatit S virusining proteazasi ingibitori telaprevir bilan bir vaqtda qo‘llanganda, faqat Atorvakor preparatini qo‘llashga nisbatan ahamiyatli yuqori bo‘lgan (“
Farmakologik xususiyatlari
” bo‘limiga qarang). Shuning uchun, OITV proteazasi ingibitori – tipranavir + ritonavir yoki gepatit S virusining proteazasi ingibitori - telaprevirni qabul qilayotgan patsiyentlarga Atorvakor® preparatini bir vaqtda qo‘llashning oldini olish kerak. Preparat OITV proteazasi ingibitori – lopinavir + ritonavirni qabul qilayotgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan va eng past kerakli dozada buyurilishi kerak. OITV proteazasi ingibitorlari – sakvinavir+ritonavir, darunavir + ritonavir, fosamprenavir yoki fosamprenavir + ritonavirni qabul qilayotgan patsiyentlar uchun Atorvakor preparatining dozasi 20 mg dan oshmasligi va ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” va “
Qo‘llash usuli va dozalari
” bo‘limlariga qarang). OITV proteazasi ingibitori – nelfinavir yoki gepatit S virusining proteazasi ingibitori botseprevirni qabul qilayotgan patsiyentlarda qo‘llanganda, Atorvakor preparatining dozasi 40 mg dan oshmasligi kerak, shuningdek patsiyentlar holatini qat'iy klinik monitoring qilish tavsiya etiladi.
Itrakonazol. Atorvakorning AUC qiymati 40 mg dozadagi Atorvakor preparati va 200 mg dozadagi itrakonazol bilan bir vaqtda qo‘llanganda ahamiyatli oshgan («
Farmakologik xususiyatlari
» bo‘limiga qarang). Shuning uchun, agar atorvastatin dozasi 20 mg dan oshsa, itrakonazol qabul qilayotgan patsiyentlarga nisbatan ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim («
Maxsus ko‘rsatmalar
» va «
Qo‘llash usuli va dozalari
» bo‘limlariga qarang).
Siklosporin. Atorvastatin va uning metabolitlari OATP1B1 tashuvchisining substrati hisoblanadi. OATP1B1 ingibitorlari (masalan, siklosporin) atorvastatinning biokiraolishligini oshirishi mumkin. Atorvastatinning AUC qiymati uni 5,2 mg/kg/sutka dozadagi siklosporin bilan bir vaqtda 10 mg dozada qo‘llanilganda, faqat atorvastatinni qo‘llashdagiga nisbatan ahamiyatli darajada yuqori bo‘lgan («
Farmakologik xususiyatlari
» bo‘limiga qarang). Atovrakor preparati va siklosporinni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak («
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang).
Gemfibrozil. GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari gemfibrozil bilan bir vaqtda qabul qilinganda miopatiya/rabdomioliz xavfining yuqori bo‘lishligi tufayli, Atorvakor preparatini gemfibrozil bilan birgalikda qabul qilishning oldini olish kerak («
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang).
Boshqa fibratlar. Boshqa fibratlar bir vaqtda qabul qilinganda, GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan davolanishda miopatiya rivojlanish xavfining oshishi ma'lum bo‘lganligi tufayli, Atorvakorni boshqa fibratlar bilan birgalikda buyurilganda, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim («
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang).
Niatsin. Skelet mushaklari tomonidan nojo‘ya holatlar paydo bo‘lishi xavfi preparat niatsin bilan majmuada qo‘llanganda oshadi, o‘z navbatida, bunday holatlarda Atorvakor preparatining dozasini pasaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqish zarur («
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang).
Rifampin yoki sitoxroma P450 3A4 ning boshqa induktorlari. Preparatni sitoxrom P450 3A4 induktorlari (efavirenz, rifampin kabi) bilan bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida atorvastatin kontsentratsiyasining noturg‘un pasayishiga olib kelishi mumkin. Rifampinning ikki karra o‘zaro ta'sirlashish mexanizmi tufayli, Atorvakor preparatini rifampin bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etiladi, chunki preparatni rifampin yuborilgandan so‘ng kechiktirib qo‘llash, plazmadagi atorvastatin kontsentratsiyasining ahamiyatli pasayishi bilan bog‘liqligi ko‘rsatib berilgan.
Diltiazem gidroxloridi. Atorvastatin (40 mg) va diltiazem (240 mg) ni bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida atorvastatin kontsentratsiyasining oshishi bilan kechadi.
Simetidin. Tadqiqotlar vaqtida atorvastatin va simetidin o‘rtasidagi o‘zaro ta'sirlashuv aniqlanmagan.
Antatsidlar. Atorvastatin va magniy va alyuminiy gidroksidi saqlovchi antatsid preparatning suspenziyasi bir vaqtda peroral qabul qilinganda, qon plazmasida atorvastatin kontsentratsiyasining taxminan 35% ga pasayishi kuzatiladi. Bunda atorvastatinning gipolipidemik ta'siri o‘zgarmaydi.
Kolestipol. Atorvastatin va kolestipol bir vaqtda qabul qilinganda, qon plazmasida atorvastatin kontsentratsiyasi pasayadi (taxminan 25% ga). Bunda atorvastatin va kolestipol majmuasining gipolipidemik ta'siri ushbu preparatlarning har biri alohida qabul qilinganda olinadigan samaradan yuqoriroq bo‘ladi.
Azitromitsin. Atorvastatin (sutkada 1 marta 10 mg) va azitromitsin (sutkada 1 marta 500 mg) bir vaqtda qabul qilinganda, qon plazmasida atorvastatin kontsentratsiyasining o‘zgarishi kuzatilmagan.
Transport oqsillarining ingibitorlari. Transport oqsillarining ingibitorlari (masalan, siklosporin) atorvastatinning tizimli ekspozitsiyasi darajasini oshiradi (1 jadvalga qarang). To‘planib boruvchi transport oqsillar so‘ndirilishining jigar hujayralarida atorvastatin kontsentratsiyasiga ta'siri noma'lum. Agar ushbu preparatlarni bir vaqtda qo‘llashning oldini olishning iloji bo‘lmasa, dozani pasaytirish va atorvastatin samaradorligining klinik monitoringini amalga oshirish tavsiya qilinadi (1 jadvalga qarang).
Ezetimib. Ezetimibni monoterapiya sifatida qo‘llash mushak tizimi tomonidan ko‘rinishlar, shu jumladan rabdomioliz rivojlanishi bilan bog‘liq. Shu sababli, ezetimib va atorvastatin bir vaqtda qo‘llanganda, ushbu ko‘rinishlar rivojlanishining xavfi oshadi. Bunday patsiyentlar holatini yaxshilab klinik monitoring qilish tavsiya etiladi.
Fuzid kislotasi. Atorvastatin va fuzid kislotasining o‘zaro ta'sirlashish tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Boshqa statinlarni qo‘llashdagi kabi, ro‘yhatdan o‘tkazilgandan keyingi davrda atorvastatin va fuzid kislotasi bir vaqtda qo‘llanganda, mushak tizimi tomonidan ko‘rinishlar kuzatilgan (shu jumladan, rabdomioliz). Ushbu ta'sirlashishning mexanizmi noma'lumligicha qolmoqda. Patsiyentlar qat'iy kuzatuv ostida qolishlari kerak, atorvastatin bilan davolanishni vaqtinchalik to‘xtatish talab etilishi mumkin.
Digoksin. Atorvakor preparati va digoksinning ko‘p marotabalik dozalari bir vaqtda qo‘llanganda, qon plazmasida digoksinning muvozanat kontsentratsiyalari taxminan 20% ga oshadi. Digoksin qabul qilayotgan patsiyentlar holatini qat'iy ravishda nazorat qilish kerak.
Peroral kontratseptivlar. Atorvastatin peroral kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, noretisteron va etinilestradiolning AUC qiymati oshadi (“
Farmakologik xususiyatlari
” bo‘limiga qarang). Atorvakor preparatini qabul qilayotgan ayollar uchun peroral kontratseptivni tanlashda ushbu oshishni inobatga olish lozim.
Varfarin. Atorvakor varfarin bilan uzoq muddatli davolangan patsiyentlarda qo‘llanganda, protrombin vaqtiga klinik jihatdan ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmagan.
Kolxitsin. Atorvastatin kolxitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganda, miopatiya, shu jumladan rabdomioliz holatlari haqida xabarlar berilgan, shuning uchun atorvastatinni kolxitsin bilan birgalikda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Boshqa dori vositalari. Klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, atorvastatin va gipotenziv preparatlarni bir vaqtda qo‘llash hamda uni estrogen-o‘rinbosar davolash davomida qo‘llash klinik ahamiyatga ega nojo‘ya samaralar bilan kechmaydi. Boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'sirlashish tadqiqotlari o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Skelet mushaklari
Atorvastatin va ushbu sinfga mansub boshqa dori vositalari qo‘llanganda mioglobinuriya oqibatida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechgan rabomioliz holatlari haqida kam hollarda xabarlar kelib tushgan. Anamnezida buyraklar funktsiyasi buzilishining bo‘lishi rabdomioliz rivojlanishining xavf omili bo‘lishi mumkin. Bunday patsiyentlar skelet mushaklari tomonidan buzilishlarni aniqlash uchun yanada qat'iy kuzatuv ostiga olinishi kerak.
Atorvastatin, statinlar guruhiga mansub boshqa preparatlar kabi, ba'zan miopatiyani chaqiradi, u kreatininfosfokinaza (KFK) ko‘rsatkichlarining normaning yuqori chegarasidan 10 barobar ko‘p oshishi bilan birgalikda mushaklarda og‘riq yoki mushaklar kuchsizligi bilan namoyon bo‘ladi. Atorvastatinning yanada yuqori dozalarini siklosporin va CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari (masalan klaritromitsin, itrakonazol va OITV proteazasi ingibitorlari) kabi muayyan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash miopatiya/rabdomioliz xavfini oshiradi.
Statinlarni qo‘llash bilan bog‘liq immunologik bog‘liq nekrozlanuvchi miopatiya (IBNM) – autoimmun miopatiya holatlari haqida kam hollarda xabarlar berilgan. IBNM quyidagi belgilar bilan ifodalanadi proksimal mushaklar kuchsizligi va zardobda kreatininkinaza miqdorining oshishi; ular statinlar bilan davolash to‘xtatilishiga qaramay saqlanib qoladi; mushak biopsiyasi ahamiyatli yallig‘lanishlarsiz nekrozlanuvchi miopatiyani aniqlaydi; immunospressiv vositalar qo‘llanganda ijobiy dinamika kuzatiladi.
Miopatiya rivojlanish ehtimolini diffuz mialgiya, mushak kuchsizligi va/yoki KFK ning ahamiyatli oshishi bo‘lgan har qanday patsiyentda ko‘rib chiqish kerak. Patsiyentlarga mushaklarda og‘riq, noaniq etiologiyali mushaklar og‘rishi yoki kuchsizligi holatlari haqida, ayniqsa agar bu lohaslik hissi yoki haroratning oshishi bilan kechayotgan bo‘lsa, yoki agar mushaklar kasalliklari simptomlari Atorvakor preparatini qabul qilish to‘xtatilgandan keyin ham saqlanib qolayotgan bo‘lsa, darhol xabar berishni tavsiya qilish kerak. KFK darajasi ahamiyatli oshgan holatda, miopatiya tashhis qo‘yilganda yoki unga gumon bo‘lganda, preparat bilan davolanish to‘xtatilishi kerak.
Ushbu sinfga mansub preparatlar bilan davolanish vaqtida siklosporin, fibroat kislotasi, eritromitsin, klaritromitsin, gepatit S virusi proteazasi ingibitori telaprevir, OITV proteazasi ingibitorlari majmualari, shu jumladan sakvinavir + ritonavir, lopinavir + ritonavir, tipranavir + ritonavir, darunavir + ritonavir, fosamprenavir va fosamprenavir + ritonavir, shuningdek niatsin yoki azol guruhi antimikotiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, miopatiya xavfi oshadi. Atorvakor preparati va fibroat kislotasi hosilalari, eritromitsin, klaritromitsin, sakvinavir + ritonavir, lopinavir + ritonavir, darunavir + ritonavir majmualari, fosamprenavir, fosamprenavir + ritonavir majmuasi, azol guruhi antimikotiklari yoki niatsinning lipidomodifikatsiya qiluvchi dozalari bilan majmuaviy davolash imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan shifokorlar potentsil foyda va xavfni qat'iy baholashlari, shuningdek patsiyentlar holatini, ayniqsa davolashning boshlang‘ich oylari davomida va har qanday preparat dozasini oshirishga qaratilgan titrlash davrlari davomida har qanday og‘riq simptomlari, mushaklar og‘rishi yoki kuchsizligining yuzaga kelishi bo‘yicha qat'iy monitoring qilishlari kerak.
Atorvastatin yuqorida ko‘rsatilgan dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilinganda, past boshlang‘ich va samarani bir maromda ushlab turuvchi dozalarni qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqish lozim (“Dorilarning o‘zarota'siri” bo‘limiga qarang). Bunday holatlarda KFKni davriy ravishda aniqlash zaruriyatini ko‘rib chiqish mumkin, lekin bunday monitoring og‘ir miopatiya holatlarini bartaraf etishga yordam berishiga kafolat yo‘q.
Atorvastatin kolxitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganda, miopatiya, shu jumladan rabdomioliz holatlari haqida xabarlar berilgan, shuning uchun atorvastatinni kolxitsin bilan birga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim (“Dorilarning o‘zarota'siri” bo‘limiga qarang).
Atorvakor preparati bilan muolajani miopatiya rivojlanishidan dalolat beruvchi o‘tkir jiddiy holatga ega har qanday patsiyent uchun yoki rabdomioliz oqibatida buyrak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi omili bo‘lganda (masalan og‘ir o‘tkir infektsiya, gipotenziya, jarrohlik aralashuvi, jarohatlar, og‘ir metabolik, endokrin va elektrolit buzilishlar, shuningdek nazoratga olinmagan tirishishlar) vaqtinchalik to‘xtatish yoki butunlay bekor qilish kerak.
Jigar funktsiyasini buzilishi
Statinlar, ayrim boshqa gipolipidemik terapevtik vositalar kabi jigar funktsiyasi biokimyoviy ko‘rsatkichlarining normadan og‘ishi bilan bog‘liq. Zardob transaminazalarining turg‘un oshishi rivojlanishi mumkin (norma diapazonning yuqori chegarasidan 3 barobardan ko‘proq).
Atorvakor preparati bilan davolashni boshlashdan avval jigar fermentlari ko‘rsatkichlarining tahlil natijalarini olish va klinik zaruriyat bo‘lganda, tahlillarni qayta topshirish tavsiya etiladi. Statinlar guruhiga mansub preparatlar, shu jumladan atorvastatinni qabul qilgan patsiyentlarda letal va noletal jigar yetishmovchiligi holatlari haqida ro‘yhatdan o‘tkazilgandan keyingi davrda kam hollarda ma'lumotlar kelib tushgan. Atorvakor preparati qo‘llanganda klinik simptomlar va/yoki giperbilirubinemiya yoki sariqlik bilan kechuvchi jigarning jiddiy shikastlanishi holatida davolanishni darhol to‘xtatish kerak. Agar muqobil etiologiya aniqlanmagan bo‘lsa, preparat bilan davolanishni takroran boshlash mumkin emas.
Atorvakor alkogolni suiiste'mol qiluvchi va/yoki anamnezida jigar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Atorvakorni jigarning faol kasalligida yoki jigar transaminazalari darajasining noaniq etiologiyali turg‘un oshishida qo‘llash mumkin emas («
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
» bo‘limiga qarang).
Endokrin funktsiya
GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari, shu jumladan atorvastatin och qoringa qabul qilinganda, HbA1c darajasi va glyukoza kontsentratsiyasining oshishi haqida xabar berilgan.
Statinlar xolesterin sinteziga xalaqit beradi va nazariy jihatdan buyrak usti bezlari gormonlari va/yoki gonad steroidlarning ajralishini susaytirishi mumkin. Klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, atorvastatin plazmada kortizolning bazal kontsentratsiyasini pasaytirmaydi va buyrak usti zahirani shikastlamaydi. Statinlarning spermaning urug‘lantirish qobiliyatiga ta'siri yetarli sondagi patsiyentlarda o‘rganilmagan. Preparat qanday qilib ayollarda menopauza davridan avval jinsiy bezlar – gipofiz – gipotalamus tizimiga ta'siri qilishi yoki umuman ta'sir qilmasligi noma'lum. Statinlar guruhiga mansub preparatlar ketokonazol, spironolakton va simetidin kabi endogen steroid gormonlar darajasi yoki faolligini pasaytirishi mumkin bo‘lgan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Katta yosh (65 yoshdan katta) miopatiyaga moyillik omili hisoblanganligi tufayli, Atorvakorni keksa yoshdagi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Jigar yetishmovchiligi
Atorvakorni jigarning faol kasalligi, shu jumladan jigar transaminazalari miqdorining noaniq etiologiyali turg‘un oshishi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” va “
Farmakologik xususiyatlari
” bo‘limlariga qarang).
Davolanishni boshlashdan oldin
Rabdomioliz rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarga atorvastatin ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Rabdomioliz rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda statinlar bilan davolanishni boshlashdan avval quyidagi holatlarda KK (kreatininkinaza) darajasini aniqlash kerak
- buyraklar funktsiyasi buzilganda;
- qalqonsimon bez funktsiyasi susayganda;
- oilaviy yoki shaxsiy anamnezda mushaklar tizimining nasliy buzilishlarida;
- o‘tmishda statinlar yoki fibratlarning mushaklarga toksik ta'siri kuzatilgan holatlarda;
- o‘tmishda jigar kasalliklari mavjud bo‘lgan bo‘lsa va/yoki alkogolni suiiste'mol qilinganda.
Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun (70 yoshdan katta) ko‘rsatilgan choralarni amalga oshirish zaruriyatini rabdomioliz rivojlanishiga moyillikning boshqa omillari mavjudligini inobatga olgan holda baholash lozim.
Qon plazmasida, xususan, o‘zaro ta'sirlashish holatida va patsiyentlarning maxsus populyatsiyasida, shu jumladan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganda, preparat miqdori oshishi mumkin (“Dorilarning o‘zarota'siri” bo‘limiga qarang).
Bunday holatlarda davolashdagi xavf va foyda etimollari nisbatini baholash va patsiyentlar holatini klinik monitoring qilishni amalga oshirish kerak. Agar davolanishni boshlashdan avval KK darajasi yuqori bo‘lsa (NYuCh (normaning yuqori chegarasi) dan 5 karra yuqori bo‘lsa), davolashni boshlamaslik kerak.
Kreatinkinaza darajasini o‘lchash
Jadal jismoniy yuklamalardan so‘ng yoki KK darajasining oshishiga har qanday ehtimoliy muqobil sabablar mavjud bo‘lganda, kreatinkinaza miqdorini aniqlashga hojat yo‘q, chunki bu natijalarni talqin qilinishini qiyinlashtirishi mumkin. Agar boshlang‘ich bosqichda KK ning ahamiyatli oshishi kuzatilsa (NYuCh ning 5 barobardan ko‘pga oshishi), u holda 5-7 kundan so‘ng natijani tasdiqlash uchun takroran aniqlashni amalga oshirish kerak.
Davolanish vaqtida
Patsiyentlar mushaklarda og‘riq rivojlanishi, tirishishlar yoki kuchsizlik haqida, ayniqsa agar ular lohaslik yoki isitma bilan birgalikda kechsa, darhol xabar berish kerakligi to‘g‘risida bilishlari kerak.
Atorvastatin bilan davolanish vaqtida ushbu simptomlar paydo bo‘lgan holatda ushbu patsiyentda KK darajasini aniqlash zarur. Agar KK darajasi ahamiyatli oshgan bo‘lsa (NYuCh dan 5 karra ortiq), davolashni to‘xtatish lozim.
Agar KK darajasining oshishi NYuCh dan 5 martalik oshishga erishilmasa, davolashni to‘xtatishning maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish lozim, lekin mushaklar tomonidan simptomlar og‘ir tabiatga ega bo‘ladi va har kuni yoqimsiz hislarga sabab bo‘ladi.
Simptomlar yo‘qolgandan va KK darajasi normaga kelgandan so‘ng atorvasattin bilan davolashni qayta boshlash yoki preparatning eng past mavjud dozasini qo‘llash va patsiyent holatini qat'iy kuzatish sharti bilan muqobil statin bilan davolashni boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqish mumkin.
Agar KK ning klinik ahamiyatga ega oshishi kuzatilsa (NYuCh ning 10 martadan ko‘pga oshishi) yoki rabdomioliz tashhisi tasdiqlangan holatda (yoki rabdomioliz rivojlanishiga gumon bo‘lganda), Atorvastatin bilan davolanishni to‘xtatish kerak.
Boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llanishi
Atorvastatin qon plazmasida atorvastatin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin bo‘lgan ayrim dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda, rabdomioliz rivojlanish xavfi oshadi. Bunday preparatlarga misol tariqasida CYP3A4 yoki transport oqsillarining kuchli ingibitorlari bo‘lishi mumkin siklosporin, telitromitsin, klaritromitsin, delavirdin, stiripentol, ketokonazol, vorikonazol, itrakonazol, posakonazol va OITV proteazasi ingibitorlari, shu jumladan ritonavir, lopinavir, atazanavir, indinavir, darunavir. Gemfibrozil va fibroat kislotasining boshqa hosilalari, eritromitsin, niatsin va ezetimib bilan bir vaqtda qo‘llanganda, miopatiyaning rivojlanish xavfi ham oshadi. Agar imkon bo‘lsa, yuqorida keltirilganlar o‘rniga boshqa dori vositalarini (atorvastatin bilan o‘zaro ta'sirlashmaydigan) qo‘llash kerak.
Agar atovrastatin va tegishli preparatlar bilan bir vaqtda davolashni amalga oshirish zarur bo‘lsa, bunday davolashning foyda va xavfini qat'iy baholash lozim. Agar patsiyentlar qon plazmasida atorvastatin kontsentratsiyasini oshiruvchi dori vositalarni qabul qilayotgan bo‘lsa, atorvastatin dozasini minimal miqdorgacha pasaytirish tavsiya etiladi.
Undan tashqari, CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari qo‘llangan holatda atorvastatinning pastroq boshlang‘ich dozasini qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak. Ushbu patsiyentlar holatini yaxshilab klinik monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Atorvastatin va fuzid kislotasini bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi, shuning uchun fuzid kislotasi bilan davolash davrida atorvastatinni vaqtinchalik bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.
O‘pkaning interstitsial kasalligi
Ayrim statinlar bilan davolanish vaqtida (ayniqsa uzoq muddatli davolanish vaqtida) o‘pkaning interstitsial kasalligi rivojlanishining yakka holatlari kuzatilgan. Ushbu kasallikning ko‘rinishlariga hansirash, quruq yo‘tal va o‘zini umumiy yomon his qilish (toliqish, tana vaznining kamayishi va isitma) ni kiritish mumkin. O‘pkaning interstitsial kasalligiga gumon paydo bo‘lgan holatda, statinlar bilan davolanishni to‘xtatish kerak.
To‘ldiruvchilar
Atorvakor preparati tarkibiga sorbit kiradi. Agar Sizda ayrim qand moddalarni o‘zlashtirolmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu dori vositasini qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashing.
Ushbu dori vositasi 1 mmol/doza dan kamroq miqdorda natriy saqlaydi, ya'ni natriydan deyarli holi hisoblanadi.
Lipidomodikatsiya qiluvchi preparatlar bilan davolash giperxolesterinemiya tufayli qon tomirlar aterosklerotik kasalliklarining rivojlanish xavfi ahamiyatli oshgan patsiyentlar uchun kompleks muolajani tashkil qiluvchi komponentlardan biri bo‘lishi shart. Dori vositalari ishtirokidagi davolash to‘yingan yog‘lar va xolesterinni iste'mol qilishni cheklovchi parhez tutishdan, shuningdek dori vositalar ishtirokisiz boshqa choralarni qo‘llashdan natija yetarli bo‘lmagan holatda parhezga qo‘shimcha sifatida tavsiya etiladi. Yurak ishemik kasalligi yoki yurak ishemik kasalligi rivojlanishining bir nechta xavf omillari bo‘lgan patsiyentlarga Atorvakor preparatini qabul qilishni parhez tutish bilan bir vaqtda boshlash mumkin.
Qo‘llash bo‘yicha cheklovlar
Atorvakor o‘rganilmagan sharoitlar shuki, unda lipoproteinlar tomonidan normadan asosiy og‘ish bo‘lib xilomikronlar darajasining oshishi hisoblangan (Fredrikson tasnifi bo‘yicha I va V tiplar).
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Atorvakorni homiladorlar va homilador bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayollarda qo‘llash mumkin emas. Statinlar homiladorlarga qo‘llanganda homilaga ziyon yetkazishi mumkin. Atorvakorni reproduktiv yoshdagi ayollarga faqat agar bunday patsiyent-ayollarning homilador bo‘lib qolishlik ehtimoli past bo‘lsa va agar ular potentsial xavf omillari haqida xabardor bo‘lsagina, qo‘llash mumkin. Agar ayol kishi Atorvakor preparati bilan davolanish davrida homilador bo‘lib qolsa, darhol preparatni qabul qilishni to‘xtatish va patsiyent-ayolga homila uchun potentsial xavf omillari bo‘yicha hamda homiladorlik vaqtida preparatni qabul qilishni davom ettirishdan ma'lum klinik foyda yo‘qligi haqida takroran maslahat berish kerak.
Homiladorlik normal kechganida zardob xolesterini va triglitseridlar miqdori oshadi. Homiladorlik vaqtida gipolipidemik dori vositalarini qabul qilish foydali samaraga ega bo‘lmaydi, chunki xolesterin va uning hosilalari homilaning normal rivojlanishi uchun zarurdir. Ateroskleroz – bu surunkali jarayon, o‘z navbatida, homiladorlik vaqtida gipolipidemik preparatlarni qabul qilishdagi tanaffus birlamchi giperxolesterinemiyani uzoq muddat davolash natijalariga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmasligi kerak.
Atorvastatinni homiladorlikda qo‘llash bo‘yicha adekvat va yaxshi nazoratga olingan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Kam hollarda statinlar ta'siri oqibatida tug‘ma anomaliyalar haqida xabarlar kelib tushgan. Statinlar guruhiga mansub boshqa preparatlar bilan davolangan ayollarda homiladorlikning taxminan 100 ta holati prospektiv kuzatilganda, homilaning tug‘ma anomaliyasi, homilaning tushib qolishi va bachadon ichi o‘lim/o‘lik tug‘ilish holatlari tez-tezligi umumiy populyatsiya uchun kutiladigan tez-tezlikdan yuqori bo‘lmagan. Lekin bu tadqiqot faqat homila rivojlanishidagi tug‘ma anomaliyalar xavfining odatdagiga nisbatan 3-4-marta oshishini istisno qilishi mumkin. Ushbu holatlarning 89% da preparat bilan davolanish homiladorlikkacha boshlangan va І uch oylik vaqtida, homiladorlik aniqlangandan so‘ng to‘xtatilgan.
Emizish davri
Atorvastatin odam ko‘krak sutiga kirishi noma'lum, lekin ushbu sinfga mansub boshqa dori vositasining kichik miqdori ko‘krak sutiga kirishi ma'lum. Statinlar emizikli chaqaloqlarda potentsial ravishda jiddiy nojo‘ya reaktsiyalar chaqirishishi mumkin bo‘lganligi tufayli, Atorvakor® preparati bilan davolanish talab etilgan ayollarga emizish mumkin emas (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang).
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaktsiya tezligiga ahamiyatsiz darajada past ta'sir ko‘rsatadi.
Dozani oshirib yuborish
Atorvakor preparatining dozasi oshirib yuborilganda, spetsifik davolash turi mavjud emas. Doza oshirib yuborilganda patsiyentni simptomatik davolash kerak va zarur bo‘lganda, tutib turuvchi vositalarni qo‘llash zarur. Preparatning yuqori darajada qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi tufayli, gemodializ yordamida Atorvakor® preparati klirensining ahamiyatli oshishi kutilmaydi.
Chiqarilish shakli
10 mg dan tabletkalar №30 (10x3), №60 (10x6) blisterlarda tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
20 mg dan tabletkalar №30 (10x3), №40 (10x4) blisterlarda tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
40 mg dan tabletkalar №30 (10x3) blisterlarda tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
80 mg dan tabletkalar №30 (6x5) blisterlarda tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.