Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Mertenil tab. 10mg №30
Nomi | Narx | |||||
Мертенил таб. 10 мг №30 (T44127B##2 252) |
UZS 101 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Розувастатин
Страна производитель
Венгрия
Дозировка
10 мг
Производитель
Gedeon Richter PLC
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralar (taxminan 10 patsiyentdan birida uchraydi)
- Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya samaralar (taxminan 100 patsiyentdan birida uchraydi)
- Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar (taxminan 1000 patsiyentlardan birida uchraydi)
- Juda kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar (taxminan 10000 patsiyentdan birida uchraydi)
Mertenil 5 mg, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Mertenil 10 mg, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Mertenil 20 mg, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
XPN Rozuvastatin (Rosuvastatin)
Preparatni qabul qilishdan avval ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumot saqlaydi.
-Bu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol uni yana bir bor o‘qishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
-Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
-Bu preparat faqat Siz uchun mo‘ljallangan. Uni boshqa odamlarga bermang. Ularning kasallik simptomlari Siznikiga o‘xshasa ham, u ularga ziyon yetkazishi mumkin.
-Har qanday nojo‘ya samaralar yuzaga kelganida shifokor yoki farmatsevtga murojaat qiling. Bu ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilmagan har qanday nojo‘ya samaralarga tegishli.4-bo‘limga qarang.
Ilova-varaqaning mazmuni
1.Mertenil preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llaniladi
2.Mertenil preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak
3.Mertenil preparati qanday qo‘llaniladi
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
5.Mertenil preparatini saqlash sharoiti va yaroqlilik muddati
6.
Chiqarilish shakli
va boshqa ma'lumotlar

Rozuvastatin xolesterin biosintezini susaytiradi; u statin deb nomlanuvchi dori preparatlari guruhiga kiradi. Preparat qabul qilinganda qonda past zichlikdagi lipoproteinlar xolesterini deb nomlanuvchi yokiXS-PZLP darajasi pasayadi, bu esa qon tomir devorini shikastlanishi mumkin, va qonda yuqori zichlikdagi lipoproteinlar xolesterini deb nomlanuvchi yokiXS-YuZLP darajasi oshadi, bu qon tomir devorini himoya qiladi.Bundan tashqari, Mertenil preparati shuningdek yuqori kontsentratsiyada qon tomir devorlarini shikastlanishi mumkin bo‘lgan qondagi triglitseridlar darajasini kamaytiradi.
Sizga Mertenil preparati buyurilgan bo‘lsa, demak Sizda xolesterin darajasi oshgan. Bu degani, Sizda miokard infarkti yoki insult rivojlanishi xavfi mavjud.
Sizga statin qabul qilish tavsiya etilgan, chunki xolesterin darajasini yaxshilash uchun parhezni o‘zgartirish yoki jismoniy harakatlarni kuchaytirish yetarli bo‘lmagan.Mertenil preparatini qabul qilish vaqtida Siz gipoxolesterinli parhez va jismoniy mashqlar tartibini davom ettirishga amal qilishingiz kerak.
Yoki Sizga statin qabul qilish tavsiya etilgan, chunki Sizda miokard infarkti, insult rivojlanishi xavfini oshiruvchi vasog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muammolarni ifodalovchi boshqa omillar mavjud.
Avval Siz xolesterinning yuqori darajasini davolash uchun boshqa dori vositalarini qabul qilgan bo‘lsangiz ham, ushbu ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing.

Mertenil preparatini qabul qilmang
-agar Sizda rozuvastatin yoki ushbu dori preparatining boshqa har qanday ingrediyentiga allergiya bo‘lsa (6-bo‘limga qarang);
-homiladorlik yoki emizish vaqtida. Agar Siz Mertenil preparatini qabul qilish vaqtida homilador bo‘lib qolsangiz, preparat qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokor bilan bog‘laning. Ayollar Mertenil preparatini qabul qilayotgan vaqtlarida homiladorlikning oldini oluvchi o‘zlariga mos kontratseptsiya usullaridan foydalanishlari kerak;
-jigar kasalliklarida;
-buyrakning og‘ir kasalliklarida;
-agar Sizni hozirgi vaqtda takrorlanuvchi yoki tushunarsiz zirqirab turadigan yoki o‘tkir mushak og‘rig‘i bezovta qilayotgan bo‘lsa;
-agar Siz tarkibida siklosporin moddasi (masalan, a'zolar transplantatsiyasidan keyin qo‘llaniladigan) mavjud bo‘lgan dori preparatini qabul qilayotgan bo‘lsangiz.
Agar yuqorida ko‘rsatilganlaridan birontasi Sizga tegishli bo‘lsa, preparat qabulqilishdan voz keching va shifokorga murojaat qiling.
Mertenil preparatining 40 mg li dozasini (maksimal doza) quyidagi holatlarda qabul qilmang
-agar Sizda buyrakning o‘rtacha ifodalangan kasalligi (shubha tug‘ilganda shifokorga murojaat qiling);
-qalqonsimon bez funktsiyasi buzilishi mavjud bo‘lganida;
-agar Sizni takrorlanuvchi yoki tushunarsiz zirqirab turadigan yoki o‘tkir mushak og‘rig‘i bezovta qilayotgan bo‘lsa, shaxsiy va oilaviy anamnezda mushak buzilishlarini kuzatilishi, yoki xolesterin darajasini kamaytiruvchi boshqa preparatlarni qabul qilganda o‘tmishda mushak kasalliklarining mavjudligi;
-agar Siz muntazam alkogolni ko‘p miqdorda iste'mol qilsangiz;
-agar Siz osiyolik (yapon, xitoy, filippinlik, vetnam, koreys yoki hindu) bo‘lsangiz;
-agar Siz xolesterin darajasini pasaytirish uchun fibrat deb nomlanuvchi boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz.

Maxsus ko‘rsatmalar
va ehtiyotkorlik choralari
Mertenil preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Mertenil preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llang
-buyrak kasalliklarida;
-agar Sizda avval jigar kasalligi aniqlangan bo‘lsa;
-agar Sizda takrorlanuvchi yoki tushunarsiz zirqirab turadigan yoki o‘tkir mushak og‘rig‘i bo‘lsa, shaxsiy va oilaviy anamnezda mushak buzilishlarini kuzatilishi, yoki xolesterin darajasini pasaytiruvchi boshqa preparatlarni qabul qilishda o‘tmishda mushak kasalligi mavjud bo‘lsa. Agar Sizda takrorlanuvchi yoki tushunarsiz zirqirab turadigan yoki o‘tkir mushak og‘rig‘i bo‘lsa, ayniqsa Siz lohaslikni sezsangiz yoki tana harorati oshsa, darhol bu haqida shifokorga xabar bering. Shuningdek, preparatni qabul qilish fonida Sizda mushaklar holsizligi saqlanib qolsa, shifokor yoki farmatsevtga xabar bering;
-ko‘p miqdordagi alkogolni muntazam iste'mol qilganda;
-qalqonsimon bez funktsiyasini buzilishi mavjud bo‘lganda;
-agar Siz xolesterin darajasini pasaytirish uchun fibrat deb nomlanuvchi boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
-OITV-infektsiyasini davolash uchun dori preparatlari, masalan, lopinavir/ritonavir qabul qilganda «Mertenil preparati va boshqa dori preparatlari» ga qarang;
-agar bemor 10 yoshdan kichik bo‘lsa Mertenil preparatini 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas;
-agar bemor 18 yoshdan kichik bo‘lsa Mertenil preparatining 40 mg li tabletkalarini 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llanilishi to‘g‘ri kelmaydi;
-agar Siz 70 yoshdan oshgan bo‘lsangiz(shifokor Mertenil preparatining Sizga mos keladigan boshlang‘ich dozasini to‘g‘ri tanlashi kerak);
-agar Siz osiyolik (yapon, xitoy, filippinlik, vetnam, koreys yoki hindu) bo‘lsangiz. Shifokoringiz Mertenil preparatining Sizga mos keladiganboshlang‘ich dozasini to‘g‘ri tanlashi kerak.
Agar yuqorida ko‘rsatilganlaridan birontasi Sizga tegishli bo‘lsa (yoki Siz bunga ishonmasangiz), preparat qabul qilishdan voz keching va shifokorga murojaat qiling.
Mertenil preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing
-agar Sizda yaqqol nafas yetishmovchiligi bo‘lsa.
Statinlar kam miqdordagi odamlarda jigar shikastlanishiga olib kelishi mumkin. U qondagi «jigar» fermentlari faolligining oshishini aniqlash oddiy tahlil yordamida aniqlanadi. Shuning uchun ham shifokoringiz odatda bu qon tahlilini (jigar funktsional sinamasini) Mertenil preparati qabul qilguncha va preparat bilan davolanayotgan vaqtda o‘tkazadi.
Agar Sizda qandli diabet yoki uning rivojlanish xavfi mavjud bo‘lsa, Siz ushbu preparat bilan davolanayotganingizda, shifokor Sizning ahvolingizni sinchkovlik bilan kuzatadi. Agar Sizda qondagi glyukoza va lipidlar kontsentratsiyasi yuqori bo‘lsa, ortiqcha tana vazni va arterial bosimni oshishi kuzatilsa, ehtimol Siz qandli diabet rivojlanishi xavfiga duchor bo‘lishingiz mumkin.
Bolalar va o‘smirlar
Bolalarni davolash faqat mutaxassislar tomonidan olib boriladi.
Mertenil 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi.
Mertenil preparati va boshqa dori vositalari
Agar Siz boshqa har qanday dori preparatlarini yaqinda qabul qilgan, qabul qilayotgan yoki endi qabul qilmoqchi bo‘lsangiz bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Shifokoringizga Siz quyidagi dori preparatlaridan birontasini qabul qilayotganingiz haqida xabar bering, chunki Mertenil preparati quyidagi dori preparatlaridan birining ta'sirini o‘zgartirishi yoki dori preparatlaridan biri Mertenil preparatining ta'sirini o‘zgartirishi mumkin.
-Siklosporin (masalan, a'zolar transplantatsiyasidan keyin qo‘llaniladigan; qonda rozuvastatin kontsentratsiyasini oshiradi).
-Varfarin (yoki qonni suyultirish uchun qo‘llaniladigan boshqa har qanday preparat; rozuvastatin bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ushbu samara yanada kuchayishi mumkin).
-Gemfibrozil, fenofibrat kabi fibratlar (qondagi xolesterin darajasini pasaytirish uchun qo‘llaniladigan; qonda rozuvastatin kontsentratsiyasini oshiradi), yoki xolesterin darajasini kamaytirish uchun qo‘llanadigan boshqa dori preparati (ezetimib kabi).
-Ovqat hazm qilishga ta'sir ko‘rsatuvchi dori preparatlari (masalan, me'dada kislotani neytrallash uchun qo‘llaniladigan preparatlar; qonda rozuvastatin kontsentratsiyasini kamaytiradi).
-Eritromitsin (antibiotik; qonda rozuvastatin kontsentratsiyasini kamaytiradi).
-Peroral kontratseptiv (kontratseptivdan ajralib chiquvchi qondagi gormonlar miqdorini oshiruvchi tabletkalar).
-O‘rinbosar gormonal davolash (qonda gormonlar darajasi oshadi).
-Ritonavir lopinavir bilan, atazanavir va/yoki tipranavir (OITV-infektsiyasini davolash uchun qo‘llaniladigan dori preparatlari; qonda rozuvastatin kontsentratsiyasini oshiradi).
Mertenil preparati ovqat, suyuqlik va alkogol bilan birga qo‘llanilganda
Siz Mertenil preparatini ovqatlanishdan qat'iy nazarqabul qilishingiz mumkin.
Mertenil preparatini qabul qilish davomida haddan tashqari ko‘p miqdorda muntazam alkogol iste'mol qilishdan saqlaning.
Homiladorlik va emizish davri
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, yoki bola emizsangiz, yoki homiladorman deb taxmin qilayotgan bo‘lsangiz, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu preparatni qo‘llashdan avval shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki bola emizsangiz, Mertenil preparatini qabul qilmang. Agar Siz Mertenil preparatini qabul qilish vaqtida homilador bo‘lib qolsangiz, Siz preparat qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokor bilan bog‘laning. Ayollar Mertenil preparatini qabul qilish vaqtida homiladorlikning oldini olish maqsadida o‘zlariga mos kontratseptsiya usullaridan foydalanishlari lozim.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish
Mertenil preparatini transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarishga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. Biroq ayrim odamlarda Mertenil preparati bilan davolanish vaqtida bosh aylanishi ro‘y berishi mumkin. Agar Siz bosh aylanishini sezsangiz transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Mertenil preparati laktoza saqlaydi
Agar Sizga shifokor Sizda qandning ayrim turlarini (laktoza yoki sut qandi) o‘zlashtiraolmaslik mavjudligi to‘g‘risida xabar bersa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokor bilan bog‘laning.
3.Mertenil preparati qanday qabul qilinadi
Hamisha preparatni shifokor tavsiyasiga qat'iy amal qilgan holda qo‘llang.Shubha tug‘ilgan holatlarda shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Katta yoshdagi bemorlar uchun tavsiya etilgan dozalar
Agar Siz Mertenil preparatini xolesterinning yuqori darajasi tufayli qabul qilayotgan bo‘lsangiz
Boshlang‘ich doza
Agar Siz xolesterin darajasini kamaytiruvchi eng yuqori dozadagi boshqa preparatni (statin) qabul qilgan bo‘lsangiz ham, Sizning Mertenil preparati bilan davolanishingiz kuniga 5 mg yoki 10 mg li dozadan boshlanishi kerak.Sizning boshlang‘ich dozangizni tanlash quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi
-Sizning xolesterin darajangiz.
-Sizda miokard infarkti yoki insult rivojlanishi xavfi mavjudligi.
-Sizda turli nojo‘ya samaralarga sezgirligingizni oshiruvchi omillarning mavjudligi.
Shifokor Sizga eng minimal doza (5 mg) ni buyurishga qaror qabul qilishi mumkin, agar
-Siz osiyolik(yapon, xitoy, filippinlik, vetnam, koreys yoki hindu) bo‘lsangiz.
-Sizning yoshingiz 70 dan yuqori bo‘lsa.
-Sizda buyrak funktsiyasini o‘rtacha buzilishi bo‘lsa.
-Sizda zirqirab turadigan yoki kuchli mushak og‘riqlari paydo bo‘lish (miopatiya) xavfi bo‘lsa.
Dozaning oshirish va maksimal sutkalik doza
Shifokor Sizga buyurilgan preparat dozasini oshirish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bu Mertenil preparatining Sizga mos keladigan dozasini qabul qilishingiz uchun qilinadi.
Har bir dozaga tuzatish kiritish oralig‘idagi interval davomiyligi to‘rt haftani tashkil qiladi.
Agar Siz davolanishni 5 mg sutkalik dozadan boshlagan bo‘lsangiz, shifokor uni ikki marta 10 mg gacha, keyin 20 mg gacha va keyin zarurat tug‘ilganda 40 mg sutkalik dozagacha oshirish haqida qaror qabul qiladi. Agar Siz davolanishni 10 mg dozadan boshlagan bo‘lsangiz, shifokor uni ikki marta 20 mg gacha va keyin zarurat tug‘ilganda40 mg gacha oshirish haqida qaror qabul qiladi.
Mertenil preparatining maksimal sutkalik dozasi 40 mg ni tashkil qiladi. U faqat xolesterin darajasi yuqori bo‘lgan, miokard infarkti yoki insult rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan, xolesterin darajasi 20 mg li dozada yetarli darajada kamaymagan bemorlarda qo‘llaniladi.
Agar Siz Mertenil preparatini miokard infarkti yoki insult rivojlanishi xavfini kamaytirish maqsadida yoki sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muammolar tug‘ilganda qabul qilayotgan bo‘lsangiz
Tavsiya qilinayotgan sutkalik doza 20 mg ni tashkil qiladi. Biroq shifokor yuqorida ko‘rsatilgan omillar mavjud bo‘lsa, juda oz miqdordagi dozada qabul qilish to‘g‘risida qaror qilishi mumkin.
Bolalar va o‘smirlar
10-17 yoshdagi bolalar uchun tavsiya etiladigan dozalar
Odatdagi boshlang‘ich doza 5 mg ni tashkil etadi. Shifokor Siz uchun mos dozani tanlash uchun dozani oshirishi mumkin.
Mertenil preparatining maksimal sutkalik dozasi 20 mg ni tashkil qiladi.
Dozani kuniga bir marta qabul qiling.
Mertenil preparatining40 mg li tabletkalari bolalarda qo‘llanilmaydi.
Tabletkalarni qabul qilayotgan vaqtda
Tabletkalarni butunligicha suv bilan birga yuting.
Mertenil preparatini kuniga bir marta qabul qiling. Tabletkalarni kunning istalgan vaqtida qabul qilish mumkin.
Tabletkalarni har kuni bir vaqtda qabul qilishga harakat qiling, bu Sizga preparatni qabul qilish zarurligini eslatib turishda yordam beradi.
Xolesterin darajasini muntazam nazorat qilish
Sizda xolesterin mavjudligi va uning darajasi normada ekanligiga ishonch hosil qilish, xolesterinning darajasini nazorat qilish maqsadida Siz shifokorga murojaat qilishingiz muhim.
ShifokorMertenil preparatining Sizga to‘g‘ri keladigan dozasini qabul qilishingiz uchun dozanioshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Mertenil preparatini qabul qilish nima uchun muhim?
Hattoki xolesterin darajasi normal ko‘rsatkichgacha pasaygan bo‘lsa ham, Siz uchun Mertenil preparatini qabul qilishni davom ettirish muhim, chunki preparat xolesterin darajasini takroran oshishiga to‘sqinlik qiladi.
Agar Siz Mertenil preparatining buyurilgan dozasidan ko‘prog‘ini qabul qilgan bo‘lsangiz
Maslahat uchun shifokorga yoki yaqindagi kasalxonaga murojaat qiling.
Agar Sizni statsionarga gospitalizatsiya qilishsa yoki Siz boshqa kasallik sababli davolanayotgan bo‘lsangiz, Siz tibbiyot xodimiga Mertenil preparatini qabul qilayotganligingiz haqida xabar bering.
Siz Mertenil preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Xavotirlanmang, faqat rejalashtirilgan keyingi dozani belgilangan vaqtda qabul qiling. Faqat unutib qoldirilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta oshirib qabul qilmang.
Agar Siz Mertenil preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Agar Siz Mertenil preparatini qabul qilishni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, bu haqida shifokorni xabardor qiling. Agar Siz Mertenil preparatini qabul qilishni to‘xtatsangiz,Sizda yana xolesterin darajasi oshishi mumkin.
Agar Sizda preparatni qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.

Boshqa dori preparatlari kabi, bu preparat ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, biroq bu barcha patsiyentlarda kuzatilmaydi.
Siz bu nojo‘ya samaralar haqida xabardor bo‘lishi muhim. Odatda ular ahamiyatsiz va ma'lum vaqtdan so‘ng o‘tib ketadi.
Agar Sizda quyidagi allergik reaktsiyalardan biri sodir bo‘lsa, Mertenil preparatini qabul qilishni to‘xtating va darhol tibbiy yordamga murojaat qiling
-Yuz, lab, til va/yoki tomoq shishiga bog‘liq bo‘lmagan nafas olishni qiyinlashishi
-Yutinishni qiyinlashishini chiqarishi mumkin bo‘lgan yuz, lab, til va/yoki tomoq shishi
-Kuchli teri qichishishi (pufaklarni paydo bo‘lishi)
Bundan tashqari quyidagi holatlar yuzaga kelganda Mertenil preparatini qabul qilish to‘xtating va darhol shifokorni xabardor qiling, agar Sizda mushaklarda g‘ayriodatiy zirqirab turadigan va o‘tkir og‘riqlar paydo bo‘lsa va ular Siz kutgandan ham uzoq davom etsa. Mushak simptomlari kattalarga qaraganda, bolalar va o‘smirlarda ko‘proq uchraydi. Shuningdek, xolesterin darajasini pasaytiruvchi boshqa dori preparatlarini (statin) qo‘llaganda juda ko‘p bo‘lmagan odamlarda noxush mushak samaralari aniqlangan, bu esa kam hollarda rabdomioliznomi bilan tanilgan, ba'zi hollarda hayot uchun xavfli bo‘lgan mushaklar shikastlanishiga olib keladi.
Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralar (taxminan 10 patsiyentdan birida uchraydi)
Bosh og‘rig‘i.
Qorinda og‘riq.
Qabziyat.
Ko‘ngil aynishini his etish.
Mushaklarda og‘riq.
Holsizlik hissi.
Bosh aylanishi.
Siydikda oqsil darajasini oshishi, bu odatda Mertenil preparatini qabul qilishni to‘xtatmasa ham mustaqil ravishda normaga qaytadi (faqat Mertenilning 40 mg li tabletkasi).
Qandli diabet. Agar Sizda qondagi glyukoza va lipidlar kontsentratsiyasi yuqori bo‘lishi, ortiqcha vazn va arterial bosim oshishi ehtimoli mavjud bo‘lsa. Siz ushbu preparat bilan davolanayotganigizda shifokor Sizning ahvolingizni nazorat qilib turadi.
Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya samaralar (taxminan 100 patsiyentdan birida uchraydi)
Toshma, qichima va eshakemi.
Siydikda oqsil darajasi oshishi, bu odatda Mertenil preparatini qabul qilishni to‘xtatmasa ham mustaqil ravishda normaga qaytadi (faqat Mertenilning 5 mg, 10 mg va 20 mg li tabletkalari).
Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar (taxminan 1000 patsiyentlardan birida uchraydi)
Og‘ir allergik reaktsiyalar – yuz, lab, til va/yoki tomoq shishi, yutinish yoki nafas olishni qiyinlashishi, kuchli teri qichishishi (pufaklarni paydo bo‘lishi) kabi simptomlarni o‘z ichiga oladi.Agar Siz o‘zingizda allergik reaktsiya mavjud deb hisoblasangiz, Mertenil preparati qabul qilishni to‘xtating va darhol tibbiy yordamga murojaat qiling.
Mushaklarni shikastlanishi. Agar Sizda mushaklarda g‘ayriodatiy zirqirab turadigan va o‘tkir og‘riqlar paydo bo‘lsa va ular Siz kutgandan ham uzoq davom etsa, ehtiyot choralarini ko‘rish maqsadida Mertenil preparati qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokorga murojaat qiling.
Qorindagi kuchli og‘riq (me'da osti bezining yallig‘lanishi).
Qonda “jigar” fermentlari faolligini oshishi.
Qonda trombotsitlar miqdorini kamayishi, bu esa qon ketishi yoki ko‘karishlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Juda kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar (taxminan 10000 patsiyentdan birida uchraydi)
Sariqlik (terini va ko‘z oqsilini sarg‘ayishi).
Jigarni yallig‘lanishi (gepatit).
Siydikda qon izlari.
Qo‘l va oyoqlarni uvishishi (neyropatiya).
Bo‘g‘imlarda og‘riq.
Xotirani buzilishi.
Ginekomastiya (erkaklarda sut bezlarini kattalashishi).
Tez-tezligi noma'lumDepressiya.
Uyquni buzilishi (shu jumladan uyqusizlik va dahshatli tushlar ko‘rish).
Hansirash.
Yo‘tal.
Diareya (ichni suyuq kelishi).
Stivens-Djonson sindromi (teri shikastlanishining og‘ir shakli, og‘iz bo‘shlig‘i, ko‘z, jinsiy a'zolarning pufak hosil qilib shikastlanishi).
Shish.
Periferik neyropatiya (qo‘l va oyoqlarda uvishish, sanchish, og‘rish yoki achishish hissi).
Paylarni shikastlanishi, ba'zan ularni uzilish asoratlari.
Doimiy mushak zaifligi.
Quyidagi nojo‘ya samaralar statin deb nomlanuvchi ushbu guruhga kiruvchi dori preparatlarini qo‘llaganda qayd etilgan
-Jinsiy faoliyatni buzilishi
-Nafas olishni buzilishi, shu jumladan doimiy yo‘tal va/yoki hansirash yoki isitma.
5.Mertenil preparatini saqlash tartibi va yaroqlilik muddati
30 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramda yorug‘lik ta'siridan himoyalangan joyda saqlanadi.Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
3 yil.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llash mumkin emas.
Dori preparatlarini kanalizatsiyaga tashlash yoki maishiy chiqindilar bilan birga utilizatsiya qilish tavsiya etilmaydi. Qabul qilish to‘xtatilgan dori preparatlarini qanday qilib yo‘qotishni farmatsevtdan so‘rang. Bu choralar atrof muhitni himoya qilishga yo‘naltirilgan.
6.
Chiqarilish shakli
va boshqa ma'lumotlar
Mertenil preparatining tarkibi
Ta'sir etuvchi modda rozuvastatin5, 10 yoki 20 mg.
Yordamchi moddalar
Tabletka yadrosi
magniy stearati, mikrokristall sellyuloza (12), magniy gidroksidi, krospovidon (A tipi), laktoza monogidrati.
Tabletka qobig‘i
titan dioksidi (E171), makrogol 3350, talk, polivinil spirti.
Preparat ta'rifi va o‘rami
Preparat ta'rifi
Mertenil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari, 5 mg
Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, taxminan 5,5 mm diametrli tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida «C33» gravirovkasi bor.
Mertenil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari, 10 mg
Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, taxminan 7,0 mm diametrli tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida «C34» gravirovkasi bor.
Mertenil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalari, 20 mg
Oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan, taxminan 9,0 mm diametrli tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida «C35» gravirovkasi bor.
O‘rami
10 tabletka PA/Al/PVX-plyonka va alyumin folgali blisterda.
3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Gedeon Rixter» OAJ
H-1103 Budapesht, Demrei ko‘chasi, 19-21, Vengriya
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi egasi
«Gedeon Rixter» OAJ
H-1103 Budapesht,Demrei ko‘chasi, 19-21, Vengriya
Ishonch telefoni (qo‘ng‘iroqlar bepul!) 7-800-555-00777
Elektron manzil drugsafety@g-richter.ru
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar)ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Gedeon Rixter» OAJ vakolatxonasi
100015, Toshkent sh., Nukus ko‘ch., 71, 5 qavat
Tel. (99871) 1479042
Ye-mail gedeon@gr.uz

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.